Dr. Algorithm
3.07K subscribers
478 photos
53 videos
3 files
542 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Forwarded from Xushnudbek.uz
Britaniyalik olim, Chikago universiteti professori, “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” (Why Nations Fail) kitobi hammuallifi Jeyms Robinson Toshkentga kelayotgan ekan. U bilan uchrashuv o’tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda iqtisodchi Behzod Hoshimov ma’lum qildi.

Uchrashuv 17-mart, soat 17:00da Toshkentdagi Intercontinental mehmonxonasi (Trilliant) asosiy zalida bo‘lib o‘tadi (sinxron tarjima ta’minlanadi).

🎫 Uchrashuvga chiptalarni onlayn sotib olish mumkin: https://iticket.uz/ru/events/trainings/james-robinson-first-time-in-uzbekistan/25232

Olimlar, talabalar, moliya va iqtisodiyot, ishbilarmon doiralar vakillari, ijtimoiy fikr yetakchilari – ilm-fan, taraqqiyotga befarq bo‘lmagan o‘zbek kitobxonlari jam bo‘ladigan uchrashuvga siz ham keling.


👉 @xushnudbek 👈
👍1
Forwarded from Azim Pulat
JPRQ 2.0 - endi tezroq va xavfsiz.

Hakatonda yutish uchun eng muhim faktor - tezlik. JPRQ bilan endi loyihalaringizni bir qator kod bilan onlayn qilishingiz mumkin.

Backend va frontendni oson ulay olish imkoniyati beradi. Alexa/GoogleHome/Discord uchun dasturlar yaratishni osonlashtiradi.

Rasperry Pi kompyuteringizga masofadan SSH qilish uchun ham JPRQdan foydalanishingiz mumkin.

Xullas, imkoniyatlari faqat tasavvuringiz bilan chegaralangan.

🔗 jprq.io
🔗 github.com/azimjohn/jprq
👍1
Forwarded from O'qituvchi.uz
​​Билим ва Тажриба.

Билим - нуқталар жамланмаси;
Тажриба - нуқталар боғланиши;
👍4
Forwarded from Sariq Dev
Parazit.

Har gal ChatGPT haqida yozganimda "Nega ChatGPT bizda ishlamaydi?" deb soʻrashadi.

Menda esa sizga qarshi savol bor, "Qachon oxirgi marta internetda biror xizmat uchun pul toʻladingiz?"

Bizdagi aksar odamlar internet va undagi xizmatlarni tabiiy va bepul deb qabul qilib oʻrganib qolgan. Internet rivojiga hissa qoʻshish uyoqda tursin, boshqalar qilgan ishini ham qadrlamaymiz.

Internetga qoʻyildimi, bepul boʻlishi kerak deb oʻylaymiz. Pullik dasturlarni suv tekin boʻlsa ham buzamiz. Pullik xizmatlarni koʻrsak jahlimiz chiqadi. Kino va seriallarni faqat torrentdan olamiz (qanaqa netflix?). Bu xizmatlarni yaratish, ularni doimiy ishlatib turish uchun pul va resurs talab qilinishini hayolimizga ham keltirmaymiz.

Kamiga, hukumatimiz ham absurd talablar qoʻyishdan charchamaydi. Masalan, Youtube (aniqrogʻi Google) Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatmaydi. Monetizasiya yoqmaydi, reklama qabul qilmaydi. Sababi bizning hukumatimiz Googledan serverlarini Oʻzbekistonga koʻchirishni talab qilgan, tabiiyki Google oson yoʻldan yurgan va Oʻzbekistonni kartasidan oʻchirib qoʻygan. Buning orqasidan esa davlat va bloglerlar millionlab zarar koʻrishi esa hayolimizga ham kelmaydi.

Xullas, internet uchun biz gʻirt parazitmiz: bepul resurslardan foydalanamiz, pulligini koʻrsak burnimizni jiyiramiz. Onlayn qimorda $1000 yutqazsak-yutqazamiz, lekin Microsoft Officedan foydalanish uchun 10$ toʻlashga kelganda ziqnaligimiz tutadi. Malikadan 1000$ ga kompyuter olamiz, Windows esa oʻgʻrilangan boʻladi.

Yana uyalmasdan, "Nega ChatGPT Oʻzbekistonda yoʻq?" deymiz. San ziqnada Youtube ishlab turganiga rahmat degin.
👍6💯1
Forwarded from Botir Ziyatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gpt4 chiqdi !

Hozirgina OpenAI kompaniyasi bu haqida post chiqardi

uni imkoniyatlari boʻyicha kechasi soat 1 da onlayn efir boʻladi.
https://www.youtube.com/live/outcGtbnMuQ

Qani futbol oʻrniga ham shunaqa chiqishlarni koʻradiganlar ham bormi 😅

👉 @botirziyatov
👍3
Forwarded from Farkhod.com
Konferensiyada o’zimizni qanaqa tutishimiz kerak

Shu haftaning 19-mart kuni, soat 11:00da IMPACT.T kovorking markazida, ajoyib dizayn konferensiya bo’lib o'tadi. Qatnashishni maslahat qilaman. 

Endi, tinglovchilar, ma’ruzachilar va tashkilotchilarga maslahatlarim bor. 

Tinglovchilarga:

- Kechikmay keling, sal shu odatni yo’qotaylik. 
- Konferensiyadan keyin ma’ruzachidan rahmatingizni ayamang. Bir o’giz rahmat desangiz, ko’ngli ko’tarilib qoladi. 
- Ma’ruzachiga to’g’ri savol bering. Misol uchun, menga dizayn chizishga yordalashing demang, uni o’rniga dizaynimni tipografikasidan qoniqmayapman, maslahat bera olasizmi yoki foydalanuvchilarni intervyu qilishni yo’lga qo’ya olmayapman, nima qilsam bo’ladi. To’g’ri savol berish bu sizni qanaqa inson ekanligingizni ko’rsatadi. Menga to’g’ri savol bergan shogirdlar bilan hali ham aloqadaman. 
- Uyalmang, ma'ruzachi bilan shunchaki kelib 2 o’giz gap ochsangiz bo’ladi. Tanishib qo’ying. O’zingizni borligingizni ko’rsatasiz, kelajakda sizni eslab balkim ish bilan ta’minlar. 
- Konferensiyaga qatnashish nafaqat yangi bilim olish balkim yangi tanishlar ortirish ham. Yangi tanishlar sizga ish, yordam va maslahat bera oladi. Balkim startup qilayotgan bo’lsangiz, sherik topasiz. Kelib hamma bilan qo’shilib, gaplashib keting.

Spikerlarga:

- Iltimos, auditoriya bilan ishlang. 5 minutdan keyin uhlab qolishadi. Youtube to’la dars bu masalada. O’zizga savol bering, nimaga meni tinglashga keldi, foydali va o’zingizni tajribangiz haqida gapiring. 
- O’zbek tilida chiqish qilsangiz, rus va ingliz tilini boricha kamroq ishlating. Bilaman iljoji yoq so’zlar bor lekin aralash bo’lganda juda yoqimsiz eshitiladi.
- Nutqda ‘aaa’, ‘emmm’ ishlatmang. Chiqishdan oldin sinov sifatida o’zingizni videoga tushuring, o’zingizga baho bering.


Tashkilotchilarga:

- O’zbekmiz, o’z vaqtida ovqat yeyishni yahshi ko’ramiz. Och qoringa kallaga hech nima kirmaydi. Shuni inobatga olinglar. 
- Fotograf tashkil qilish kerak. Ma'ruzachi shuncha gapiradi lekin hech qayerga chiroyli rasmlar yuklay olmasa, u nima qiladi kelib? Biron foyda tarafi ham bo'lishi kerak ma'ruzachiga.
- Konferensiya tugagandan keyin ma'ruzachilarga, shuncha vaqt va kuch sarflading deb individual rahmat deb qo’yish kerak.

👉 Dizayn konferensiya bo'yicha to'liq ma'lumot https://t.me/gdgtashkent_design/58

Konferesniya qatnashuvchilari bilan ulashing. Rahmat.

P.S. Afsus konferensiyaga qatnasha olmayman. Boshqa viloyatda ishlarim bor. 

@farkhod_com
👍4
Forwarded from Hilol Nashr
#kitobxonlik_maktabi

«Hilol Nashr» dasturlariga oid navbatdagi suhbatga marhabo!

«Kitobxonlik maktabi»
loyihamizning navbatdagi sonida «Oltin silsila», «Tafsiri Hilol», «Hilol eBook» va boshqa «Hilol Nashr» nashriyoti tomonidan ishlab chiqilgan bir qator dasturlarining taqdimoti bo'lib o'tadi.

Suhbatga 8 yildan buyon web dasturchilik sohasi bo'yicha ishlab kelayotgan Sardor Dushamov hamda «Hilol Nashr» nashriyotining marketing bo'limi boshlig'i Po'latov Bunyodlar mehmon bo'lishadi.

Suhbat 4-aprel seshanba kuni soat 14:00 da boshlanadi.

Marhamat, suhbatga tashrif buyuring! 😊

📆 4-aprel, 14:00

📍 «Hilol Nashr» nashriyoti

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
6 апрель - "Windows 3.1" 31 ёшга тўлди
————
"Windows" опреацион тизимлари ичида катта ўзгаришларни амалга оширган "Windows 3.1" бугун 31 ёшга тўлди.
"Windows 3.1" тарихда биринчи CD-дискларда чиқарилган ва "Adobe Photoshop" дастурини ўрнатиш мумкин бўлган биринчи операцион тизим.
Ҳозирги кунга қадар биз ишлатиб келаётган "шрифт"лар тўплами ҳам айнан "Windows 3.1" опреацион тизимида янгилик сифатида қўшилган.
Булар ҳанузгача ишлатилиб келаётган "Times New Roman" ва "Arial" шрифтларидир.
Шунингдек, "Windows"нинг "The Registry" яширин созламалар маълумотлари базаси ҳам айнан ушбу версиядан бошлаб қўшилишни бошлаган.
1992 йил АҚШнинг машҳур "Magazine" журнали муҳаррири опреацион тизимдан илҳомлиб, бутун бир журнал нашрини айнан "Windows 3.1" бағишлаган.

Манба: poznyaev.ru

Батафсил бу ерда👇👇👇
https://t.me/cyber_102
👍2
Forwarded from MohirDev.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PHP dasturlash tilini nima uchun o'rganish kerak?

🔥 O'zbekiston, qolaversa MDH ish bozorida talabgirligini yo'qotmay kelayotgan bu til haqida bilib oling

Sizning bu boradagi fikringiz qanday? Izohlarda yozib qoldiring 👇🏼
👍2
Assalomu alaykum!
Hurmatli kanalim a'zolari!

Mana bugun deyarli 1 yildan beri yozayotgan, PHP, MySQL,Yii videodarsimizni taqdimoti bo'lib o'tdi. Maqsadim, ushbu kurs orqali jamiyatimizga ozgina bo'lsa ham manfaat yetkazishdir. O'rganganlarimni orqalab olib ketmaymiz, keyingilarga qoldirishdir. Ushbu kurs orqali o'rganib, o'z yo'llarini topib ketishiga ko'maklashishdir. Men 11 yillik tajribamni ishga solib, foydali, sifatli darslar qilishga harakat qildim. Darslarni yozish oson bo'lmadi.

Sizlardan iltimosim shuki, bu kursimdan ko'pchilik xabar topishiga ko'maklashishingizni so'ramoqchiman. Yordamingizni ayamang. Rahmat.

Kursni xarid qilgan o'quvchilar 16-apreldan o'qishni boshlashlari mumkin bo'ladi

Chegirma narx: 1,800,000 (ushbu narx 30-aprel, 23:59 gacha amal qiladi. Undan so'ng, kurs narxi 2,000,000 ga o'zgaradi)

👉 Kursga ro'yxatdan o'tish
👍61
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Asr SIRI ochildi!

PHPni orqasida kim turganligini bilarmidingiz?
Ustoz
Qudrat Abdurahimov, bu sirni hammaga e'lon qildi😁

Gulla, yashna PHP!
👍3
Forwarded from Allaev Uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Мурожаат ва илтимоснома.

Тарқатишга ёрдам беринг, илтимос.
👍3
Forwarded from MohirDev.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Botir Ziyatovdan o'rganing

🔥 "Python Meetup" deb nomlangan tadbir davomida soha mutaxassislari o'z bilimlari bilan bo'lishishadi

Tadbirning ilk speakeri - AyTi blogger hamda bir necha yillik tajrbaga ega backend dasturchisi Botir Ziyatov "Qanday qilib muvaffaqiyatli Python dasturchi bo'lish mumkin?" mavzusida taqdimot qiladi

Bu jarayonda ChatGPTdan unumli foydalanish haqida ham ma'lumot beriladi

📍 Tadbir 16-aprel, soat 10:00 da Mohirdev ofisida bo'lib o'tadi

👉 Ro'yxatdan o'tish

Keyingi postlarda tadbirning boshqa speakerlari tanishtiriladi
👍1
Forwarded from MohirDev.uz
Python dasturlashga qiziqadiganlar uchun maxsus uchrashuv

🔥 "Python Meetup"
deb nomlangan tadbir davomida sohada ko'p yillik tajribaga ega mutaxassislar o'zlarining bilimlari bilan ulashishadi.

Speakerlar ro'yxati:

- Botir Ziyatov (dasturchi, Payme)

- Anvar Narzullayev (Mohirdev.uz asoschisi)

- Adham Zohirov (team lead, MohirAI)

- Zarifjon Naxalov (Code Academy asoschisi)

Tadbir 16-aprel, yakshanba soat 10:00 da Mohirdev ofisida bo'lib o'tadi

👉 Ro'yxatdan o'tish

Tadbirda qatnashish bepul. Barcha qatnashishi mumkin