Dr. Algorithm
4.76K subscribers
703 photos
69 videos
4 files
697 links
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali.

Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Forwarded from Farkhod - AI PM
🔥14
Forwarded from Farkhod - AI PM
Akalar bilan uchrashuv 😎

O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif qildilar.

U yerda Murodjon Normatov, Sardor o‘ga, Akrom Obidov, Hurshid Usmon, Amirbek Shomurodov va Saidolim Djurayev bilan to‘rtta fikr almashdik.

Uchrashuvda – oila, farzand tarbiyasi, ish joyidagi muammolar, kimning ofisida kofe mashinasi borligi, qariganda soch to‘kilishi mavzularini umuman gaplashmadik. 80% vaqtimizni o‘sha hamma hozir gaplashadigan SUN’IY INTELLEKT mavzusiga sarfladik. Bahs bo‘ldi, hamma fikrini bildirdi, sun’iy intellektni ish jarayoniga integratsiya qilish haqida gaplashdik.

Qiziq joylari:

🔸 Kompaniya egalari SI’ni o‘rganib olib, SI hammaning ishini qila oladi degan fikrda. Bu o‘z navbatida, xodimning tez ishdan charchashiga olib kelyapti, xodimdan 2–3 kishining ishini bir kishi qilish talab qilinyapti.

🔸 Hamma ichki ma’lumotlarni SI uchun jamlash bilan band. Kimdir RAG, kimdir kompaniyaning Wiki’si bilan, kimdir shunchaki o‘z tizimini quryapti. Maqsad – SI’da barcha ma’lumot bo‘lsin, hech kimni bezovta qilmasdan, bitta so‘rov bilan kerakli ma’lumotni olish. Undan tashqari, bitta xodimga bog‘liq bo‘lmaslik, ya’ni core jamoadan xodim ketsa, uning barcha tajribasi, qilgan ishlari ma’lumotlar bazasida tursin.

🔸 Kimgadir grill-me yoqadi, kimgadir superpowers.

🔸 Kimningdir kompaniyasida mahsulot menejeri “bottleneck”, kimdadir dasturlash. Bunga sabab SI kompaniyada pastdanmi yoki yuqoridan integratsiya boshlanganiga bog‘liq. Moneff’da mahsulot menejeri bottleneck, deb o‘ylayman. Ko‘p vazifalar mening yechim berishimga qarab turibdi.

Shunaqa gaplar, ish haftangiz mahsuldor o‘tsin.

-------

@farkhod_com
🔥22⚡2🕊2👍1
SI sabab .si ko‘tariladi

AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak.

Shu vaqtgacha ko‘p SI loyihalari .ai domenida ishlab kelayotgan edi. Agar SI atamasi kirib kelsa, Slovenia uchun juda foydali bo‘ladi.

Bir vaqtlar Tuvalu ham shunday bo‘lgan edi (.tv)

Aytmoqchi bo‘lganim, agar siz ham SI sohasida loyiha qilayotgan bo‘lsangiz, .SI domenini ham olib qo‘ying. Ertaga qimmat bo‘lib ketmasin.

05.10.2026 London
@DrAlgorithm
👍35😁12👀3⚡1
SI davri - qiziq

Ajoyib zamonda yashavommiz.

Kimdir SI dan qo‘rqadi, kimdir bosib ishlatmoqda.


Bir vaqtlar Google endi chiqqanida izlash uchun so‘zlarni tanlashga qiynalar edik. Keyinchalik esa chala yozsa ham o‘zi to‘g‘rilaydigan, sizga mos narsa ko‘rsatadigan bo‘lgan edi.

SI bilan ham shunday bo‘lmoqda. Avval muxandislar ishlatishni boshladi, keyin huquqshunoslar va hujjatlar bilan ishlaydigan hodimlar.

Hozir esa hamma ishlata oladi. Qanday ishlashini bilishi ham shart emas. Ishini bajartira oldimi? - bo‘ldi.

~~~

Bir tanishim korxona yuritadi. Hali SI bilan juddiy kirishmagan edi.

Gap orasida ishini osonlashtirishi, falon SIni ishlatib ko‘rishini aytgan edim. Keyingi hafta oldiga o‘tsam qilgan ishlarini aytib berdi.

SIni web orqali CoWork rejimini ishlatib ko‘ribdi. Desktop bor ekanini bilmagan.
O‘zi qiladigan ba’zi hisobotlarni qildirib ko‘rdi. Hisoblab, ishlab beribdi.
Ma’lumotlar Odooda turadi. Ulana olsanmi? - desa, ha degan va ulanib ma’lumotlarni olib chiqishni boshlagan.

Odatda 1 oylik muddat hisobotini 7 kun qilishar ekan. Keyin kamchiliklar, mujozlar fikrlari (feedback)larni tahlil qilishga yana 10 kun. Bu degani agar ish sekinlarsa va 1 hafta cho‘zilsa, keyingi oyga o‘tib ketadi.

Shuni qilmaslik uchun SI yordamida shu 7 kunda qiladigan ishlarini birma-bir yozib chiqibdi. 2 soatda hammasini qilib berdi, - deydi.

$20 lik Pro paketini olgan. Agar $100 lik ni olsa, bilmadim qanchalik ish qildirib tashlar edi.

Keyin 6 oy orqaga qaytarib, eski hisobotlarni ham qayta hisoblatibdi.

Eng qizig‘i, SI eski oylarda xato kiritilgan muammolarni topib, tuzatishni taklif qilibdi:
- xodim bitta joyda 200 soat ishlagan (aslida 1 kunda 8 soat ishlaydi)
- mijoz loyihasini 3 oyda tugatilgan (aslida 15 kunda tugagan)
kabi.

1 kun o‘tirib olgan natijalaridan xursand bo‘lib, xodimlarini yig‘ibdi. Majlis qilib, ular bilan yangi rejalar, Si bilan tahlil usullarini gaplashib chiqqan.

~~~

Nima demoqchiman?

Agar siz sohangiz mutaxassisi bo‘lsangiz, siz SIni tez o‘rganasiz.
Sohangizni mukammal bilishingiz SI oddiy yordamchi bo‘lib qolishini bildiradi.
Fikrlash doim sizda bo‘ladi. SI siz uchun fikrlab bera olmaydi.


SI mening ishimni olib qo‘yadimi? - Yo‘q.
deyishga yaxshi misol bo‘ldi.

Xulosa

SIni ishlatishni boshlang. Tekini emas, pullik variantini ishlating, siz uchun juda katta ilm ochiladi.

08.10.2026 London
@DrAlgorithm
1👍31🔥9👏3⚡1
SI + Moliya

Kuz juda barakali keldi. Moliya va buxgalteriya tadbirlarida qatnashish nasib etdi. Mavzu biz bilgan SI.

Juda koʻp inson SIni ishlatishni boshlay olmayapti.


Nimadan boshlasam ekan deb turganda, "Agentim falon qildi", "Bunk SI bunday qildi", "Ishlarimni topshirdim", - degan bloggerlar hayqirigʻini eshitib, qoʻrquv ham oshgan.

Yoshlarda bu kamroq sezilar ekan. Lekin 15-25 yil bitta kasbda ishlagan odamlar uchun juda ogʻriqli.

Oʻzimda ham shunday boʻlgan, "Fine tuning", - desa, "Bu endi nima ekan", - deb yurgan edim. Har 3 kunda bolalab chiqayotgan modellar esa, oʻrganishni yanada keng olib, botqoqda botib qolishga olib kelgan.

Shu qiyin damlar boshqalarda ham oʻtishini his etib bir loyiha boshladik. Moliya va/yoki buxgalteriya sohasida ishlab kelayotganlar uchun dars tashkil qildik.

https://t.me/UzTechUK/188

Hozircha shaxsan kelib oʻrganadigan qilmoqdamiz. Keyib onlayn ham tashkil etish rejamiz bor.

Sizning fikringiz man uchun muhim. Boror taklif yoki kamchilikni tuzatish boʻlsa, marhamat man eshitishga tayyorman.


14.10.2026 London
@DrAlgorithm
👍11⚡1🔥1
Gemini 4 Argon

Shu hafta Gemini 4 Argonni tekshirib koʻrdim. Kam gapirib koʻp ish qildiradigan model chiqibdi.

Asosiy faoliyatim Google Workspace atrofida boʻlganim uchun uning tabiiy modelini ishlatish muhim edi. Xuddi Microsoft 365 uchun Copilot ishlatilganidek.

Hozircha loyiha arxitekturasi, talablarni tahlil qilish kabi soddaroq ishlarni berib koʻrdim. Koʻp oʻylab, reja tuzib bermoqda: loyihada nimalar qilish kerak, qaysi modulga qancha vaqt ketadi, pulini qanday hisoblash kerak (soliqlarni hisobga olib) kabi ishlarni yaxshi qildi.

Endi buxgalterlarni ishini hal qildirib koʻrsam, sherigim ishini yengil qilar edi.

1 yillik obuna berdi, endi vaqtdan unumli foydalanib, ishlatib olishim kerak.

Sizda qaysi ishlaringiz Google Workspace'ga bogʻliq? Balki birga qoʻl ishini kamaytirib koʻrarmiz?

15.10.2026 London
@DrAlgorithm
👍26⚡1
SI - qiyinmi?

Sohasini yaxshi bilganlar SIdan foydalanishga tezroq kirishib ketishmoqda.

Shu kunlarda ajoyib narsaning guvohi bo‘lmoqdaman. Biror kasb egasi agar fundamental bilimga ega bo‘lsa, SI bilan ishlashga juda tez kirishib ketmoqda. Sohasini Framework sifatida o‘rganib, keyin shu sohada ko‘p ishlaganlar esa, SI bilan ishlashdan ko‘ra, o‘zi qo‘lda qilishni xohlamoqda.

Bu albatta shaxsiy kuzatuvlarim, lekin qiziq qonuniyat ko‘rishni boshladim.

1. Agar ko‘p kitob o‘qigan bo‘lsangiz, siz qaysi sohada ishlasangiz ham SIni ishlatishni boshlaganingizni ishingizni tez hal qilishni boshlar ekansiz.

2. O‘qishdan ko‘ra ko‘p gapiradigan, muloqot vaqtida hech nimani yozib olmaydiganlar esa: "SI falon ishimni qilib ber" , - deb, mavzuni tushuntirmasdan ish boshlar ekan.

Shu kunlarda: Erkak kishiga 40 hunar oz, - degan maqolini eslashgan edi.

Bu yerda ham shu ishladi shekilli. Faqat bitta yo‘nalishda qotib qolgan odam, "mani ishimni kimdir qilib bersin", - zaylida so‘roq beradi. SI xuddi hamma narsani bilganidek. Masalan, Skill yasamoqchi bo‘lsa, CoWork rejimida websitega kirib, sichqoncha bilan bosib chiqadi, shuni eslab qol va skill ber, - deb aytadi. Ko‘ribsizki, Token tugagan va SI yaxshi emas ekan deb to‘xtab qoladi.

Boshqalar esa, maydalab tushuntirishga erinmaydi. SI bergan javobni o‘qib chiqadi. Aniq ma’lumotlarni ko‘rsatadi. "San nimani bilar eding", - zaylida ish yuritadi. Hatto ishini qanchalik tezlashtirganini ham aniq biladi. Masalan, 7 kunlik ishni 2 soatda tugatdi, - deganlaridek.

Xulosa o‘rnida nima demoqchiman,

1. SI bilan ishlashni boshlamagan akalar/singillar - boshlang.
2. U hamma narsani biladi - emas, u Bilmasvoy ekan, - deb ish boshlang.
3. O‘qing.
4. O‘qing va sizga bergan javobni shoshmasdan tahlil qiling. Qayta ishga tushirishga ulgurasiz.

WiFiga ulanish oson, to‘g‘rimi?
MS Wordda ishlash hozir oson, to‘g‘rimi?

SI ham shunday, bilganingizdan keyin oson.


20.10.2026 London
@DrAlgorithm
👍25🔥8👨‍💻4⚡3👏1🕊1
Dr. Algorithm
Bugun 21-Oktyabr.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga mana 36 yil bo‘ldi.
Barchani bayram bilan muborakbod etaman.
Bugun 21-Oktyabr.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga mana 37 yil bo‘ldi.
Barchani bayram bilan muborakbod etaman.

Afsus, biz tomonda hech nima o‘zgarmadi.


Alifbo o‘zgarishi haqidagi qarorni kutayotgan edim. Endi fikrimni yozsam bo‘lsa kerak.

~~~

Guliver asarini eski lotinda o‘qigan edim. Maktab o‘quvchisi vaqtimda 1930x yillarda yozilgan kitobni topib olgan edim. U vaqtda a va o harflari bir xil yozilganini ko‘rgan edim. Ozarbayjon tilida shunga o‘xshash holat kuzatdim.

Kitobni o‘qiganimda o‘zimcha xursand bo‘lganman. Mana, epladim, - degandek. Aslida esa bu millat talafoti ekanini keyin tushunganman.

~~~

Bir kuni notariusda guvoh qilib chaqirildim. Do‘stimning adalari bir hujjatni imzolashlari kerak edi. O‘qimishli inson, ziyoli. Ammo lotin harfini tanimas edilar. Arab harfida savod chiqargan ekanlar.

Shu sababli mani chaqirishgan ekan, man og‘zaki o‘qib berib, ular imzo chekishlari uchun. Farqimiz 25-30 yil.

~~~

Alifbo almashishi, qanday bo‘lishidan qat’iy nazar yaxshi narsa emas. Millat uchun yaxshi emas.

Lekin o‘zgardimi, endi orqaga yo‘l yo‘q. Endi 50 yil kutishimiz kerak.

~~~

2000x yillarda UTF-8 hali ommalashmagan vaqtlarda kompyuterda alifbo yuritish qiyin edi. 1995 yilda yangi alifboga o‘tilgani ayni muddao bo‘lgan. Hozir UTF-8, UTF-16, SI bor - u muammo yo‘q.

Faqat shu tutuq belgisini olib tashlanmadi-de. Bitta so‘z yozsam, yarmi keyingi qatorga o‘tib qoladi. UTF ham SI ham hal qila olmadi.

~~~

Yechim: Farzandlarimizni 2-3 ta yangi tilga o‘rgataylik.


Ingliz, rus, arab tillaridan hech bo‘lmasa o‘qib-yozadigan bo‘lsin. Hamma alifboni oson o‘qiy olsa, ma’lumot olishga ham qiynalmaydi.

Bitta gap: Bir kuni domla bilan kitob do‘koniga kirdik. Ingliz tilini bilmas edilar. Kitobni ochib, shartta SI bilan o‘qib ketdilar. Hozir til, alifbo muammo emas. Imkoniyat bor, faqat biz ishlatmaganimiz uchun sezmaymiz.

Ona tilimizni esa puxta o‘rganaylik. Busiz biz hech kim.


21.10.2026 London
@DrAlgorithm
🔥22👍3🤔2🤣2
Enrola.ai

StartUp qilish moda bo`lgani uchunmi, bilmadim, vaziyat mos kelib qolgani uchunmi bir loyihaga sherik bo`ldim. 

 enrola.ai

Ta'lim sohasiga qiziqqanim uchun loyiha qiziq tuyuldi.

Qisqa tajribam bilan bo`lishsam.

1. Loyiha qilishda dasturchilarni ishga olasiz, talablar aniq bo`lmasa, ularning yozdan kodini tashlab yuborasiz.

2. Har bir modul (mobile, backend) turli odamlarni olsangiz va ularni to`g`ri nazorat qilmasangiz, ertaga kodni qaytadan yozish kerak bo`ladi. 

3. Buyurtmaga ish qildirganingizda bitta odamga bogʻliq boʻlib qolish xavfi bor. Nega xavf? - chunki kasal boʻlsa, farzandli boʻlsa, ishxonadan boʻshatib yuborishsa sizning ishingizni qilish oʻrniga boshqa narsa bilan band boʻladi. 

4. Yaxshi dasturchi topsangiz va SI olib bersangiz, hamma sohani yopa olar ekan. Shunday boʻldi ham. Tepadagi 3 ta ogʻriqni bittada bosdi. 

5. Dasturchingizni oʻqiting. Ayniqsa DevOps'ni oʻrgansa, hozirgi Vibe coding va SI bilan buzishlar davrida rosa ishingiz oson kechadi. 

StartUp qilish ham mahorat ekan.


Bitta mahsulot ustida ishlab oʻrgangan odam tezligi sekin boʻladi, SratUpchi tez harakat qiladi. 

Puxta vs Tez 

Aytgancha, agar EnrolaAI loyihasi boʻyicha savollar yoki takliflar boʻlsa, marhamat, eshitib hursand boʻlaman. Ta'limga kichik boʻlsa ham hissamizni qoʻshaylik.

27.10.2026 London
@DrAlgorithm
🔥13👌3⚡2
Biz ham safdan quruq qolmadik.

Barakalla🎉

Biror bank Apple yoki Google Payga ulanishi 3-6 oy vaqt oladi. Jarayon shunday.

Lekin biznikilarga qoil qolish kerak. Qaror imzolandi, 1 haftada ishga tushirishdi.


27.10.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁60🔥29👍10⚡5🏆1
Ta'limda kim rahbar?

Ta'lim vazirligi birlashdi.

Vazirlikni yaxshi Manager boshqargan yaxshimi, yoki Ta'limdan chiqqan odammi?


Shu savol koʻp oʻylantirayotgan edi.
Boshqaruv oqsagan joyda yaxshi Manager boʻlgani yaxshi.
Boshqa tomondan ta'limning boshida Ta'limdan chiqqan odam boʻlishi kerak.

Man uchun har ikkisi ham toʻgʻri. Lekin haqiqat qayerda?


Man shu ikkita fikrni bir domla bilan suhbat qildik. Man oʻylab koʻrmagan ekanman, ajoyib fikr berdilar.

Bosh ta'limdan chiqqan boʻlishi kerak, yordamchilar esa zoʻr manager boʻlishi kerak.


Bu fikrni oʻylab koʻrmagan ekanman. Bosh odam, umumiy strategiyani chizib beradi, yordamchi shuni amalga oshiradi. Chunki sohani tushunmay strategiya qilib boʻlmaydi, yaxshi managersiz esa amalga oshirib boʻlmaydi.

Shuni qilinsa yaxshi boʻladi. Koʻp jabhalarini oʻylab koʻrdik. Man bosh manager boʻlsin deb qattiq turib koʻrdim, lekin shu oxirgi fikr ma'qul keldi.

Yaxshiyam ta'limni rivojlanishiga qaygʻuradigan insonlarimiz bor.



Rasm: Kecha bir kutubxonaga kirdim. 25 yil oldin shu shkaf tizimini Oʻzbekiston Milliy Universitetida koʻrgan edim. Eslabtib yubordi. Bunisi rivojlangan shakli ekan.

30.10.2026 London
@DrAlgorithm
🕊10👍7⚡1
Gmail - 23 yil

Gmail tashkil topganiga va O‘zbekistonga yetib kelganida 23 yil bo‘ldi.


U vaqtlar Yahoo va Hotmail juda zo‘r tizimlar edi.
Gmail esa sodda bir imkoniyat bilan kirib keldi.
Hozir aynan o‘sha imkoniyat deyarli hamma email tizimlarida bor.

Email Thread

Email muloqotda xatlarni guruhlash tizimi kiritdi. Avvallari xatga javob bersangiz yangi xat bo‘lib tushar edi. Kim bilan muloqot qilganingiz, mavzu qayerga kelganini bilish uchun har bir xatni alohida ko‘rish kerak edi. Gmail aynan shu Thread (g‘altak) tushunchasini olib kirdi. Bu bilan hamkorlar bilan ishni muhokama qilish osonlashdi.

1GB joy

Eng katta imkoniyat bu (deyarli) cheksiz joy.
2004 yilda 1GB joy bu shunchalik katta edi-ki, oddiy kompyuterlarda 80GB - 100GB joy bo‘lar edi.


StartUp qilyapman deyishsa o‘ylab qolaman.

- Kimdir "Google" quryapti
deb.

Kichik bo‘lsa ham yangilik kiritishda davom eting. Bozorda bor ekani sizga joy yo‘q degani emas.

Rasm: Shaxsiy Gmail qutimdan olindi.

P.S. Siz ham izlab ko‘ring, sizga Gmaildan birinchi xat qachon kelgan ekan.

02.11.2026 London
@DrAlgorithm
1🔥25👍13🕊1
Inson qancha eskirar,
Unga shuncha es kirar.


03.11.2026 London
@DrAlgorithm
🔥110👍28👏9⚡7😱3💯3🗿2🆒1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥24👍7🏆3🕊1
Avtobus bekatidagi g‘oya.

Uzoq muddat GPS sohasida ishlaganman. Qurilmadan signalni qabul qilib olishdan tortib, avtobus vaqtida yurishigacha, Afrosiyob tezligini nazorat qilishdan, dalada traktor hosil yig‘ishigacha. Shu sababli bir vaqtlar ko‘rgan og‘riqlarim uchun sodda yechim ko‘rsam, yozib boraman.

Bir vaqtlar Toshkent shahri bekatlariga Televizor qo‘yib, avtobus necha daqiqada kelishini ko‘rsatish urf bo‘lgan edi. Bizdan esa shu ma’lumotni yetkazib berish so‘ralgan.

UIni o‘rganish uchun internetdan Ovrupo davlatlarida bu qanday qilingani haqida izlaganman. Hamma joyda yoki qog‘oz jadval (rasmdagidek) yoki 3 qatorli sodda tablolar chiqardi. Hech qayerda TV topa olmaganman.

Qog‘oz - g‘alati tuyulgan.


Odamlar qanday qilib biladi qanchadan keyin avtobus kelishini? O‘sha vaqtlar o‘yimga yeta olmaganman. Keyin o‘zimiz bir dizayn yasab, TVga moslagan edik.

Kecha esa yana bir ajoyib ish bo‘ldi.

Bir bekatda turgan edim. Manzilimga borishni reja qilib, bekatga qaysi raqamli avtobus kelishini kuzatdim. 2 dona avtobus 301 va 401 kelar ekan. Raqami o‘xshash bo‘lgani uchun men boradigan joygacha bir xil harakat qilsa kerak deb o‘yladim.

Tekshirish uchun Google Maps orqali borish manzilimni chizdim.

- 301 avtobus, 6 daqiqada, - deb ko‘rsatdi.


Bekatni topish uchun qog‘ozga barmog‘imni qo‘ygan edim, 6 degan raqam ustiga bordi (rasm-yashil). Keyin "tepib qoldi-ku", keyin bunga e’tibor berdim. Turgan bekatimdan boradigan bekatimga avtobus necha daqiqada borishi yozilgan ekan. 🤯

Bu qog‘oz jadvalda avtobus kelish vaqtlari yozilganini ko‘rgan edim. Lekin keyingi bekatga qanchada borishi ham yozilganini bilmagan ekanman.

Juda sodda narsa, lekin rosa foydali.


Ba’zida juda qiyin tizimlar quramiz. Ko‘p tomonlarini hisobga olib, ekranga "6 daqiqa" degan yozuv chiqarish uchun ko‘p hisob-kitob qildiramiz. Lekin tizim to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, na TV va na maxsus hisoblash dasturlari kerak emasligini tushunamiz.

Balki shunga bo‘lsa kerak, Toshkentda ham ko‘p joylardan o‘sha TVlar olib tashlandi. Hozir hammaning qo‘lida telefon. Yetmaganida siz nafaqat avtobus qachon kelishini ko‘ra olasiz, balki avtobusda keta turib, uni qayerda ketayotganini ham aytib borasiz. (win-win)

Ajoyib davrda yashayapmiz-a?

09.11.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1⚡26👍10🤔1🕊1
Maktabdagi informatika darsi

yoxud zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak?

Informatika fani qiziq fan.


Bir tomondan zamonaviy texnologiyalarni o‘qitsa, boshqa tomondan orqada qolib yuradi.

Keling shu gapimni solishtirish usulida aytib bersam.

Men maktabda o‘qib yurgan paytlarim Informatika fani 8 sinfda boshlar edi. Algoritm nima ekanini tushuntirilgan dars hali ham esimda.

Choy damlash algoritmi.
1. Chovgumga suv olamiz.
2. Qaynatish uchun gazga qo‘yamiz.
3. Suv qaynab chiqqach, choynakka biroz qaynoq suv solamiz.
4. Choynakni chayib tashlaymiz.
5. Choynakka quruq choy solamiz.
6. Choynakka qaynagan suv solamiz.
7. Yetilishini 3 daqiqa kutamiz.


Bir qaraganda juda sodda 7 qadam. Lekin aynan shu usul ham hayotiy masalani ko‘rsatib beradi, ham o‘sha zamonda dasturlash tillani qanday bo‘lganini.

Avvallari dasturlash tillari ketma-ket amallar bilan qilinar edi. Hatto 2 daqiqa kutish uchun For sikl yozar edik.

Vaqt o‘tdi, choy damlash ham o‘zgardi. Unga mos dasturlash tillari ham.

Hozir choyni qanday damlaysiz?

1. Chovgumga suv olamiz.
2. Qaynashi uchun tugma bosamiz. Qaynaganda o‘zi o‘chadi.

Qaytib kelib,
1. Choynakka qaynagan suv quyamiz.
2. Chayib tashlaymiz.
3. Quruq choy solamiz.
4. Qaynoq suv bilan to‘ldiramiz.
5. 2 daqidqa dam beramiz.

7 = 2 + 5

Yoki yana biri

1. Chovgumga suv solamiz.
2. Qaynashi uchun gazga qo‘yamiz. Qaynaganda hushtak chalib, ovoz beradi.

7 = 2 + 5

Qiziq. Natija o‘zgarmadi, shundaymi?

Aslo, hamma narsa, choynak sizga suv tayyor bo‘lishini aytishida. Sizni chaqiradi, yoki o‘zi bilib o‘chadi.

Endi siz avvalgidek chovgum tepasida kutib o‘tirmaysiz. Borib boshqa ishingizni qila olasiz. Aylanib qaytib kelib, davom eta olasiz.


Dasturlashda-chi?

Dasturlash ham o‘zgardi. Callback, webhook kabi tushunchalar paydo bo‘ldi. Ishini tugatsa, o‘zi aytadi.

Lekin, Callback muammolari ham bor. Ko‘payib ketgan Callback jarayonni to‘xtashiga sabab bo‘la oladi.

Hayotda-chi?

1. Choy damlash uchun suv qo‘ydingiz, qaynasa to‘ldirish kerak.

2. Kir yuvish uchun avtomat moshina ishlab turibdi, to‘xtada kir yoyish kerak.

3. Pechga narsa qo‘ygansiz, tugasa olish kerak.

4. Mikroto‘lqinga ovqat qo‘ygansiz, chaqirsa suzish kerak.

Endi shu hammasi bir vaqtda tugasa nima qilasiz?
Adashib ketmaslikka, qaysi biri muhim ajratishga qodirmisiz? Kir yoyguncha qaynagan suv solib qolmaydimi?

Zamon ham, dasturlash ham o‘zgardi.


Lekin informatika darsligi qayerga ketmoqda?

Odamlar MS Word o‘rniga Google Spreadsheet ishlatishni boshlagan vaqtda, biz hali ham Wordda ishlashni o‘rgatmayapmizmi? SI yordamida agent yasab yurilgan vaqt... nimani o‘rgatamiz?

Afsuski bitta yangi kitob yozish 3-4 yil vaqt talab qiladi. SI davrida esa bu juda katta vaqt. 1 yil oldin Prompt Engineering, System Prompt o‘rganib yurganlar zamonaviy SIda yarmini ham ishlatmasa kerak.

O‘ylab qovomman-de, xaritada 2 ta nuqta orasida yo‘lni O(n!) dan O(n^2) ga tushirishni hisoblab o‘tirganingizda, farzandingiz Yandexga kirib O(1) vaqtda javobini etib tursa, bu qo‘rqinchli emasmi?

Bizga yaxshi ustozlar kerak,
Ko‘p kerak,
Ularni biz o‘qitishimiz kerak,
Har bir Informatika o‘qituvchisi "Python"ni bilishi kerak.
Senior dasturchiman deganlar yordam qilishi kerak.


Bugungi ekkan daraxtimiz, ertaga o‘zimizga soya beradi.

Izoh: Bugun kun bo‘yi shuni o‘yladim. Lekin qanday qilib o‘qituvchilarni ko‘paytirish g‘oyasi yechimini topa olmadim.

* Siz nima deb o‘ylaysiz, o‘samizmi? O‘stiramizmi?
* Harakat qilmoqchi bo‘lganlarga yordam beramizmi?

Qanday qilib?

Albatta, xalal bermaslik ham yordam, lekin...

Siz nima deb o‘ylaysiz?

11.11.2026 London
@DrAlgorithm
🔥27👏5🕊3👍2
Ta'limda | AI Haqida
Postda ko‘tarilgan muammo faqat informatika faniga taalluqli emas. Bu bugun maktabdagi ona tili, tarix, fizika, matematika yoki biologiya o‘qituvchisining ham ayni haqiqati.
Shu kanalni topib oldim. Postimni ulashgan ekanlar.

Juda ajoyib yo`lda ketayotgan ekanlar. SI yordamida dars materiallarini tayyorlash.

Tayyor natija va promptlarni keltirganlar.

https://t.me/AIHaqidaBlog/58

Biologiyadagi hujayra tarkibini tushuntirish juda yoqdi. Post izohlariga o`tsangiz qanday qilingani ham yozilgan.

Kanal muallifi kim ekanini topa olmadim. Tarih uchun shu yerda qoldiraman.

Rahmat kattakon!

11.11.2026 London
@DrAlgorithm
🔥8👍3🕊1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥56👍10👏3⚡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tarmoq texnologiyalari - Informatika darsida

Informatika darsi haqida maqola yozganimdan keyin ko‘pchilik menga o‘z tajribalarini ulashishdi. Ularni alohida tahlil qilib, sizga aytib beraman. 

Bugun esa juda ajoyib darslik ko‘rib qoldim. Siz bilan ulashmasam bo‘lmaydi. 

SI bilan nima qilsam bo‘ladi?

degan savolga aniq natija bilan javob berishibdi. 

Dasturchilar ko‘pchiligi Tarmoq texnologiyalarini bilmaydi. Men ham bilmas edim. CCNA kursi bor. Tarmoq texnologiyalarini o‘rgatadigan eng boshlang‘ich kurs. Shuni o‘qiganimda menga olam x5 marta katta ko‘rinishni boshlagan. Nafaqat dasturlar, balki qurilmalar bilan ham "Sansirab" gaplasha oladigan bo‘lgan edim. 

Dasturchi tarmoq texnologiyalarini bilishi shart. 


Agar tarmoq texnologiyalari va protokollarni mana shunday o‘qitishganida, minglab talabalar uchun o‘rganish ancha oson bo‘lardi. Hatto maktab yoshidagilar. Informatika fanida ham o‘rgatish mumkin bo‘lgan narsalar. 

IP, DNS, DHCP, VPN, WebRTC, BGP, Wi-Fi/WPA3, DNS-over-HTTPS va yana 20 dan ortiq boshqa texnologiya va protokollar qanday ishlashini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin ekan. 

🔗 https://protocol-explorer-alpha.vercel.app

Protocol Explorer - interfaol sxemalar va qulay qidiruv orqali mustaqil o‘rganishga qaratilgan. Platforma 21 ta tilni bor ekan, afsus bizning til yo‘q. 

Shu kabi havolalar bo‘lsa ulashing, bitta joyga yig‘amiz. 


13.11.2026 London
@DrAlgorithm
🔥23👍12
Microsoft muammosi UKda qanday nishonlandi?

Kun bo‘yi ko‘pchilik Microsoft Outlook ishlamagani haqida gapirib keldi. Juda qiziq, ba’zida falokatli voqealar ham bo‘lgan. Ba’zilari bilan o‘rtoqlashgim keldi.

* Odamlar taqvim (Calendar) bilan ishlaydi. Ish boshlashda kunlik rejalarini qarab olib, ketma-ket bajarishni boshlashadi.

Kecha unday bo‘lmadi. Chunki taqvim ishlamadi. Kimning oldiga soat nechaga borishni bilishmadi. Eng qizig‘i, har ikki tomonda ham shunday bo‘lgan.

- Uzr, man kech qoldim. Siz bilan uchrashuv ertalab ekanini taqvimdan qaray olmadim.
- Hechqisi yo‘q, asosiysi keldingiz. Man kim kim qachon kelishini bilmay, kutib o‘tiribman.


* Polis (Ichki ishlar xodimlari) talafot joyiga borish uchun ham MS taqvimdan foydalangan.

- Bitta joyga 2-3 marta kelishgan.
- Boshqasiga umuman borishmagan
- Qayerga borildi, qayerga borilmadi, hech kim bilmaydi.


* Eng qizig‘i Katta to‘rtlik (Big4) oldida bo‘lgan.

Xodimlar ish to‘xtab qolgani uchun pastga, oshxonalarga tushib, suhbatlashib o‘tirishgan. Ertalab 9:00da ish boshlagan bo‘lsa, 17:00gacha ishlashi kerak. soat 15:00gacha kafeda choyxona qilishgan.
Buni bir TV muxbiri tasvirga olib, yoritib turgan.
Shu vaqt, soat 15:00da Outlook ishlashni boshladi. Odamlarga ishxonaga qaytish so‘ralgan. Muxbir ularning fikrini bilganida:

- Man endi ish xonaga qaytmayman. Kun bo‘yicha o‘tirdim, yana 2 soat o‘tirib, uyga ketaman, - deyishgan, shirakayf holatga.


~~~

Eng asosiy mavzu, bu holat qaytarilmasligi uchun nima qishda.

Albatta, katta korxonalarda ham xatolar bo‘ladi. Ularning ustidan kulib, hazil qilsa yarashadi. Lekin to‘g‘ri ish emas.

1. Barcha tuxumlarni bitta savatga solmaslik. Agar korxona juda katta bo‘lsa, alohida AT jamoa tuzib, parallel tizimlar o‘rnatish va nazoratni yo‘lga qo‘ygan yaxshi. Masalan, Microsoft Outlook emaillarini ichki email tizimida ham saqlash mumkin. (MS Exchange for backup). Ortiqcha xarajat, lekin 1 kun ishlamasa ko‘riladigan ziyon oldida kichik xarajat bo‘lishi mumkin.

2. SLA tizimini puxta qilish. Agar biror tizim ishlamay qolsa, xodimlar nima qilishi kerak? Qachon qilishi kerak? Katta korxona 1 kun ishlamasligi faqat o‘zining ziyoniga bo‘lsa, marhamat, xodimlari choy ichgani chiqib ketsa bo‘ladi.

Lekin shifoxona, polis, olov o‘chirish kabi tashkilotlar qo‘shimcha chora ko‘rishi shart. 1 soat ishlamasa nima qilishini, qanday chora ko‘rishni barcha xodimlar bilishi kerak.

3. Kichik biznes katta zarar ko‘rdi. Kunlik savdo hisobiga yashaydigan korxonalar yangi buyurtma ola olmagan. Bu esa ularning bir necha kunlik faoliyatiga ta’sir qilgan. Bir Banner chiqaruvchi tashkilot xodimi aytadi:

- Biz tayyor bo‘lgan mahsulotlarni yubora oldik. Ammo yangi buyurtma kelmadi. Odamlar tadbirga deb banner qildiradi. Biz chiqarib bermasak, tadbir ham buziladi. Bizning ishga ham ziyon yetadi. Bu zanjir. Bitta uzilish ko‘pchiligimiz uchun ta’sir qildi.



~~~

Biror talafot bo‘lishidan oldin, har bir jarayon uchun Ehtiyot chorasi (Backup plan, Exit plan) tayyorlab qo‘ying.


Xodimlarga ko‘rsating va o‘rgating, yilda 1 marta eslatib, imtihon qilib tursangiz ham bo‘ladi.

Muhim ma’lumotlarni (kimga qo‘ng‘iroq qilish kerak, qayerga borish kerak) qog‘ozga chiqarib, hamma ko‘radigan joyga yopishtirib qo‘ying. Oddiy oq qog‘oz 100 so‘m turadi. Lekin 1 yilda 1 marta bo‘lsa ham millionlab pulingizni tejaydi.

Bu ma’lumotlarni siz bilasiz. Man faqat eslatib o‘tgin keldi.

Dam olish kuningiz barakali o‘tsin.

15.11.2026 London
@DrAlgorithm
👍22🔥6😁2