Dr. Algorithm
4.36K subscribers
662 photos
64 videos
4 files
661 links
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali.

Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Google ofisi, London.

Azimjon, hammasi siz qoldirgandek turibdi.


Bugun SI boʻyicha masterclass bor. Shuni koʻrgani kelgan edim.

Koʻramiz qanchalik hayratda qoldirishadi.

Hozircha faqat havo hayratda qoldirmoqda.

33°C



26.05.2026 London
@DrAlgorithm
1😁31🔥17👍6
Biznes uchun yechim

Biznes jarayonlarni soddalashtirish boʻyicha koʻp yechim qarab yuraman. Gemini'ni ham shu maqsadda ishlatar edim.

Lekin yetarli emas edi.


Bugun qiziq tadbir boʻldi. Aynan manga kerakli muammoni yechimini soʻrash uchun 2-3 kishi bilan gaplashdim. Bizga namuna sifatida turli sohada ish jarayonini soddalashtirish, tizimga solib, avtomatlashtirish boʻyicha jonli taqdimot qilib berishdi. (Live Demo)

Google Workspace yetarli emas ekan. Endi Google Enterprise olishim kerak ekan.


Bularni ichma-ich ulab, n8n dek orchestration qilsak, foydasi bor deyishdi.

Ishlatib koʻri, sizlarga ham natijamni ulashaman.

26.05.2026 London
@DrAlgorithm
👍192🤩1
Assalomu alaykum doʻstlar,

🐏 Qurbon Hayiti bayrami muborak boʻlsin!

Keyingi hayit ayyomlarga ham birgalikda yetkazsin.
Ibodatlarimiz qabul boʻlsin.
Ilmingiz toʻliq va ziyoda boʻlsin.
Rizqingiz, vaqtingiz, umringizga baraka bersin!

🕌 Ayyom muborak!

27.05.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40🔥8🕊62🎉1
Claude Opus 4.8

+ Narxi o‘zgarmapti.
+ Fast mode 3x marta arzonlashgan.
+ Vazifaga qanchalik chuqur kirishi nazorati qo‘shilibdi (Effort control)
+ Xatosini tan olish 4x marta kamaygan.

- Katta o‘zgarish yo‘q. Bor narsani sifati oshgan.
- Token soni ko‘paydi: Effort control rejimida "extra" yoki "max" yoqilsa.

Hozircha shu farqlarni sezdim. Siz qanday faralarni ko‘rdingiz?


http://anthropic.com/news/claude-opus-4-8

Ertaga MeetUp'imiz bor: https://t.me/UzTechUK/122
ClaudeCode bo‘yicha davom etamiz. Bu yangilikni hozircha qo‘shmaymiz.

28.05.2026 London
@DrAlgorithm
🔥16👍7🤷‍♂1
Dasturchi doʻstim siz uchun

Bugun InfoSec tadbirida yuribman. Bitta stand oldiga kelib, toʻxtab qoldim. Chunki koʻp doʻstlarim va tanishlarim hayotida burilish yasagan joy esga tushdi.

Bundan 5 yillar oldin bu korxona koordinatori (mingboshi)si bilan uchrashgan edim. Shuni esga oldik.


Oʻzbekiston AT olamida koʻp yangilik kiritgan.

Lekin man uchun doʻstlarimni eslatgani uchun hursand boʻldim.


Kim bu korxonada ishlagan, ishlayotgan yoki biror boshqa aloqasi boʻlsa, bu gap (post) sizlar uchun.

Qayerda boʻlmang, salomat boʻling. Ishingiz, rizqingiz, vaqtingiz barakali boʻlsin. Mehnatingiz natijasi ham sizga va Vatanimizga ham yurdoshlarimizga foydali boʻlsin.
Sizlarni koʻrgandek boʻldim.

03.06.2026 London
@DrAlgorithm
🔥41👍5🆒2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💡 G‘oyaga 5 baho

InfoSec Expoga 3-yil qatnashishim. Har yili nimadur yangilik ko‘rib qaytaman.

Avvallari tekinga kofe tarqatishar edi. 3-4 ta joyda bo‘lgani uchun aynan o‘sha stendlarda odam ko‘p bo`lar edi. Bu yili esa 10lab stendlarda kofe ko‘rdim. Demak bu usul endi eskirdi.

Lekin qoil qolganim, buni sezgan 2 ta stend yangilik kiritgan.

AI asosli rasm chizadigan robot.

Stednga borasiz, rasmga tushasiz, biror joyni tanlaysiz va 2 daqiqada sizning rasmingiz tayyor.


Esingizda bo‘lsa, avvallari rasmga olish, 3D rasm chiqarish moda bo‘lgan edi. Bu ham moda. Sizning rasmingizni oddiy qog‘oz va qalam bilan chizib berishadi.

Texnik tomoniga qiziqqanim uchun bu qanday robot, qayerdan sotib olgan so‘radim.

O‘ziniki emas ekan!

Eshitib, ishxonaga kelib biroz izlanib ko‘rdim. Buni alohida xizmat qilib sotishar ekan.

Robot va qog‘ozlarni ijaraga berishar ekan. Soatiga pul to‘laysiz. Nechta robot kerak, qanday tezlikda ishlasin, tanlaysiz. Narx chiqarib berishadi. va bo‘ldi.

Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva.


Mabodo sizga ham shunday xizmat kerak bo‘lsa, aytaverasiz. Bir yo‘lini qilib O‘zbekistonga ham olib kelamiz.

Nima deb o‘ylaysiz: Bizda ham bu yurarmikan?

P.S. Videoning oxiri yomon chiqqan lekin.

04.06.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥22👍10
Rasm soladigan robot qo‘l

Bu narsa AI Sketch Robot deb atalar ekan.

Qanday ishlashini ko‘rsatish uchun rasmlarini ham tashlab qo‘ydim. Internetni qidirib, turli saytlar topdim. Masalan,

https://www.juliacharleseventmanagement.co.uk/entertainment/exhibition-entertainment/ai-sketch-robot/

https://photomonkey.uk/sketchartbot

Narxi osmon, £600 dan boshlanar ekan.

Shundan keyin o‘ylab qoldim. Ahir bizning Robototexnikani o‘rganayotgan yoshlar buni yasay oladi-ku. Endi tadbirkor bo‘lish (monitizatsiya qilish) kerak.

Sifati, tezligi qancha yaxshi bo‘lsa, turli tadbirlarda sotsa bo‘ladi.

Yoshlarga aytib ko‘rsak, qilisharmikan?

04.06.2026 London
@DrAlgorithm
👍27🔥7
SI chiqdi va xavfsizlik qil ustida qoldi.

AI davrida InfoSec nima bo‘ladi?


Hozir saytlarni buzish, tizimlarga kirib borish ancha oson bo‘lib qoldi.


O‘tgan yillari InfoSec Expoga borganimda, qanday qilib tizimlarni himoyalash, dasturlarni nazorat qilish haqida gapirishar edi. Katta korxonalar tizimlarni yasash, sizga tizimlar orqali yordam berishga harakat qilar edi.

Hozir esa vaziyat butkul boshqa.

Tadbirga aylanib yurib shuni sezdim-ki, endi korxonalar tizimlar orqali himoya qilmoqchi emas. Tadbirning yarmi bitta mavzuni gapiradi:

Xodimlarni o‘qitish.

Aynan shunday. Endi parol uzunligi, 2FA borli kerak emas. Endi xodim nima qilmoqda, bilmasdan ochib bermayaptimi, uni o‘qitish kerak, - degan gaplar.

Korxonalarga xodimni bilimini oshirish arzonroq tushmoqda.


SI tezlashtirgan zamonga, ilm bilan yetib olishmoqda. Xodim savoyasi oshmasa, ming tizimni zo‘r qurib qo‘ying, foydasi yo‘q.
Phishing, Ijtimoiy muxandislik, psixologik bosim kabi usullar bilan aldab qo‘yishmoqda.

Qiziq. Bu ketishda Informatsion Xavfsilik yana nimalarni boshidan o‘tkazar ekan-a?

05.06.2026 London
@DrAlgorithm
👍15🔥4👏3