Dr. Algorithm
3.08K subscribers
478 photos
53 videos
3 files
542 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Forwarded from GDG Tashkent (Dostonkhon Ozodkhujaev)
🔥 GDG Tashkent-dan uzoq kutilgan Web Dev Meetup!

Biz GDG Tashkent da yangi yo‘nalish – Web Community ochilishini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.

Kelayotgan shanba kuni yurtimizning top kompaniyalarida faoliyat yuritadigan web-dasturchilari bilan birinchi Web Dev Meetup o’tkazamiz.

💥 Spikerlar ichida:
- Husniddin Kurbonboev, EPAM;
- Doniyor Aliyev, Super Dispatch;
- Ravshan Samandarov, Oxagile;
- Doniyor Yusupov, Altoros Inc.

Tadbir to’liq o’zbek tilida bo’ladi!

👀 Sana: 7 may 2022
🕙 Vaqt: 16:00
📍 Joy: IMPACT.T Technology Hub

Ishtirok etish narxi: BEPUL.

🎟 Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-web-event-1/

😉 Bu haqida do’stlaringizga ham ulashing va eventda ko’rishguncha!

@gdgtashkent
👍2
@UstozShogird kanalidagi commentlardan biri:

Hurmatli obunachilar,
Avvalambor kanalimizni kuzatganingiz va fikrlaringizni bildirib borayotganingiz uchun katta rahmat!!

Ba’zi shaxsiy fikrlarimmi yozsam:
1. O’quv markazini tugatgan odam Junior bo’lib qolmidi. Faqatgina o’quv markazi Tinchlovchisi bo’ladi.
2. Kod yoza olsa u zo’r dasturchi degani emas. Oddiy Coder holos. Buni 7 sinf bolasi ham qila oladi.
3. Strong Junior tushunchasi mavjud emas. Junior deb o’zini hisoblagan odamdan ajralish uchun o’ylab topilgan so’z.
4. Amaliyotda ishlash uchun pul to’lash bu to’g’ri tajriba. Sababi korxona o’ziga xodim tayyorlash uchun pul sarflaydi. Bitta senior sizga ish o’rgatishi uchun (kuniga 2 soatdan vaqt ajratsa, 2*5*4=40 soat, 40*$15=$600) korxona kamida $600 sarflaydi. Amaliyotga kelib 1 mln to’lasa ham pulini chiqara olmidi.
5. Tekin bo’lishi kerak deb, kevolib o’zicha huquq talab qiladigan tekinxo’rlar uchun emas dasturlash. Undan ko’ra mardikorlik qilib, mehnatni qadriga yetishdin. Oldin odamga o’xshab mehnat qilishni o’rgansin, keyin pul talab qiladi.

Gaplarim ba’zi insonlarga qattiq tegishi mumkin, buning uchun siladan uzr so’riman.
Salomat bo’ling
@Saidolim.

Manba: https://t.me/c/1172596748/58677
👍11🔥1
git dan foydalanasizmi?
Anonymous Poll
83%
Ha, albatta
13%
Nima u?
4%
Man dasturchi emasman
Forwarded from Botir Ziyatov
AKT vaziri Sherzod Shermatov SpaceX kompaniyasi vakili Ben Mac Williams bilan uchrashdi.

SpaceX - kosmik texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi Amerika kompaniyasi.

Shermatov SpaceX'ga Oʻzbekistonda vakolatxona ochish taklifini berdi. Kompaniya vakili ham Oʻzbekistonda yirik loyihalar qilishga tayyorligini bildirdi.

cho‘ta nimadir qilishmoqchi )

👨🏻‍💻 @botirziyatov
👍2
Forwarded from Davra
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Backend dasturchi bo'lish uchun roadmap #Tizer

🎙 Hozirgi kundagi dasturlash sohasiga bo‘lgan talab yuqori, ammo o‘quv markaz so‘ng tajriba oshirish uchun ishga kirayotgan yoshlardagi xato va muammolar ko‘plab tug‘ilmoqda.

🤝 Shu kabi muammolarga davramizni ilk mehmonlari Workly kompaniyasi Backend dasturchisi Sardor Dushamov va UIC Group kompaniyasi Backend dasturchisi Javohir Elmurodov fikrlarni tinglashingiz mumkin.

Podcast premyerasi ertaga 12-may kuni 19:00'da Davra podcastning youtube kanalida taqdim etiladi.

❗️ Havola: https://bit.ly/3l6pviY

@davrapodcast
Forwarded from Davra
🔥 Davra podcastning ilk premyerasiga 10 daqiqa vaqt qoldi. Izohlarda o'z fikrlaringizni qoldiring, izohingiz loyiha rivojlanishi uchun zarur, albatta)

P.s: Backend dasturchilarga ulashishni unutmang 😉

⭕️ Havola: youtube.com/watch?v=DrOYRt81Hz0

@davrapodcast
No comment

P.S. Facebook dan olindi.

https://t.me/DrAlgorithm
😁4😢1
Иш билан шахсий ҳаёт аралашиб кетди, чегараси ўчиб кетди. Эрталабдан кечқурун соат 8-9 гача иш, шанба-якшанба ҳам иш. Бундай ҳолат яхши эмас, инсонларни чарчатади, шахсий ҳаётига вақт ажрата олмайди, соғлиғи, руҳияти, оиласи, фарзандлари, дўстлари, хуллас яқинлари билан бирга бўла олмайди. Қолаверса, дам олса ҳам, қолган оила аъзолари ёки дўстлари ишда бўлади.

Бунга йўл қўймаслик лозим. Иш вақтини қатъий белгилаш керак, 6-8 соатдан ошмаслиги лозим. Ишдан кейинги соатларда ходимларни безовта қилмаслик лозим, — ўт ўчирувчи ё миллий гвардия эмассиз. Кечқурун кечгача ишламаслик ҳам озодлик белгиси. Шанба-якшанба кунлари барчага дам бериш лозим. Байрам кунлари, таътил кунларини ҳам аниқ-тиниқ қилиб, бемалол бериш лозим. Иш унумдорлигимиз паст, шуни кўтариш лозим. Германияда жуда кўп байрам кунлари бўлса ҳам, ё Скандинавияда 6 соатлик иш куни жорий этилган бўлса ҳам, дунё базорида рақобатдошлиги юқорилигича турибди.

Ва бундай ишхона диктати, 24/7 иш нафақат Ўзбекистонда, бошқа ривожланган давлатларда ҳам кўрса бўлади. Шунинг учун таътилга чиқишга ўзингизни ҳам мажбурланг, алоҳида китоб ўқиш ҳафталарини жорий этинг ва ҳоказо. Яҳудларнинг шаббатида катта маъно ётади.

Bobir Ismoilov sahifasidan olindi
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Qaysi dasturlash tilini tanlay?»Anvar Narzullayev

👉 Dasturlash haqida kitoblar

————————————

🛒 Xarid: @akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
Bugun GDG Tashkent tadbiridamiz.

Ajoyib mavzular rejalashtirilgan ekan.

https://t.me/DrAlgorithm
Assalomu alaykum do`stlar!

Kecha GDG Tashkent tadbirida ishtirok etdim. Juda ko`p yangiliklar oldim.

Ko`pchilik o`ylaydi, borsammikan, nimadur o`rganarmikanman deb. Lekin qancha ko`p bilmang, yanada ko`p narsa bor ekanini ko`rasiz!

Qisqa qilib, tadbirda olgan yangiliklarimni aytib bermoqchiman:

1. Ro`yxatdan o`tishingiz bilan, INHA talabalari tomonidan tashkil etilgan o`yinlarni ko`rdim:
1.1 Sizga kod berishadi. Natijasi nima chiqishini ayta olsangiz, sizga olma 🍏, banan 🍌, mandarin 🍊kabi mevalardan birini berishadi.
1.2 Katta ekranga test tizimi ko`rsatib turishibdi, website orqali qo`shilsa bo`ladi, hammaga savol boradi. Ayni vaqtda televizorda ham savol ko`rinib turadi. Siz telefoningizda javob tanlaysiz. Sizga qaysi javob aslida to`g`ri ekanligi ko`rsatiladi. Ekranda esa nechta odam qaysi javobni tanlagani ko`rsatiladi. Oxirida eng ko`p topganga sovg`a bor ))

2. EPAM, Exadel kabi yangi kelgan xalqaro tashkilotlardan :iTechArt ni ko`rdim. Chiroyli stend tayyorlashibdi. Keyinroq Session da ham qatnashdim. Ingliz tilida bo`ldi. iOS app ni qayday qilib test qilish haqida bo`ldi. Manga yoqdi!!

3. Keynote speach larda juda foydali mavzular ko`tarildi. Ayniqsa ko`pchilikka oyiga rostakam $10,000 topish haqidagi mavzu yoqqan bo`lishi kerak )))) Bu infolo`ttibozlik emas, rosmana site qilib, shu darajaga olib chiqish. Va site katta emas. Sizning qo`lingizdan keladi.

4. AstanaHub !!! Ajoyib yangilik bo’ldi. Agar qiziqadiganlar bo`lsa, yana 3 kun vaqt bor. A'zo bo`lsa bo`ladi.

5. Tahrirchi.uz namoyishini ko`rib, bakalavr vaqtlarim esimga tushib ketdi. 20 yil oldin shu loyiha bilan shug`ullangan edim. Diplomim ham shu edi. Lekin bollarga qoil, neuro network yordamida qilishibdi. Bizga o`xshab, bittalab analiz qilib vaqt ketmazmay. Bu zo`r !!

6. MohirDev asoschisi Muhammad Xalil bilan suhbatlashdik. Rosa maroqli suhbat bo`ldi. O`ylaymanki birgalikda hamkorlik qilsak, xalqimiz uchun ko`p yangiliklar bo`ladi.

7. Obedni tashkillashtirishgani yoqdi. Esingizda bo`lsa, 2-yili GDG ga borganimizga barcha talabalar gurrr etib hotdog larga qarab yugurishgan edi. Bechora gapirib turgan speaker birnecha soniya jim bo`lib qolgandi. Yaxshi ancha talabalarimiz ham tarbiyalanib qolishibdi. Speakerlar gapini tugatgandan keyin yurishni boshlashdi ))
Paketga tayyor solingani juda yaxshi bo`libdi. Bittadan tarqatganda ko`proq vaqt ketar ekan. 👏 Qoil qoldim!!

8. Axrorxo`ja Yodgorovga rahmat. Juda sodda qilib MVC, MVP, MVVM, MVI larni tushuntirib berdi. Ko`p ko`rardim, ammo bilmasdim. Bilib olishga qiziqardim. Yarim soatda misollar bilan ko`rib, tushunib oldim. Rahmat katta!!

9. Bahodir Ahmedov va Sardor Gulyamov barakalla. Rostmana ko`rsatib berishdi qanaqa qilib boyib ketish mumkin ekanini.
Interactive game: Economic Modeling and How to Get Rich Fast
O`yinda ishtirok etdim.
9.1. Odamlarga falonchini top degansa qanaqa harakatlanishini ko`rsangiz edi....
9.2. O`yin natijasi zo`r bo`ldi. Qatnashganlar commentda aytishsa kerak...

Xulosa qilsak:
1. Offline tadbirlarga borib turing. Onlinedan ko`ra foydali.
2. Networking juda muhim narsa. Albatta borib, yangi tanishlar orttiring. Birovni oldiga borib, salom bering va o`zingizni tanishtirib, gaplashib ko`ring. Bundan uyalmang, ertaga afsus qilmaysiz.
3. Esingizda qolishi uchun bo`layotgan narsalarni ko`rib, yozib olib, hech bo`lmasa video yoki rasmga olib oling. Kerak bo`lganida topishingiz oson bo`ladi.

Rahmat kattakon!!

https://t.me/DrAlgorithm
👍13🔥7
Forwarded from GDG Tashkent (Dostonkhon Ozodkhujaev)
🤩 Can't believe it's been already a few days since Google I/O Extended Tashkent: Web Edition '22!

Being the last event of our #SpringFest series, we really hope that you enjoyed the latest Google I/O Extended Tashkent.

And, we have 3 things with you to share:

1️⃣ PHOTOS. Find them in our special photobank channel by following the link below:

https://t.me/+bh3LOWSC_Uk4MTFi

2️⃣ FEEDBACK. We really need to hear from you about your experience at Google I/O Extended Tashkent. Please, take a few minutes and leave your feedback by following the link below:

bit.ly/gdg-feedback-form

3️⃣ VOLUNTEERS. We announce the call for volunteers to the GDG Tashkent team. Apply by following the link below:

bit.ly/gdg-volunteering-form

Thank you once again and see you at our future events!

@gdgtashkent
👍4
Ilon Mask masofadan ishlashni taqiqladi :👨🏻‍💻 🚫

Lenta.uz xabar berishiga ko`ra.
Ilon Mask Tesla xodimlariga masofadan ishlashni taqiqladi.

Masofadan turib ishlamoqchi bo‘lgan har bir kishi haftasiga “kamida” 40 soat ofisda bo‘lishi kerak. Frilans ish ixlosmandlariga nisbatan, Mask "menga qolsa, o'zini boshqa joyda ishlayotgandek tutsin", deb javob berdi.

🗞 lenta.uz/post/xodimlar-ofisda-otirib-ishlashi-kerak
👍1
💰 Frilanser sifatida daromad olish va soliq - Sherzod Shermatov

🕰 3-iyun soat 10:00

🇺🇿 https://www.youtube.com/c/MinistryofICTofUzbekistan

👨🏻‍💻 Siz frilanser bo‘lib, O‘zbekistonda yuqori daromad topmoqchi bo‘lsangiz, AKT vaziri bilan bo‘lib o‘tadigan onlayn tarzdagi ochiq muloqotda ishtirok etib, Sizni qiziqtiradigan barcha savollarga javob oling!
🔊 2022-yil 3-iyun kuni Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri bilan onlayn tarzda ochiq muloqot tashkil etiladi.
Ushbu muloqot davomida Siz o‘zingizni qiziqtirgan va qiynaydigan savollarga javoblar hamda o‘z faoliyatingiz davomida uchraydigan qiyinchiliklarning yechimini topishingiz mumkin.

Ochiq muloqot davomida:

▫️Frilans platformalarida ishlashni boshlash;
▫️Frilans platformalari orqali topilgan daromadini O'zbekiston banklari orqali olish;
▫️Muammolarni tezkor aniqlash va unga yechim topish mexanizmi;
▫️Savol-javoblar bo‘lib o‘tadi.
▪️Ochiq muloqotni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Facebook va Youtube dagi sahifalari orqali kuzatish mumkin.
▪️Shuningdek, ochiq muloqotni AKT vazirining Facebook sahifasi orqali ham kuzatish imkoni mavjud.

Ochiq muloqot o‘tkazilish vaqti:
🕰 3-iyun soat 10:00

▫️Savollarni Ochiq muloqot tashkil etilayotgan vaqt davomida izohlarda qoldirish mumkin.

❗️Savolnomani (https://forms.gle/24zGScy3SdCjC3886) to‘ldirib, O‘zbekistonda frilanserlikni rivojlantirish uchun o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin!
👍1
Fizika fanini juda yaxshi ko’rar edim. Olimpiadaga borishni juda xohlagan edim lekin nasib qilmadi.

Youtubeda bitta bola fizika o’rgatayotgan ekan. Qiziqib kanaliga kirsam, daxshat!!!😲

Bir o’zi fizikadan mavzularni videodars qilib chiqayotgan ekan, u ham yetmagandek to’plamlardagi masalalarni ham yechib beryapti, shunchaki qoyil.

Darslarni juda ajoyib usulda tushuntirar ekan, fizikmanda bilamanda kim qanaqa tushuntirishini))))

Ishqilib videolarini bir qanchasini ko’rdim, fizikani esga oldim. Fizika ajoyib fan. Ayniqsa osmondagi bo’layotgan hodisalar haqidagi mavzular juda qiziq. Videoga link

PS: Bu Ustoz ham Xorazmlik, Shovotdan ekan. Xorazmdan yomon insonlar chiqmaydi, Al Xorazmiy, Beruniy, Zamaxshariy, Yassaviy kabi avlodlar Xudo xohlasa yana chiqadi, birinchi uyg’onishni qilgan, kerak bo’lsa Nchi uyg’onishni qila oladi, nasib qilsa

Videoni eng oxirigacha ko’ring, ajoyib sahnasi bor))
👍7
Forwarded from Allaev Uz
Бизнес ва IТдан хабари бор одамлар яхши билишадики, IT сектори эркинликни яхши кўради, бу соҳа эски қонунлар ва назорат билан ривожланмайди. Буни Хитой ўзгартирмоқчи бўлди ва ҳаққини қиммат тўлади. Сўнгги икки йилда IT компаниялар Хитой ҳукуматнинг кучли босимига учрашди. Жек Манинг бир неча ойга йўқолиб қолиши, IТ компанияларга катта жарималар ва текширувлар, видео ўйинлар таъқиқланиши ва бошқа босимлар ортидан компаниялар миллиардлаб доллар зарар кўришди. IТ компанияларнинг биржадаги нархлари тушиб кетди. Мамлакатга инвестиция камайиб, кўплаб бизнеслар капиталини четга олиб чиқиб кетди.

Лекин, Хитой ҳукумати бу хатолигини тушунди шекилли, сўнгги икки ойда босим пасайиб, аксар текширувлар тўхтади. Бу позитив сигналлар ортидан май ойида Хитой IТ компанияларининг нархи биржада 4 фоизга кўтарилган. 

IТ шунақа соҳаки, у тўлайдиган солиғидан кўра кўпроқ қиймат яратади. У эркинликни яхши кўради ва унинг ривожланиши бошқа секторларни ҳам олдинга тортади. Шу учун ҳам босим қилинадиган соҳалар орасида нормал давлатларда IТ энг охирги ўринда туради. Соҳага босим қилиш нимага олиб келишини Хитой тажриба қилиб тушуниб етди. 


Ўзимизда бўлса Солиқ қўмитаси барча интернет-дўконлари ва маркетплейсларни солиқ базаси билан интеграция қилишга мажбурламоқда. Улар ҳар бир сотув, маҳсулот, сотув суммаси ва ҳар бир транзакция ҳақида маълумот олишмоқчи. Агар 12 июньгача интеграция қилинмаса, текширувлар бошланиши ҳақида маркетплейслар огоҳлантирилган. Соддароқ тушинтирсам, дўконда ҳар бор сотувингиз устида ҳамма нарсани текшириб бир солиқчи ўтирибди. У фақат чекни эмас, товарни тарихи, кириб келиши, клиент пулни қанақа тўлаганигача текширяпти. Солиқ қўмитаси оддий савдода ишламаган қоидаларни интернет-савдосида ишлатишмоқчи. Эртага кўплаб интернет дўконлар ёпилиб кетиб, Малика ёки Абу Сахийдан магазин очса ҳайрон бўлманг.  


@allaevuzb
👍5😢1
Bir vaqtlar telegramdagi kitoblar blog kanalida post ko`rgandim. Unda kim qaysi kitoblar Blog kanalini biladi, deb so`ralgandi. Ko`pchilik izohda bilgan kanallarini yozib chiqishgan edi.
Otirib, hammasini yozib olgan edim.

Bugun shu mavzu ko`tarilib qolgan edi. Kanal link larini to`plab, shu yerga tashlab qo`ymoqchiman.

Kitoblarga doir blog kanallar: (alfavit tartibida)

1. @booktalks_uz
2. @bookacademics
3. @bookgeek_uz
4. @booklovers_16
5. @bookworms_universe
6. @buyuk_lar_hikmati
7. @diaryfarangiz
8. @doctors_diary
9. @iqbolovna_personalpage
10. @kitabim_benim
11. @kitob_shaydosi
12. @kitob_va_mativatsiya
13. @m1racle_books
14. @malikha_blog
15. @mariya_books
16. @mirahmedovas_blog
17. @muloyimbol
18. @mutasoddiqiyn
19. @my_book_my_life
20. @ns_academy
21. @panda_books
22. @qadrdon_kitoblar
23. @roziya_17
24. @salohiddin_odilov
25. @shonas_world
26. @tazkiraa
27. @umarbooks
28. @xonobodlik_kitobxonlar
29. @zukkokitobxon
30. @ashiqul_kitab
31. @avidadeifeekkhan
32. @baxtli_lik
33. @bazilar_sevarlar
34. @biiznillah_off
35. @blogabd
36. @booklovercouple
37. @bookstagram_uz
38. @bookuz_fargona
39. @bookworm_st
40. @bushros_diary
41. @durofficial
42. @fehriyyasbook
43. @feyasworldd
44. @girlcodebook
45. @harley_1203
46. @ilm_istab_blog
47. @kimdandir
48. @kit0bim
49. @kitap_nuri
50. @kitapci_kiz
51. @kitapci_kizva
52. @kitob_dunyom
53. @kitob_house
54. @kitob_parisii
55. @kitobdan_parca
56. @kitobees
57. @kitoblardan_olingan
58. @kitoblashamiz_1
59. @kitobqalbli
60. @kitobsehri
61. @kitobtaskin
62. @kitobxor_qizaloq
63. @kutubxonamdan
64. @mag1c_bookss
65. @mahinsworld
66. @menora_uz
67. @mille_book
68. @mille_uz
69. @mukta1b
70. @nigohlarda
71. @paradise_pg
72. @sabrinsworld
73. @salimov_blogi
74. @sehrlikitobblok
75. @sunflower1407
76. @taskinim_rahmon
77. @young_reader_girl


P.S. Ba'zilari allaqachon yopilib ketgan bo`lishi mumkin. Tekshirish imkonim bo`lmagan. 76 ta kanalni tekshirish uchun yarim soat vaqtim ketsa kerak ))

https://t.me/DrAlgorithm
👍4🔥2