Dr. Algorithm
3.07K subscribers
478 photos
53 videos
3 files
542 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Turli usullar bilan rasmlarni yasab ko´rdim. MS Copilot loyihasi ham ancha yaxshi ishlamoqda. Eng qizzig´i tekinga ishlavotti.

E'tibor bersam, odamlarning barmoqlari soni to´g´rilanishni boshlabdi. AI ancha katta bo´lib qolibdi-de, a?

https://t.me/DrAlgorithm/421
😁7👍5
Belgili Sudoku


Har bir ustun va satr oltita belgining biridan bittasini va faqat bittasini o'z ichiga olishi uchun jadvalni to'ldira olasizmi? Bu boshqotirma xuddi an'anaviy raqamli sudoku kabi ishlaydi, faqat raqamlar ko'rsatilgan oltita belgi bilan almashtirildi.

Savol raqami: 40202

Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi.

Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!


https://t.me/DrAlgorithm/422
👍5
Forwarded from Nuruddin Blogs
DevOps Journey - DevOps sayohatini boshlang

Hozirgi kunda rivojlanib talab ortayotgan sohalardan biri DevOps Engineering sohasi hisoblanadi, lekin afsuski bu soha bo'yicha o'zbekistonda kurslar juda kam va qimmat, shu sababli bu soha o'zimizda rivojlanishi juda sekin, ko'pchilik dasturchilarni bu sohaga ishi tushgani va ma'lum bir qiyinchiliklar bo'lgani aniq.

Yuqoridagi muammolar sabab biz DevOps Journey open source loyihasini ishga tushirdik. Ushbu loyiha bepul DevOps qo'llanmalar va amaliyotlarni o'z ichiga oladi. Bu loyiha o'zbek tilida yuritiladi va qo'limizdan kelganicha sifatli kontentlar bilan to'ldirib boryapmiz. Maqsadimiz o'zimizning Infrastrukturalarimizni yaxshilash, rivojlantirish, sifatli kerakli contentlarni ko'paytirish va boshqalar.

Ushbu loyiha open source hisoblanadi siz ham loyihaga o'z hissangizni qo'shishingiz contibutorlik qilishingiz mumkin.

Platforma: devops-journey.uz
Github: https://github.com/ismoilovdevml/devops-journey.git
Yangiliklar: @Otabek_Ismoilov

@nuruddinblogs
👍4
Nuruddin Blogs
DevOps Journey - DevOps sayohatini boshlang Hozirgi kunda rivojlanib talab ortayotgan sohalardan biri DevOps Engineering sohasi hisoblanadi, lekin afsuski bu soha bo'yicha o'zbekistonda kurslar juda kam va qimmat, shu sababli bu soha o'zimizda rivojlanishi…
Juda ayojib loyiha oʻylashibdi. DevOps shunaqa soha-ki. Unda dasturlashdan koʻra koʻproq sozlashni, konfiguratsiya qilishni, bilishingiz va turli tizimlarni bir biriga ulab ishlata olishingiz yetarli.

Biznesga ham yaqin boʻlasiz, yani biznes egasini odami boʻlasiz. Tanish-bilish loyihasini rivojlantirib berish uchun zoʻr imkoniyat.

Tavsiya qilaman.

https://t.me/DrAlgorithm/433
👍14
Forwarded from Qudrat Abdurahimov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Charchoqlar bizni qo’rqoq qiladi

Yaxshi dam mexnatga xamdam
👍121
Qudrat Abdurahimov
Charchoqlar bizni qo’rqoq qiladi Yaxshi dam mexnatga xamdam
Qudrat aka yaxshi gap etibdilar:

Boshlamgʻich sinfda oʻqib yurganimda

Yaxshi dam mehnatga hamdam


degan yozuv turardi. Na hamdam soʻzini na bu gap maʼnosini tushunardim.

Endi bildim... deydi-ku.

Vaqtida dam olishni unutmaylik.

https://t.me/DrAlgorithm/435
👍10
Forwarded from murodalidev /> (Murodali)
Barcha yosh dasturchilar tezroq o'zlariga komfort zona qilishni xohlashadi ammo tajribali dasturchilar bu zona xavfliligini bilishadi, hech qachon bunday zonaga tushib qolmang!!!

@murodalidev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌16🔥4👍31
Ona tilim

Ko`pchilikka ma'lum, man kech yozmoqdaman, kecha Qudratho`jayevning o`zbek tilini bilmaslik haqida gaplashi shov-suv bo`ldi.

Buning 2 tomoni bor. Shu masalada men ham fikr bildirmoqchi edim.

0. Biror odamni haqorat so`zlari bilan atash, shaxni emas, bir guruh odamni, bu uning shaxsiy fikri. Hozirda hisob 1-1 deb qolaman. Qo`shilmaganlar bemalol fikrlarini o`zlarida qoldirishlari mumkin.

1. Biror davlatga borganlar u yerning davlat tilini o`rganishi tajribada bor narsa. Ko`p tanishlarim, ayniqsa Ukraina-Rossiya kelishmoqchiligi (urishmi, yo`qmi, o`ziz hal qilasiz) tufayli yurtini tashlab ketishdi. Qozoqiston, O`zbekistonga kelishganida ularni ona tilisida yoki rus tilida chiroyli kutib olindi.

Lekin, ayni damda yevropa davlatlariga ketganlar esa, u yerning davlat tilini o`rganmoqda. Albatta borgan davlatida Ingliz tilida gaplashsa bo`ladi, ammo hamma yevropa davlatlarida ham davlat tili Ingliz tili emas. Oilasi bilan yashash, maktab, bog`cha va boshqa rasmiy joylarda ishini bitirishi uchun tilni bilishi kerak. Majbur tilni o`rganishmoqda. Agar tilni o`rganmagan bo`lsa, yoki u bilimsiz yoki ... .
Hullas, yoki u bilimsiz, yoki u o`sha yurtning shartlarini bajarmaydi, balki o`zini qoidalarini majburlaydi.

Ko`rinib turibdi-ki, amaliyotda biror davlatga borganda uning davlat tilini o`rganilishi amaliyotda bor narsa.

Endi masalaning 2-tomonini aytmoqchiman.

Biz o`zimizning ona tilimizni hurmat qilmaymiz!

Men maktab davrida ona tilini yaxshi o`qimanganman. 4-5 baho bo`lgan, doim 5 olish men uchun qiyin edi.
Lekin universitet davrida, baraka topishsin, O`zbek tili va adabiyoti fakulteti bilan qilgan hamkorlikdagi loyihalarim tufayli tilni yaxshiroq o`qganishga muvaffaq bo`ldim.

2.1 Tilimizni o`zimiz o`rganmasak, nima uchun kimdur kelib o`rganishi kerak?

Ha, ha, biz o`zimiz tilimizni o`rganish, uni rivojlantirishga hissa qo`shmaymiz. Xech o`ylab ko`rganmisiz, nima uchun ko`p joyda "O`zbek adabiy tili" ni uchratasiz, lekin "Rasmiy uslib", "Informatsion uslib" larni uchratmaysiz.

Ingliz tilida "sen" yoq. Deb o`ylasangiz xato qilasiz. Ular tilni o`rganish oson bo`lishi va soddalashtirish maqsadida ko`p so`zlarni olib tashlashgan. "Sen" esa "Thou" bo`ladi.

Tilni keng tarqalishi uchun esa aynan Informatsion uslub rivojlanishi kerak. Chunki fan va texnologiya rivojlangan sari yangi so`zlar qo`shiladi, eskilari chiqib ketadi. Shularni Informatsion (Axborot) uslubida shakllantirish mumkin.

2.2. Tilimizni nima uchun bunday "qiyin ahvolda" ekanini faqat tilshunoslarga topshirib qo`yganmiz.

Bakalavr davrida tilshunoslar bilan ishlab, shuni tushungandim-ki, tilni shakllantirish faqatgina ularning vazifasi emas, aksincha, barchamizniki. Agar hammamiz tilimizni rivojlanishiga yordam qilsak, shunda biz kimgadur o`rgan deya olamiz.

Misol keltiraman: ona tilimizda shaxs yasovchi qo`shimcha "-chi" bor, "ishchi", "o`qituvchi" kabi. Xohlagan so`zga qo`shsa, ot (narsa)dan shaxs yasaydi, ammo: oshpaz, soatsoz so`zlarida nima uchun -chi yo`q?
Balki boshqa ma'noda -chi ni ishlatish mumkindur? "Oshchiga et, yana 2 ta osh olib kelsin!", "Oshpaz pishirgan osh zo`r chiqibdi."

Yoki, Go`zal deb qizlarga ishlatamiz, chiroyli deb ham o`g`il bolaga, ham qiz bolaga ham ishlataveramiz. Boshqa tillarda esa, go`zal qizlarga, chiroyli o`g`il bolalarga ishlatiladi.

2.3. O`zbek tilini o`qitish bo`yicha aniq, yaxshi dastur yo`q.

"Chet elliklar uchun o`zbek tili" kitobini 1999 yilda ko`rgan edim. Keyin ko`rmadim. Nima uchun O`zbekistonda Ingliz tilini o`qitish uchun 15 yilda to`laqonli dastur ishlab chiqdik (masalan, UzTEA bilan) va hamma o`quv markazlari shu andozani ishlatadi-de! O`zbek tilimiz uchun esa hali ham tuzzikroq andoza yo`q?

Bu muammolarni faqat tilchilar yecha olmaydi. Ularning soni ham ham, vaqti ham yetmaydi. Oyligini aytmayapman.


Demak o`zimizni tilimizni bilmas ekanmiz, boshqalarga ham o`rgan deyishimiz qiyin.


Biz faqat kimnidur "yaxshi" yoki "yomon" deyishni bilamiz. "Nima uchun?" demaymiz. Undan ham og`iri "Kel men shuni to`g`rilay" demaymiz. Afsus....

https://t.me/DrAlgorithm/437
👍21
So`zimni bitta arab maqoli bilan tugataman.
Yapon aytadi: Agar biror kishi shu ishni qila olgan bo`lsa, men ham qila olishim kerak.
Arab aytadi: Agar biror kishi shu ishni qila olgan bo`lsa, halal berma, qilvursin.

Yapon aytadi: Agar biror kishi shu ishni qila olmagan bo`lsa, men qilishim shart!
Arab aytadi: Agar biror kishi shu ishni qila olmagan bo`lsa, vallohu, men qanday ham qila olardim.


https://t.me/DrAlgorithm/438

P.S. Telegram bu safar so`zlarimni bitta postga sig`dira olmadi 😢
🌚3
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da .NET kuni!

📆 24-fevral shanba kuni Toshkent shahri Mohirdev'da "UzGeeks February2024 .NET Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣. “A Deep Dive into EF Core” - Abduxoshimov Xondamir(FreightPOP, Sofware Engineer);

2️⃣. “MAUI bilan mobil ilovalar” - Oybek Djumaniyazov(DigitalOptometrics, Senior .NET developer).

3️⃣. ".NET ilovalarini himoyalash" - Mukhammadkarim Tukhtaboev(Exadel, Senior Software Engineer)

🎉 Meetupda qiziqarli savol bergan ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshiriladi.
🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks(uzgeeks.uz) saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(IT-Park oldi)


Hamkorlar:
Mohirdev
Thinkland

🏷 Tadbir Facebookda
🌐 UzGeeks.uz
👍51
Majordom boshqotirmasi

Majordom ayyor va o'qimishli odam edi. Choserning so'zlariga ko'ra, "U qo'ylarini va yer maydonlarini qanday hisoblashni bilardi, omborini chiqindidan shunday tozalardi-ki, eski buyum yig'uvchilar burunlarini ushlab qolardi. U eng murakkab masalalarni hal qila olardi...”! Shoir, shuningdek, "u hech qachon muammoga duch kelmasligini" ta'kidlaydi. Uning o'tkir miyyasida har xil kulgili muammolar, injiq fikrlar osongina paydo bo'lardi.

Ziyoratchilar to'xtagan yo'l bo'yidagi oshxonada uning hushyor ko'zi turli o'lchamdagi bir nechta pishloq doiralariga tushdi. Shunda u, to'rtta kursi so'rab, dam oluvchilarga sayohatchilarni qiziqtiradigan jumboqlaridan birini ko'rsatishni taklif qildi. Keyin Majordom birinchi kursiga sakkiz ta doira shaklidagi pishloqlarni qo'ydi.

"Mana, topishmoq, - deb xitob qildi u, - bir paytlar men Norfolkdagi do'stlarimdan so'ragan edim va Sent-Jozef aytganidek, ular orasida buni hal qila oladigan mard topilmadi!" Biroq, bu juda sodda, siz pishloqlarni bir kursidan ikkinchisiga o'tkazishingiz kerak. Sharti, katta pishloq boʻlagini kichikroq doira ustiga qo'ymaslik. Men eng kam siljish bilan bajara olgan kishini yaxshi bir kahva bilan mexmon qilaman.

Bu jumboqni eng kam siljishlar bilan yechish qiziq. Avvaliga 8 ta, keyin 10 ta va nihoyat 21 ta aylana pishloq bilan yechib koʻring.

Savol 1 (junior): 8 ta pishloq doirani 1-kursidan 4-kursiga eng kam nechta qadamda olsa boʻladi?

Savol 2 (middle): 8 ta, 10 ta va 21 ta pishloq doiralarini 1-kursidan 4-kursiga eng kam nechta qadamda olsa boʻladi?

Savol 3 (senior): 8, 10 va 21 ta pishloq doiralarini 3, 4 va 5 ta kursi uchun eng kam nechta qadamda olsa boʻladi, toping. Jadval shaklida ifodalash mumkin.

Savol raqami: 40217

Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi.

Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!


https://t.me/DrAlgorithm/440
Dr. Algorithm
Majordom boshqotirmasi Majordom ayyor va o'qimishli odam edi. Choserning so'zlariga ko'ra, "U qo'ylarini va yer maydonlarini qanday hisoblashni bilardi, omborini chiqindidan shunday tozalardi-ki, eski buyum yig'uvchilar burunlarini ushlab qolardi. U eng…
Haftani yaxshi boshlab oldingizmi?

Bu masalani dam olish kunlari ko`rib chiqish uchun tashlagan edim. Lekin ko`pchilik boshqa ishlar bilan band bo`lishdi shekilli. Javob izlaganlarni faqat 1 kishini ko`rdim :)

Dasturchi bo`lmoqchi bo`lganlar uchun Junior, Middle, Senior qilib belgilab chiqqanman. Agar kuchingizni sinab ko`rmoqchi bo`lgangiz, juda mos savol!

Muhokama va javoblarni kutib qolaman

Haftangiz yaxshi o`tsin!

https://t.me/DrAlgorithm/441
👍7