Dr. Algorithm
3.07K subscribers
478 photos
53 videos
3 files
542 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Forwarded from LeetCodin (Bek T💻)
Ready to build habits that stick?

Swipe through these key insights to get started!

@LeetCodin
👍9🔥4
LeetCodin
Photo
Juda foydali maslahatlar ekan.

https://t.me/leetcodin/432?single

Agar quyidagi post bilan qoʻshib ish yuritsangiz:

https://t.me/javokhir_notes/275

Ikki karra foydali!

@DrAlgorithm
👍8
45- FIDE Shoxmot olimpiadasi

Juda qizg`in kechdi. Ilk bor Youtubeda UzChesss guruhi online translatsiyasini orqali shoxmot chempionatini ko`rdim. Ajoyib bo`lar ekan.

Kompyuter keyingi qadanni etib tursa, hamma narsa oson ko`rinar ekan. Nega unday yurmadi deb o`yinchini urishib qo`yar ekansan. Aslida u yurishni topish juda murakkab ekanini keyin tushinar ekansiz.

Yigitlarimiz medal bilan qaytishmoqda! #3 o`rinni egalladik! (3/188). Hindiston bilan kechgan jangni katta shoxmotchilar kelib tomosha qilib o`tirishdi. Haqiqiy qiymatga ega jang bo`ldi!

Qizlarimizga ham qoil qoldim. Juda zo`r ishtirok etishdi. Retingi o`zlaridan 100+ ortiq raqinlar bilan o`ylashdi. Natijalari juda zo`r, muborak bo`lsin!

Shu bilan qardosh Qozoqiston respublikasini ham tabriklayman! Qizlar bellashuvida #2 o`rinni egallashdi. Bu juda katta natija !! (2/170)

Farzandlarimiz albatta bizdan-da aqlli va dono bo`lishlar shart.


45th FIDE Chess Olympiad 2024
Sep 11, 2024 – Sep 22, 2024

https://www.chess.com/events/2024-fide-chess-olympiad-open/results

https://www.chess.com/events/2024-fide-womens-chess-olympiad/results

@DrAlgorithm
🔥18👍91👏1
Dr. Algorithm
Paradox kema Tasavvur qiling yangi kema yasadik. Nom berdik , masalan Apollo. Vaqt oʻtib uni taʼmir qilgani olib bordik. Qaysidur qismini almashtirdi. Almashtirilgan qismni yigʻib qoʻydik. Uzoq vaqt oʻtib, kemaning barcha qismlari almashdi. Savol: bu…
Kitob va Paradox kema

Avvallari kitob qayta nashr etilishini bilmas edim. Keyin esa nashr yiliga qarashni boshladim.
Vaqt oʻtib yangi nashr faqat kitobni qaytadan chop etish emas ekanini bildim. Har bir yangi nashr yangi oʻzgarish degani ekan.

Tasavvur qilganmisiz, sizga kitob tavsiya qilishdi. Nomi, muallifi va muqovasi maʼlum. Sotib oldingiz. Oʻqib koʻrsangiz, tavsiya etgan odam aytgan narsalar kitobda yoʻq.

Menda ham oʻxshash holat boʻldi. Kutubxonadan kitob olib oʻqidim. Rosa yoqdi. Keyin online doʻkondan buyurtma berdim. Qoʻlimga olganimda oʻqib koʻrsam, ichi toʻlaligicha boshqacha. Bilsam, men kutubxonadan olganim 2-nashr va sotib olganim 3-nashr ekan.
Shundan beri kitob tanlashda nashr raqamiga ham eʼtibor bera boshladim.

Paradox kema haqidagi xabarim esingizdami?
Unda kemani qayta yasagan edik. Bu yerda esa kitob nomi oʻsha, ichi esa boshqa. 🥴

Hayot paradoxlarga toʻla. Yo biz e'tibor bermaymiz yo bizga ta'siri yoʻq.

26.09.2024 L
@DrAlgorithm
👍332❤‍🔥1🤔1
🎉 Ustoz va murabbiy!

Assalomu alaykum, ustozlar va murabbiylar! Ayyomingiz muborak bo`lsin!

Sizning qilib kelayotgan mehnatingiz nafaqat sizning o`quvchilaringizga, balki yurtimiz va millatimizga katta manfaat olib kelishi hech kimga sir emas.

Bu mehnatning tagida qanchalik katta mashaqqat yotganini vaqt o`tib sezish mumkin ekan holos. Alloh sizni ulug`lasin, o`zi rozi bo`lsin!

Barcha hamyurtlarimizga bugun ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan tarihga nazar solib, sizga ilm bergan insonlaringizni eslab o`tishni tavsiya qilaman. O`zim ham kunni shu bilan boshlagandim.

1. Ona - sizning tug`ilishingizdan boshlab sizga ilm va tarbiya berishni boshlagan zot, ustozlarning birinchisi. Siz yorug` olamga kelishingizda sizni kutib turgan olam haqida tanishtirgan va tayyorlagan murabbiy. Siz katta rahmat!

2. Ota - sizga bitta qarashi bilan ma'no to`la dars bera olgan inson, o`zining hulqi va harakati orqali sizga namuna bo`lgan zot. Sizning quvonchli va qiyin kunlaringizda orqangizda dalda bo`la olgan zot. Katta ustoz!

3. Buvijoningiz - hali maktabga chiqmasingizdan sizga harf va hisobni o`rgangan ustoz. Maktabda 1-qatorga o`tirishingiz, doimo 5 baho olib kelishingiz sababchisi, urishib kiymingiz yirtilganida sizning yoningizni olgan zot, murabbiy.

4. Ilk o`qituvchingiz - maktabga 1-kundan sizni kutib olgan, ilm bergan, kitob ushlatgan va sizni boshlang`ich sinflarda katta bo`lishga tayyorlagan ustoz.

5. O`rta sinf ustozlaringiz - sizning qiziqishingizni bila olgan, o`zining faniga qiziqtira olgan ustozlar. O`zini bolasiga vaqt kam qolsa ham sizni Olimpiada va boshqa musobaqalarga olib yurgan zot. Ish vaqtidan tanshqari siz bilan shug`ullangan ustoz.

6. Universitet domlangiz - mustaqil hayotni endi boshlagan vaqtlaringiz sizni to`g`ri yo`naltira olgan, kelajakda hayot yo`lingizni topishingiz, qiziqishingizga mos kasb egasi bo`lishingiz, sohangizni mukammal egasi bo`lishingizga yordam bergan ustoz.

7. Hayot, Millat, Vatan - sizni tug`ilishingizdan boshlab, hozirgi kuningizgacha sizga sharoit yaratgan, oqibat o`rgatgan, xatolaringizni ko`rsatib bergan, ularni tuzatishga sharoit bergan murabbiy.

8. Do`stingiz, sinfdoshingiz, qadrdonlaringiz - sizni doim qo`llab-quvvatlab kelgan. O`ziga foydasi tegmasa ham sizni o`sishingizga sababchi bo`lgan birodarlaringiz. Sizning yoningizda bo`lganini o`zi bilan sizga kuch bergan, g`ayrat bergan qiyomatlik do`stlaringiz. Biroda-murabbiylar.

... bu ro`yxatni davomi juda uzun. Har birida birnecha insonni eslab o`tamiz.

Keling bugun shu sabab bilan ularni eslab o`taylik. Ismlari bilan eslab, duo qilsak.


Hurmatli ustozlarim, murabbiylarim! Barchangizni kasb bayramingiz bilan tabriklab, yil davomida kuningiz bugungidek quvochli va barakotli bo`lishini tilab qolaman!
Ayyomingiz muborak!

01.10.2024 London
@DrAlgorithm
🏆7👍4🎉3
Forwarded from Alisher Tojiyev
“IT Park va Texnopark kabi yirik loyihalarni rivojlantirish uchun kadrlar, hamkorlar kerak..”

“Boshqa tarafdan, hamma IT sohasini o‘qiyapti, lekin o‘quv markazini bitirib chiqqanlarni hech kim ishga olmayapti”.

“Stajyorlarni ishga oladigan IT kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash kerak. Aks holda qanchadan-qancha mutaxassis g‘oyasi bilan ishsiz qolib ketyapti”.


— “Yangi Hayot” televizion ko’rsatuvida Umidjon Ishmuhamedov, Sherzod Ahmadov, Qudrat Abdurimov va boshqa IT hamda texnologiyalar bo’yicha mutaxassislar, faollar bilan qizg’in suhbatda ishtirok etdik.

👉 Batafsil: https://youtu.be/j9HE_0yym-g?si=OFbPDSaGpLDLQ35d

@AlisherAhmatovich
🔥7👍2
Telefon Raqaminiz oʻg`rilandi

Qisqa:

Veritasium Youtube kanali qanday qilib sizning mobil telefon raqamingizni buzish mumkin ekanini ko`rsatib berdi.

Tavsiya, 5G ga oʻtish kerak.


📱 https://www.youtube.com/watch?v=wVyu7NB7W6Y

Uzun:

Youtube da Veritasium kanali bor. Ular turli ilmiy ma'lumotlarni berib borishadi. Shulardan biri 15mln kuzatuvchisi bor LinusTechTips Youtube kanali ekasing telefonini buzishdi va kanali adminiga kirishdi.

• Apple asoschilari avval telefon tizimini buzishgani (hack) qilishganini bilarmidingiz?
• Rim Papasiga tekinga telefon qilib, ertalab uyg`otishganini-chi?
• Dubai shayxining qizi Sheyx Latifani telefon orqali ocean markazidan topishgan. GPS siz.
• Atigi $13,000 ga xohlagan telefon raqamini ochish mumkin.
• SMS orqali keladigan OTP larni ham bilish mumkin.
• OTP orqali telegramga kirishga atigi 15 soniya kerak.
• Python'da yozilgan kod orqali sizga kelayotgan qo`ng`iroqlarni boshqa odam ko`tara olar ekan. Tasavvur qiling, bank xodimi sizga telefon qilsa-de, sizning oʻrningizga "do`stingiz" javob berib.... hullas davomi tushunarli.
• Deputat va boshqa davlat arboblarining gaplarini eshitish mumkin...
• GPS siz qachon va qayerga borganingizni bilsa bo`ladi.
• 15 million a'zosi bor Youtube kanalini buzib kirishdi.
shu va shunga oʻxshash juda ko`p mavzularni sodda tilda tushuntirib berishibdi.

Soddaroq tushuntirsam.
Voqea telefon tarmog`i endi raqamlasha boshlaganida Stij Jobs, do`sti Stiv Voznyak bilan tekinga xalqaro telefon qila oladigan qurilma yasashganidan boshlanadi. Keyin esa, 15 million kuzatuvchisi bor kanal muallifi bilan online gaplashib turib, uning telefonini buzishadi.

Buzish uchun faqatgina uning telefon raqami nechchi ekanini bilish yetarli.


Oyiga $13,000 to`lab, tarmoqqa a'zo bo`lish mumkin. Keyin esa, barcha raqamlar sizning qo`lingizda bo`ladi. SS7 ning nozik jihatlarini ishlatib, birnecha narsalarni oʻgʻrilash mumkin.
• Sizga kelayotgan telefonni boshqa raqamga oʻtkazish.
• SMS ni boshqa odamga yuborish.
• Joylashgan joyingizni aniqlash va boshqalar.

Shu orada sizning Telegram hisobingiz (akkaunt) ni ham oʻgʻrilash mumkin. 2FA ni yoʻqib qo`ying.


Tezroq hamma 5G ga oʻtishi ham kerak ekan. Bekorga WiFi orqali telefonlashish rivojlanmagan ekan.

Android telefonlarida shunday imkoniyat bor. Agar bino ichida mobil aloqa yashi ishlamasa, Wifi orqali qoʻngʻiroq qiladi. Man koʻp ishlataman. Ham sifat yaxshi, ham telefon uchun pul toʻlamaysiz.
SMS ham shunday. Oddiy SMS da faqat matn yuborish mumkin boʻlsa, Android telefonlarda SMS uchun Like bosish ham mumkin, rasm ham yuborsa boʻladi. Va barchasi internet orqali yuboriladi. Mobil SMS shart emas. :) iPhone ham shunga kelishi kerak, rejasida bor.

Hullar, shaxsan manga video juda yoqdi. Vaqtingiz bo`lsa ko`rishga arziydi.

📱 https://www.youtube.com/watch?v=wVyu7NB7W6Y

Birni koʻrib fikr qil, birni koʻrib shukr qil.


07.10.2024 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍3051