Doston Dev | IT BLOG
172 subscribers
177 photos
26 videos
3 files
220 links
🗂 Frontend endi siz o'ylaganchalik uzoqda emas!

💻 Frontend Dasturlash bo'yicha bepul video darslar va foydali IT bloglar sahifasi

🔴 YouTube: youtube.com/DostonRajabov

👥 Muhokama uchun guruh: @doston_dev_chat

Murojaat uchun: @rajabov_doston
Download Telegram
#foydali_kod
#html
#css
#animation
#form

HTML va CSS orqali yaratilgan ajoyib animatsiyali autentifikatsiya sahifasi

👉 Kod linki


@doston_dev
Assalomu alaykum qadrli do'stlar. Ushbu postda siz bilan frontend uchun eng kerakli va muhim bo'lgan ish vositalarini ko'rib chiqamiz.

1. GITHUB - Ushbu vosita dasturchilarga kodni o'rganish, dasturiy ta'minot yaratish va loyihalarni boshqarish imkoniyatini beradi.

2. CREATIVE TIM - veb-saytingizni tezroq loyihalashtirishga yordam beradigan Bootstrap-ga asoslangan dizayn elementlarini taqdim etadi.

3. NPM - bu Node.js.-ga kiritilgan paket menejeri. Ushbu yordam dasturi paketlarni o'rnatish va olib tashlash, loyihani amalga oshirish uchun zarur bo'lgan versiyalar va bog'liqliklarni boshqarishda yordam beradi.

4. CODEKIT - Ushbu vosita veb-saytlarni tezda yaratish uchun yordam beradi. Codekit istalgan tilni kompilyatsiya qiladi, rasmlarni optimallashtiradi, kodni minimallashtiradi.

5. WEBSTORM - WebStorm avtomatik to'ldirishni, tezkor kodlarni tahlil qilishni, kodlarni navigatsiya qilishni, qayta tuzishni, disk raskadrovka va manbalarni boshqarish tizimlari bilan integratsiyani ta'minlaydi.

6. GRUNT - Avtomatik ravishda JavaScript dasturlash tilida yozilgan muntazam operatsiyalarni bajarish uchun masala menejeri (masalan, kichraytirish, sinash, fayllarni birlashtirish).

7. CODEPEN - Onlayn kod muharriri sifatida ishlaydi, bu erda siz o'zingizning kod parchangizni yaratishingiz va uni ko'rishingiz mumkin.

8. DEVELOPER TOOLS - Bular sizga dasturiy ta'minotni yaratish, sinash va xatolarini tekshirishga imkon beruvchi dasturlar.

9. TYPESCRIPT
- JavaScript-ni imkoniyatlarini kengaytiradigan veb-dastur ishlab chiqish vositasi sifatida joylashtirilgan dasturlash tili.

10. VISUAL STUDIO CODE - Veb va bulutli dasturlarning platformalararo rivojlanishi uchun "Yengil" kod muharriri.

11. MODAAL - Sifat, moslashuvchanlik va qulaylikning to'g'ri kombinatsiyasiga ega modal plagin.

12. SASS - CSS kodini abstraktsiya darajasini oshirish va kaskadli uslublar fayllarini soddalashtirish uchun mo'ljallangan CSS asosidagi meta tili.

13. GRID.GUID - Loyihalaringizda pikselli mukammal setkalarni yaratishda sizga yordam beradigan vosita

14. SUBLIME TEXT - Mahalliy fayllarni yoki kod bazalarini tahrirlash uchun maxsus matn muharriri. Python dasturlash tilidagi plaginlarni qo'llab-quvvatlaydi.

Frontend dasturchi uchun zarur va muhim bo'lgan vositalar juda ham ko'p. Biz faqat bugungi postimizda ayrimlari haqida qisqacha tanishtirishga harakat qildik. Keyingi postlarimizda shu va boshqa ish vositalari haqida batafsil ma'lumot berib o'tishga harakat qilamiz. Bugungi postimiz ham siz uchun foydali bo'ldi degan umimmadamiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
🌀 JavaScript darslari | Assigment operators (O'zlashtirish operatorlari) (7-dars)


👉 Videoga o'tish


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
Qiziqarli qisqa savol-javob
Doston Dev | IT BLOG
Qiziqarli qisqa savol-javob
Yuqoridagi rasmda 8-qator va 10-ustunda joylashgan harfni toping ???
Anonymous Quiz
34%
L
20%
V
22%
Q
24%
W
#en #maqola #vscode

Mahsuldorlikni oshirish uchun 15 ta VS Code dasturining foydali klaviaturasi

VS Code - web ilovalar ishlab chiqish bo'yicha eng mashhur tahrirchilardan biri. Kod yozishda bizga tez-tez formatlashning ma'lum bosqichlari kerak bo'ladi va ularning ko'pchiligi VS Code muharriri tomonidan qo'llab quvvatlanadi. Aksariyat amallarni menyu variantlarida topish mumkin bo'lsada, klaviatura yorliqlaridan foydalanish kodlash tezligini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin.

Quyidagi maqolada juda foydali VS Code dagi klaviatura kombinatsiyalari ro'yxati keltirilgan.

🗂 Maqola linki


〽️@doston_dev
Qiziqarli qisqa savol-javob

Img tegining qaysi attribute ga rasm manzili yoziladi???
Anonymous Quiz
17%
link
19%
href
58%
src
6%
style
🌀 JavaScript darslari | Comparison operators (Taqqoslash operatorlari) (8-dars)


👉 Videoga o'tish


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
Assalom-u aleykum hammaga !!!

Birinchi qorlar muborak bo'lsin. Qorni ko'rib ertalabdan kayfiyatimiz ko'tarildi. Siz azizlarni ham kun davomida ana shunday yuqori kayfiyat tark etmasin. Bunday ob-havoda issiqqina uyda kofe ichib kompyuter qarshisida o'tirib ishlash mazza bo'lsa kerak. Sizlar qanday mashg'ulot bilan band bo'lasizlar
🌈 JUST COLOR PICKER - Rang kalkulatori

Bunday dasturlar internetda juda ko'p uchraydi. Lekin barchasi ham talablarga javob bermaydi. Men esa sizlarga eng yaxshisini tavsiya qilaman.

Lekin savol tug'iladi bu dasturni boshimga uramanmi

Yo'q bu dastur asosan web-dasturchilarga kerak bo'ladi.

Bu dastur yordamida siz kompyuter ekranidagi rangning 16lik kodini olishingiz mumkin. Buning uchun esa siz bor yo'g'i kursorni ekranning kerakli joyiga olib borasiz va kursor borgan joydagi rangning 16 lik kodi dasturda aks etadi.

Dasturni yuklab olish uchun havola:

📥 Yuklab olish

@doston_dev
Qiziqarli qisqa savol-javob

Web-sahifani web-sahifa ichida ko'rsatish uchun ishlatiladigan HTML teg qaysi ???
Anonymous Quiz
35%
iframe
30%
a
34%
link
🌀 JavaScript darslari | Logical operators (Mantiqiy operatorlar) (9-dars)


👉 Videoga o'tish


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
🗂 Freelancing orqali internetda pul ishlash

Freelancing internet orqali pul ishlashni boshlashingiz uchun eng qulay yo’l. Bir jihatdan uni boshlash uchun hech qanday boshlang’ich daromad talab etilmasa, boshqa tomondan har qanday freelance xizmat uchun dunyo bo’ylab doim talab bo’lishi bu sohani boshqa internet orqali daromad keltiradigan ishlar ro’yxatida birinchi o’ringa chiqaradi. Bu yo’nalishdagi imkoniyatlarni sanab o’tishdan avval freelancing va freelancer tushunchalari haqida aytib o’tmoqchiman.

FREELANCING
 (talaffuzi: «frilansing») sohasiga zamonaviy elektron mehnat bozorida «mardikorlik» deya ta’rif berishimiz mumkin. Chunki freelancing va mardikorlik o’rtasida umumiylik bor: buyurtmachi soatbay yoki ishbay haq to’laydi, freelancer (freelancing bilan shug’ullanuvchi kishi) esa haq evaziga kelishilgan ishni bajaradi. Odatda freelancer va ish beruvchi munosabatlari ma’lum bir sayt (elektron mehnat bozori).

Bugungi postimizda mana shunday elektron mehnat bozorlari ya'ni freelancing uchun eng qulay bo’lgan saytlar bilan tanishtirib o'tamiz.

ELANCE.COM – Freelancerlar orasida alohida xurmatga ega bo’lgan tarmoq. Ushbu tarmoqda dunyoning ko’zga ko’ringan freelancerlari o’z xizmatlarini taklif etishadi. Agar juda qobiliyatli bo’lmasangiz, bu tarmoqda Siz uchun imkoniyat kamroq bo’ladi. Ammo omadingiz kelsa, bir oyda 5000 dollar miqdoridagi foydani o’rtacha qiyinchilik bilan topishingiz mumkin.

PEOPLEPERHOUR.COM – Bir soatga yollanadigan odamlar tarmog’i. Bunda freelancerlar o’z xizmatlarini bir soatlik vaqt me’zoni asosida baholab taklif qilishadi. Albatta, ish bir soatdan ko’p bo’lishi mumkin. Asosiy jihat – ushbu tarmoqda barcha xizmatlar bir soatiga necha dollar bo’lishiga qarab baholanadi. Dunyo bo’ylab mingga yaqin buyurtmalar ushbu tarmoq orqali har kuni bajariladi.

FREELANCESWITCH.COM – Juda mashxur tarmoq emas. Boshqalariga nisbatan buyurtma olish ehtimoli kamroq. Shunchaki, boshqa joylardan omadlari kelmaganlar bu tarmoqni ham sinab ko’rishlari mumkin.

UPWORK.COM – Elance tizimining raqobatdoshi. Freelancerlar uchun juda qulay imkoniyatlar tarmog’i. Turli daraja va yo’nalishlar bo’yicha ko’plab buyurtmalar beriladi. Iqtidorli, bilimli bo’lib o’z ishingizni ko’rsata olsangiz bo’lgani – internet orqali pul ishlashda hech qanday muammo bo’lmaydi.

GURU.COM – Freelancerlar uchun ish topishga qulay tarmoq. Buyurtma beruvchilar ham boshqa tarmoqlarga nisbatan ancha faolroq.

FREELANCER.COM – Elance yoki Upwork tarmoqlariga o’xshash, ammo dizayn bilan birga dasturchilikka ham alohida (ba’zan bir-biriga bog’liq holda) e’tibor beradigan tarmoq.

📊 Internet orqali pul ishlash uchun birinchi navbatda iqtidorli bo’lishingiz VA yaxshi ta’lim olgan (bilimli) bo’lishingiz kerak. O’rganish, bilim va ta’limsiz uzoqqa borib bo’lmaydi.

🎯 Internet orqali pul ishlash istagi ingliz tili bilimisiz qanotsiz qushga aylanib qoladi. Ingliz tilini yaxshi bilgan kishiga esa internet orqali pul ishlashning barcha yo’llari ochiladi! Hozirdan vaqtingizni boy bermasdan, dasturlash bilan birgalikda ingliz tilini ham o’rganishni boshlang. Kelajakda nafaqat internet biznesingiz uchun, balki kasbiy faoliyatingiz uchun ham uning o’rni beqiyos bo’ladi.

💥 O’z bilimi va orzulariga ishonuvchi kishilarga doim omad kulib boqadi. Kun davomida uyingizdan turib, internet orqali, oilangiz davrasini tark etmagan holda yaxshigina daromad keltiradigan ish bilan mashg’ul bo’lishingiz mumkin. Bunday erkinlikka esa mehnatsiz erishib bo’lmaydi. Omadingizni bersin!

👉 @doston_dev
🌀 JavaScript darslari | Ternary operators (10-dars)


👉 Videoga o'tish


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
Qiziqarli qisqa savol-javob

HEX bilan berilgan rang qanaqa rang ekanligini aniqlang??? #ff0000
Anonymous Quiz
30%
blue
26%
yellow
22%
green
23%
red
🗂 Intervyuga tayyorgarlik ko'rish uchun manbalar

Siz ish izlayapsizmi ? Siz intervyuga tayyormisiz? Suhbatga tayyorgarlik ko'rishning eng yaxshi usuli, eng ko'p so'raladigan savollarni ko'rib chiqish uchun vaqt ajratishdir. Siz qanchalik ko'p tayyorgarlik ko'rsangiz, intervyu jarayoni siz uchun shunchalik oson kechadi. Biz ham bularni inobatga olgan holda sizga quyida bir nechta texnologiyalar bo'yicha intervyu savollariga tayyorlanish uchun ajoyib manbalarni taqdim etamiz. Agar siz ushbu texnologiyalardan intervyuga tayyorlanayotgan bo'lsangiz, quyidagi manbalar sizga manfaatli bo'ladi:


JavaScript
JavaScript interview questions and answers

TypeScript
TypeScript interview questions and answers

ReactJS
ReactJS interview questions and answers

Angular
Angular interview questions and answers

VueJS
VueJS interview questions and answers

NodeJS
NodeJS interview questions and answers


👉 @doston_dev
🌀 JavaScript darslari | Math methods (11-dars)


👉 Videoga o'tish


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram