Dr. Algorithm
3.07K subscribers
478 photos
53 videos
3 files
542 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Forwarded from LeetCodin (Bek T💻)
Ready to build habits that stick?

Swipe through these key insights to get started!

@LeetCodin
👍9🔥4
LeetCodin
Photo
Juda foydali maslahatlar ekan.

https://t.me/leetcodin/432?single

Agar quyidagi post bilan qoʻshib ish yuritsangiz:

https://t.me/javokhir_notes/275

Ikki karra foydali!

@DrAlgorithm
👍8
45- FIDE Shoxmot olimpiadasi

Juda qizg`in kechdi. Ilk bor Youtubeda UzChesss guruhi online translatsiyasini orqali shoxmot chempionatini ko`rdim. Ajoyib bo`lar ekan.

Kompyuter keyingi qadanni etib tursa, hamma narsa oson ko`rinar ekan. Nega unday yurmadi deb o`yinchini urishib qo`yar ekansan. Aslida u yurishni topish juda murakkab ekanini keyin tushinar ekansiz.

Yigitlarimiz medal bilan qaytishmoqda! #3 o`rinni egalladik! (3/188). Hindiston bilan kechgan jangni katta shoxmotchilar kelib tomosha qilib o`tirishdi. Haqiqiy qiymatga ega jang bo`ldi!

Qizlarimizga ham qoil qoldim. Juda zo`r ishtirok etishdi. Retingi o`zlaridan 100+ ortiq raqinlar bilan o`ylashdi. Natijalari juda zo`r, muborak bo`lsin!

Shu bilan qardosh Qozoqiston respublikasini ham tabriklayman! Qizlar bellashuvida #2 o`rinni egallashdi. Bu juda katta natija !! (2/170)

Farzandlarimiz albatta bizdan-da aqlli va dono bo`lishlar shart.


45th FIDE Chess Olympiad 2024
Sep 11, 2024 – Sep 22, 2024

https://www.chess.com/events/2024-fide-chess-olympiad-open/results

https://www.chess.com/events/2024-fide-womens-chess-olympiad/results

@DrAlgorithm
🔥18👍91👏1
Dr. Algorithm
Paradox kema Tasavvur qiling yangi kema yasadik. Nom berdik , masalan Apollo. Vaqt oʻtib uni taʼmir qilgani olib bordik. Qaysidur qismini almashtirdi. Almashtirilgan qismni yigʻib qoʻydik. Uzoq vaqt oʻtib, kemaning barcha qismlari almashdi. Savol: bu…
Kitob va Paradox kema

Avvallari kitob qayta nashr etilishini bilmas edim. Keyin esa nashr yiliga qarashni boshladim.
Vaqt oʻtib yangi nashr faqat kitobni qaytadan chop etish emas ekanini bildim. Har bir yangi nashr yangi oʻzgarish degani ekan.

Tasavvur qilganmisiz, sizga kitob tavsiya qilishdi. Nomi, muallifi va muqovasi maʼlum. Sotib oldingiz. Oʻqib koʻrsangiz, tavsiya etgan odam aytgan narsalar kitobda yoʻq.

Menda ham oʻxshash holat boʻldi. Kutubxonadan kitob olib oʻqidim. Rosa yoqdi. Keyin online doʻkondan buyurtma berdim. Qoʻlimga olganimda oʻqib koʻrsam, ichi toʻlaligicha boshqacha. Bilsam, men kutubxonadan olganim 2-nashr va sotib olganim 3-nashr ekan.
Shundan beri kitob tanlashda nashr raqamiga ham eʼtibor bera boshladim.

Paradox kema haqidagi xabarim esingizdami?
Unda kemani qayta yasagan edik. Bu yerda esa kitob nomi oʻsha, ichi esa boshqa. 🥴

Hayot paradoxlarga toʻla. Yo biz e'tibor bermaymiz yo bizga ta'siri yoʻq.

26.09.2024 L
@DrAlgorithm
👍332❤‍🔥1🤔1