Dr. Algorithm
4.37K subscribers
662 photos
64 videos
4 files
661 links
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali.

Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Yangi qurilmaga so‘rov jarayoni
(New device request)

Qurilmalar nazorati (3-qism)

Korxonaga yangi xodim kelganida yoki yangi faoliyat boshlaganingizda yangi qurilma sotib olishga ehtiyoj bo‘ladi. Yangi qurilmani tartibsiz sotib olish esa yaxshi ish emas, albatta rasmiy jarayon mavjud bo‘lishi kerak. Shunday jarayonlardan biri Yangi qurilmaga so‘rov jarayoni. Kelin shu haqida gaplashamiz.

So‘rov bosqichlari

Xodim → Bo‘lim boshlig‘i → AT bo‘lim → Moliya → Buyurtma → Yetkazib berish


Xodimga qurilma kerak bo‘lganida albatta o‘zining bo‘lim boshlig‘idan so‘rashi kerak. O‘zboshimchalik bilan sotib olishi yoki ATga olib bering deyishi to‘g‘ri emas. Shu sababli ko‘rsatilgan ketma-ketlikda ishlash eng yaxshi usullardan biri.

* Xodim rahbari bilan maslahat qiladi va keyin qurilmaga so‘rov yuboradi.
* AT bo‘limi so‘rovni ko‘rib chiqadi. Agar bo‘lim boshlig‘i roziligi topilmasa, o‘zi so‘raydi. Tasdiq olinganidan keyin moliya bo‘limiga chiqadi.
* Moliya bo‘limi bilan narxni kelishadi. Bunda AT bo‘limi xodimi 2-3ta alternativ narx berishi kerak.
* AT xodimi buyurtma beradi va yetib kelishini nazorat qiladi.
* Yetib kelgan qurilmani avval ro‘yxatdan o‘tkazadi va keyin xodimga beradi.


Shuni birma-bir qarab chiqsak:

1-qadam: Xodim so‘rov yuboradi

So‘rovda quyidagilar ko‘rsatiladi:
- Qurilma turi (noutbuk, telefon, va h.k.)
- Nima maqsadda kerak (ishlab chiqish, buxgalteriya, dizayn)
- Maxsus talablar (GPU kuchi, RAM va SSD hajmi, va boshqalar.)

2-qadam: Bo‘lim boshlig‘i tasdiqlaydi:

- Byudjetga mos kelishini tekshiradi
- Haqiqatan kerakligini tasdiqlaydi

3-qadam: AT bo‘lim baholaydi:

- Mavjud bo‘sh qurilma bor-yo‘qligini tekshiradi (qayta ishlatiladigan qurilma)
- Texnik talablarni moslashtiradi yoki standart konfiguratsiya tanlaydi
- Agar tayyor qurilma bo‘lmasa, moliya bo‘limi bilan sotib olishni maslahat qiladi

4-qadam: Moliya tasdiqlaydi va byudjet ajratadi

- AT bo‘limidan kelib tushgan talabni o‘rganadi.
- Agar budjet ajrata olinsa, sotib olishga ruxsat beradi
- Qaysi hisob/kartadan to‘lov qilish ko‘rsatmasini beradi.
- To‘lov invoice’larini yuritadi.

5-qadam: Sotib olinadi yoki ombordan ajratiladi

- Sotib olingan qurilma ishlatishdan avval Qurilma Nazorati tizimiga kiritiladi.
- Raqamlanadi va nishon (stiker) yopishtiriladi.
- Keyin xodimga berishga kirishiladi.

Bu jarayon odatda ancha sodda. Eng qiyin narsa, bu jarayonni hayotda ishlata olish.


Ko‘pincha AT bo‘limi qurilmani tizimga kiritmaydi, yoki kech kiritadi. Ba’zida bo‘limlar o‘zlari moliya bo‘limi bilan kelishmasdan qurilma sotib oladi. Oradan vaqt o‘tib, falon qurilma qani? - degan savolga barcha bo‘limlar javob bermay qoladi.

* Shularni hisobga olib, muqim bir odam bu jarayonni nazoratga olishi kerak.
* Rahbar ham, boshqa xodimlar ham biror qurilma kerak bo‘lsa, albatta shu mas’ul xodimdan so‘rashi kerak.
* Kim nima so‘rashidan qat’iy nazar Shakl (form)ni to‘ldirib, murojaat yuborishi kerak. Og‘zaki so‘rash mumkin emas.


Tizimga solishda boshlanishiga email orqali yuborsa bo‘ladi. Keyinchalik Google Forms’ga o‘tilsa, keyin kattaroq tizimlarga ham o‘tsa bo‘ladi.

#CIS #AssetManagement #CISControls #Xavfsizlik #qurilma

CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism

01.04.2026 London
@DrAlgorithm
👍7
50 yil va safar

1960x yillarda ilk bor inson yer orbitasidan uzoqqa safar qilgan edi. Lekin qiziq savol bor:

- Agar Oyga chiqilgan bo‘lsa, nega hozir ham chiqilmaydi?


Bu savol 50 yil davomida ko‘p marotaba berilgan bo‘lsa kerak. Sababi oddiy. Bir maqolada o‘qiganimda chiroyli qilib aytib berilgan edi:

- Antarktidaga ilk marta 1820 yilda borilgan. Lekin rasman tan olingan va doimiy borish boshlangani 1890x yillarga to‘g‘ri keladi.


Nima uchun?

Sababi ilk borishda sport musobaqasi kabi, odam bor kuni bilan harakat qiladi. Eplaganidan keyin yana kimdir eplashi qiyin bo‘ladi. Texnologiya rivojlanib, imkoniyatlar ko‘payganida esa rasmiy va muntazam qatnovlar tashkil qilinadi.

1 Aprel kuni oyga safar ham shu sabab bilan bo‘ldi. Oradan 50 yil o‘tdi. Lekin bu davr ishida texnologiya va bilim oshdi. Imkoniyatlar ko‘paydi. Shu sababli borish imkoni paydo bo‘ldi.

🥇 1 Aprel 2026 yil sanasi tarixda yangi sahifa ochdi.

Bu nafaqat Oyga safar, balki yangi ilm, yangi izlanishlar, yangi imkoniyatlar degani.

📱 https://www.youtube.com/watch?v=m3kR2KK8TEs

P.S. Bir kam dunyo.

Bechora dasturchilar shu yerda ham aybdor bo‘lishdi. Yerdan 33,400 mil masofada turgan fazo kemasida Microsoft Outlook ishlamay qoldi. Nimadir "bug" chiqqan. Adminlarga quvvat bersin.

02.04.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣43👍10🔥1
Qurilmani ro‘yxatga olish

Qurilmalar nazorati (4-qism)
CIS Controls v8.1 asosida

Qurilmaga so‘rov berildi, moliyani tasdiqladik va qurilma yetib keldi. Endi uni to‘g‘ri ro‘yxatga olishimiz kerak. Keling shuni birma-bir qarab chiqamiz.

Qachon ro‘yxatga olinadi?

- Yangi qurilma sotib olganimizda
- Xodim shaxsiy qurilmasidan (BYOD) foydalanishi kerak bo‘lganida
- Cloud’da yangi server/tuzilma yasaganimizda (VM, container, cluster)
- IoT qurilma sotib olinganida (printer, kamera, sensor)
- Ijaraga olingan qurilma yetib kelganida

Oltin Qoida: Har qanday Qurilma tarmoqqa ulanishidan AVVAL ro‘yxatga olingan bo‘lishi shart.


Ro‘yxatga olish jarayoni

Qurilmani ro‘yxatga olish jarayonini bitta amallar ketma-ketligi qilib yozib olsangiz o‘zingizga oson bo‘ladi. Odatda korxonalarda turli rasmiy hujjatlar bo‘ladi, shu asosida tuzsangiz bo‘ladi. Agar sizning korxonada hali yozilgan hujjat mavjud bo‘lmasa, demak shu ro‘yxat uni yozishga turtki bo‘ladi.

O‘zingiz uchun oson va qulay shaklda yozib olsangiz bo‘ladi. Aniq majburiy shartlar yo‘q. Men sizga namuna sifatida quyidagini yozib chiqdim.

1-qadam: Fizik tekshiruv.

- Qurilma qutidan chiqarilib, holati yoziladi (yangi/ishlatilgan/ta’mirlangan)
- Seriya raqami, model raqami tekshiriladi

2-qadam: Asset Tag berish

- Tartib raqam (ID) tayyorlanadi (masalan,’M-0034-01’, ’LPT-2026-0043’)
- Fizik stiker yopishtiriladi (qog‘oz va skotch esingizdami?)
- Inventar tizimiga kiritiladi

3-qadam: Texnik sozlash (Provisioning)

- MDM (Mobile Device Management) profiliga qo‘shiladi
- Xavfsizlik dasturlari o‘rnatiladi (antivirus, encryption)
- Tarmoq sozlamalari kiritiladi (IP, hostname)
- Domain‘ga qo‘shiladi (mavjud bo‘lsa)
- Bo‘limga moslab, kerakli dasturlar o‘rnatiladi. (Xodim o‘zi dastur o‘rnatishi mumkin emas)

4-qadam: Ma’lumotlarni tizimga kiritish

Inventar bazasida quyidagi maydonlar to‘ldiriladi:

* Asset ID - Unikal identifikator (LPT-2026-0043)
* Kategoriya - End-user device (Laptop)
* Ishlab chiqaruvchi / Model - Aniq model (Dell Latitude 5550)
* Seriya raqami - Ishlab chiqaruvchining raqami (SN-7GK2M93)
* Xodim (Owner) - Kim foydalanadi (Alisher Karimov)
* Bo‘lim nomi - (Moliya bo‘limi)
* Sotib olingan sana - (2026-03-15)
* Kafolat muddati - Warranty expiry (2029-03-15)
* Holati - Faol/tuzatishda/ishlatilmayapti (Active)
* Joylashuv - Fizik manzil (Bosh ofis, 3-qavat)


Katta korxonalarda qo‘shimcha ravishda ishlatiladi:

* OT versiyasi - O‘rnatilgan tizim (Windows 11 Pro 24H2)
* Data classificatio - Ma’lumot turi (Confidential)
* Hostname - Tarmoqdagi nomi (FIN-LAPTOP-043)
* MAC manzili - Tarmoq kartasi manzili (AA:BB:CC:DD:EE:FF)
* IP manzili - Agar statik bo‘lsa (192.168.10.43)
* Egalik turi - Korporativ yoki shaxsiy qurilma (Corporate)


5-qadam: Xodimga topshirish

- Xodimga qurilmadan foydalanish siyosati (Device usage Policy, Acceptable Use Policy, BYOD Policy va bosh.) tushuntiriladi.
- IT bo‘limga yordam uchun murojaat qilish qoidalari aytib o‘tiladi.

Cloud va Virtual aktivlarni ro‘yxatga olish

Fizik qurilmalar bilan bir qatorda, cloud resurslar ham inventarga kiritiladi:

- AWS EC2 instancelar, RDS bazalar
- GCP VM lar, Cloud SQL
- Azure VM lar
- Docker/Kubernetes clusterlar

Bu resurslar uchun ham Asset ID, mas’ul shaxs, maqsad, va xavfsizlik klassi yoziladi. Avtomatlashtirish uchun Infrastructure-in-code yordamida tagging tizimidan foydalaniladi.

Ishlab turgan korxonada bu jarayonni boshlab olish vaqt oladi. Lekin bir marta yo‘lga qo‘yib olsangiz, keyin ishlaringiz ancha yengil kechadi. Senior ishni boshlab berib, keyin Juniorga topshirganda ehtiyot bo‘ling.

Bu ish dangasalikni yomon ko‘radi. Keyin qilaman desangiz, vaqt o‘tib, qurilmalar kimda ekanini izlab yurishingizga kerak bo‘ladi.


#CIS #AssetManagement #CISControls #Xavfsizlik #qurilma

CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism | 4-qism

05.04.2026 Boku
@DrAlgorithm
👍121
Assalomu alaykum doʻstlar,

Ajoyib tadbir haqida aytib qolishdi. Nasib qilsa bir koʻrib kelmoqchiman qanday oʻtishini. Bu kabi tadbirlarda qatnashmaganimga ham koʻp boʻlgan ekan.

1-19 Aprel arizalar qabul qilinadi ekan, keyin saralash bosqichi.

26 Aprel kuni oflayn final bosqichi.

AIFU universitetimizda tadbirkorlar va ekspertlar oldida saralangan TOP 30 jamoa chiqadi ekan.

Tadir yaxshi oʻtishini tilab qolaman.

Muhim sanalar:
— 19-aprelgacha: ro‘yxatdan o‘tish va onlayn saralash (demo va loyiha topshirish)
— 26 aprel: final bosqichi (AIFU universiteti, Toshkent)


Mavjud va ishlab turgan loyihalar uchun — investitsiya imkoniyatlari yanada kengroq.

*AIFU Pitch Day hakaton formatida tashkil etiladi
- fevral oyi hakatonidan lavhalar

Imkoniyatni boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
👉 Ariza topshirish: https://pitch-day.uz/

☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121

Telegram | pitch-day.uz


09.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👏2💯1
Qurilma egasi almashinishi

Qurilmalar nazorati (5-qism)
CIS Controls v8.1 asosida

Korxonada xodim boshqa bo‘limga o‘tganida, ishdan ketganida yoki qurilma boshqa xodimga berilishi kerak bo‘lganida ham bir jarayon bor. Bu jarayonni ham tartibga keltirish muhim hisoblanadi.

Keling, qurilma qabul qilinganida yoki boshqa xodimga berilganida nimalarga e’tibor berishni ko‘rib chiqsak.

1-qadam: Eski egasidan qabul qilib olish

Korxona qurilmalari shaxsiy mulk emas. Shu sababli xodim korxona qurilmasini buzmasdan ishlatishi kerak. Ko‘p holatlarda korxona mulkiga e’tiborsizlik, vaqtida ko‘rikka olib kelmaslik, yoki ehtiyotkorona ishlatmaslik qurilmani tez buzilishiga va eskirishiga olib keladi.

Xodimdan qurilmani qabul qilib olishda shu ma’lumotlarni ham e’tiborga olgan yaxshi.


Nimalarga e’tibor qaratsak, foydali?

- Qurilma fizik ravishda olinadi. Falonchiga berib qo‘ydim, deb o‘tkazib yubormang. AT bo‘lim ko‘rib chiqishi kerak ekanini bilishligi lozim.
- Kerak bo‘lsa topshirayotgan xodim dalolatnomaga imzo chekadi ("qurilmani qaytardim" deb)
- Shaxsiy ma’lumotlar o‘chiriladi. Shu sababli xodim, qurilmani topshirishidan avval o‘ziga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni boshqa joyga saqlab olishi kerak.
- Qurilma fizik holati tekshiriladi. Agar ataylab ziyon yetkazilgan bo‘lsa, rahbariyat bilan gaplashiladi.
- Qurilmalar ro‘yxatida xodimdan qabul qilib olingani belgilab qo‘yiladi.

2-qadam: IT bo‘lim vazifalari

- Ma’lumotlar tozalanadi. ⚠️ OT qayta o‘rnatiladi. (Chekka-chekkada qolib ketgan dastur ertaga ziyon berishi mumkin.)
- Xavfsizlik dasturlari yangilanadi.
- Zarur bo‘lsa, ta’mirlanadi.

Qurilmani xuddi yangi kelgan qurilma kabi Standart holatga olib kelinadi. Avval ishlatilgan ma’lumotlarni tiklab bo‘lmasligi kerak.


3-qadam: Yangi xodimga topshirish

- Yangi profil sozlanadi. ⚠️
- Xodim qaysi bo‘limda va lavozimga ishlashiga qarab kerakli dasturlar o‘rnatib beriladi. O‘zi o‘rnatishi mumkin emas.
- Yangi qabul-topshirish dalolatnomasi imzolanadi. (agar kerak bo‘lsa)
- Qurilmalar ro‘yxatida yangi xodimga berilgani belgilab qo‘yiladi.

Bu bo‘lim qiyin emas. Lekin ertasi kunga qoldirib bo‘lmaydigan jarayon. Tez va shoshmashosharlik bilan qilinsa, yozib qo‘yilmasa, keyin nima bo‘lganini eslash qiyin bo‘ladi. Shu sababli bu ishni o‘z vaqtida qilgan yaxshi.


#CIS #AssetManagement #CISControls #Xavfsizlik #qurilma

CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism | 4-qism

11.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
🔥75
Forwarded from Sardor Dushamov | PHP
Saud Abdulwahed
yana 1 tonna kitob sovg'a qilaman
Eslab qolinglar, 1 TONNA kitob dedi!

Men 1 tonna kitob sovg'a qilaman degani uchun share qildim, ilm uchun.

14 yoshda qamalgan Saudaka gapiga javob beradigan inson deb bilamiz.

Hisob kitob qilamiz:
1 kitob o'rtacha 0.5 kg desak
1 tonna = 1000 kg
demak kamida 2000 ta kitob sovg'a qilishlari kerak. Ba'zi kitoblar, 0.2, 0.4 kg bo'lishi mumkin aslida.


100-200 ta kitobni mani kanalim a'zolariga bervorar a, nima dedingiz?)
😁20👍10🔥3
Assalomu alaykum doʻstlar,

Biz ham shu trendga qoʻshilgan nima deysiz?

Agar shu video 1mln view yigʻsa, Saud aka 1 tonna kitob sovgʻa qilar ekanlar.

Ilm olaman deganlar uchun katta imkoniyat.

😎 https://www.youtube.com/watch?v=JF6jWkL4UFA

Faqat OpenBudgetga ovoz bermay, shu 14 Yoshida qamalgan Xakerga ovoz beraylik, bitta bitta kitobli boʻlib qolamiz.

Lekin videoni koʻrish shart. Faqat ovoz uchun koʻrish hisobga oʻtmaydi.

🥇 Suhbat juda zoʻr boʻlgan. Koʻrishni tavsiya qilaman.

Trend oʻz yoʻliga. Foydali ma'lumot olasiz.

14.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥1
Forwarded from Naxalov | AI Blog 🔥
Linux - bu butun dunyo kompyuterlari, serverlari va smartfonlarining "yuragi" hisoblanadi. Yaqinda Linux asoschisi Linus Torvalds va uning jamoasi sun'iy intellekt (AI) borasida yakuniy to'xtamga kelishdi.


AI'ga ruxsat: Dasturchilar Copilot kabi AI-yordamchilardan foydalanishi mumkin. Bu taqiqlanmaydi.
"AI Slop" AI yozgan, lekin inson tekshirmagan sifatsiz va mantiqsiz kodlar qabul qilinmaydi.
👤 Mas'uliyat odamda: Agar kodda xato bo'lsa, "buni AI qildi" deb bahona qilib bo'lmaydi. Kod uchun faqat uni yuborgan dasturchi shaxsan javobgar bo'ladi.

Xulosa: AI - bu shunchaki tool, lekin sifat va xavfsizlik uchun faqat inson javob beradi!
💯51👍27🔥9🗿2
Yevropada MyIDni 2 daqiqada buzishdi

Bugun Telegram asoschisi Durov qiziq xabar bilan oʻrtoqlashdi. https://t.me/durov/491

Bilsangiz kerak, koʻp davlatlarda 13 yoshga toʻlmagan yoshlar uchun ijtimoiy tarmoq ishlatish mumkin emas.

Hozirgi kunda shu chegarani 15 yoki 17 yosh qilmoqchi boʻlgan davlatlar ham bor. Bu juda yaxshi talab. Farzand yoshligida vaqtini bilimga sarflashi uchun yordam.

Ammo, hamma ham oʻzini yoshini toʻgʻri yozmaydi. Ayniqsa tizim unga:

Sening yoshingda mumkin emas!


degan xabar chiqarsa, shatta yilni oʻzgartirib, qayta urinishadi.

Shu aldovni oldini olish uchun, yoshni tekshiradigan tizimlar ishlab chiqilmoqda. Bu kabi yangi App ham shu kunlarda taqdim etilgan edi.

Afsuski, 2 daqiqa ichida buni buzib qoʻyishibdi.


Dasturchi sifatida bizda sababi muhim. Chunki, biror muammoni oʻrganib, oʻzimizda takrorlamaslik yoki tuzatib olishimiz kerak.

Xato nimada edi?

Dasturga kirish uchun PIN kodni local qurilmada saqlashgan ekan. 🤯

Bu degani, qurilmada aynan oʻsha PIN kod faylini oʻchirib, yangi PIN qoʻysa bo‘ladi.

Juda tp, juda sodda ehtiyotsizlik.

Bu kabi davlat ahamiyatidagi dasturlarga jiddiy e'tibor beriladi. Yaxshi arxitektor, yaxshi dasturchi, yaxshi jarayon bo‘lmasa, katta talafot olib keladi.

Nima deyishga ham hayronman.

Iltimos dasturchi do‘stlar, siz bunday xatolarni qilmang. Maslahat kerak bo‘lsa katta dasturchilardan so‘rang. Ular inkor qilmaydi deb o‘ylayman.


Ayyom muborak bo‘lsin.

Manba: https://cybernews.com/security/eu-age-verification-app-hack

17.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
🔥19🤣14👍75
UzTech UK
🇺🇿 UzTech - IT Hamjamiyati 🇬🇧

Assalomu alaykum, do‘stlar!

Ertaga navbatdagi offlayn Meetup’imiz bo‘lib o‘tadi. Bu safar biroz chuqurroq mavzu haqida gaplashamiz 👇

Mavzu: Kompyuter xotirasining fizikasi va ishlash logikasi
Speaker: Javohir Xo’jamberdiyev
Kim hali uhlamagan bo‘lsa, kompyuter xotiralari bo‘yicha tadbir boshlandi.

👉 <havola bor edi> - tugatib oldik.

@UzTechUK ning navbatdagi MeetUp tadbiri. Jahovir so‘zda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥113
Ajoyib kun

Ba'zida boshni koʻtarib, atrofga ham qarab turish kerak.


Ertalab kun salqin edi. Uchrashuv bor. Qalin kiyinsammi deb turgan edim. Agar kun davomida men kutmagan yangilik boʻlishini bilganimda buni oʻylashga vaqt sarflamas edim.

ATda loyihalar qilish, SI tizimlari haqida koʻp gaplashamiz. Lekin eng katta lazzat qayerda, bilasizmi?

Siz qurgan loyiha, siz qurgan dastur, siz qilgan mehnat odamlarga foydali boʻlsa.



Bir kichik loyiha boshlagan edik. Foydalanuvchilari tomonini koʻp oʻylab, ularga qaydan naf berishi haqida koʻp bosh qotirdik.

Lekin...

Shu kunlarda ta'lim sohasidagi 2 kishi bilan uchrashdim. Biz qurgan loyihaning biz bilmagan tomonlarini ochib berishdi.

Eurika!!!!

Aslida biz qilgan uzoq yoʻl oʻz ichida biznes egalari uchun ham foydali imkoniyat yasagan ekan.

Loyiha qurish vaqtida odamlarga loyihangizni aytib bering. Ular sizga oʻzlariga foydali tomonlarini aytib berishadi. Loyihangiz yanada samarali boʻlishi va tezroq natijaga chiqishga yordam beradi.

Ayniqsa Natija bu siz oʻylagan narsa emas, odamlar kutgani boʻladi.


Yaqin kunda nima loyiha haqida gap ketayotganini aytib beraman. Biroz qovun pishigʻi bor.

Quyoshli kuningiz foydali oʻtsin!

P. S. Bugun yillar davomida koʻrmagan bir shogirdimiz bilan uchrashish nasib etdi. Hamma adrenalin, ishtiyoq (motivatsiya) izlaydi. Lekin shogirdingiz muvaffaqiyatini koʻrib, u bilan ushrashganda "Assalomu alaykum Ustoz!" desa, buni hisini hech qaysi sodda adrenalin bosa olmaydi.

Barcha ta'limda yurgan ustozlarga tashakkur aytaman. Ishingiz, rizqingiz, vaqtingiz barakali boʻlsin. 15 yil, 20 yil oʻtib, shogirdlaringiz "Assalomu alaykum Ustoz!" deyishini eshitib yurish nasib etsin.


18.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
2👍35🔥107🕊6👏1
🟦🟦🟦

“UzGeeks Conf 2026”GA TAKLIF ETAMIZ!

⚜️Joriy yilning 25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan “UzGeeks Conf 2026” tadbiri boʻlib oʻtadi.

🏷Ushbu tadbirda yillar davomida oʻtkazilgan meetuplar sarhisobi, hamjamiyat erishgan yutuqlar hamda bir-biridan qiziq mavzularda chiqishlar boʻladi.

➡️“UzGeeks Conf 2026” rejasi quyidagicha:
1. Klassik Product managementdan AI Startup Product managementning farqlari - Temur Ibroximov (Numeo AI, Senior Product manager)
2. Mahsulot Menedjeri ishida AI. Real keyslar - Farhod Sayd (Moneff (UK), Product manager)
3. Bizneslarni raqamlashtirishda IT kompaniyalarning 7 ta xatosi - Amon Olimov (Deep Vision, CEO)
4. Next Level: Senior to Digital Management - Qudrat Abdurahimov (GITA, CEO)


Mavzular yana to'ldirilmoqda.


Tadbirda ishtirok etish uchun uzgeeks.com saytidan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
🗺Manzil: Muminov 4/1;
Vaqt: 25-Aprel, 10:00.

Maʼlumot uchun tadbir UzGeeks hamjamiyati, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Thinkland tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Ro'yxatdan o'tish: uzgeeks.com

@UzGeeksCommunity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥2👍1💯1
UzGeeks Community - 10 yoshda🎉
🟦🟦🟦 “UzGeeks Conf 2026”GA TAKLIF ETAMIZ! ⚜️Joriy yilning 25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan “UzGeeks Conf 2026” tadbiri boʻlib oʻtadi. 🏷Ushbu tadbirda yillar davomida oʻtkazilgan meetuplar sarhisobi, hamjamiyat erishgan…
Assalomu alaykum doʻstlar,

Nasib qilsa Shanba, 25 Aprel, kuni UzGeeks Confda koʻrishamiz.

SI mavzusida turli chiqishlar boʻlar ekan. Menga ham soʻz taklif qilishdi.

Sizga qaysi mavzu qiziq?


Qaysi mavzuni yoritib bersam sizga va faoliyatingizda foydali boʻladi?
Fikrlaringizni izohda qoldirsangiz chiqishda qoʻshib ketishga harakat qilaman.

Ba'zida soʻz bor, yozishga imkon yoʻq.
Odatda imkon bor, soʻz yoʻq.


20.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
🔥19
25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan “UzGeeks Conf 2026” tadbirining kun tartibi(agenda) bilan tanishing.


Barchangizni kutamiz.

@UzGeeksCommunity
🔥7
UzGeeks Community - 10 yoshda🎉
UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi
Assalomu alaykum do‘stlar,

Nasib qilsa shu Shanba, 25 Aprel, kuni sizlar bilan diydor ko‘rishish nasib etishini kutmoqdaman.

UzGeeks AT hamjamiyati o‘zining 10 yilligini nishonlamoqda.

Katta dasturchi va loyiha egalari jamoasi turli mavzularda chiqish qilishadi.
O‘ylaymanki ko‘pchilik uchun manfaatli mavzular bo‘ladi.

Tadbirga keling, qatnashing, bir-biringiz bilan tanishing. Malakali dasturchilar ham kelishgan bo‘ladi ular bilan tanishib olishingiz, savollaringiz bo‘lsa berishingiz mumkin.

Nasib qilsa indinga tadbirda ko‘rishamiz!

23.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
👍15🔥7🎉4
UzGeeks Community - 10 yoshda🎉
Saidolim Jo'rayev

Mavzu: SI davrida Shaxsiy ma'lumotlarni himoyalash
Assalomu alaykum,

Yoshlarga qoil qolaman. Shunday ajoyib so‘zlar bilan tilga olishadi, ko‘zga yosh keladi. Naxot-ki! - deging keladi.

UzGeeksning tashkilotchiligida xizmat qilayotgan barchaga katta rahmat.


Kanalimiz a'zolarini esa, ertaga kutib qolaman.

Shu kunlarda kanalga maqola tayyorlay olmadim. Kelasi hafta uchun rejalar katta. Tadbirdan keyin yana maqolalarni doimiy yozib borishni davom ettiramiz.

Birga ekaningiz uchun katta rahmat!

24.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
👍22🔥9👌1🤝1