Dr. Algorithm
3.07K subscribers
478 photos
53 videos
3 files
542 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Post uzun lekin foydali, aynisa dasturchi bo’lmoqchi yoki farzandini dasturchi qilmoqchi bo’lganlarga.

Dars berib yurgan paytim (dasturlashdan), o’quvchilarning ko’pchiligi dastur tuzishga qiziqardi lekin algoritmlarga kelganda qiynalishardi. Buning asosiy sababi matematikani yo o’qimagan yo o’qitishmagan. Chunki ko’pchiligi oddiy qoldiq nimaligini bilmasdi.

Ikkinchi muammo, dasturchi chiqishi mumkin bo’lgan o’quvchilarda o’quv markazga to’lash imkoni yoki oddiy noutbuki bo’lmasdi.

Uchinchi muammo, 2006-2010-yillar TATU da o’qigan paytim, dasturchi chiqishi mumkin bo’lgan bollar o’qishga kirolmay (harbiy imtiyoz tufayli), qora mehnat qilishga majbur bo’lishgan.

To’rtinchi muammo, hozirgi kunda chet elda yurgan vatandoshlarimizdan dasturlashni o’rganmoqchiman, nimadan boshlay? deb ortiqcha harajat qilib natijaga e’rishmaganidir.

Beshinchi muammo, ko’pchilik ota-onalar manga chiqib, farzandimni dasturchi qilmoqchiman, nimadan boshlasin? deb ko’p savol berishgan. Shu paytlari matematika o’rganib tursin keyin dasturchilikka o’qib oladi deb javob berardimu lekin bu kamlik qilardi. Shu tariqa yuqoridagi muammolarga yechim qidirishni boshladim.

Aslida 2009-yili onlayn dasturlashni o’rgatadigan platforma qilish niyatim bo’lgan, lekin talabalik, yashash, kvartira muammolari bilan bo’lib, pul topishdan ortmaganman.

Niyat, niaytligicha qolmasin deb yaxshigina oylikli ishdan bo’shab (2022-yil mayda), kitob yozishni boshlaganman (2022-iyuldan). Kitobda asosan nazariy bilimlar bo’lib, “Dasturlash 0-qadam: Matematika” deb nomlangan. Kitob maktab o’quvchilari va dasturlashni endi o’rganmoqchi bo’lganlar uchundir.

Kitobda matematik atamalarning C va Python dasturlash tillarida qanday ifodalanishi yoritilgan. Bundan tashqari qiziq faktlar, dastur kodlari, har xil grafiklar va blok sxemalar ham keltirilgan. Qisqa qilib aytgancha 10 marotaba chaynalgan faqat yutish kerak.

Ko’pchilik dasturchilar biladi, dasturlashni nazariy o’rganib bo’lmaydi (xuddi, suzishni kitob o’qib o’rganib bo’lmaganday). Shuni inobatga olib kitobga chambarchast bog’liq bo’lgan https://itboom.uz platformasini ham yaratdim. Ushu platformada kitobdagi mavzuga aloqador qo’shimcha ma’lumotlar va masalalar keltirilgan.

Har bir masalani ikki xil: matematik va dasturiy yo’l bilan ishlash mumkin. Bundanda qizig’i, bitta masalani xohlanacha ishlash mumkin. Chunki tizim har bir masalani dinamik yaratib beradi. Bu esa xohlagancha yoki tushunguncha masala ishlash imkonini beradi.

Eng qulay joyi, dastur tuzib ishga tushirish uchun endi noutbuk kerak emas. Bitta telefonning o’zida ham o’qib ham o’rganib ham matematik va dasturiy masalarni ishlash mumkin. Telefon itboom.uz saytiga kira olsa bo’ldi.

Ushbu qulaylik har qanday vaziyatda dasturlashni o’rganishga imkon beradi.

Yuqoridagi ishlarga 3.500 soatdan ko’p vaqt sarflangan, tashkiliy ishlar bilan bundanda ko’proq. Xarajati ham ancha joyga borib qoldi.

Narxi, hozirda 48 ta turdagi masala va kitobning dastlabki mavzulari mutloq tekinga itboom.uz saytida joylayahtirilgan. O’rganishni hoziroq boshlash imkonini berish uchun.

Qolgan narxlarni https://itboom.uz saytidan ko’rib olsangiz bo’ladi (o’quv markazlarning bir oylik puli ham emas)

Agar shu joygacha o’qigan bo’lsangiz, iltimos, shu postni do’stlaringiz bilan ulashing, zero bitta shu oddiy harakat bilan dasturchilar ko’payishiga hissa qo’shing.

Ruslan Abdullayev(SHRANET)
👍5🔥1
Sardor Dushamov | PHP - tengi yo'q til!
Post uzun lekin foydali, aynisa dasturchi bo’lmoqchi yoki farzandini dasturchi qilmoqchi bo’lganlarga. Dars berib yurgan paytim (dasturlashdan), o’quvchilarning ko’pchiligi dastur tuzishga qiziqardi lekin algoritmlarga kelganda qiynalishardi. Buning asosiy…
Ruslan Abdullayev, Sherzod Rahmatovlarni hozirgi "pokoleniya"lar uncha tanimasa kerak. Lekin biz va bizdan oldingilar juda yaxshi tanishadi. "Katta krug". Biz ulardan dasturlashni o'rganganmiz. O'zbekistonning katta dasturchilari hisoblanadi. Ulardan dars olish bizga nasib qilgan.

Jamiyatimiz va yoshlar uchun foydali kitob va sayt ishlab chiqishibdi.

Shu kanalga a'zo bo'lib qo'yamiz: https://t.me/itboomuz
👍8🔥1
Jakhongir Rakhmonov - IT
Ingliz tilini bilmasangiz siz yaxshi dasturchi emassiz
Avval dasturlashni o`rganish kerakmi yoki Ingliz tilinimi? - deb so`raganimda.
Qudrat aka Abdurahimov aytgan edilar: "Nima dasturlashni o`rganish ingliz tilini kutib turadimi? Iloji bo`lsa, ikkalasini boshlash kerak. Bittasini to`xtatib turish yaramaydi", - deb.

Shunga Jahongirning gapidan hulosa qilishda "Men yomon dasturchi ekanman" emas "Man yaxshiroq dasturchi bo`lishim uchun Ingliz tilini o`rganishim kerak" deb yondashish kerak.

#MeningFikrim

P.S. Qudrat akaning so`zlarini aynan yoza olmadim, ma'nosini yozdim.

https://t.me/DrAlgorithm/380
🔥10👍31
Do`st kanallar

Telegram ajoyib imkoniyat chiqardi. Endi biror kanalga kirganingizda unga mos keladigan boshqa kanallarni ko`rish mumkin.

Kimdur shuni API orqali yig`ib bera oladimi? Kanal nomini (url) bersak. uning do`st kanallarini nomlarini (url) yig`ib bersa.

Bitta sitecha qilib qo`ysak bo`lardi keyin.

P.S. Botir Ziyatov aytganidek: "Start-up loyihaga g`oya".

https://t.me/DrAlgorithm/381
👍10
AT osh

Bugun ajoyib yigʻilish boʻldi. AT mutaxassislari offline koʻrishishdi. Suhbat juda mazmunli boʻldi. Vaqt oʻtganini sezmay qoldik.
👍19🔥5
Forwarded from Musayev blogi
Talabalik davrida o'yin-kulgiga vaqting yo'q ekani (ilmiy) isboti
yoki "10,000 soat qoidasi" 4 yilda qanday ishlaydi 2/20

Kirish
Birinchi bosqich talabalariga yozgan qo'llanma postimda talabalik "oltin davr" emasligi va undan biror soha talabgir mutaxassisi bo'lib chiqish uchun abiturientlik davridagi "rejim"ni o'chirib qo'ymaslik haqida aytgandim. Hozir shuni aniq sonlar bilan izohlab berishga harakat qilaman.

Malkolm Gladuell "Zukkolar va Landovurlar" kitobi 2-bobida 10,000 soat qoidasi haqida gapiradi. Unga ko'ra
Agar siz istalgan soha / bilim / qobiliyat ustida 10,000 soat davomida to'g'ri tarzda ishlasangiz siz uning mutaxassisi bo'lib ketishingiz mumkin.


Muammo
Tasavvur qilaylik, talabalik paytda biror soha mutaxassisi bo'lishni maqsad qilib qo'ydingiz va buning uchun 10,000 soat kerak. Oddiy arifmetika orqali buning uchun kuniga o'rtacha necha soat kerakligini topish mumkin:
10,000 / 4 = 2,500 -> 2,500 / 365 ≈ 7 soat

Ya'ni 10,000 soatga yetish uchun siz 4 yil davomida har kuni uzluksiz tarzda kuniga 7 soatdan biror mutaxassislik ustida ishlashingiz kerak. Albatta, bu ilojsiz. Biz yiliga 365 kun aktiv bo'la olmaymiz. Keling ta'til, dam olish kunlari va fors-major holatlar uchun 115 kunni chiqarib tashlaymiz va bizda yiliga 250 kun qoladi.
10,000 / 4 = 2,500 -> 2,500 / 250 ≈ 10 soat

Ko'rib turganingizdek haftada o'rtacha 2 kun dam olmoqchi bo'lsangiz sizda tahminan 250 kun qoladi va shu 250 kun davomida har kuni kamida 10 soatdan soha / qobiliyat ustida ishlashingiz kerak.

Keling endi tipik talabaning kunlik rejimini ko'rib chiqsak:

➡️ Uxlash uchun — 6-8 soat
➡️ Ovqatlanish & boshqa zaruriy ishlar uchun — 2-3 soat
➡️ O'qishdagi vaqt — 5-6 soat
➡️ Darslarni tayyorlash — 2-3 soat (eng ko'pida)
➡️ Shaxsiy ishlar — 1-2 soat
➡️ Qo'shimcha kurslar — 2 soat

Agar yuqori chegarani qo'shib chiqsak bizda 8+3+6+3+2+2=24 soat chiqadi ))

Ya'ni mana shu odatiy holatda ham aslida talabada umuman o'yin-kulgu yoki ish uchun vaqt yo'q. Lekin albatta ular uyqu, o'qish, darslar yoki darslarni tayyorlashni "qurbon" qilish orqali unga vaqt topishadi. Lekin asosiy savol qolib ketadi "Mutaxassis bo'lish, o'z ustingizda ishlashchi?!".

Yechim
Holat ko'ringanidek umidsiz emas. Siz o'qish soatlarini unumli o'tkazish, darslarni tayyorlashda sohangizga bog'lash, vaqtingizni to'g'ri boshqarish va qo'shimcha o'z ustingizda ishlash orqali holatni ancha yaxshiroq holatga olib kelishingiz mumkin.

Buning uchun yuqoridagi jadvalni yaxshiroq holatga keltiramiz:

➡️ Uyqu uchun — 7 soat (bundan kamini tavsiya qilmayman)
➡️ Ovqatlanish & boshqa zaruriy ishlar — 3 soat (fors major bilan)
➡️ O'qishdagi vaqt — 5-6 soat, shundan 3 soati samarali o'tkazish orqali 10,000 soat tarkibida bo'ladi deb olamiz
➡️ Darslarni tayyorlash — 2-3 soat, 2 soati samarali —> 10,000 ichiga
➡️ Shaxsiy ishlar — maksimum 1 soat
➡️ Qo'shimcha kurs yoki soha bo'yicha ish — 2 soat. To'liq samarali deb olish mumkin
➡️ O'z ustingizda qo'shimcha ishlash — 2-3 soat

Mana shunday holatda sizda kuniga 8-10 soatni samarali, kelajakda mutaxassisligingiz uchun foydali bo'ladigan yangi narsalarni o'rganish orqali o'tkazishingiz mumkin. O'tib ketgan kunlarni boshida chiqarib tashlangan 115 kunni biroz kamaytirish orqali qoplash mumkin.

Xulosa
To'rt yil davom etuvchi talabalik "oltin davr" emas, u "oltin imkoniyat".

Diplomingiz bor ekanligi siz o'sha soha mutaxassisi ekaningizni emas, bunga imkoningiz bo'lganini ko'rsatadi.


Sizda esa 3 ta yo'l bor:

1. Oltin imkoniyatingizni do'stlar bilan o'yin-kulgu, sevgi-muhabbat va kechasi bilan TikTok va PUBG uchun sarflab yuborish.

2. Uni tipik tarzda o'tkazish va hamma qatori bo'lish. Keyinchalik butun umr erisha olmagan potensialingiz haqida o'ylab yashash.

3. Vaqtingizni to'g'ri taqsimlash, boridan unumli foydalanish, shikoyat emas imkoniyat qidirish va kuchli iroda orqali uni haqiqiy oltin davringizga aylantirish.

Tanlov o'z qo'lingizda...

#studentlife #useful #guideline

Shaxsiy Blog | Linkedin | Professional blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍113🔥3
Forwarded from Baratov’s Blog
Kichik qadamlar

1. Bu blogni motivatsiya uchun o'qiyotgan bo'lsangiz, xato qilyapsiz. Motivatsiyani kanaldan olmoqchi bo'lganingiz uchun emas, tashqaridan olmoqchi bo'lganingiz uchun.

2. Tashqaridan kelgan motivatsiya 2 haftadan uzoqqa bormaydi. Bu ham bir narkotik. Inson o'rganib qolsa, faqat motivatsion videolar ko'rib, maqolalar o'qib, hech nima qilmaydigan sabzavotga aylanib qolishi mumkin.

3. Uzoq davom etuvchi motivatsiya ichkaridan chiqadi. Ichkaridan keladigan motivatsiyaning omili - kichik natijalar. Kichik natijalar kichik qadamlardan boshlanadi.

-Ishga joylashmoqchimisiz - 20 daqiqa ajratib, tuzukroq CV (rezyume) tuzing

-Til o'rganmoqchimisiz - bugunoq 10ta so'z yodlang

-Yangi kasb o'rganishda - qayerda o'qishni aniqlab olingda, birinchi bepul darsga yoziling.

-Biznes boshlamoqchimisiz - telefonni olib birinchi 5ta potensiali yuqori bo’lgan insonlardan maslahat oling.

-Blog yurgizmoqchimisiz - Kanalni oching va 1 qator bugun o'rgangan narsalaringizni yozing

-Ertalablari yugurmoqchimisiz - mahallani boshiga borib kelishdan boshlang.

-Namoz o'qimoqchimisiz - 5 daqiqa ajratib, tahorat olib, boshingni sajdaga bir pas qo'yib turing.

4. Shu blogni o'qib bo'lib birinchi kichik qadamni qo'ying. Natijagacha olib boring. Ichkaridan motivatsiyani oling, uzoqga boradigani shu.

Uning kuchi bilan esa keyingi sal kattaroq qadamni qo'yasiz. Shu tariqa motivatsiyaga muxtoj bo'lmaydigan darajagacha davom eting.

Kelayotgan oyning 1-kunini, dushanba, yoki (eng yomoni) yangi yilni kutmang. Bo'lmasam umringiz kutish bilan o'tib ketaveradi jigar.

@baratovs_blog
👍223
Ziyo taratamiz
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan hamda EMU universiteti ko'magida "Ziyo taratamiz" audiokitoblar loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu loyiha o'qishni yaxshi ko'radigan ammo kundalik tashvishlar sababli yoki o'qish qobiliyati cheklangani tufayli kitob asarlaridan to’liq foydalana olmaydiganlar va o’qish istagida bo’lganlar uchun sharoit yaratish uchun xizmat qiladi.
Kitob o`qish qabul qilish

Universitetda o`qib yurganimizda ko`zi ojizlar uchun mahsus dasturlar ishlab chiqarish bilan chug`ullangandik. Maqsad, darslik va adabiyotlarni ular o`qiy olishi va yoza olishiga oz bo`lsa ham yordam berish edi.

Bugun Ijtimoiy himoya agentligi bilan birga qilingan audio-kitob loyihasini ko`rib hursand bo`ldim. Oz-oz qadam bilan bo`lsa ham yaxshilik tomon yurilyapti.

👉 https://t.me/ziyotaratamiz/99

Audio-kitob juda qulay usul ekanini ko`pchilik biladi. Ko`chada ketayotganda, avtobusda, mashina boshqarayotganda, sport bilan shug`ullanganda qog`oz toki elektron kitob audiochalik qulay emas. Siz ham foydalanib ko`ring, izoh qoldiring, balki foydali izohlar bilan bunday loyihalar soni ko`payishi va sifati oshishiga yordam bera olarmiz.

10 ta kitob o`qigan < 100 ta kitob eshitgan.


Maqol bo`lar edi: 100 marta eshitgandan, 1 marta ko'rgan yaxshi, - degan. Zamon rivojlanib, endi 100 ta eshitgan ham ancha yaxshi bo`lib qoldi.

Foydali kitoblar soni ko`payvursin!

https://t.me/DrAlgorithm/387
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🆒2
Kub

Chap tarafda kub yoyilmasi berilgan. Agar uni yigʻib kub holatiga olib kelsak, oʻng tomondagi qaysi kub hosil boʻladi?

Javoblardan faqat bittasi toʻgʻri.

Yilingiz barakali oʻtsin!


Savol raqali: 40103

https://t.me/DrAlgorithm/389
🔥1
Poyezd

Omina Mubina bilan birga bolalar uchun kitob tayyorlashmoqda. Omina kitobdagi rasmlarni chizadi. Mubina ikkita bir xil rasm soʻraganida Omina bitta chizgan rasmini nusxaladi, ammo Mubinaga yuborishda boshqa farqli qoralamalarni ham aralashtirib yubordi. Mubinaga bir xil rasmlarni topishga yordam bera olasizmi?

Savol raqami: 40104

https://t.me/DrAlgorithm/390
👍3
Sartarosh

Kichik bir shaharcha markazidagi sartaroshxonada ikki sartarosh ishlaydi. Aholi soni kam boʻlgani uchun boshqa bir sartaroshxona topolmaysiz. Tasavvur qiling siz soch oldirishga kirdingiz. Soch turmagi chiroyli qilingan va oʻziga qarab olgan sartarosh mijozi bilan gaplashib, ishlamoqda. Divanda esa sochiga yaxshi eʼtibor qilmagan, mijozi yoʻq boʻlgani uchun telefon kovlab oʻtirgan sherigi oʻtiribdi.

Diqqat savol: siz kimga soch oldirgan boʻlar edingiz va nima uchun?

Savol raqami: 40106

https://t.me/DrAlgorithm/391
👍3
Dr. Algorithm
Antiqa sudoku Koʻpchilik uchun Sudoku oʻyini tanish. Uni 3,4,5 yulduzchalik qiyin boshqotirmalarini ham koʻp yechib koʻrgansiz. Keling endi rostakam qiyin Sudoku yechimini izlab koʻramiz.  Demak sizga 9x9 lik kvadrat berilgan. Ichida siniq chiziqlar bilan…
Assalomu alaykum azizlar!

Oʻtgan safar qiyinroq masala tayyorlab tashlaganimda hech kim javob yubormagan edi. Oʻylab qoldim, qiyinlik qildimi yoki erinishdimikan deb.

Hozir yana bitta savol tayyorladim. Biroz yengilroq. Urinib koʻring, qiyinlik qilsa savol soʻrang, bir-biringizga yoʻl yoʻriq ulashing. Natijaga chiqish osonlashar balki?

Dam olish kuningiz hayrli oʻtsin!

https://t.me/DrAlgorithm/392
👍3
Tub sonlar yoʻlagi

Katta xona poli tilla kvadratlar bilan bezatilgan. Har bir kvadratga son yozilgan, quyidagi rasmda berilganidek.

Vazifa, yuqori (yuqori qator) ning ixtiyoriy kvadratidan past (quyi qator) da joshlashgan kvadratlardan biriga tushish. Faqat tub sonlar yozilgan kataklardan harakatlanish mumkin.

Tub son - 2 dan boshlanadigan, o`ziga va 1 ga butun bo`linadigan son.


Hafakatlanish vaqtida faqat yondosh kataklarga o`tish mumkin, diagonal bo`yicha o`tish mumkin emas.

https://t.me/DrAlgorithm/393
👍31
Sardor Dushamov | PHP - tengi yo'q til!
Vaaay okala manbu nima divotti, vashshe bomba kitob. ("Kitobni jinnisi" devormoqchi edim, bu behurmatlik, ahloqsizlik bo'ladi) - deb kitobni "obzor" qivormoqchi edim, hali o'qib chiqmaganligim uchun hozircha muqovasini ko'rsatib turaqolay dedim.

Ruslan og'aga katta rahmat. Sherzod og'aga ham.
Hafta boshida mening kitoblarim ham yetib keldi. Ajoyib natija bo`libdi. Ruslan va Sherzoddan juda hursand bo`ldim.

Qo`shimcha:
* ITBoom da tashkil etilgan Olimpiada bahona Brainfuck tilida dastur yozib ko`rdim.
* 130 dan ortiq masala berilgan, ham matematikadan ham dasturlashdan bilimlarimizni sinab ko`rmoqdamiz. Ko`proq farzandlarim urinib ko`rishmoqda.

Kitobni sotib oling va fordalanib ko`ring. Shunda 2 ta yaxshilikka erishasiz:
1. Yangi bilimga ega bo`lasiz.
2. O`zbek tilida kitoblar ko`payishiga hissa qo`shasiz.

‼️ Yoki bir bellashuv yasab, Brainfucklashib ko`ramizmi?
👍6
Dr. Algorithm
Hafta boshida mening kitoblarim ham yetib keldi. Ajoyib natija bo`libdi. Ruslan va Sherzoddan juda hursand bo`ldim. Qo`shimcha: * ITBoom da tashkil etilgan Olimpiada bahona Brainfuck tilida dastur yozib ko`rdim. * 130 dan ortiq masala berilgan, ham matematikadan…
Etish esdan chiqibdi. Bu sitedan foydalanib Notebook yutib olsa ham bo`ladi.

https://itboom.uz/lotto/

Yo`li oson. Har bir yecha olgan masalangiz uchun sizga "Oltin chipta" beriladi. Shuni ishlatib son aytasiz. Agar soningiz eng kichik bo`lib chiqsa:
* 1,000,000 so`m
* yoki Notebook yutib olsangiz bo`ladi.

https://t.me/DrAlgorithm/395
👍3
Kub 5

Rasmda 5 oʻlchamli kub koʻrsatilgan. Keling ungagi kichik kub boʻlaklari sonini sanab koʻramiz. Koʻrinmayotgan kub boʻlagi bor deb hisoblaymiz.

Savol: Nechta kub boʻlagi olib tashlangan?

Savol raqami: 40109

https://t.me/DrAlgorithm/396
👨‍💻31
Dasturchimisiz?

Bu savolni kecha TheGuardian.com da oʻqib qoldim. Dasturchilarni ishga qabul qilishda tekshirish uchun ishlatishar ekan.

Bir urinib koʻrasmi? Dasturchimisiz?


Qorongʻu tuneldasiz. Tunel yoʻlagi burilib boradi va uchlari tutashgan (doira kabi aylanib yurvurasiz). Devorda bir xil masofada chiroq yoqgich (switch) bor. Har bir yoqgich tepaga yoki pastga holatiga qoʻyilishi mumkin. Lampa yonmidi :) faqat yoqadigan bor holos.
Sizning qoʻlingizda fonar (yoʻlni koʻrib, devorga urilib ketmis), qogʻoz va qalam bor. Devor va yoqgichga belgi qoʻyish yoki yozish mumkin emas. Qogʻozga yozsangiz boʻladi.

Vazifa: shu tenelda nechta chiroq yoqgich (switch) bor ekanini sanash. Sonini topish.

Savol raqami: 40110

P.S. Rasm MS Copilotda yasaldi.

Thanks to Brian Rabern, Reader in Philosophy at the University of Edinburgh, for suggesting this puzzle, which he uses in his class "Puzzles and Paradoxes."


https://t.me/DrAlgorithm/397
👍8🤔32🆒1