Dr. Algorithm
4.37K subscribers
662 photos
64 videos
4 files
661 links
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali.

Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Saud Abdulwahed
Shanba kuni kech soatlarda Saidolim a.k.a @DrAlgorithm bilan jonli efir bo'lib o'tadi. Mavzuni Tas-ix tarmog'i va ahamiyatini tushinishga atamoqchiman. Men uchun ochilmagan va juda qiziq mavzu. Uning ahamiyati va imkoniyatlari hamda O'zbekistondagi Internet…
Podkast boshlanishiga 2 soat qolibdi.

Savol yuborgan do‘stlarimizga rahmat, yozib oldim.




P.S. SI odam-podam emas ekan. Podkast uchun rasm yasab ber desam, bizni stol atrofiga o‘tkazib, suhbatimizni ham tashkillashtirib beribdi.

Eng hayratga solgani, ikkalamizning kanalimizdagi profil ostidagi fon saqlangan. Va Bu fonni bitta rasmga joylay olgan.

Man bunday qil demagan edim. Ajoyib...

Mayli, SI o‘z yo‘liga, biz bugun tarixni eslaymiz.

Tas-IX haqida gaplashamiz.


👉 https://t.me/saudabdulwahed/4346

09.05.2026 Online
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥13
Dr. Algorithm
Podkast boshlanishiga 2 soat qolibdi. Savol yuborgan do‘stlarimizga rahmat, yozib oldim. P.S. SI odam-podam emas ekan. Podkast uchun rasm yasab ber desam, bizni stol atrofiga o‘tkazib, suhbatimizni ham tashkillashtirib beribdi. Eng hayratga solgani…
Vaqt ajoyib narsa,
Ba'zida oʻtganini sezmaysan,
Ba'zida esa kutib charchaydan.


Suhbatni oʻtkazib oldik.

Mavzu qiziq, voqealar koʻp, lekin vaqt chegaralangan.
Davomini qilamiz deb kelishdik. Foydali boʻlsa, hursand boʻlamiz.

Savollar bergan edingiz. Imkon qadar javob berdik. Agar kimning savoli ochiq qolgan boʻlsa, yozib yuboring.


Dam olish kuningiz maroqli oʻtsin.

09.05.2026 London
@DrAlgorithm
👍22🔥4👏1
SI kim hukmron?

Ajoyib raqamlarga ko‘zim tushdi. Rio de Janeiro (Braziliya) da 23-27 Aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ICLR 2026 konferensiyasiga qabul qilingan maqolalarni tahlil qilib ko‘rishibdi.

1. Eng ko‘p maqolalar Xitoydan qabul qilingan.
Ketidan 2-o‘rinda AQSh turibdi.

2. Keyingi davlarlar x10 marta kam natija bilan safda turishibdi. Xitoy va AQSh ixtiyoriy boshqa davlatlardan 5-10 marta ko‘p maqola bergan.

3. UKdagi universitetlar reytingi qiziq tuyuldi.

Hozirgi kunda O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga o‘qishga kelayotgan yoshlarimiz juda ko‘p. Ular orasida SI sohasida o‘qishga kelayotganlar ham bor.

+ Sizlarga tavsiyam, shu rasmlarni yaxshilab o‘rganing.
+ Sizning universitet bu yashil ro‘yxatda bormi?


Rank University               Maqola soni
24 University of Oxford 104
42 University of Cambridge 67
57 Google DeepMind 49
66 UCL 40
75 Imperial College London 36
97 University of Edinburgh 26
184 University of Manchester 12
191 University of Surrey 11
232 University of Bristol 8
234 Queen Mary University of London 8
278 University of Bath 6
305 University of Birmingham 5
326 University of Sheffield 4
328 University of Warwick 4
337 University of Southampton 4
339 University of Exeter 4
351 Lancaster University 4
413 University of Glasgow 3
416 University of Liverpool 3


Bu statistikani tekshirib ko‘rish uchun GitHubda loyiha bor: https://github.com/DmytroLopushanskyy/iclr2026-affiliations

Shunaqa gaplar. Haftani barakali boshlab oling.

11.05.2026 London
@DrAlgorithm
🔥17👏3👍1
42⚡️
⚡️ wiki.42.uz

"Hozir serverga SSH qilib, SCP bilan ConfigMap'ni tortaman-da, Git'dan commit'ni cherry-pick qilib, Docker image'ni registry'ga push qilgach, Kubernetes cluster'ga deployment manifest'ni apply qilib, qotib qolgan pod'larni bitta rollout restart qivoraman."
📚

Ijodiy yondashuv

(Kreativ deyishadimi?)

Ilm ulashishda kutubxona tuzish juda katta savobli ish. 42.uz jamoasidan yangi loyihani ko‘rib xursand bo‘ldim.

Menga eng yoqqani esa, uni qanday qilib taqdim qilishgani bo‘ldi.


42.uz, Qoyil! Davomli bo‘lsin!

11.05.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍257👾2🕊1🏆1👨‍💻1
Forwarded from Sardor Dushamov | PHP
Avvallari:
- Odam qilgan ishni odam qiladi lekin dasturchi qilgan ishni hammayam qilolmaydi

Hozir:
- Odam qilgan ishni odam qiladi, dasturchi qilgan ishni bo'lsa odam+SI qiladi
😁42👍8🥱1
Forwarded from UzTech UK
🇺🇿 UzTech - IT Hamjamiyati 🇬🇧

AI bilan ishlash bo‘yicha darslarimiz davom etadi.

Bu safar Claude Code haqida gaplashamiz.

Meetup davomida Saidolim Djuraev bilan:
• Claude Code’dan unumli foydalanish
• Ish jarayonini samarali tashkil qilish
• Foydali usullar va tajribalar

haqida suhbatlashamiz.

🗓 Sana: 22-May, Juma
🕕 Soat: 18:00 (London vaqti)
📍 Manzil: Online (Google Meet)

📱 Qatnashish uchun havola:
https://meet.google.com/eak-erzp-hjp

Agar AI vositalarini kundalik ish jarayoningizga qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, ushbu meetup siz uchun foydali bo‘ladi.

📱 @UzTechUK | 😎 @UzTechUK | 📱 @UzTech-UK
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥12👍8🥱1🤣1
Assalomu alaykum do‘stlar,

Bir vaqtning o‘zida bir necha ishga ulgurish qiyin. Shu sababli ishlarimizni tartibga solish uchun tanaffus olib turamiz. Bu tanaffus vaqtida esa foydali ma'lumotlarni o‘rganish, ularni xalqimizga yetkazish haqida bosh qotiramiz.

UzTech UK jamoasi bilan kundalik hayotda SI dasturlaridan foydalanish haqida dars o‘tishni boshlagan edik.


Shu hafta 5-qismini namoyish qilmoqchimiz.

Ko‘pchilik uchun foydali bo‘ladi degan umiddamiz. Loyiha maqsadi, dasturchi bo‘lmaganlar uchun ishlarini yengillashtirishga yordam berish. Ixtiyoriy soha odami bu darslarimizdan foydalanishlari mumkin.

Darslarimiz videosi tayyor bo‘lganida uni ham alohida e'lon qilamiz.

20.05.2026 London
@DrAlgorithm
1👍12🔥52
Google ofisi, London.

Azimjon, hammasi siz qoldirgandek turibdi.


Bugun SI boʻyicha masterclass bor. Shuni koʻrgani kelgan edim.

Koʻramiz qanchalik hayratda qoldirishadi.

Hozircha faqat havo hayratda qoldirmoqda.

33°C



26.05.2026 London
@DrAlgorithm
1😁31🔥17👍6
Biznes uchun yechim

Biznes jarayonlarni soddalashtirish boʻyicha koʻp yechim qarab yuraman. Gemini'ni ham shu maqsadda ishlatar edim.

Lekin yetarli emas edi.


Bugun qiziq tadbir boʻldi. Aynan manga kerakli muammoni yechimini soʻrash uchun 2-3 kishi bilan gaplashdim. Bizga namuna sifatida turli sohada ish jarayonini soddalashtirish, tizimga solib, avtomatlashtirish boʻyicha jonli taqdimot qilib berishdi. (Live Demo)

Google Workspace yetarli emas ekan. Endi Google Enterprise olishim kerak ekan.


Bularni ichma-ich ulab, n8n dek orchestration qilsak, foydasi bor deyishdi.

Ishlatib koʻri, sizlarga ham natijamni ulashaman.

26.05.2026 London
@DrAlgorithm
👍192🤩1
Assalomu alaykum doʻstlar,

🐏 Qurbon Hayiti bayrami muborak boʻlsin!

Keyingi hayit ayyomlarga ham birgalikda yetkazsin.
Ibodatlarimiz qabul boʻlsin.
Ilmingiz toʻliq va ziyoda boʻlsin.
Rizqingiz, vaqtingiz, umringizga baraka bersin!

🕌 Ayyom muborak!

27.05.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40🔥8🕊62🎉1
Claude Opus 4.8

+ Narxi o‘zgarmapti.
+ Fast mode 3x marta arzonlashgan.
+ Vazifaga qanchalik chuqur kirishi nazorati qo‘shilibdi (Effort control)
+ Xatosini tan olish 4x marta kamaygan.

- Katta o‘zgarish yo‘q. Bor narsani sifati oshgan.
- Token soni ko‘paydi: Effort control rejimida "extra" yoki "max" yoqilsa.

Hozircha shu farqlarni sezdim. Siz qanday faralarni ko‘rdingiz?


http://anthropic.com/news/claude-opus-4-8

Ertaga MeetUp'imiz bor: https://t.me/UzTechUK/122
ClaudeCode bo‘yicha davom etamiz. Bu yangilikni hozircha qo‘shmaymiz.

28.05.2026 London
@DrAlgorithm
🔥16👍7🤷‍♂1
Dasturchi doʻstim siz uchun

Bugun InfoSec tadbirida yuribman. Bitta stand oldiga kelib, toʻxtab qoldim. Chunki koʻp doʻstlarim va tanishlarim hayotida burilish yasagan joy esga tushdi.

Bundan 5 yillar oldin bu korxona koordinatori (mingboshi)si bilan uchrashgan edim. Shuni esga oldik.


Oʻzbekiston AT olamida koʻp yangilik kiritgan.

Lekin man uchun doʻstlarimni eslatgani uchun hursand boʻldim.


Kim bu korxonada ishlagan, ishlayotgan yoki biror boshqa aloqasi boʻlsa, bu gap (post) sizlar uchun.

Qayerda boʻlmang, salomat boʻling. Ishingiz, rizqingiz, vaqtingiz barakali boʻlsin. Mehnatingiz natijasi ham sizga va Vatanimizga ham yurdoshlarimizga foydali boʻlsin.
Sizlarni koʻrgandek boʻldim.

03.06.2026 London
@DrAlgorithm
🔥41👍5🆒2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💡 G‘oyaga 5 baho

InfoSec Expoga 3-yil qatnashishim. Har yili nimadur yangilik ko‘rib qaytaman.

Avvallari tekinga kofe tarqatishar edi. 3-4 ta joyda bo‘lgani uchun aynan o‘sha stendlarda odam ko‘p bo`lar edi. Bu yili esa 10lab stendlarda kofe ko‘rdim. Demak bu usul endi eskirdi.

Lekin qoil qolganim, buni sezgan 2 ta stend yangilik kiritgan.

AI asosli rasm chizadigan robot.

Stednga borasiz, rasmga tushasiz, biror joyni tanlaysiz va 2 daqiqada sizning rasmingiz tayyor.


Esingizda bo‘lsa, avvallari rasmga olish, 3D rasm chiqarish moda bo‘lgan edi. Bu ham moda. Sizning rasmingizni oddiy qog‘oz va qalam bilan chizib berishadi.

Texnik tomoniga qiziqqanim uchun bu qanday robot, qayerdan sotib olgan so‘radim.

O‘ziniki emas ekan!

Eshitib, ishxonaga kelib biroz izlanib ko‘rdim. Buni alohida xizmat qilib sotishar ekan.

Robot va qog‘ozlarni ijaraga berishar ekan. Soatiga pul to‘laysiz. Nechta robot kerak, qanday tezlikda ishlasin, tanlaysiz. Narx chiqarib berishadi. va bo‘ldi.

Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva.


Mabodo sizga ham shunday xizmat kerak bo‘lsa, aytaverasiz. Bir yo‘lini qilib O‘zbekistonga ham olib kelamiz.

Nima deb o‘ylaysiz: Bizda ham bu yurarmikan?

P.S. Videoning oxiri yomon chiqqan lekin.

04.06.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥22👍10
Rasm soladigan robot qo‘l

Bu narsa AI Sketch Robot deb atalar ekan.

Qanday ishlashini ko‘rsatish uchun rasmlarini ham tashlab qo‘ydim. Internetni qidirib, turli saytlar topdim. Masalan,

https://www.juliacharleseventmanagement.co.uk/entertainment/exhibition-entertainment/ai-sketch-robot/

https://photomonkey.uk/sketchartbot

Narxi osmon, £600 dan boshlanar ekan.

Shundan keyin o‘ylab qoldim. Ahir bizning Robototexnikani o‘rganayotgan yoshlar buni yasay oladi-ku. Endi tadbirkor bo‘lish (monitizatsiya qilish) kerak.

Sifati, tezligi qancha yaxshi bo‘lsa, turli tadbirlarda sotsa bo‘ladi.

Yoshlarga aytib ko‘rsak, qilisharmikan?

04.06.2026 London
@DrAlgorithm
👍27🔥7