Dr. Algorithm
3.07K subscribers
478 photos
53 videos
3 files
542 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Texkor xabar yuborish - Messenger

[1-qism]

Korxonada biror tizim ishga tushishidan oldin xabarlashib turish uchun aloqa kelishib olinadi. Hamma korxonada har xil. Qo`ng`iroq qilish, SMS yozish yoki Telegramga o`xshash dasturlardan foydalanish.

Endi o`ylab ko`ring. Agar Telegram sizning shaxsiy hayotingizda faol bo`lsa, faqat korxona uchun nima qilsa bo`ladi?

1. Alohida telefon raqam olib, uni korxona telegramiga ulash.
2. Umuman boshqa dasturdan foydalanish.

Huddi, ko`pchilik uchun LinkedIn mutaxassislik (professional) tomondan ijtimoiy tarmoq bo`lgani kabi, tezkor aloqa uchun ham ko`pchilik korxonalar ishlatadigan dastur, Slack bor. Discord bor.

Birinchi marta Slack haqida eshitganimda (2017 yillar) manga g`alati tuyulgan edi. Telegram bor-ku deb. Keyin korxonada Slackga o`tishga kerak bo`lgani (2022 yil)da ham shunday bo`lgan. Keyin o`ylab qarasam, Xato qilgan ekanman.

Slack nimasi bilan korxonalar uchun bo`ladi?

1. Slack’da barcha ma’lumotlar korxona hisobida bo`ladi.
2. Guruhlar korxona ichida Ochiq va Yopiq bo`lishi mumkin. Ochiq bu hamma a’zo bo`la oladi. Yopiq esa faqat chaqirilganlar ko`ra oladi.
3. Xar bir xabarga javob berish mumkin. Huddi hozirgi Telegram kanallarda xabar tagida izoh berish mumkin bo`lganidek. Bu narsa Telegramda chiqqaniga ko`p bo`lmadi. Slackda asoslaridan biri.
4. Bitta xabarga birnecha rasmcha (icon, smile) qo`yish mumkin. Bu Telegram premiumda bor.

https://t.me/DrAlgorithm/472
👍61
Texkor xabar yuborish - Messenger

[2-qism]

End keling imkoniyatdan mantiqqa o`tamiz.

Yuqorida keltirilgan imkoniyatlar oddiy xayotda ishlatilmasligi mumkin. Shunday ekan, nima uchun korxonalar va odamlar Slack kabi dasturlardan foydalanadi?

1️⃣ -xolat. Faraz qilamiz. Sizda yaxshi bir sotuvchi xodim bor edi. Barcha mijozlaringiz bilan aloqani yaxshi ushlagan, telegramga viloyat kesimida guruhlar ochgan va nima yanglik bo`lsa, ular bilan tez gaplashib turardi. Buni hammasini u siz uchun qilib bergan edi. Bir kun kelib (oradan 2 yil o`tib) sizdan ketib qoldi. Oxirgi oyligini ham olmadi. Keyin birdan aloqani uzdi. Chunki u korxonada ishlash uchun alohida telefon raqam olgan edi va u endi o`chiq.
Tasavvur qiling, barcha guruhlar endi yo`q. Yoki hammasi sizning eski xodimingizda.
Sizning biznesingiz to`xtadi. Yangi va ishlab turgan mijozlari (mijozlaringiz) bor bo`lgan raqobatchi korxona paydo bo`ldi. Nima qilasiz?

Slack kabi dasturlarda barcha guruhlar, yozishmalar hammasi korxona hisobida qoladi. Xodimlar almashaveradi, guruh joyida turadi.
Xatto biror xodim, boshqasi bilan shaxsiy guruh ochib olib, gaplashgan bo`lsa ham, korxona bu xabarlarni o`qiy oladi.

2️⃣-xolat. Guruhda xodimlar AT muammolarni yozadigan guruh ochdingiz. (AT support). Kompyuter ishlami qoldi, internet uzilib qoldi kabi hamma xabar shu yerda.
Endi tasavvur qiling, har bir odam o`zini muammosini yozishni boshladi. Xabarlar kelib yotibdi, AT xodimingiz bittasiga javob beradi, tushunmasa, yana davomida tushuntiradi. Orada savollar qolib ketadi. Ketini topish qiyin. Yoki Service desk sotib olasiz, yoki boshqa yo`lini qidirasiz.
Yechimi esa oddiy. Guguhda har bir muammo uchun bitta xabar qoldirishga kelishib olasiz. AT xodimi esa, har bir xabaring izoh (yoki javob berish, thread) qismida javob beradi. Shunga biror xabarni ko`rsangiz, ichiga kirasi va hamma muhokamalar ichki qismda bo`ladi.

3️⃣-xolat. Sizda xabarlar kelgan. Ba’zilar yangi, ba’zilarini hali hal qilib ulgurmadingiz, yana bir qismi esa hal etilgan. Izoh qismia javob bergandiz. Lekin yana adashish ko`p. Nima qilamiz?
Shu vaqt bizga suyukli rasmcha (icon, smaylik) :smile as qotadi.

O`tirib kelishib olasiz:
👀 ko`z rasmi - ko`rdim, shug`ullanib javob yozaman
👍 bosh barmoq - ko`rdim, shug`ullanishayotgan ekan
yashil qabul - ish hal etildi.

va boshqalar. Buning osonligi. AT xodimi ish vaqti tugab, keyingisi ishni boshlasa ham, bir ko`z yugurtirib chiqib, aniqlay oladi. nechtasi hali yopilmadi, nechtasi yangi. "Yashil qabul" larni tashlab o`tsa bo`ladi. "Ko`z rasmi" larni oldinroq hal qilish yaxshi, kutib qolishgan. va xokazo.

Bu aytib o`tganlarim faqat oddiy xabarlashish haqida edi.

Tizim ishlamay qolganida xabar kelishi. Task manager, yoki email ni ulab qo`yish. Har bir xolat o`zgarganida, yoki sizga kerakli filter ishlaganida sizga xabar keladi. Shunga o`xshash Bildirishnoma (Notification), Kuzatuv (Monitoring), Huquqlarni boshqarish (Access management) va boshqalar ham bor.

Qisqa yozgim keladi, ammo o`xshamaydi. O`qigan vaqtingizga rozi bo`lasila.

https://t.me/DrAlgorithm/473
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍171
Golf oʻyini

Bandi-ball, Kambak yoki Goff (hozirgi kunda golf nomi bilan mashhur boʻlgan oʻyin) juda qadimiy oʻyin hisoblanadi, Solvamhol qasrida ham alohida sevimli oʻyin boʻlgan. Ser Fortibas'ning oʻzi oʻyin ustasi edi va u bir kuni quyidagi savolni berdi.

Bir-biridan 300, 250, 200, 325, 275, 350, 225, 375 va 400 yard masofada joylashgan toʻqqizta teshik bor. Faraq qilamiz, bir inson to'pni har doim toʻgʻri chiziq boʻyicha ura oladi va uni ikkita masofadan biriga nishonga ura oladi. U doim teshik tomon ursa, uning ustidan oʻtib ketadi yoki ichiga tushadi. Bu inson ura oladigan ikki masofa qanday boʻlishi kerak? Uni butun kurs oxirigacha borishi uchun eng kam nechta zarba kerak?

- Agar buni mukammal tarzda qila oladigan odamni bilsangiz, menga albatta bildiring.", - dedi ser Fortibas

Ikkita yaxshi masofa 125 va 75 boʻlib, ular sizni 28 zarbada tugatishga yordam beradi. Ammo bu toʻgʻri javob emas. Ikkita boshqa masofa bilan va kamroq zarbalar bilan qilish iloji bormi?

Savol raqami: 40309

Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi.


Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!


https://t.me/DrAlgorithm/474
👍4
Ramazon muborak!

Alloh barchamizga Ramazonni barakotli, amallarimizni solih, ibodatlarimizni qabul qilsin!

Ramazonning birinchi kuni muborak!

https://t.me/DrAlgorithm/477
👍102
Python yoki PHP bahsi yangi bosqichga chiqdi. Anvar aka aytishlaricha

Ramazon munosabati bilan MohirDev quyidagi 3 ta kursga 30% chegirma e'lon qildi:

1. PHP & Yii dasturlash
2. Data science va Sunʼiy intellekt
3. Fullstack Python

Bahs nimada deysizmi? Promo kodni ko`ring:

python-vs-php


Bahs gʻolibini esa eng koʻp sotilgan kurslar sonidan aniqlashar ekan 😅

Chegirma 20 Martga qadar amal qiladi.
🔥7👍2
Vazifalar lavhasi [kirish]

Lavha - Dashboard. Lavha soʻzi arab tilidan olingan boʻlsa ham, bu yerda juda mos keldi.


Dasturlashga asoslangan korxonalar doim ishlarini loyiha deb atashadi.
* Sizning uyingizga internet ulab ketish bir loyiha.
* MS Word dasturini yasash ham bir boshqa loyiha.
* Telefon qoʻngʻiroqlariga javob beradigan call centre tashkil etish va ishlatish ham boshqa bir loyiha.
Hullas, hammasini loyiha deymiz.

Loyiha turlari ham koʻp. Bir martalik, uzoq muddatli, takrorlanuvchi kabi turlari boʻlishi mumkin.
Shu barcha loyihalarda bajariladigan ishlar vazifalarga boʻlinadi.
Vazifalar oʻz navbatida ijrochi, qabul qiluvchi, buyutmachisiga ega boʻladi.

#LoyihaBoshqaruvi #ProjectManagement #PM

https://t.me/DrAlgorithm/479
👍5
Vazifalar lavhasi [toʻliq]

Lavha - Dashboard. Lavha soʻzi arab tilidan olingan boʻlsa ham, bu yerda juda mos keldi.


Dasturlashga asoslangan korxonalar doim ishlarini loyiha deb atashadi.
* Sizning uyingizga internet ulab ketish bir loyiha.
* MS Word dasturini yasash ham bir boshqa loyiha.
* Telefon qoʻngʻiroqlariga javob beradigan call centre tashkil etish va ishlatish ham boshqa bir loyiha.
Hullas, hammasini loyiha deymiz.

Loyiha turlari ham koʻp. Bir martalik, uzoq muddatli, takrorlanuvchi kabi turlari boʻlishi mumkin.
Shu barcha loyihalarda bajariladigan ishlar vazifalarga boʻlinadi.
Vazifalar oʻz navbatida ijrochi, qabul qiluvchi, buyutmachisiga ega boʻladi.

Keling loyiha doirasida vazifalarning hossalarini koʻrib chiqsak:
- vazifa nomi (subject)
- vazifa bayoni (description)
- ijrochi (assignee)
- muhimlik darajasi (priority)
- muddat (due date)
- holat (yangi, jarayonda, bajarildi)
boshlanishiga yetsa kerak.

Amaliy tomonga oʻtsak, nimalar qilishimiz kerak?

1. Har doim biror ish boshladingizmi uni loyiha shaklida koʻring.
2. Har bir bajarilishi kerak boʻlgan ishni vazifa shaklida yozib chiqing.
3. Ogʻzaki vazifalardan qutuling.
4. Katta (bir necha kunlik) vazifalarni iloji boricha mayda (<8 soat) vazifalarga boʻlib chiqing.
5. Kichik ishlarni ham vazifa shaklida yozing. Koʻpincha bu texnik qoʻllab quvvatlash (support)da uchraydi.
6. Vazifani egasiz qoldirmang. Barcha vazifaning egasi/bajaruvchisi boʻlishi kerak.
7. "Jarayonda" koʻp vazifa saqlamang.
8. Agar "yangi" vazifalar koʻpayib ketsa, muhimlik darajasini aniqlang.
9. Bitta mavzuga doir vazifalarni bitta katta vazifa (story) ga birlashtirish mumkin.
10. Har kun vazifalar holatini yangilab turing (update status)

Vazifalar boshqaruvi - Task manager

Bizda vazifani oʻzini qilmasdan, ularni kim, qachon, qanday qilishini boshqarish ishdek tuyulmaydi. Shuning uchun ham boshi yoʻq ishlarimiz koʻp.
Agar sizda ham shunday boʻlsa, unda loyihani boshqarishda vazifalar boshqaruvchisini tayin qilishdan boshlang.
Xokimning vazifasi aslida shu. Oʻzi biror vazifani bajarishi kerak emas, bajarilishini taʼminlashi kerak. Buni gʻarbdan oʻrgansak tezroq natijaga erishsak kerak.

Vazifalar boshqaruvi (task management) da nimalarga eʼtibor bersak yaxshi?
1. Bitta loyiha ustida ishlayotganlarni bitta lavhada saqlang. Masalan, dasturchilar (backend, frontend) bitta loyihada, Adminlar, DevOps boshqasida saqlashi mumkin. Majlislar alohida boʻladi. Lekin loyiha bitta boʻladi.
2. Kunlik majlisda har bir guruh oʻziga tegishli vazifalar holatini (status) yangilab borishsin. Esdan chiqqan, keyinga qoldirilgan, egasiz vazifalar "jarayonda" (in progress) boʻlmasligi kerak.
3. Yangi vazifalarni faqat loyiha buyurtmachisi (business owner) yoki guruh sardori (team lead) orqali oling.
4. Agar vazifalaringiz tugab qolsa, "bajarilishi kerak ishlar" (Backlog) dan o`zingizga olib, ertasi kungi majlisda aytib o`ting.
5. Natija vazifalar soni ko`pligi bilan emas, bajarilish sifati bilan baholanadi. Shu sababli vazifa soniga bog`lanib qolmang.

Batafsil yana keyingi postlarda yozib boraman.

#LoyihaBoshqaruvi #ProjectManagement #PM

https://t.me/DrAlgorithm/480
👍10🔥1
Yaqinda bir odam bilan gaplashib qoldim...

Oradan 2-3 soat o`tib, boshqa bir kanalda post chiqdi va o`qiganimda manga yoqdi. https://telegra.ph/MEN--TROLL-03-11. O`qib ko`ring, yaxshi yozilgan.

AT xohasiga kirmoqchi bo`lganlar, o`zining qiziqishini va qanoatini bilishi kerak. Shunga qarab reja qilishi kerak.

Boshida nima sohada ishlasa, kelajakda ham shu soha unga hamroh bo`ladi. Umuman aloqasi yo`q sohaga o`tib ketish qiyin bo`ladi, - deb o`ylayman.

Vaqt bo`lsa, o`qib ko`ring.
2👍2🔥1
❤️ Foydali 😋😌🤓


Nodir aka bilan #GASHTAKning suhbatni sizga tavsiya qilmoqchiman. Chet davlatida o`qish va ishlash haqida gapirilgan.
* Universitet diplomi kerakmi?
* 10 yildan keyin universitetda o`qish?
* qaysi yo`nalishda o`qiganim ma'qul?
* ham o`qib, ham ishlasam bo`ladimi?
* chel elda pulim qolmasa nima qilaman?
* ish topish osonmi?
* nima uchun 100 ta joyga ishga topshirishadi?
* Ishga kirish strategiyasi
* ishga kirish repetitori bormi?
* talabadan vazirlikkada yo`l
* muzeylar va Angliya tarihi
kabi juda qizziq mavzular tilga olingan.

Video biroz uzun bo`lishi mumkin, lekin rosa foydali.

Iltimos, videoni ko`rib bo`lgan, ma'qul kelgan bo`lsa, albatta Like 👍 bosib, Subscribe qilib qo`ying. Yana ko`p yangi suhbatdoshlarni ko`rishingiz mumkin bo`ladi.


Youtube havola: https://www.youtube.com/watch?v=wfit_9JWcmc

Yana ko`p boshqa tavsiyalarni olinshingiz mumkin bo`lgan video.

~ DrAlgorithm tavsiya qiladi. #Gashtak

Birnecha kundan beri post qo`ya olmadim, nasib qilsa shu hafta yana yetishib olaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Forwarded from Alisher Tojiyev
X(Twitter)’dagi profilimni kuzatish
👍63👎3🔥1
Alisher Tojiyev
X(Twitter)’dagi profilimni kuzatish
Alisher yaxshi mazvuni olib chiqdilar.

1. O`zbek tilida gapirishimizni rivojlantirishimiz kerak.
2. IT bilan it ni farqlash osonroq bo`ladi.

AT - Axborot texnologiyalari

atamasini ishlatishni men ham ma'qullayman!

https://t.me/DrAlgorithm/485
👍34👎21🔥1
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da Project Management kuni!

📆 30-mart shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks March2024 Project Management Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣. “Loyiha menejeri kim, u nimalarni bilishi kerak?” - Elbek Bahromov(PM, Sinaps);

2️⃣. “Jamoa boshqarish usullari” - Anvar Narzullaev(CEO, Mohirdev).

3️⃣. "AyTi jamoa qurish va loyihani boshqarish bo'yicha maslahatlar" - Sardor Dushamov(CTO, Workly)

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)


Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Mohirdev
Thinkland
Tadbir facebookda
🌐 UzGeeks.uz
👍211
Bittagina tugma-ku

Ko`pchiligimizni o`ylantiradigan savol.
Biznes egalari dasturchi bilan gaplashganda ko`pincha shu xolatga tushiladi. Tizim ishlab chiqasiz, talablarni hammasini qilib bo`lganingizda:

- shu yerga ham bitta tugma qo`yib ber, yuklab oladigan (download), bo`ldi, - deyishadi.

Bechora dasturchi keyin tepa sochi tikka bo`lib, asabiylashib o`tiradi. Chunki bu bitta tugma orqasida nimalar borligini tushuntirish, amri mahol.

Hullas, loyihalar bor ekan, shunday bo`laveradi. Yoki Biznes egasi va Dasturchi bitta tilda gaplashishni o`rganadi.

Bitta tilda gaplasha olish naqadar go`zal.


@DrAlgorithm
😁16👍8😭4
Agile Manifesti

2001 yil Fevral, Yuta shtatidagi Snowbird togʻ-changʻi kurorti, konferentsiya, yengil usulda dasturlash vakillari va foydalanuvchilari uchrashuvi. Muhokama sababchisi mavjud ogʻir jarayonli, mukammal hujjatlarga bogʻliq boʻlgan dasturiy ta'minot ishlab chiqish jarayonnini boshqa, muqobil usulga oʻtkazish zarurligi. Konferentsiya yakunida ular umumiy yondashuvni belgilab, manifest sifatida oʻz fikrlarini nashr etdilar. Bu usul dasturiy ta'minotni ishlab chiqishning tezkor usuli (Agile software development) deb nomlandi

Asosiy kelishuvlar quyidagilar:

• Jarayonlar va vositalar emas shaxslar va munosabatlar
• Yaxshi yozilgan hujjatlar emas ishlaydigan dasturiy ta'minot
• Shartnoma boʻyicha kelishish emas mijozlar hamkorligi
• Reja boʻyicha ishlash emas oʻzgarishlarga moslashish

Ya'ni, chapgadi narsalarda qiymat mavjud boʻlsa-da, biz oʻngdagi narsalarni koʻproq qadrlaymiz.

Siz bunga nima deysiz? Fiklaringizni izohda qoldiring.

@DrAlgorithm
👍5🔥1
Bandaning haqqi

Birovning haqqi hech kimga buyurmaydi.
Hatto qaytarib berib, faqatgina vaqtincha o`zidan so`ramasdan foydalinib turgan bo`lsang ham.

Sam Bankman-Fried, juda zo`r dastur ishlab chiqqan. Ko`pchilik foydalangan.

Faqat birovning pulini o`ziga etmasdan foydalanishi unga qimmatga tushdi.

Huddi, qaysidur davlat idorasi buxgalteri xodimlar oyliklarini qimorga tikib, yo`q qilgani kabi.


Crypto bilan ishlang, faqat halol yo`l bilan ishlang. Birovning haqqini yeb qo`yishingizdan qo`rqing.

Umidjon akani etgan gaplari bor, rosa manga ma'qul kelgan:
- Crypto bilan ishlash kerak, sotib olish, sotish kerak. Faqat nima uchun? Trendda turish uchun, qanday ishlashini, nima jarayonlar bo`layotganini bilish va xabardor bo`lib turish uchun, - degan edilar.
- Qancha pul tiksa bo`ladi? - deganda.
- Senga qancha pulni yo`qotish ko`tarsa, shuni aylantir. Kimgadur $10, kimgadur $100, kimdagur $1,000. Lekin bu aylantirvotgan pulingni ishlatma.


Faqat o`rganish va ma'lumot olish uchun bo`lishi kerak.
Ertaga crypto harom deganda, barcha tikkan pulingdan kechishga tayyor tur.

Sam Bankman-Fried ga 25 yil berishibdi. Boshqa bunga o`xshash qalloblik qilganlarda 100 yilgacha berilgan ekan. (jadvalga qarang).

Birovni haqqidan qo`rqing.
Doim halol tomonda bo`ling.


@DrAlgorithm
👍1121