Dr. Algorithm
4.68K subscribers
688 photos
68 videos
4 files
688 links
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali.

Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Uzoq va mashaqqatli mehnatdan keyin 50 ta g‘olib tanlab olindi. 🎉

1. Maqola kiberxavfsizlik mavzusida bo‘lishi kerak edi.
2. Maqolani men yozgan bo‘lishim kerak edi. (Forward kirmaydi)
3. Kim birinchi yuborgan bo‘lsa, shu hisobga o‘tar edi.

G‘oliblarga Telegram orqali aloqaga chiqamiz.


Agar g‘olib bo‘lgan bo‘lsangiz, formani to‘ldirib bering.
👉 https://forms.gle/25wNmKhULk7PmzZw9

16 Iyul, Payshanba kuni, soat 11:00 da Toshkent shahrining Abay Korzinka parkingida ko‘rishasiz.


Men emas, mening vakilim sizlarga kitoblarni berib yuboradi.

Savollar bo‘lsa, vakilga yozishingiz mumkin. Sizga aloqaga chiqadi.

2 kishi bir vaqtda kelib qolsangiz, bir biringiz bilan tanishib oling. Ziyon qilmaydi.

13.07.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥3
📚 Kitoblar almashish uchun platforma ishga tushdi!

Ushbu platformada o'zingiz o'qib bo'lgan kitoblarni kiritishingiz, ijaraga berishingiz va qolgan kitobxonlardan kitoblarni ijaraga olib turishingiz mumkin.

Platformadan foydalanish ikki taraf uchun ham mutlaqo bepul.

Kiring, foydalaning va ziyo ulashing!

@ziyoulashbot

Loyiha to'liq bepul bo'lgani sababli, imkon bo'lsa loyihani boshqa kitobxonlar bilan ulashishni unutmang.
👍126
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17👍7🤬2
Agar tepadagi post sizda ko‘rinmagan bo‘lsa, demak Telegramni yangilash kerak.

Men Telegramning yangi shaklida maqola yozib ko‘rgan edim. Shunga ko‘rinmasligi mumkin.

16.07.2026 London
@DrAlgorithm
👍13🔥6👌3
Ertaga katta tadbirimiz bor.

👉 https://t.me/UzTechUK/158

UKda o‘qib, ishlab kelayotgan, o‘zining Startuplari bor bo‘lgan akamiz bilan suhbat bo‘ladi.

Dasturchi sifatida qanday qilib ish topish, suhbatlarda qanday savollar berilishi haqida bo‘ladi.


Online ham qilamiz. Havolani suhbat boshlanishidan biroz oldin beramiz.

Vaqtingiz bo‘lsa, siz ham keling, savollar bo‘lsa hozirdan yozib qo‘ying, akaga yetkazamiz.

Balki sizning ham dasturchi sifatida ish topishingiz uchun foydali bo‘lar. Shart emas faqat UKda ish topish, boshqa davlatlar ko‘p. Lekin ko‘pchiligida kirish mantig‘i va savollari o‘xshash bo‘ladi.


Ertaga suhbatda kutamiz.
👉 https://t.me/UzTechUK/158

16.07.2026 London
@DrAlgorithm
🔥6
Forwarded from UzTech UK
Biz boshladik:

🇬🇧📱 https://youtu.be/vJj2Y9YkNrs 👈

Savollaringiz bo‘lsa, ushbu post ostida yozib qoldiring.

🔗 uztech.uk/social
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
UzTech UK jamoasidan Syurpriz

Ma'lumki Buyuk Britaniyada (UK) UzTech UK nomli AT jamoamiz bor. Jamoamizda alohida Dasturchilar guruhimiz bor.

Guruhimiz faol a'zolaridan biri Samandar bizni lol qoldirdi. Yuqoridagi video Instagramga chiqqanida bildik. Cambridge safarida turli savollar berib, vaqtimizni maroqli oʻtkazgan inson bunday hunarlari borligini biz ham oʻzidan eshitmadik. 😮

📱 https://www.instagram.com/reel/Dba_NtPtH_A/?igsh=NGNzajk0aHQwZHY4

Oʻzbekistonda Kulgilektual loyihasi bor. Unda turli mehmonlarga mantiqiy savollar berilar ekan. Men buni videodan bildim.

Samandar shu koʻrsatuvning har bir qismini koʻrib, savollar, mehmonlar, ularning reytingi kabi ma'lumotlarni yigʻgan. Hatto videoning qaysi qismida savol berilganini ham belgilagan.

Shunday iqtidorli yoshlarni koʻrsam rosa hursand boʻlaman.


Samandar Abdullayev tabriklaymiz! Juda katta ish boʻlibdi! Bundan keyingi loyihalaringizga rivoj tilayman.

Loyiha havolasi: kulgilektual.com

Agar sizda ham website yoki shu kabi qiziq loyiha kerak boʻlsa, bemalol murojaat qilavering. Natijani koʻrib turibsiz.


Samandarga murojjat qilish uchun:

📱 https://www.instagram.com/samabdullaevv

📱 https://t.me/sam_abdullaev

Bizning hamjamiyatimiz haqida shu yerdan ma'lumot olishingiz mumkin:
📱😎📱📱 uztech.uk/social



04.08.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥26👍10👎2👏1
Forwarded from UzTech UK
Biz boshladik:

👉 📱 https://youtu.be/lHj5ThRkfXQ

Savollaringiz bo‘lsa, ushbu post ostida yozib qoldiring.

📱😎📱📱 uztech.uk/social
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥3
UzTech UK
Biz boshladik: 👉 📱 https://youtu.be/lHj5ThRkfXQ Savollaringiz bo‘lsa, ushbu post ostida yozib qoldiring. 📱😎📱📱 uztech.uk/social
Backend dasturchilar uchun SI skill yordamida kod yozishni optimallashtirish.

Swagger -> Java -> Postgres

👉 https://t.me/UzTechUK/167

07.08.2026 London
@DrAlgorithm
8👍8🆒2🔥1
Xakaton + SI - yangi daraja

UzTech UK jamoasi yangi loyiha boshladi. Xakaton yordamida yangi bilim ulashish va mutaxassislarni tanitish.

Bu loyiha hamjamiyatimiz a'zolaridan chiqdi va oʻzligi tashkil etishmoqda.

Dasturchi boʻlish shart emas - degan joyi rosa yoqdi.


Nafaqat dasturlash va balki biznes jarayonlarni, balki hayotimizda, turmush tarzimizda boʻladigan ishlarni ham SI yordamida osonlashtirish mumkin ekanini koʻrsatib berishmoqchi.

https://t.me/UzTechUK/169

Shu kuni Londonda boʻladigan 20 kishi kela oladi ekan. Qatnashish niyatida boʻlganlar, roʻyxatdan oʻtishi kerak.

Tadbir tafsilotlarini YouTube kanalda berilsa kerak.

#shunaqaGaplar

11.08.2026 London
@DrAlgorithm
🤝5🔥3
Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz
Shu kishi bilan onlayn master klass qilishni o'ylagandim. Ko'pchilik dasturchilarga foydali bo'lardi.

Mavzu: Dasturchilar uchun AI agentlar bilan SDLC pipeline qurish
Sardor oğa Aziz Mirzayev bilan masterclass qilishmoqchi ekan.

Mavzu juda zo‘r, shu sababli https://t.me/Sardoroga_blog/3378 havola orqali o‘tib, Sardor og‘a kanallarida "+" qoldiring.

Mavzu: Dasturchilar uchun AI agentlar bilan SDLC pipeline qurish

Tavsiya etaman.

12.08.2026 London
@DrAlgorithm
🔥13
Google Gemini Desktop app haqida eshitganmisiz?

Google Gemini Desktop appini yaqinda o‘rnatib ko‘rdim va menga kerak bo‘lgan bitta imkoniyati yoqdi.

Bu biron bir matnni yozish o‘rniga, ovoz bilan gapirib berish.


Bu imkoniyat menga xohlagan dasturimda ishlaydi, xoh u PyCharm bo‘lsin, xoh u biror bir hujjat bo‘lsin, yoki Telegramga ham.

Buni nima qulay tarafi bor?

Hamma hozir prompt yozayotgan paytda eng qiyini shu promptni yozib/aytib berish. Ayni shu narsani, ayni aytib berishni endi rostdan ham yozish emas, aytib berish orqali qilish mumkin bo‘lib qoldi.

Aslida Gemini Brainstorming degan narsasi bor edi, lekin u dasturning ichida ishlar edi. Ya’ni siz u bilan gaplashib bo‘lganingizdan keyin kerakli matnlarni nusxalab olsangiz kerak bo‘lar edi.

Hozir esa xohlagan dasturga xohlagan matnni xohlagan tilda gapirtirib qo‘ysangiz bo‘ladigan narsa chiqaribdi.


Ishingiz oson bitsin. Yengilliklar bilan ulashib turing.

13.08.2026 London
@DrAlgorithm
👍28🔥15
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍64
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28🔥74👏2🤔1
Zamon sizniki

Hafta ajoyib oʻtdi.

20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim.


Bir vaqtlar AT rivojlanishi davrida faol boʻlgan "Dinozavrlar" bilan koʻrishdim. Hozir Vatandan uzoqda yashayotgan boʻlsalar ham, Oʻzbekiston haqida, yurtdoshlarimizga foydali boʻlish haqida oʻylab kelishmoqda.

Hozir Oʻzbekiston internetida faol emas, lekin shu faollikni oshirish haqida gaplashdik. Nasib qilsa, yangilik boʻlishi kerak.

Shu bilan birga turli "Networking" (tanish orttirish) uchrashuvlari boʻldi. Bir biriga foydali boʻladigan tanishlarim koʻp ekan. Faqat bir joyda koʻrishishmagan ekan.

Falonchini tanisanmi, pistonchini bilasanmi?


degan gaplar boʻlar edi. Ancha esdan chiqqan edi. Shuni tiklanayotganini va ijobiy tomonga tiklanayotganini his qildim.

Tanishlaringiz koʻp boʻlsa - yaxshi,
Bir biriga foydali tanishlaringizni bir biriga tanishtirish - a'lo.

Yoshlarga

Har bir zamonning oʻz qahramonlari boʻladi.


Odatda biror kishi erishgan natijasi, amalga oshirgan loyihasi haqida gapiramiz. Ammo ular ham buni boshlaganda natija zoʻr boʻlib ketishini bilishmagan. Harakat qilishgan xolos.

Demak, bu zamon sizniki. Siz hozir boshlang, ertaga sizning qilgan ishlaringiz haqida gapirishadi.

Zamon sizniki.


Falonchiga oʻxshayman deb boshlang va ertaga undan-da koʻp natijaga erishasiz.

28.08.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
1🔥27👍94😁2🤩1
Jet lag va 15 daqiqa qoidasi

Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kirdingiz. Lekin asl askiya ertasi kuni ertalab boshlandi... 😴

Chet davlatdan qaytgach miya butunlay boshqa vaqt mintaqasida yashashni davom ettiradi. Siz soat millariga qaraysiz - 08:00. Miya esa xotirjamgina: "E, do‘stim, hozir bizda erta tong-ku, kel, yana 4 soat uxlab olaylik" deydi.

Ushbu holatda ko‘pchiligimiz nima qilamiz?

Albatta, o‘zimizga "Vatandoshlik qasamyodi"ni beramiz: "Bo‘ldi, ertadan yangi hayot! Soat 06:00 da turib, yuguraman, nonushta qilaman va dunyoni zabt etaman!" deb 6:00 ga budilnik qo‘yamiz.

Natija esa hammaga tanish:
* 06:00 - Budilnik jiringlaydi.
* 06:15 - Budilnik jiringlaydi.
* 06:16 - Budilnikka nisbatan ichki nafrat va "Snooze" (yana 5 daqiqa) tugmasi.
* 09:00 - Ko‘zlar shishgan, kayfiyat "Nol", o‘zingizni xuddi tunda beton qorgandek his qilasiz.

Osiyo va Yevropa orasida qolib ketgan organizmni (va dangasalikni) bir kunda majburlab yengib bo‘lmaydi.


Buni yengish uchun esa "15 daqiqa qoidasi" yordam beradi

Taktika sodda: Har kuni uyg‘onish (va uxlash) vaqtini shunchaki 15 daqiqaga oldinga surasiz.

Qanday ishlaydi?
Bugun 09:00 da turgan bo‘lsangiz, ertaga 08:45 ga budilnik qo‘ying. Indinga 08:30.

Natija: Miya hech qanday stresssiz, bilmasdan yangi rejimga moslashib ketadi. Bir haftada sezdirmay 1.5-2 soat yutasiz!

Katta maqsadlarni kichik 15 daqiqalik qadamlar bilan zabt eting.



Angliyaga kelganda esa buning aksi.

Ertalab erta uyg‘onasiz, mo‘jiza. Ertalab soat 06:00 da uyquga to‘yib uyg‘ongansiz. "Barakalla, endi haqiqiy muvaffaqiyatli insonlar kabi yashayman, 6 da turadigan supermenman!" deb xursand bo‘lasiz. 🇬🇧☕️

Lekin xursandchilikka shoshilmang - bu shunchaki vaqt mintaqasi (Jet Lag) tuhfasi! Chunki Angliyada soat 06:00 bo‘lganda, O‘zbekistonda allaqachon tushki 10:00 bo‘lgan bo‘ladi. Yurtimizda choy ichib yuradigan vaqtingizda bu yerda uyg‘onayotganingiz tabiiy.

Haqiqiy sinov aynan 3-4 kundan keyin boshlanadi


Vaqt o‘tishi bilan organizm "Aha, biz Angliyadamiz-ku" deb vaziyatni tushunib yetadi. Dastlabki super-kuch yo‘qoladi, kechasi soat 1:00 uxlash odati qaytadi va natijada... Endi 06:00 da emas, tushga yaqin zo‘rg‘a boshingizni yostiqdan ko‘tarasiz. Toshkentda orttirilgan "ertalabki 6" sovg‘asi havoga uchadi.

Sayohat bergan bu super-kuchni (erta uyg‘onishni) boy berib qo‘ymaslik uchun "Inglizcha intizom" qoidalari:

Ertalabki oltin fursatni ushlab qoling: Dastlabki kunlardagi 06:00 dagi tetiklikni ko‘rib, "ozgina yana uxlab olay" demang. Darhol o‘rindan turing, derazani ochib kunni salqin London havosida qahva tayyorlashdan boshlang.

Kechqurun "O‘zbekcha vaqt"da uxlab qolmang: Angliyada soat 19:00 bo‘lganda Toshkentda 23:00 bo‘ladi va ko‘zingiz suzila boshlaydi. Hali kechasi bo‘lmadi deb sabr qiling, kamida soat 22:00 gacha chidang. Aks holda rejim butunlay rasvo bo‘ladi.

Sayohat taqdim etgan bu imkoniyatdan unumli foydalaning va erta turish odatini yo‘qotib qo‘ymang!


29.08.2026 London
@DrAlgorithm
👍23🆒8😁3