Dr. Algorithm
4.79K subscribers
677 photos
66 videos
4 files
671 links
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali.

Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Farkhod - AI PM
Anthropic Fable 5 – Bugundan boshlab 22-iyungacha Fable 5 hech qanday qo‘shimcha to‘lovsiz Pro, Max, Team va o‘rin (seat) asosidagi Enterprise tariflariga kiritiladi. – 23-iyundan boshlab esa Fable 5 ushbu tariflardan olib tashlanadi. Shundan keyin undan…
Fable 5 - qoʻllanma

Claude Fable 5 modelini ishlatish boʻyicha qoʻllanma chiqardi.


Endi Fable 5 ni maksimal darajada qiynab koʻrsangiz boʻladi.

https://platform.claude.com/docs/en/build-with-claude/prompt-engineering/prompting-claude-fable-5

Shu paytgacha yasab kelgan Skill'larimiz endi kerak boʻlmasligi mumkin.

Opus bilan asosiy farqlaridan biri Fable 5 mustaqil fikrlay oladi. Murakkab masalani oldindan aytsangiz, unumliroq boʻladi ekan.

Maqolani oʻqib, ishlatib koʻrganlar boʻlsa, fikringizni qoldirsangiz. Hammamiz uchun foydali boʻladi.


11.06.2026 London
@DrAlgorithm
17👍1
Forwarded from Ali Ahmad
17👍8🔥2😁2
Dr. Algorithm
Voice message
Alisher Tajiyev tajribalarida bo‘lgan holat haqida aytib berdilar.

🎧 https://t.me/DrAlgorithm/1181

Korxonaning tajribasini SIga o‘rgata olish - haqida aytib o‘tganlar.

Yana korxonanigzda samarali ishni tashkil qilish va SIdan unumli foydalanish uchun foydali ko‘rsatma bor. Eshitib ko`ring, foydasi tegsa hursand bo‘lamiz.

~~~

11.06.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16👍621
Moliyaviy savodxonlik

Pulni Dollarda (US $) saqlasang yutqazmaysan.

degan ajoyib fikrlash bor bizda. Lekin buni xato ekanini ko‘pchilik bilmaydi.

Oddiy misollar bilan ko‘p tushuntirilgan. Shunga biroz boshqacha qilib aytib o‘tsam.

Har yili davlatlar iqtisodiyotiga qarab, ularning puli qadri tushadi. Avvallari USD $ va boshqa valyutalar 1%-2% inflatsiya bo‘lgani uchun, odamlar shu pulda saqlashni o‘ylashgan. Chunki o‘zining pul birligiga 15%-20% inflatsiya bo‘lgan.

Sizda 1,000,000 so‘m bor deylik. Bu pulga 10kg go‘sht beradi.
5 yil o‘tganidan keyin ham sizda 1,000,000 so‘m pul bor. Lekin endi unga 8kg go‘sht beradi.

Demak, resurs bilan solishtirsa, farqi seziladi.

Dollar $ da ham shunday. Faqat 5 yil emas 15 yilda shu farz seziladi. Lekin bu farq bor.

Bugun Ilon Mask (Elon Mask) 1 Trillion sohibi bo‘ldi deb e’lon qilindi (rasm).


Bu nima degani?

Kimdir boyib ketdi emas, pulning qadri shunchalik kamayib ketdi-ki. Endi bizga Milliard katta emas, endi Trillionda gaplashishimiz kerak, - degani.

Bu tanganing 2-tomoni.

Unda nima qilishim kerak?

* Arzon vaqtida o‘qish kerak. Pulni harakatga keltiradigan narsalarni o‘ylash kerak.
* Pulni tejash emas, uni ko‘proq ishlab topish usullarini o‘rganish kerak.
* Cheklangan resurs - Vaqt. Aynan shuni konstanta qilib, unga bog‘lik Pul va Bilimni oshirish kerak.

Bir Vatandoshimiz darslarida etganlaridek:
Quvvat (Energiya) = Vaqt * Pul * Bilim


Qaysi biri sizga kam bo‘lsa, shuni boshqasi yordamida sotib oling. Doim hammasi katta bo‘lishi kerak. Bittasi ko‘p bo‘lib, qolgani kichik bo‘lsa, quvvat (energiya) ham kam bo‘ladi.

* Vaqt ko‘pligida ilm olish, ko‘p ishlash kerak.
* Pul ko‘pligida kurs sotib olib, o‘qish va odam ishlatib, vaqtni tejash kerak.
* Bilim ko‘payganida esa, qaydan qilib Pul topish va Vaqtni tejashni fikrlash kerak.

Quvvatingiz ko‘p bo‘lsin.


Birovning muvaffaqiyatini o‘ylab, vaqtingizni ketkazmang. O‘zingiz ustingizda ishlang.

Dam olish kunlaringiz foydali o‘tsin!

12.06.2026 London
@DrAlgorithm
1👍70🔥2510🤝1
Forwarded from UzTech UK
🇺🇿 UZBEKISTAN'S HISTORIC WORLD CUP MATCH — LIVE IN LONDON 🇺🇿

History is being made.

For the first time ever, Uzbekistan will play at the FIFA World Cup, and we're bringing this special moment to the heart of London!

⚽️ Uzbekistan 🇺🇿 vs 🇵🇹 Portugal

📅 Tuesday, 23 June 2026
🚪 Doors open: 17:00
Kick-off: 18:00
📍 Copthorne Tara Hotel, Kensington, London

🔗 Tickets: https://buytickets.at/gashtaklimited/2270290

🎟 £10 ticket includes:
Live match on big screens
Traditional Uzbek meal (plov + drink)
Fan zone activities & photo zone

🤝 Organised together with:
Gashtak Community
OSHPAZ
Uzbek Students' Union
WAYU UK
UzTech UK

💛 Sponsored by:
Moneff
TezParcel

This is more than a football match. It's a celebration of a dream shared by 40 million people finally reaching the world stage. 🇺🇿

🎉 Wear Uzbek symbols or blue & white colours.
🇺🇿 Bring your flags.
📣 Bring your voices.

⚠️ Age limit: 10+

Spots are limited and will be allocated on a first come, first served basis.
🎉11👍4🔥1
#1 ⚽️ Boshladik...

Uhlamaganlar bo‘lsa, birgamiz.

18.06.2026 London
@DrAlgorithm
1🤝24👍82🔥1
#1 ⚽️ GOOL!
1🔥31😭4😁2
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da Startup kuni!

📆 27-iyun, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks June2026 Startup Day Meetup" bo'lib o'tadi.

Ushbu tadbirda birinchi speakerimiz:
1️⃣ Startaper bo'la ko'rmang! - Umid Gafurov (Founder @ tirikchilik.uz, troll.uz)


🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A (Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)

Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Thinkland

Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
https://uzgeeks.uz/
👍4😁1
Bektosh Khatamov
Исфандиёрнинг кўзларидан ёш чиқиб йиғлаб юборди
Isfandiyor yig‘lamadi

O‘yin vaqtida Bektosh aka kanallarini kuzatib turgan edim. Farzandlari bilan stadionga borganlari, birga muxlislik qilganlari, va albatta birinchi to‘pni o‘tkazib yuborganimizda Isfandiyor xafa bo‘lib ko‘ziga yosh olgani.

Ota sifatida farzandini yupatish, ko‘nglini olish yo‘lida qilingan harakat - juda kuchli tuyg‘u.


Begona yurtda, qarshi jamoa muxlislari orasida bo‘lish vaziyatni yanada qiyinlashtiradi. Shunday bo‘lsa ham Kolumbia muxlislariga "O‘zbekiston" deb baqirtirib, qo‘llab-quvvatlash orqali farzandining ko‘nglini olish, juda katta mahorat.

Natijasini esa, bugun ko‘rib rosa xursand bo‘ldim. Bugun Isfandiyor O‘zbekistonni dunyo futbol muxlislari orasida tanilishiga juda katta hissa qo‘shdi. Uni jahon yulduzlari tan oldi. Ota-onasiga hozirdan xursandchilik olib keldi.

Ammo...

O‘yin tugagach, juda ko‘p Telegram kanallarida Isfandiyor videosini ko‘rib, xafa bo‘ldim. Taniqli odamlar ham videoni o‘zining kanalida qo‘ygan. Kuzatuvchilari uchun qiziq "kontent" qilib foydalangan.

Nega manbasini ko‘rsatmagan - degan savol keldi?


Hech bir kanal admini videoning muallifi kim ekanini ko‘rsatib o‘tmagan. Bu bizda mualliflik huquqi yaxshi ishlamaydi deganimi? Yoki odamlarimiz mualliflik huquqi borligini bilmasmikan?

Bilmaydigan adminlar, balki adminlikni yig‘ishtirib qo‘yishi kerakdir?


Yaxshi ham-ki, bu voqea bizning kanallarimizga bog‘liq bo‘lmagan holda, ijobiy tomonga yuzlandi.

Lekin, biz birovning haqqini biladigan millatmiz, foydalanilgan ma’lumotlarning manbasini ko‘rsatib ish yuritaylik. Hozir topadigan "Ko‘rishlar" soni ertaga javobgarlikka aylanib qolmasin.

Bektosh aka, Isfandiyor sizlarga katta rahmat! Safaringiz maroqli va bexatar o‘tsin.

19.06.2026 London
@DrAlgorithm
👍33
O‘zbekiston

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi uzoq kutilgan o‘yinlardan yana birida kuch sinashadi.


Bir vaqtlar «O‘zbekiston» deganda boshqa davlatlar nomini aytishsa, odamning g‘ashiga tegar edi. Chunki biz o‘zimizni yaxshi tanita olmagan edik.
Ammo kattalar aytganidek, yurtimizni dunyoga tanitishda sportchalik tezkor va samarali vosita bo‘lmasa kerak.

Bugun vatanimiz dunyo yulduzlariga aylangan kuchli jamoa bilan bahs olib boradi. Bunga vatandoshlarimiz juda katta tayyorgarliklar ko‘rishmoqda.
Turli davlat va shaharlarda o‘yinni birgalikda tomosha qilish uchun xarajat qilinmoqda. 50, 100, 200, 1000 kishilik joylar tayyorlangan.

Hech bo‘lmasa sport bahona bir-birimiz bilan birlashishimiz — bu juda katta natija.


Bu kabi tadbirlardan unumli foydalanishimiz kerak.
Bir-birimiz bilan birlashishimiz yo‘lida qilinayotgan harakatlarga befarq bo‘lmasligimiz kerak.

Bu kabi uchrashuvlarda albatta boshqalar bilan tanishing, muloqotda bo‘ling. Ertaga ularni ko‘rmasligingiz mumkin, lekin qilgan kichik yaxshiligingiz esida qoladi, farzandlariga: «Falonchi aka shu kuni bunday qilgan edi», deb sizni namuna qiladi. Sizga savob, bolaga odob.

Bugun Londonda ham yurtdoshlarimiz turli joylarda futbol ko‘rish uchun joylar tashkillashtirishgan. Men ham ulardan biriga yo‘lga otladim, 150 kishilik joy olingan, barcha chiptalar o‘yindan 3 kun oldin sotilib bo‘lgan.

Terma jamoamiz pley-offda yaxshi o‘yin ko‘rsatsin (albatta chiqamiz!), biz esa ular bahona birga ko‘rishib turaylik.

Hammamizga g‘alaba tilayman!


Rasm: Angliyaning chekka shaharchalaridan biri. Poyezd bekati. Londondan 3 soatlik yo‘lda bayrog‘imizni ko‘rish naqadar maroqli.

23.06.2026 London
@DrAlgorithm
1👍27🔥3👏1
Assalomu alaykum

Bugun UzGeeks meetupi bo'lib o'tadi. Startup qurish va investitsiyalar haqida mutaxassislar bilimlarini ulashishadi.

27-iyun, shanba(bugun), Amity University.

Meetup 14:00 da boshlanadi.

Xarita:
Amity University
Labzak koʻchasi, 70
https://yandex.uz/maps/org/amity_university/27344936067?si=4cjpb0wdk5rjfxk6mfq2zvmwww

https://maps.app.goo.gl/CH7X1cawTGvRsdgU7





Barchani kutamiz
👍4
Assalomu alaykum do‘stlar,

Angliyaga ko‘pchilik o‘qish uchun keladi. Lekin ular orasida o‘z mahoratini ko‘rsatib, ishlab-yashab ketish niyatida keladiganlar ham bor. Buning uchun maxsus viza turi bor.

Talant viza - Mahoratli inson vizasi

UzTech UK jamoamizning mehmoni aynan shunday viza sohibi Siroj (Sam) Boboyev.

FinTech sohasida mutaxassis. Fintech Wrap Up media blogini asoschisi (egasi). Talant viza sohibi.

Qanday qilib Talan viza olish mumkinligi, shartlari, bosib o‘tiladigan yo‘l haqida so‘zlab berdilar.

O‘ylaymanki sizga ham qiziq bo‘ladi.

Ishdan keyin dam olib, tomosha qilish uchun mavzu:
📱 https://youtu.be/SEBYI2CY22M?is=GXlAKW2t9rbASib6

02.07.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥5
Saud Abdulwahed
🎁 1 TONNA KITOB SOVG'A QILAMIZ

📚 500 kg — quyidagi sahifalarimiz obunachilari uchun:

@saudabdulwahed
@haad_uz

📚 500 kg — IT va dasturlash sohasidagi siz sevgan 10 nafar bloger orqali:
Assalomu alaykum do‘stlar,

1 TONNA kitob loyihasi esingizdami?

Kecha Saud Abdulwahed kitoblar tayyor bo‘lganini va sovg‘alarni olish mumkin ekani haqida e'lon berdilar. (havola)

Kitoblar orasida bizga ham 50 ta kitob nasib qilgan edi. (havola)

Zar qadrini zargar biladi, - degan maqol bor.


Keling shu kitoblar kimga nasib qilishini tanlab olsak.

@DrAlgorithm kanalida kiber xavfsizlik mavzusida juda ko‘p maqolalar mavjud. (~30 ta)

📚 Har bir odam faqat bitta maqolaga havola keltirsa, o‘sha odam tanlangan bo‘ladi.


Ya’ni siz @DrAlgorithm kanalidagi kiber xavfsizlik mavzuda maqola topasiz.
Uning havolasini shu xabarning izoh qismida qoldirasiz.

Biz sizga aloqaga chiqib, kitobni yetkazamiz.

Kitobni nafaqat O‘zbekiston, balki Buyuk Britaniyaga ham yetkaza olamiz.

Savollar bo‘lsa, marhamat. Savol va takliflarni ham shu xabar ostida qoldirishingiz mumkin.

Izoh:
🙈 - sizdan avval kimdur bu maqolani yozgan.
1️⃣1️⃣ - kabi raqam qo`yilgan bo`lsa, bu havolani siz birinchi topgansiz.

03.07.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕊11🔥6👍5😱2