Dr. Algorithm
4.37K subscribers
662 photos
65 videos
4 files
661 links
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali.

Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Assalomu alaykum doʻstlar,

🐏 Qurbon Hayiti bayrami muborak boʻlsin!

Keyingi hayit ayyomlarga ham birgalikda yetkazsin.
Ibodatlarimiz qabul boʻlsin.
Ilmingiz toʻliq va ziyoda boʻlsin.
Rizqingiz, vaqtingiz, umringizga baraka bersin!

🕌 Ayyom muborak!

27.05.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40🔥8🕊62🎉1
Claude Opus 4.8

+ Narxi o‘zgarmapti.
+ Fast mode 3x marta arzonlashgan.
+ Vazifaga qanchalik chuqur kirishi nazorati qo‘shilibdi (Effort control)
+ Xatosini tan olish 4x marta kamaygan.

- Katta o‘zgarish yo‘q. Bor narsani sifati oshgan.
- Token soni ko‘paydi: Effort control rejimida "extra" yoki "max" yoqilsa.

Hozircha shu farqlarni sezdim. Siz qanday faralarni ko‘rdingiz?


http://anthropic.com/news/claude-opus-4-8

Ertaga MeetUp'imiz bor: https://t.me/UzTechUK/122
ClaudeCode bo‘yicha davom etamiz. Bu yangilikni hozircha qo‘shmaymiz.

28.05.2026 London
@DrAlgorithm
🔥16👍7🤷‍♂1
Dasturchi doʻstim siz uchun

Bugun InfoSec tadbirida yuribman. Bitta stand oldiga kelib, toʻxtab qoldim. Chunki koʻp doʻstlarim va tanishlarim hayotida burilish yasagan joy esga tushdi.

Bundan 5 yillar oldin bu korxona koordinatori (mingboshi)si bilan uchrashgan edim. Shuni esga oldik.


Oʻzbekiston AT olamida koʻp yangilik kiritgan.

Lekin man uchun doʻstlarimni eslatgani uchun hursand boʻldim.


Kim bu korxonada ishlagan, ishlayotgan yoki biror boshqa aloqasi boʻlsa, bu gap (post) sizlar uchun.

Qayerda boʻlmang, salomat boʻling. Ishingiz, rizqingiz, vaqtingiz barakali boʻlsin. Mehnatingiz natijasi ham sizga va Vatanimizga ham yurdoshlarimizga foydali boʻlsin.
Sizlarni koʻrgandek boʻldim.

03.06.2026 London
@DrAlgorithm
🔥41👍6🆒2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💡 G‘oyaga 5 baho

InfoSec Expoga 3-yil qatnashishim. Har yili nimadur yangilik ko‘rib qaytaman.

Avvallari tekinga kofe tarqatishar edi. 3-4 ta joyda bo‘lgani uchun aynan o‘sha stendlarda odam ko‘p bo`lar edi. Bu yili esa 10lab stendlarda kofe ko‘rdim. Demak bu usul endi eskirdi.

Lekin qoil qolganim, buni sezgan 2 ta stend yangilik kiritgan.

AI asosli rasm chizadigan robot.

Stednga borasiz, rasmga tushasiz, biror joyni tanlaysiz va 2 daqiqada sizning rasmingiz tayyor.


Esingizda bo‘lsa, avvallari rasmga olish, 3D rasm chiqarish moda bo‘lgan edi. Bu ham moda. Sizning rasmingizni oddiy qog‘oz va qalam bilan chizib berishadi.

Texnik tomoniga qiziqqanim uchun bu qanday robot, qayerdan sotib olgan so‘radim.

O‘ziniki emas ekan!

Eshitib, ishxonaga kelib biroz izlanib ko‘rdim. Buni alohida xizmat qilib sotishar ekan.

Robot va qog‘ozlarni ijaraga berishar ekan. Soatiga pul to‘laysiz. Nechta robot kerak, qanday tezlikda ishlasin, tanlaysiz. Narx chiqarib berishadi. va bo‘ldi.

Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva.


Mabodo sizga ham shunday xizmat kerak bo‘lsa, aytaverasiz. Bir yo‘lini qilib O‘zbekistonga ham olib kelamiz.

Nima deb o‘ylaysiz: Bizda ham bu yurarmikan?

P.S. Videoning oxiri yomon chiqqan lekin.

04.06.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥22👍11
Rasm soladigan robot qo‘l

Bu narsa AI Sketch Robot deb atalar ekan.

Qanday ishlashini ko‘rsatish uchun rasmlarini ham tashlab qo‘ydim. Internetni qidirib, turli saytlar topdim. Masalan,

https://www.juliacharleseventmanagement.co.uk/entertainment/exhibition-entertainment/ai-sketch-robot/

https://photomonkey.uk/sketchartbot

Narxi osmon, £600 dan boshlanar ekan.

Shundan keyin o‘ylab qoldim. Ahir bizning Robototexnikani o‘rganayotgan yoshlar buni yasay oladi-ku. Endi tadbirkor bo‘lish (monitizatsiya qilish) kerak.

Sifati, tezligi qancha yaxshi bo‘lsa, turli tadbirlarda sotsa bo‘ladi.

Yoshlarga aytib ko‘rsak, qilisharmikan?

04.06.2026 London
@DrAlgorithm
👍27🔥7
SI chiqdi va xavfsizlik qil ustida qoldi.

AI davrida InfoSec nima bo‘ladi?


Hozir saytlarni buzish, tizimlarga kirib borish ancha oson bo‘lib qoldi.


O‘tgan yillari InfoSec Expoga borganimda, qanday qilib tizimlarni himoyalash, dasturlarni nazorat qilish haqida gapirishar edi. Katta korxonalar tizimlarni yasash, sizga tizimlar orqali yordam berishga harakat qilar edi.

Hozir esa vaziyat butkul boshqa.

Tadbirga aylanib yurib shuni sezdim-ki, endi korxonalar tizimlar orqali himoya qilmoqchi emas. Tadbirning yarmi bitta mavzuni gapiradi:

Xodimlarni o‘qitish.

Aynan shunday. Endi parol uzunligi, 2FA borli kerak emas. Endi xodim nima qilmoqda, bilmasdan ochib bermayaptimi, uni o‘qitish kerak, - degan gaplar.

Korxonalarga xodimni bilimini oshirish arzonroq tushmoqda.


SI tezlashtirgan zamonga, ilm bilan yetib olishmoqda. Xodim savoyasi oshmasa, ming tizimni zo‘r qurib qo‘ying, foydasi yo‘q.
Phishing, Ijtimoiy muxandislik, psixologik bosim kabi usullar bilan aldab qo‘yishmoqda.

Qiziq. Bu ketishda Informatsion Xavfsilik yana nimalarni boshidan o‘tkazar ekan-a?

05.06.2026 London
@DrAlgorithm
👍16🔥4👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chala tizim = to‘liq tizim

Rahmatli domlam, Prof. Abdumajid Po‘latov, aytar edilar:

"Tizim to‘liq bo‘lishi uchun, uning har bir tashkil etuvchisi to‘liq bo‘lishi shart emas. Tashkil etuvchilarning har biri o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarsa yetarli."


Bittada tushunib olishim qiyin bo‘lgan. Keyin sinab ko‘rib, o‘zim uchun zo‘r dars qilib olgan edim. Keling shuni biroz batafsil aytib bersam:

Tizim to‘liq bo‘lishi uchun, uning har bitta tashkil etuvchi (komponentlari) to‘liq bo‘lishi shart emas.
- degani tizimda albatta bir necha tashkil etuvchi qismlari bo‘ladi. Shular har xil xususiyatga ega. Masalan, avtomobil uchun - g‘ildirak, rul, o‘rindiq va boshqalar kabi.

Tashkil etuvchilarning har biri o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarishi yetarli.
- demak har bir tashkil etuvchi qism, o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarsa bo‘ldi. Yana nimalarnidir bilishi bizga kerak emas aslida.

Boshqacha ham bo‘ladimi? - deb so‘rashingiz mumkin. Ha bo‘ladi! Yetmaganiga hayotda doim shunday.

Har bir tashkil etuvchi qism o‘zi vazifasini bajara olib, lekin boshqa vazifalarda oqsasa (70% foydali desak), shunda ham ularni to‘g‘ri qo‘yib chiqsa, umumiy tizim to‘liq va to‘g‘ri bo‘laveradi - mana shu joyda san’at boshlanadi.

Buni masalan jamoani boshqarishda ham ko‘rsa bo‘ladi.

Har bir dasturchi yoki har bir jamoa a’zosi har xil kayfiyatga ega, har xil bilimga ega, har xil tajribaga ega. Lekin team lead sifatida sizning vazifangiz - aynan o‘sha, ularning qila oladigan imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga olib, ularni to‘g‘ri joyga qo‘yib, ularni yaxshi tomonlarini umumiy ishga to‘g‘ri ishlata olishda.

Kimdir biror narsani yaxshi bilmasligi mumkin.


Masalan, bir dasturchi Frontend’da yaxshi kod yozadi, ammo Database’ni yaxshi bilmaydi. Yana kimdir deylik, Frontend’ni yaxshi bilmaydi - ahamiyati yo‘q. Siz qilayotgan ish vaqtida umumiy ishga bittasi faqat Backend’ni bilsa, uni Backend’ga qo‘yasiz. Faqat Database’ni yaxshi bilsa, Database bilan hisobotlarga qo‘yasiz. Agar yana biri Frontend’ni yaxshi bilsa, Frontend’ga qo‘yasiz.

Ya’ni, siz ko‘rib turganingizdek, hamma narsani zo‘r biladigan odamlarni yig‘ib olib ishlatayotganingiz yo‘q. Ayni bitta narsani zo‘r biladi, qolgan narsalardan xabari bor, xolos. Ana o‘shalarni ketma-ketligini to‘g‘ri qo‘yib olib, umumiy tizimingizni, umumiy ishingizni to‘g‘ri tashkillashtirgan bo‘lasiz.

SI modellari ham shunday.

Hamma narsani zo‘r biladigan model hali mavjud emas. Multimodel bo‘lgani bilan, alohida yig‘ilgan tizimlar ketma-ketligi sifatliroq va tezroq bo‘lishi kuzatilmoqda.

SI biznesga katta foyda berdi, dasturchilar ishini tezlashtirdi, jarayonlar tezlashdi, - deb eshitib olib, shatta bitta SIni olib, o‘zini ishiga tatbiq qilayotganlar ko‘p. Afsuski ular bitta SI bilan cheklanib, ishlarini orqaga tortishmoqda. Chala SI modellaridan to‘g‘ri foydalanish vaqti keldi, akalar.

Xulosam, post uzum bo‘lib ketdi, rozi bo‘lasiz.
- SIni ishlatish kerakmi?
- Ha.
- Bitta SI modelini olib, shuni o‘zini ishlatsam bo‘ladimi?
- Yo‘q.
- Biznesimga (ishimga) samara berish uchun nima qilay?
- SI modellari, turlari, nima uchun ishlatilishini o‘rganing. Boshqalar bilan siz tanlagan SI zo‘r ekanini bahslashmang. Taklif qiling, ularning fikrini eshiting.

Kuch birlikda.


Kelasi ish haftasini kuchga to‘lib, samarali va barakali boshlab oling.

07.06.2026 London
@DrAlgorithm
👍15💯5