Dr. Algorithm
3.07K subscribers
477 photos
53 videos
3 files
541 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
DTX London 2025

https://www.dtxevents.io/london

Bu hafta yangiliklarga boy boʻldi. Shu sabab kam yozdim. Lekin...

PM kursini oʻtish vaqtida Oʻzbekistonda koʻp korxonalar Ovrupo bozoriga chiqish istagini bildirganini sezdim. Shu sababli turli tadbirlardan xabar olib turgan edim. ExCel London shunday tadbirlar uyi. Yaqin kunlarda AT sohasida katta tadbir boʻlar ekan.

DTX London 2025
1-2 Oktyabr kunlari


Agar siz AT sohasida yangi xizmat ishlab chiqarayotgan boʻlsangiz, yoki katta tashkilot boʻlib sizga shunday xizmat kerak boʻlsa, tadbir siz uchun ekan.

Roʻyxatdan oʻtish tekin. Faqat korxona email manzilini ishlating. Linkedin maʼlumotlaringizni koʻrib chiqib, keyin qabul qilishadi. Shu sabab korxona xodimi nomidan roʻyxatdan oʻting.

Taqdimot qilish niyati boʻlsa, unga ham ishtirok etsangiz boʻladi.


Kimdur yoʻli tushib, qatnashish niyatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, xabar bering. Oʻsha yerda birga koʻrishamiz.

04.08.2025 London
@DrAlgorithm
🔥31
Talabnoma

Shu hafta ajoyib voqea bo‘ldi. Yoshlar bilan o‘tirib turli loyihalar haqida gaplashdik. Maqsad shaxsiy loyiha qilishni o‘rganish edi.

Loyihalardan biri Telegamda bot yasash mavzusida edi. Man bitta gap bilan qisqa mazmunini yozgan edim.

Ertasiga guruhda loyihani tugatganini aytib qoldi. Kodini ko‘rsatishni so‘radim. Telegram botning kodi. Ishlaydigan kod.

Kod yoza olgani uchun xursand bo‘ldim. Lekin masalaning mohiyatini tushunmasdan qilgani uchun xafa edim. Chunki u yasagan bot umuman boshqa mavzuda edi.

~~

Requirement gathering

Kuzatuvlarim shuni bermoqda: Bizda talabni bilmasdan kod yozishga o‘tib ketish juda ko‘p ekan.

Loyiha olish vaqtida albatta uni qilishni o‘ylamang. Uning talablarini o‘rganing.

Mizojga aslida nima kerak ekanini aniq so‘rab oling. Sizning taxminlar bilan mijozning xohishlari mos kelmaydi.


Mabodo mos kelib qolsa, omadli ekansiz, Omad shou o‘ynaydigan holat bo‘libdi, deyman.

Loyiha boshlashda birinchi shart:
1. Mijozning talablarini o‘rganish.


Buni faqat talaba dasturchilar emas, ishlab turgan dasturchi jamoalarda ham kuzatdim. Nasib qilsa endi ular ham o‘zgarishadi. Chunki biz talablarni o‘rganishni boshlasak, biznes egasi bizga aniq talablarni berishni boshlaydi. Bizga ham, unga ham oson bo‘ladi.

~~

P.S. Har bir post rasmli bo‘lsa qiziq tuyuladi. Shunga rasmda 2-Jahon urushining eng katta kashfiyotlaridan biri, Enigma mashinasini qo‘ydim. Bu shifrlash sohasida qilingan ulkan yutuqlardan biri.

Angliya Harbiy Havo kuchlari muzeyiga borganda ko‘rgan edim. Bu 2 marta rostakam Enigma mashinasini ko‘rishim. O‘zbekistonda Aloqa muzeyida ham bitta bo‘lishi kerak.

Kuningiz xayrli o‘tsin. Rejalaringiz unumli bajarilsin.

05.08.2025 London
@DrAlgorithm
🔥38👍9🕊32👏1
Google idorasiga safar

Angliyada tashkil etilgan AT hamjamiyati UzTech navbatdagi safarga chiqdi.

Azimjon Poʻlat bilan uchrashuvimiz Googleʼning Londondagi binosida boʻldi.

Google binosi juda qiziqarli ekan. Kreativ fikrlaydigan odamlar ishlaydigan joy anʼanaviy boʻlmagan usullar bilan tashkil etilgan. Devorlarda xodimlar tomonidan "chizilgan" oʻyin va kino qahramonlari ilk odamni oʻziga jalb qiladigan sanʼat asari edi. Idora qogʻozchasi (Sticker notes) yordamida turli qahramonlar shisha devorga chiqilgan.

Oʻzbegimga yoqadigan oshxona mehmonlar uchun ham ochiq boʻlar ekan. Kirib birga choy ichib, ovqatlanish mumkin ekan. "Kelourasla..." Deyisharmidi?

Xullas, taassurot koʻp. Ilm oling, Google kabi katta korxonalarda ishlang va albatta oʻzingizning loyihangizni qiling.

08.08.2025 London
@DrAlgorithm
2👍56🔥10👏3
C++

C++ dasturlash tilini oʻrganish yoʻlida undan soddaroq 2 ta boshqa tilni oʻrgangan edim. Oʻylab qarasam, har birining oʻrganishim tarixi bor ekan.

Basic - Pravets-8A kompyuterida faqat shu dasturlash tili boʻlgani uchun.

Pascal - kitob, uyda shu dasturlash tili kitobim bor edi.

Keyinchalik kompyuterlar ham rivojlandi, kitoblar ham koʻpaydi. C++ ni ham oʻrgandik.

Qiziq: Qaysi dasturlash tilini oʻrganay? - deb soʻramagan ekanmiz.


Rasmda: Google'ning Londondagi idorasi (ofisi)dagi C++ qahvaxonasi, qahva tayyorlab berishdi.

Dam olish kunlaringiz maroqli oʻtsin. Ish haftasini boshlashga kuch yigʻib oling.

10.08.2025
@DrAlgorithm
1👍30🕊4🔥3👀1
Hujjat

Dastur ishlab chiqishda High-level design va Low-level design degan tushuncha bor. Ammo ko‘pincha biz to‘g‘ridan to‘g‘ri dastur yozishga o‘tib ketamiz. Design bo‘ladimi, requirement gathering bo‘ladimi, - bizga farqi yo‘q. Axir natija kod bo‘ladi-ku, baribir, - deb shartta kod yozib ketamiz.

Sababi nima ekan? - deb o‘ylab qarasam. Bizga kod yozish oson bo‘lgani uchun ekan. Kod kerakmi, kerak emasmi, ertaga tashlab yuboramanmi? - umuman farqi yo‘q.

Kod, kod, kod...


Lekin biroz tashqariga chiqib qaralsa, biz sevgan kodlash ishning 15% qismi bo‘lishini bilib qolamiz. Shunday, atigi 15%. Unda qolgan 85% qayerga ketadi?

O‘tgan safar talablarni o‘rganish (requirement gathering) haqida yozgan edim. U juda ko‘p ishni hal qiladi. Mijozning talablarini bilmasdan turib, ishni boshlab bo‘lmaydi. Birovning uyiga kelgan usta akalar: Sizga katta zal, 2 ta yotoqxona, yuvinish xonasi qurib beraman, - demaydi-ku.

Matematiklar aytganidek: Vazifaning berilishini tushunish, masala yechimining yarmi, - deb.


- Demak, talablarni bilib oldik, endi kodlashga o‘tib ketamizmi?
- Yo‘q!
- Nima uchun?
- Endi qanday qilib qilishni yozib chiqamiz.

Hujjat

Har bir kelishuv hujjat shakliga kelishi kerak.


Biz hujjat yozishni yoqtirmasligimiz mumkin. Lekin aynan vaqtida yozib qo‘yilgan hujjat bizni va biznesni salbiy holatlardan qutqarib qoladi. Chunki og‘zaki kelishuv ertaga o‘zgarib qoladi. Keyin o‘tiramiz:
- San nima deganding?
- Man nima degandim?
kabi.

Dastur ishlab chiqar ekansiz, doim hujjat yuriting. Shart emas hamma narsani yozib olib, keyin kodga o‘tish. Hujjat ham tirik narsa, vaqti o‘tishi bilan ko‘payib boradi. To‘ldirib boriladi. Lekin mavjud bo‘lishi kerak.

Har bir majlis vaqtida, biror yangi imkoniyat (feature)ni muhokama qilish vaqtida yozib boring. O‘zi hujjat yig‘ilib qoladi.


Rasm: Kembrij (Cambridge) universiteti markaziy kutubxonasi yo‘lagi.

Kuningiz xayli o‘tsin.

11.08.2025 London
@DrAlgorithm
👍30🔥7💯5🕊21👏1
Assalomu alaykum doʻstlar,

Bir yurtdoshimiz Londonda Magistraturada oʻqib kelmoqdalar. Menga bir iltimos bilan chiqdilar va man qoʻllab quvatlagim keldi.

Oʻzbekistonda FinTech rivojlanishiga hissa qoʻshib, yangi mijoz topishda AI agentning roʻli mavzusida ilmiy izlanish qilayotgan ekanlar.

3-4 daqiqa vaqtingizni ayamay, shu shakl (forma)ni toʻldirib bersangiz.

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf5jyDiuyfKfn0nV9OWTM2FZu0MNpXWNTqFkOhtcM2KcC2BFA/viewform?usp=sharing&ouid=104742074056040566482

Oddiy test savollari kabi, variant belgilab berilsa boʻldi.

🤲 Nasib qilsa kelasi yil oʻqishni bitirib, Oʻzbekistonda FinTech va SI rivojlanishiga hissa qoʻsha olsalar ajab emas.

Rahmat kattakon!

Hello Saidolim Djuraev,

I’m conducting a short research study for my MSc Digital Marketing dissertation at Northumbria University on the role of AI agents in optimizing customer acquisition in Uzbekistan’s fintech sector.

I’d greatly value your input by completing a quick 10–15 minute anonymous questionnaire. Your feedback will help identify key trends, challenges, and opportunities in the industry.

Below is the link for survey. I will also attach Participant Information Sheet.

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf5jyDiuyfKfn0nV9OWTM2FZu0MNpXWNTqFkOhtcM2KcC2BFA/viewform?usp=sharing&ouid=104742074056040566482

Thank you for your time, and I can share a summary of findings with you once the study is complete.

Best regards,
Azamjon Abdurashidov
MSc Digital Marketing, Northumbria University


Rasm: Cambridge Press nashyoti chop etgan kitoblar. Nashriyotning doʻkoni.

16.08.2025 London
@DrAlgorith
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🕊2🔥1🤝1