Dr. Algorithm
3.07K subscribers
478 photos
53 videos
3 files
542 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Forwarded from Kitoblar ombori 🇵🇸
Aqliy mehnat sirlari

Aqliy mehnatning misollari: qiyin kitob o‘qish, murakkab masala ustida ishlash va ma’nili matn yozish.

Oz odamlargina aqliy ishga osongina sho‘ng‘ib, jarayondan lazzat topa oladilar, natija esa ularga qo‘shimcha mukofotdek bo‘ladi. Ko‘pchilik esa bunga kirishadi-yu qandaydir ichki sovuq to‘siqqa urilib xafsalasini yo‘qotadi. Shu to‘siqlarni yengib o‘tish ba’zi sirlari bilan bo‘lishmoqchiman.

1. Aqliy ish qilishdan oldin taomingizga ahamiyat bering. Oqsilga boy, yengil hazm bo‘ladigan ozuqa miyaga hujayralari tez va samarali ishlashiga omil bo‘ladi. Baliq, yog‘sizroq go‘sht, tuxum, tvorog, bir oz yong‘oqlar, ko‘tara olsangiz sut – mana shular kabi. Shirinlik, xamir ovqatlar aqliy ishni sekinlashtiradi. Yaxshisi ularni mukofot tariqasida ish bitgach yegan yaxshi, mutlaqo voz kechvorish yaramaydi.

2. Jismoniy mashqqa kirishish oldidan a’zolarni qizdirib, cho‘zish harakatlari qilinadi. Xuddi shunday aqliy ishni boshlash oldin miya a’zolarini yaxshilab qizdirib olish kerak. Lekin qizdirish harakatlari, birinchidan, ishingiz mazmuniga aloqador bo‘lgani yaxshi; ikkinchidan, yengil iste’mol bo‘ladigan vizual kontent bo‘lmasin. Misol uchun biologiya bo‘yicha kitob o‘qiyotganingizda “qiziqishni uyg‘otish uchun” yengil yelpi mavzuga oid bo‘lsa ham video rolik ko‘rmang. Undan ko‘ra biologiyaga oid jurnal, kichik maqolalarini varaqlang, yoki kitobingizdagi ajratib yozilgan abzaslarni ko‘z yugurtirib chiqing. Asosiy narsa miyangizda savollar tug‘ilsin va o‘zingizcha javobni o‘ylab ko‘ring, o‘qish jarayonida miyangiz javobingizni tekshirib ko‘rishga urinadi. Qizitish yo‘llaridan biri bu. Video kontent esa tashqi hissiyot ichki hissiy ishtahani bo‘g‘ib qo‘yishi mumkin (shirinliklar kabi).

3. O‘pka, qon tomirlari va miya hujayralari yetarlik kislorod bilan to‘yinishini ta’minlang. Bilib qo‘ying, miyani zo‘riqtiradigan aqliy mehnat - biokimyoviy jarayon. Biokimyoviy jarayonni yonish desa bo‘ladi, kislorodsiz yondirish, kuydirib bosish mumkin emas. Nafas olish mashqlari juda ko‘p, birontasini tanlab qo‘llang. Yurish harakati ham kislorod bilan yaxshi ta’minlaydi. Suv ichish ham kislorod bilan to‘yinishga yordam beradi, umuman biokimyoviy jarayonlar suvli muhitda kechadi.

4. Ishga kirishishdan oldin chalg‘imaslikka ahd qilib 10, 20, 40, 60 minutdan iborat tanaffusli muddatlar belgilang. Samarasiz bo‘layotgan bo‘lsa ham shu 10 yoki 20 minutlik vaqt oxirigacha yetkazib o‘tiravering. Agar miya ishlab ketib, ilhom yoqangizdan tutganini his qilsangiz-u muddat tugagan bo‘lsa ham to‘xtash intizomini shakllantiring. Bir oz tanaffus qilib yangi muddatni boshlang. Internetda “Pomodorro” uslubi haqida qiziqib ko‘ring. Ishning eng qiziq joyida uzishdan qo‘rqmang! Bu haqda keyingi bandda.

5. Hech qachon charchab xolsizlanguncha, ko‘nglingizga tegib ketgunicha ishlamang! Shunday qilsangiz vazifangizga boshqa safar qaytish juda og‘ir kechadi. Charchoqning boshqa nomi - og‘riq. Miya og‘riqni yomon ko‘radi. Miya og‘riqni unutmaydi, ming xil bahona bilan aqliy ishga qaytishingizga to‘sqinlik qiladi. Yaxshisi ishtaha borida to‘xtang. Ertasi kuni uchun qaysi joyidan davom eitishni belgilab boshqa ishlaringizga ravona bo‘ling, masalan uxlang. Vaqti kelib yengilgina shu joyidan davom etib ketaverasiz. Bu nafaqat sinalgan uslub balki deyarli barcha yozuvchilar va olimlar muvaffaqiyatli mehnati siri! Bundan kuchliroq tavsiya topmaganman... Ishonishingiz uchun, eslang nima uchun odamlar uzundan uzun seriallarni kutib, sevib ko‘rishadi? Har bir seriya qiziq joyidan uziladi. Ming bir kecha ertaklaridagi Shahrizoda ham bu sirni yaxshi bilgan.

Bu haqda yana yozgim keldi-yu, ajratilgan taym tugab qoldi.

@kitob_ombori
11🔥3❤‍🔥1👍1
UNICON SOFT
Kriptovalyutalar
Assalomu alaykum,

Kripto haqida ma'lumot ko`p.
Shunday bo`lsa ham savollar undan-da ko`p ekan.
Bu galgi suhbatimizda ba'zi savollarga javob topishga harakat qildik.

Fikrlar bo`lsa, izohlarda qoldirishingiz mumkin.

@DrAlgorithm
4
Audio
😁6🫡21👍1🤔1🤨1
ICQ - so'nggi kun

"Chollar" yaxshi bilishadi buni kim ekanini.

O'z davrida juda mashhur va keng tarqalgan edi. O`z davrining telegrami desa ham bo`ladi. Bu yerda botlar bo`lmasa ham, shaxsiy va biznes uchun ko`p ishlatilar edi.

Ba'zi qizziq hotiralarni ulashmoqchiman.

1. ICQ raqamlari: Uzoq muddatli foydalanuvchilar ko‘pincha o‘z ICQ raqamlarini ularning xizmatga qanchalik erta qo‘shilganini ko‘rsatuvchi faxriy belgisi sifatida eslashadi.

* UINlar tushunchasini foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish uchun joriy qildi, bu o‘sha davrda yangilik edi. Har bir foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishda o‘ziga xos raqamga ega bo‘ldi.

* U vaqtlarda telefon raqamga ulash shart emas edi.

* Qisqa (4-5 xonalik) raqamlarni sotish mumkin edi.

2. ICQ offline xabarlar, ko‘p foydalanuvchili chat va fayllarni uzatish kabi xususiyatlarni kiritgan bo‘lib, bu o‘z davri innovatsiasi edi.

3. Buddy List: ICQ foydalanuvchilarga ularning kontaktlari orasida kim online ekanligini ko‘rishga imkon beruvchi "buddy list" (do‘stlar ro‘yxati) tushunchasini ommalashtirdi.

4. Ovozli xabarlar: 2001-yilda ICQ ovozli xabarlarni yuborish imkoniyatini taqdim etdi, foydalanuvchilar matn o‘rniga audio kliplarni yuborishi mumkin bo‘ldi. ("23 yil oldin, Karl")

5. Innovatsion meros: ICQ tomonidan kiritilgan yoki ommalashtirilgan ko‘plab xususiyatlar hozirgi zamonaviy xabar almashish ilovalari uchun asos bo`ldi, jumladan, onlayn holat indikatorlari va multimedia xabarlari.

6. Mashhurlik: O‘z cho‘qqisiga 2001-yilda yetgan vaqtda ICQ’da 100 milliondan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi bor edi.

7. Madaniy hodisa: ICQ ovozi “Uh-oh!” ikonaga aylangan va foydalanuvchilar uchun yangi xabar kelganini ifodalardi.


Hullas, bugun uning so`nngi kuni edi. ICQ bilan hayrlashdik.

@DrAlgorithm
😢171
Forwarded from Far·hod·jon
📣 Hiring alert (June 2024 edition)

Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti:

- Senior Backend Engineer (Python)
- Middle Backend Engineer (Python)
- Senior Engineering Manager
- Director of Engineering

Bo’lishadiganlar uchun katta rahmat va shaxsan minnatdorligim. Agar taklif qilingan odam Super Dispatch’ga qo’shilsa - $1 000 referral fee.
👍5
Bloomberg HQ

Kecha Javohir Bloomberg Bosh ofisini aylantirib chiqdilar.

Yurtdoshlarimiz bunday katta korxonalarga ishga kirishlari quvonarli xolat. Kelganlariga 1 hafta boʻlgan boʻlsa ham tashrif qilish uchun chaqirdilar. Ofisni barcha 8 qavatini aylanib chiqdik.

* Bino arxitektura boʻyicha juda koʻp mukofotlar sovrindori.
* Bloomberg binosi Open Space shaklida ishlashga moslab qurilgan. Xonalar yoʻq, hamma bitta katta xonada ishlaydi.
* 5-6 ta video va audio studiolarini koʻrdik. Kichik studiodan boshlab, bitta sahna uchun 30-40 ta kamera va chiroq ishlatiladigan studiolargacha.
* Terminal (MDI) asosida ishlab chiqilgan ish joylari har bir xodim istalgan qavat va joydan ishlashi mumkin qilingan. Login/parol terasiz va ish joyingiz boshqa stolga oʻtib qoladi. Hatto IP telefonia ham.
* Qavatlar ranglar bilan ajratilgan. Kutibxona, dam olish xonasi va ibodat xona kabi maxsus joylari bor.

Geografiya fanini yaxshilab oʻrganing, binoda yurganingizda Shimoliy lift, Gʻarbiy kutubxona, Janubiy tomondagi stoldaman, - kabi soʻzlarni eshitishingiz mumkin.

Bino London markazida joylashgani uchun derazadan London City'ning tarixiy binolari koʻrinib turadi. Doim turistlar kelib, tomosha qiladigan manzara oldida ishlab oʻtirasiz.

6-qavat. Hamma shu yerni yaxshi koʻrar ekan. Hatto lift birdaniga 6-qavatga olib chiqar ekan. Boshqa qavatga chiqish uchun liftga alohida aytishingiz kerak. 🍫

Bu qavatda taomlanish boʻlimi joylashgan boʻlib, ixriyoriy vaqt ochiq: choy, kofe, shirikliklar, meva kabi narsalarni olishingiz mumkin. Ertalab ishga kelib, nonushta qilishga rosa zoʻr joy ekan.
Oʻzbekmiz-da, mehmon kelsa avval taom qoʻyamiz. Jaa biza bop joy ekan.

Bino markazidagi zinapoya barcha qavatlarga piyoda chiqish uchun moslangan. Eng muhim jihati barcha boʻlim xodimlari shu yerdan yurib, bir-biri bilan tanishishi uchun qilingan ekan.
Qizziq-a, bitta domda turib, qoʻshningiz kim ekanini bilmaysiz. Huddi shunday hajmdagi katta ofisda esa barcha qavat odamlarini tanib olish mumkin. (Bu haqida alohida yozsam kerak.)

Corporate culture - korxona madaniyati juda ajoyib tashkil etilgan. Buni oʻrganib, Oʻzbekistonda ham tadbiq qilishimiz kerak jihatlari bor.

Hulosa qilsam, sayyohat juda unumli bo`ldi. Javohirga alohida rahmat!

Berlindan kelib Londonni aylantirgan IT mutaxassisi.

@DrAlgorithm
14👍9🔥3👨‍💻2🤩1🏆1
Mana bu yaxshi yangilik boʻlibdi.

Oʻzi Oʻzbekistonda boʻlmasdan turib, online ishlasa va pul oʻqimi bizdan oʻtsa iqtisodiy katta foyda boʻladi.

ITga qiziqish yana ortsa bu zoʻr boʻladi. Yoshlarimiz ilmi ziyoda boʻlsin.

Davr keldi allaqachon kelgan,
Ey yoshlar uygʻon uygʻon...


Kuningiz hayrli oʻtsin.

@DrAlgorithm
👍12
Forwarded from Rustam Karimjonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston va xorijdagi o'zbek Frilanserlar diqqatiga!

Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati o'zini-o'zi band qilgan frilanserlar bilan yangi tizimni yo'lga qo'yish borasida ochiq muloqot o'tkazadi.

☑️ Prezidentimiz raisligida joriy yilning 28-iyun kuni bo'lib o'tgan yigʼilishda IT sohasida oʼzini oʼzi band qilgan frilanserlarga yangi tizim yo'lga qo'yish ularga IT-Park rezidenti maqomini berish va ularni uch yilgacha barcha soliqlardan ozod etish va boshqa imkoniyatlarni o'z ichiga olgan yangi tizim ishlab chiqish belgilandi.


‼️ Sizlarni 6-iyul soat 11:00 da bo‘lib o‘tadigan "Freelance forumi"da ishtirok etishga hamda qaror loyihasini muhokamasida faol qatnashishga taklif qilamiz.


🔻 Forumda ishtirok etish yoki takliflarni yuborish uchun shu yerda Ro'yhatdan o'ting!

🏬 Manzil: "IT-Park" majmuasi Kongresslar zali;

📱 Tel: 71 203-03-43 (111).
👍8
Havfsizlik

Korxonada maʼlumotlar havfsizligini taʼminlash, ularning tashqariga chiqib ketishini oldini olish uchun mahsus yondashuvlar bor.

Hatto, xato kam boʻlsin deb, "4 eyes check" (4 koʻz nazorati), "2 fingers check" (2 qoʻl nazorati) kabi usullar ham oʻylab topilgan. Maqsad, 2 ta har xil odam bitta masalaga qaror berishi. Bir kishi qaror beradi, ikkinchisi tasdiqlaydi.

Endi tasavvur qiling, ishlab turgan korxonangizda har bir ishni rahbaringiz tasdiqlashi kerak. Siz yuborasiz, u tasdiqlaydi, ketin pul chiqib ketadi. Tizim shunday yasalgan.


Korxonalarning birida huddi shu uslubda rahbar (Line manager) tasdigʻi hamma uchun zarur. 20 kishi ishlaydi. Qizziq tomoni xodimlar parollarini ekranlariga yopishtirib olishgan. Esdan chiqmasligi uchun. Hamma.
Eng qizzigʻi, rahbarning ishi koʻp. Hammaga birma-bir tasdiqlay olmaydi.

Yechimni qarang, rahbarning kaliti (password) xonada katta doskaga yozib qoʻyilgan.


2FA qilasanmi, 4 eyes check qilasanmi, QA test qiladanmi? = 1 tanga 🤣

@DrAlgorithm
🤣15👍5
Kofe

Avvallari kofeni soat mili boʻylab (clockwise) aralashtirar edim. Shu kunlarda soat miliga teskari (counter clockwise) aralashtirishni boshladim.

Bunga sabab nima boʻlishi mumkin?

P.S. O(n) chilardan yaxshi izoh kutib qolaman!

@DrAlgorithm
🌚7🤔5👍1
Dr. Algorithm
Bunga sabab nima boʻlishi mumkin?
Hammasi oddiy

Dasturchilar dangasa bo`ladi, - deb aytar edim. Shu jumladan o`zim ham. Shunga asoslangan bu post.

O(n) chilar ni eslaganim esa, ular doim optimal, kam harakat qiladigan narsalarni yoqtirishadi. 1 dan 100 ga cha qo`shish o`rniga n(n+1)/2 ni ishlatishadi. Havas qilaman...

Javob: Aralashtirish uchun inkichka cho`p ishlatiladi. soat miliga teskari (ccw) aylantirganda rasmda o`ng tomondagi kichkina ulanish joyi halal beradi. O`sha yerdan o`tishda cho`z sakrashni boshlaydi. Bu aralashtirish jarayonini sekinlashtiradi va yoqimsiz holatga keladi.


Shu sabab, tekis sirpanishi uchun sho`pni teskari (cw) tomonga aylantirishni boshladim.


Aytgancha, suvning oqavaga ketishida yer sharining qaysi yarmida ekaningiz aloqasi yo`q. Sub ketish uskunalarining qaysi tomonga moslaganiga bog`liq. Yerni ayblamasak ham bo`ladi :)

P.S. Bu post bilan, bir doiradan tashqariga chiqib kelilik dedim-da. (Out of the box) 😉
🤣12👍71😁1
Baliq hovuzi

Abby yaylovlarining pastki qismida baliq hovuzi bo‘lib, aholi ko‘pincha u yerda baliq ovlar edi. Bir kuni, ular omadlari yurishmay, hammasi bo‘lib faqat o‘n ikki dona baliq tutdilar. Rais aka kutilmaganda e’lon qildi: "Bugun ov yaxshi bo‘lmaganligi sababli, sizlarga bir topish bermoqchiman." Shunda u o‘n ikki baliq savatini olib, hovuz atrofida teng masofalarda joylashtirdi, har bir savatga bittadan baliq soldi.

"Endi, hurmatli baliqchilar," dedi u, "Mana sizlarga O‘n Ikki Baliqning topishmog‘i. Siz istalgan savatdan boshlab va doim bir yo‘nalishda hovuz atrofida yurasiz. Bitta baliqni olib, ikki boshqa baliqdan o‘tib, keyingi savatga joylashtirishingiz kerak. Shu zaylda davom etasiz. Yana bitta baliqni olib va uni ham ikki baliqdan o‘tkazib, savatga joylashtiring; va shu tarzda davom eting. Faqat olti baliqni ko‘chirish kerak va ular joylashtirilgandan so‘ng, oltita savatda ikki baliqdan, va oltita savat boʻsh boʻlishi kerak.

Kim bu ishni eng kam marta hovuzni aylanib o‘tgan holda bajara oladi?"


Savol raqami: 40704

Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi.

Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!

@DrAlgorithm
👍2
Forwarded from Unicorn
📢 Java Spring sir-asrorlarini professionaldan o‘rganing!

ZaytunTech da Tech Lead, Java bo'yicha 10 yillik tajribaga ega G'ayratjon Rayimjonov ishtirokidagi workshopda ishtirok eting.

Workshopda siz nafaqat nazariy, balki amaliy bilimlarga ham ega bo‘lasiz.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: bu yerga bosing

🕓 Tadbir vaqti: 14 - iyul (yakshanba), soat 13:00 — 15:00

📍Manzil: bu yerga bosing

Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tumani,
Mustaqillik prospekti, Mirzo Ulugbek kuchasi 54A.


Sohaga endi qadam qo‘yganlar imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang.
👍7🔥4
Dr. Algorithm
Baliq hovuzi Abby yaylovlarining pastki qismida baliq hovuzi bo‘lib, aholi ko‘pincha u yerda baliq ovlar edi. Bir kuni, ular omadlari yurishmay, hammasi bo‘lib faqat o‘n ikki dona baliq tutdilar. Rais aka kutilmaganda e’lon qildi: "Bugun ov yaxshi bo‘lmaganligi…
Javob: Baliq hovuzi
Savol raqami: 40704

Agar boshqotirmani o`zingiz yechib ko`rmoqchi bo`lsangiz, davomini o`qimang. O`zingizni sinab ko`ring va yechimni izlashga harakat qiling.

Javob: 3

Bu boshqotirmani yechish uchun 4 marta aylanish orqali yechish ancha oson. Lekin 3 marta aylanish orqali yechishni topish juda mushkul.

Yechimni asoslash uchun har bir harakat ketma-ketligini keltirib o`taman.

Har bir harakatda bir raqamdan boshqasiga olib o`tishni yozaman. Masalan, 1-4 degani 1-savatdan baliqni olib, 4-savatga solindi. Shunda o`rtada 2 va 3-savatlardan o`tiladi. Ulargadi baliqlar soni 2 ta bo`ladi.

Demak javob variantlari:
1 usul: 1 -> 4, 5 -> 8, 9 -> 12, 3 -> 6, 7 -> 10, 11 -> 2
2 usul: 4 -> 7, 8 -> 11, 12 -> 3, 2 -> 5, 6 -> 9, 10 -> 1


Topa olmaganlar hafa bo`lmang, savol rostan ham oson emas edi.

Keyingi savolda ko`rishguncha.

@DrAlgorithm
👍5