Dr. Algorithm
3.07K subscribers
478 photos
53 videos
3 files
542 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Forwarded from Millat Umidi University
Photo report of the last IT Training

The training on the topic of "Talking about IT from scratch" was very interesting for CIU students. The guest of the event, Saidolim Djuraev, Chief Technical officer of Safenetpay International UK based Fintech company in Uzbekistan, spoke about IT technologies and algorithms.

Gifts were also given to the students who participated in this meeting.

☎️ Feel free to contact us on:
712000306 | Email: info@cambridge.uz

Follow us:🔻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Forwarded from Ustoz Shogird Kitoblar
Assalomu alaykum do’stlar!

@UstozShogird kanalidan yangi Ijtimoiy loyiha!

Virtual Kutubxona - haqiqiy kitoblar bilan!

Loyihamizning asosiy maqsadi, kitob o`qishga va dasturlashga qiziqadigan, lekin turli sabablarga ko`ra kitob sotib ololmayotgan farzandlarimizga yordam berish. Shartlarimiz juda oson:

1. Siz ro`yxatdan o`tasiz va kitob tanlaysiz.
2. Sizga kitob pochta orqali yuboriladi.
3. Siz kitobni 2-3 oy mobaynida o`qib chiqasiz.
4. Muddat kelishi bilan biz aytgan keyinni odamga pochta orqali yuborasiz.

Bitta kitobni 1 yilda 3-4 kishi o`qib chiqa olsa, 10 ta kitob bilan 30-40 ta odamga yordam bergan bo`lamiz.

Bizning kitob ulashish zanjirimizga a'zo bo`ling va yoshlarimiz bilimli bo`lishgariga o`z hissangizni qo`shing!

Ro`yxatdan o`tish uchun havola: https://forms.gle/8ugEFAPxtpLntFab7

@UstozShogirdKitoblar bilan birga bo`ling!
🤩2👍1
Forwarded from Ustoz-Shogird
TGStat jamoasi bizning yillik statistikamizni hisoblab chiqib, bizga yuborgan ekan.

Bu yilimiz ham unumli o`tdi deb o`ylaymiz. Agar sizga @UstozShogird kanali foydali bo`lgan bo`lsa, biror mushkulingizni oson qilgan bo`lsa, hursand bo`lamiz!

@UstozShogird jamoasidan TGStat ga Rahmat!!
Yoshlar uchun tavsiya qiladigan kitoblarim:

1. C++ tili asoslari
Muallif: B.J. Boltayev va boshqalar
URL: http://s.yordam.uz/2y

2. Mukammal dasturlash 1 HTML va CSS
Muallif: Javlon Abdullo
URL: http://s.yordam.uz/2z

3. Mukammal dasturlash 2 JavaScript
Muallif: Javlon Abdullo
URL: http://s.yordam.uz/30

4. Python'da dashturlash asoslari
Muallif: Anvar Narzullayev
URL: http://s.yordam.uz/31

@SaidolimDjuraev
Forwarded from Ustoz Shogird Kitoblar
Bugun virtual kutubxonamizga yangi homiylar yozishni boshlashdi. Alloh hammaligidan rozi bo’lsin!

Homiyimiz tizimimiz uchun yangi kitoblar olib bermoqdalar!

Ezgu niyatli do’stlarimiz ko’payvursin! Xizmatimiz ko’proq yoshlarga yetib borsin!!

@UstozShogirdKitoblar
🌤 Keling bir kulishamiz...
Muhim bildirishnoma va e’lon!

Assalomu alaykum, azizlar! O'tgan bir yilda ko'plab insonlar kaminani o'zlari uchun kashf qilishdi. Men ham ko'pchilikni o'zim uchun kashf qildim.
Yaxshi-yomon kunlar bo'ldi. Yaxshi-yomon gaplar bo'ldi. Jim kuzatdim.

Xalqning e'tibori shu yigitda, auditoriyasi katta deb oldimda yaxshi gapirib, ortimdan g'iybat qilganlarni ham ko'rdim…

Uzoqda bo'lsa ham, achitib bo'lsada xatoimni mardlarcha aytganlarni ham ko'rdim. Jim kuzatdim.

Yoshlar juda tez mashhur bo'lishni istashadi. Yaqinlarim biladi, menda hecham bunday istak bo'lmagan. Chunki, shuhrat ofatdir, deb bilardim doim. Oilang, shaxsiy hayoting, ilm olishing uchun vaqting qisqarib boradi. Umring tadbir, ko'rsatuv va uchrashuvlar bilan o'ta boshlaydi.

Yuzlab odamlar sherikchilikda ishlashni taklif qilib boshlashi, kuniga minglab xabarlar kelishi, ochilish marosimlari sensiz o'tmasligi, sovg'alar va hokazo. Ba'zan birdan to'xtaging, o'zi qayoqqa qarab ketayapman, deging keladi…

Insoniyatga keltiradigan manfaatim ko'proq bo'lishi uchun bu yil butun e'tiborimni "Yuksalish" loyihasiga qaratmoqchiman.

Yaxshilab tizimlashtirib, xalqaro darajaga olib chiqish niyatim bor.
Diqqatimni bir joyga jamlash uchun trening o'tiladigan barcha jamoalar safidan chiqmoqchiman!

Dunyodagi eng qimmat narsamiz bu vaqt. Yoshlar bilan o'tkaziladigan uchrashuvlar judayam foydali deb bilaman. Lekin aksari joylarda deyarli bir xil savollar beriladi va achinarlisi bu savollarga javobni bemalol Google da topsa bo'lishi, vaqtimni behudaga sarflab qo'ymayapmanmi, degan xulosaga olib keldi. Ya'ni ilmiy ishlarimga ko'proq vaqt ajratishim jamiyatga ko'proq manfaat olib keladi degan qarorga keldim.

Shuning uchun turli tadbir, uchrashuv, ochilish marosimi, ko'rsatuv, intervyu va ayniqsa trening o'tib bering, deb bizni bezovta qilmasangiz!

Bizning suhbatimizni olmoqchi bo'lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlarda in shaa ALLOH foydali va ilmiy suhbatlarimizni joylab boramiz (yangicha formatda).

Shogird tushmoqchi bo'lganlar biz ro'yxatini bergan 100 kitobni (va @Asaxiybooks tarjima qilgan barcha kitoblarni) o'qib chiqishsin.

Xatolarimizni go'zal tarzda aytib, bizni yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytargan insonlarga ALLOHning rahmati bo’lsin!

E'tiboringiz uchun tashakkur!
Komoliy ehtirom ila

Muhammadali Eshonqulov
Bugun 4 yanvar, ko’pchilik uchun dam olish kuni.

Lekin…

Mandan yoshlar so’rashadi, qanday qilib shunaqa narsalarga erishsa bo’ladi deb. Javobim:

Mehnat

Ha, mehnat. Biror narsaga erishmoqchi bo’lsang, mehnat qil. Oz bo’lsa ham davomli qil, albatta natijaga erishasan. Mehnating va harakating tezligi natija kelish vaqtini qisqartirishi mumkin.

Asosiysi to’xtab qolma!!!

@SaidolimDjuraev
Bugun ajoyib kun. Barchamizga bunday kunlar davomli barakotli bo’lishi nasib etsin!


@SaidolimDjuraev
Forwarded from Qudrat Abdurahimov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Merit Chemicals Book Club

Ishxonamizda Book Club tashkil qilindi.
Bu tadbirda kitob o'qiganlarga $100 gacha mukofot beriladi.

Bundan tashqari "Zakovat" intellektual o'yini ham bo'lib o'tdi.

Xullas, O'zbekistonda ham xodimlarining shaxsiy rivojlanishini rag'batlantirish boshlangan. Bu juda ijobiy o'zgarish.

P.S. Qarang siz kitob o'qiganingiz uchun sizga kimdir pul bersa, zo'rku!
Aslida hech kim, hech narsa bermasa ham o'qishimiz kerak.

👉 Dasturchining xayotidan lavxalar kanalga a'zo bo'ling!
📚 Farzandimni o`ylab... yoxud Online ta'limga yordam

Ertaga online ta'limga o`tamizmi yoki yo`qmi, tayyorgarlik ko`rishimiz kerak. Ba'zi fikrlarim:

🔊 1. Zoom.

Ko`pchilik maktablar va boshqa ta'lim muassalari zoom orqali dars berishadi. Lekin hammada ham darsga kirish imkoni bo`lmaydi.

Sabablaridan biri: Zoom 5.9.1 va 5.8.6 versiyalaridandur.

Ko`pchilikda 2021 yilda o`rnatilgan 5.8.6 versiya zoom turibdi. Agar ustoz shu versiyada dars boshlagan bo`lsa, 5.9.1 versiyadagi zoom bilan kirib bo`lmayapti.

Tavsiyam, kompyuteringizga eskiroq bo`lsa ham 5.8.6 ni o`rnatib, ishlatib ko`ring: havola

📅 2. Dars jadvali.

Darslarni avvaldan tayyorlash kerak. Ko`pchilik farzandlarimizga aqlli telefon (smartphone) yoki kompyuter olib bermaganmiz. Ota-onasining telefonini ishlatadiganlar ko`p.

Dars jadvalini va vaqtini bilmasak, farzandimizni o`z vaqtida darsga kirishini ta'minlay olmaymiz.
Ko`p uchratgan xolatlarim:
* Darsga kirish havolasi (link) darsdan 2-5 daqiqa oldin beriladi.
* Dars boshlanganidan keyin, online darsga kira olmagan ustoz, yangi havola yasaydi, o`quvchilar bilmay qoladi
* Darslar orasidagi tanaffus vaqtini bilmaganimiz uchun, keyingi darsga kech qolamiz
kabi.
Bu kabi salbiy xolatlar bo`lmasligi uchun:
+ Barcha havolalarni 1 kun oldin tayyorlash kerak
+ Darsga kirib chiqqandan keyin, ishlamay qolmasligi uchun, tekshirib olish kerak
+ Darsga kirishdagi kutish xonasi rejimini qo`ymaslik kerak (Hamma xohlagan vaqt kira olsin)
+ Dars jadvali, vaqti va havollarni bitta post qilib yozish kerak
+ Telegram orqali yuboriladigan bo`lsa, telegramning "Kechiktirib yuborish" imkoniyatidan foydalanib, har bir havolani darsdan 10 daqiqa oldin guruh/kanalga tashlanadigan qilish kerak.

🏘 3. Uy ishi.

Ma'lumki, dars oxirida ustozlarimiz farzandlarimizga uy vazifalari berishadi. Odatda telegramda ochilgan guruhda tashlashadi. Farzandlarimiz ham natijalarni shu guruhda tashlashadi, yoki ustozning o`ziga shaxsiy xabar bilan yuborishadi. Nimasi muammo:
* Bitta guruhda birnecha uy vazifa berilgan bo`lsa, o`quvchi berilgan ishlarni ko`rmay qolishi mumkin
* O`quvchilar guruhda bir biriga yozgan xabarlar ko`p bo`lgani uchun, na uy ishini va na natijani topib/tartiblab bo`ladi
* Ustoz uy ishini tekshirmoqchi bo`lsa, kun davomida yozilgan barcha xabarlarni o`qishiga to`g`ri keladi
* Bitta o`quvchi yuborgan uy ishini (guruhga tashlagan bo`lsa), boshqalari ko`chirib olish imkoni bo`ladi.

@SaidolimDjuraev
👍1
Nimalar qilsak bo`ladi?

1) Barcha ustozlarga zoom'ni biladiganlar o`rnatib berishi kerak. Tekshirishi kerak. Agar o`quvchilarda ishlamasa, demak ustozning versiyasini moslash kerak. Imkon qadar hamma ustoz va o`quvchilarga bir xil versiyani ko`chirishga berish kerak.

2) Telegram kanal + guruh

Bitta Telegramda kanal ochib, unga izoh qoldirish uchun guruh ulash kerak. Barcha ustozlarni kanalda admin qilinadi. Kanalda imzo qo`yish imkoniyatini yoqish kerak.
Shunda ustozlar vazifalar va darslarni bitta xabar qilib qoldirishadi, o`quvchilar esa izohda natijalarni yuborishadi.

Bu nima beradi.
* Ustozlar kam xabarlar ichidan o`zlariniki topishlari oson bo`ladi.
* Xabarning izohiga kirganda, faqat shu xabarda doir mavzular bo`ladi. Uy ishi berilgan bo`lsa, faqat shu uy ishiga tegishli natijalarni ko`rishadi
* O`quvchilar bekorchi gaplarni kanalga yoza olmaydi. Izohga ulangan guruhga yozganda ham, ustozlarga ko`rinmaydi va xalal bermaydi [Rasmga qarang]

@SaidolimDjuraev
👍2
Nimalar qilsak bo`ladi? (davomi)

3) Kunlik dars jadvali - 1 xabar

Kunlik darslar, vaqtlar va zoom havolalarini bitta xabar qilib qoldiriladi.
Xabarda Fan nomi, Ustoz ismi, dars Vaqti va Havola beriladi. [Rasmlarga qarang]
Kimdadur savollar bo`lsa, izohga yozishadi. Zoom ga kira olmaganlar ham shu yerda yozishadi.

~~~~~~~~~

Tavsiyalar ma'qul kelgan bo`lsa, hursandman. Agar savollar bo`lsa, yordam berishga tayyorman.

Kuningiz xayirli o`tsin!!

@SaidolimDjuraev