Doston Dev | IT BLOG
172 subscribers
177 photos
26 videos
3 files
220 links
🗂 Frontend endi siz o'ylaganchalik uzoqda emas!

💻 Frontend Dasturlash bo'yicha bepul video darslar va foydali IT bloglar sahifasi

🔴 YouTube: youtube.com/DostonRajabov

👥 Muhokama uchun guruh: @doston_dev_chat

Murojaat uchun: @rajabov_doston
Download Telegram
🌀 JavaScript darslari | HELLO WORLD (2-dars)

Bugungi JavaScript darslarimizning navbatdagi darsida birinchi js kodimizni birgalikda yozamiz va console nima ekanligi va unda ma'lumotlarni chiqarish bilan tanishamiz.

👉 Videoga o'tish


〽️ Biz siz uchun darslarni tayyorlamoqdamiz. Siz ham bizni qo'llab quvvatlab yuborasiz degan umiddamiz !!!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
#foydali_kod
#html
#css
#animation

CSS da ajoyib border transitionlari (CSS border transitions)

👉 Kod linki

@doston_dev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗂 Frilanser kim

So’ngi vaqtlarda “frilans” termini juda mashxur bo’lib bormoqda – internetda pul ishlayman degan odam, bir marotaba bo’lsa ham bu so’zni eshitgan. Lekin u haqida hamma har xil tushunchaga ega. Yuqoridagi videoda siz frilanserlar kimligi haqida juda sodda va aniq ma'lumotlar orqali ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

📺 YouTube orqali ko'rish:
youtube.com/watch?v=jMLdBFaopl0&t=44s

👉 @doston_dev
#tavsiya
#tanlov

Bepro va Amity universiteti hamkorligida 12-14 noyabr kunlari StudentHack2021 - hakaton musoboqasi o'tkazilmoqda !!!

Bosh mukofot Dubayga sayohat !!!

Tanlovda individual yoki jamoa sifatida ham ishtirok etishingiz mumkin.

Ikki narsa talab qilinadi:
1) Ro'yxatdan o'tish
2) G'alaba qozonish

Hammaga omad!

👉
@doston_dev
🗂 O'zgaruvchi (VARIABLE) va qiymat (VALUE) nima

O’zgaruvchi
- bu turli xil ko’rinishdagi ma’lumotlarni o’zida saqlab turuvchi va dastur ishlash davomida qiymati o’zgarib boradigan konteynerdir.

🗑 O’zgaruvchining nomi va qiymatlari bo’ladi. O’zgaruvchining nomi orqali qiymat saqlanayotgan xotira qismiga murojaat qilinadi. Programma ishlashi jarayonida o’zgaruvchining qiymatini o’zgartirish mumkin. Har qanday o’zgaruvchini ishlatishdan oldin, uni e’lon qilish lozim.

🛢 Tushunish qiyin bo’lganduraa? Kayfiyatni cho’ktirmaymiz. Keling berilgan iboralarga, hayotiy misol orqali o’xshatish berib ko’ramiz: Tasavvur qiling sizning uyingizda omborxona bor. Tabiiyki u yerda , kundalik yumushlaringizda foydalanadigan ishchi qurollar va oyingiz tayyorlagan kampot-u qiyomlar saqlanadi. Kampot shirin bo’lganidan yozning jazirama issig’ida zo’r ketadi va ombor ham asta-sekinlik bilan bo’shashni boshlaydi. Lekin omborga kirib, uni ochmaguningizgacha qishin – yozin turaveradi. O’zgaruvchilar ham bir ombor hisoblanadi. Ular ham o’zida ma’lum bir toifaga oid qiymatlarni saqlab boradi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak dasturlashda qiymat bu kichik malumot bo'lagi, o'zgaruvchi esa uzida qiymatlarni saqlaydigan konteyner hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
🌀 JavaScript darslari | O'zgaruvchi va qiymat (3-dars)


👉 Videoga o'tish


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
Xayrli kech hammaga !!!
Qiziqarli qisqa savol-javob
ruknini davom ettiramiz. HTML sahifasi uchun sarlavhani belgilaydigan (u brauzerning sarlavha satrida ko'rsatiladi) HTML teg qaysi ?
Anonymous Quiz
61%
<title>
20%
<html>
10%
<head>
10%
<h1>
#foydali_kod
#html
#css
#animation

Input Focus & Placeholder Effects

👉
Kod linki

@doston_dev
🗂 Javascriptni o‘rganish uchun 10 ta eng yaxshi web-sayt

Javascript - web-saytning dinamikasi va ba’zi animatsiyalari uchun kerak.
Web-dasturlashda Javascriptning o‘rni juda muhim. Quyida esa Javascriptni o‘rganishda siz uchun foydali bo‘lgan ba’zi manbalarni keltiramiz.:

1- W3schools - w3schools.com

Ushbu web-sayt dasturlash, programmalashtirish, dasturiy ta’minotni yaratishni o‘rgatishni eng birinchilardan bo‘lib yo‘lga qo‘ygan saytlardan biri. O‘rgatish uslubi juda yaxshi. Saytdagi ma’lumotlar qadam-baqadam, kichik detallar bilan tushuntirilgan.

2- Codeacademy - www.codecademy.com

Bu saytdagi o‘rgatuvchilar o‘ziga xos va interaktiv metodga ega bo‘lib, darslar boshlang‘ich darajadan murakkab darajagacha o‘rgatiladi. Men ushbu kursni o‘rganishingizni tavsiya qilgan bo‘lardim.

3- Learn javascript - learnjavascript.online

Bunda Google dasturchilaridan biri tomonidan yaratilgan Javascript o‘quv saytini ko‘rishingiz mumkin. Ushbu veb-sayt sizga bepul 40 ta kursni taklif qiladi.
Shuningdek, Flashcard dasturi kabi o'rganish uchun ma'qul bo'lgan kodli-loyihalar qo'llanmalarini ham topishingiz mumkin.

4-
Javascript.info

Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, ushbu web-sayt faqat Javascriptni o‘rgatishga qaratilgan.

5 — Code Mentor - www.codementor.io

Ushbu veb-sayt Javascript bilan birgalikda boshqa dasturlash tillarini ham interaktiv yo‘l bilan o‘rgatadi.
Siz nafaqat Javascriptni, balki Ajax, JQuery, Angular va JSON larni ham o‘rgana olasiz.

6- Udemy - www.udemy.com

Udemy bugungi kunda juda mashhur bo'lib bormoqda. Bu yerda Javascript haqida topishingiz mumkin bo'lgan ko'plab o'quv qo'llanmalari mavjud. Shuning uchun tanlov biroz qiyin bo'ladi. Lekin siz u yerda o‘qituvchi topib, uning tavsiyalari asosida yaxshi o‘rganishingiz mumkin.

7- Edx - www.edx.org

Edx sizga bir nechta bepul kurslarni, jumladan, turli xil universitetlar tomonidan tayyorlangan Javascript kurslarini taklif qiladi.

8- Coursera - www.coursera.org

Coursera - bu Stenford professorlari tomonidan ishlab chiqilgan o'quv web-sayti.
Ushbu onlayn kurslarda London, Michigan singari ko‘plab universitetlar tomonidan darslar joylangan. Bular bepul va pullik onlayn kurslar bo'lib, barcha darajalarga: yangi boshlovchilar, o‘rta daraja va hatto yuqori darajadagi dasturchilarga ham mo‘ljallangan.
Pulli kurslarning ba'zilari esa sizning LinkedIn ga o‘xshash profillaringizda foydalanishingiz mumkin bo'lgan sertifikatlarni berishadi.

9 — MDN - developer.mozilla.org

MDN (Mozilla Developer Network) asosan dasturchilarga mo‘ljallangan. Shuning uchun ham MDN dan foydalanuvchilarning ko‘pchiligi boshqa dasturlash tillarini ham bilishadi va uzoq vaqtdan beri dasturlash bilan shug‘ullanishadi.

10 — Pluralsight.com

Internetda o‘rganish mumkin bo‘lgan eng yaxshi saytlardan biri. Chunki u yerda nafaqat web-dasturlash, balki mobil ilovalarni tuzish uchun ham ko‘plab materiallar mavjud. Siz nafaqat Javascriptni, balki Javascript kutubxonalari ReactJS, Angular, JQuery, NodeJS va boshqalarni ham o‘rgana olasiz.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
Qiziqarli qisqa savol-javob

Tegning ochilish qismida yozilib teg haqida qo'shimcha ma'lumot beradigan element nima ?
Anonymous Quiz
26%
Class
50%
Attributes
10%
Id
14%
Style
🗂 JavaScriptda o'zgaruvchilarni e'lon qilish (var, let, const)

Indentifikatorga biriktirilgan literal o‘zgaruvchi deb ataladi, ulardan dasturning keyingi qismida foydalanishingiz mumkin.

⚡️JavaScriptda o‘zgaruvchilarga hech qanday tip biriktirilmaydi. Biron-bir tipdaqi qiymatni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘zgaruvchiga boshqa tipdagi qiymatni bersangiz hech qanday xatolik yuz bermaydi va o‘zgaruchi yangi tipni o‘zlashtirib oladi. Shuning uchun JavaScriptni ba’zida tipizatsiyaga ega emas deyishadi. Ammo bu mutlaqo noto‘g‘ri, JavaScript tipizatsiyaga ega va u “dinamik tipizatsiya” qoidalari asosida ishlaydi.

⚡️O‘zgaruvchidan foydalanish uchun uni avval e’lon qilish kerak. JavaScriptda buni 3 xil usulda amalga oshirish mumkin: var, let yoki const kalit so‘zlari orqali. Bularning har biri turli maqsadlarda ishlatiladi.

🟢 var orqali e’lon qilish

ES2015 gacha var o‘zgaruchini e’lon qilishning yagona yo‘li bo‘lgan. Agar var so‘zini qo‘yishni unutsangiz, siz e’lon qilinmagan o‘zgaruvchiga qiymat berayotgan bo‘lasiz va natija siz kutgandek bo‘lmaydi. Zamonaviy muhitlarda yoki strict rejimi yoqilgan bo‘lsa, yuqoridagi holatda xatolik yuz beradi. Eski muhitlarda (yoki strict rejimi o‘chirilgan bo‘lsa), o‘zgaruvchini initsializatsiya qiladi va global obyektga biriktirib qo‘yadi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun, initsializatsiya — o‘zgaruvchiga dastlabki qiymatni o‘zashtirish jarayoni.

🟠 let orqali e’lon qilish

Yuqorida aytganimizdek, var blok ko‘rinish sohasiga ega emas. Bu muammoni hal qilish uchun ES2015 da let qo‘shilgan. let orqali e’lon qilngan o‘zgaruvchining ko‘rinish sohasi faqat o‘zi e’lon qilgan blokka hamda undagi ichki bloklargagina tegishli.

Zamonaviy dasturchilar, asosan, let dangina foydalanishmoqda, va var dan butunlay voz kechishmoqda.

Yana bir farqi, funksiya tashqarisida let orqali e’lon qilganizda, var dan farqli o‘laroq o‘zgaruvchini global o‘zgaruvchiga aylantirmaydi.

🟣 const orqali e’lon qilish

var yoki let yordamida e’lon qilingan o‘zgaruvchilar keyinchalik qiymatini o‘zgartirishi mumkin. const da e’lon qilingan o‘zgaruvchi initsializatsiya qilingandan keyin boshqa o‘zgarmaydi va uning qiymati o‘zgarmas qiymatga aylanadi, ya’ni konstantaga.
const a = ‘test’
a const ga istalgan literalni biriktirish mumkin. Yana bir jihati: agar a konstantaga obyekt biriktirilgan bo‘lsa, undagi funksiyalari orqali obyekt qiymatlarini o‘zgartirsa bo‘ladi.
const ko‘rsatkichni o‘zgartirmaslikni ta’minlaydi. Shuningdek, let kabi blok ko‘rinish sohasiga ega.
Zamonaviy dasturchilar dastur davomida o‘zgarmaydigan o‘zgaruvchilarni const da e’lon qilishni ma’qul ko‘rishadi, chunki bu keyiknchalik uchrashi mumkin bo‘lgan xatoliklarni oldini oladi.

👉 @doston_dev
🌀 JavaScript darslari | O'zgaruvchilarni e'lon qilish ( let, var, const) (4-dars)


👉 Videoga o'tish


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#motivation

Muvaffaqiyat sayohati

👉 @doston_dev
#foydali_kod
#html
#css
#animation

CSS3 orqali yaratilgan ajoyib loaderlar

👉 Kod linki


@doston_dev
Qiziqarli qisqa savol-javob!

Qator uzilishini belgilaydigan (ya'ni o'zidan keyingi ma'lumotlarni yangi qatorga tushirib yuboradigan) va yopilishi mavjud bo'lmagan toq teg qaysi ???
Anonymous Quiz
18%
<hr>
14%
<meta>
10%
<link>
58%
<br>
Assalom-u alaykum hurmatli obunachilar !!!

Auditoriyamiz kundan-kunga kengayib bormoqda. Bizga bildirayotgan ishonchingiz uchun barchangizga kattakon rahmat !!!

Safimiz asosan dasturlashga qiziqadigan yoshlar bilan to'lib bormoqda va bu ham juda ham quvonarli hol albatta. Yaqin yillar ichida dasturlash, "IT" yoki web dasturlash va shu kabi tushunchalar yoshlar orasida ancha keng tarqalib bormoqda va hozirda aksariyat yoshlar bu sohalarni o'rganishni boshlab yuborishgan. Dasturlashni ayrim insonlar yuqori daromad manbai sifatida o'rgansalar, yana boshqa soha vakillari qo'shimcha daromad sifatida o'rganishmoqda va tabiiyki hammada o'rganish uchun reja va tavsiyalar bor. Yoki bugungi internet olamida ham bu borada yuzlab qo'llanma, video va maqolalarni uchratishimiz mumkin. Shu o'rinda albatta menda ham bu borada bilim, ko'nikma va tavsiyalar bor va bu haqida hali batafsil suhbatlashamiz.

🗂 Keling sizlarning fikrlaringiz bilan ham bir o'rtoqlashsak. Shu soha vakillari sifatida sizlar dasturlashni aynan o'zimiz tanlagan sohasini mukammal va samarali o'rganishimiz uchun qanday tavsiyalar bera olasiz


Fikrlaringizni kommentariyada kutib qolamiz.

👉 @doston_dev
🗂 JavaScriptda ma'lumotlar turlari (1-qism)

JavaScript ba'zan "tiplanmagan" til deb ataladi, ammo bu unday emas. To'g'ri, siz o'zgaruvchilarga har xil turdagi qiymatlarni yozishingiz mumkin, ammo JavaScriptda ma'lumotlar turlari mavjud.

JavaScript-da bir nechta turli xil ma'lumotlar turlari mavjud va har bir tur turli xil xususiyatlar va usullar to'plamiga ega. Ushbu xususiyatlar va usullar ishlayotgan ma'lumotlar turiga xosdir.

JavaScript hozirda to'qqizta ma'lumot turiga ega - yettita primitive ma'lumotlar turi va ikkita tizimli ma'lumotlar turi ( Ob'ektlar va Funktsiyalar ).

🟢 Primitive ma'lumotlar turlari:

String , Number , BigInt , Boolean , undefined , null va Symbol.

🟣 Strukturaviy turlar

Strukturaviy ma'lumotlar turlariga Ob'ektlar va Funktsiyalar (ob'ektning maxsus turi) kiradi.

Yuqoridagi ro'yxatda eng ko'p ishlatiladigan ma'lumotlar turlari haqida kegingi postimizda tanishtirib o'tamiz.

Bizni kuzatishda davom eting !!!

👉 @doston_dev
🗂 JavaScriptda ma'lumotlar turlari (2-qism)

Keling, endi bu postimizda oldingi postimizda sanab o'tilgan eng ko'p ishlatiladigan ma'lumotlar turlari haqida qisqacha tanishib olamiz.

⚡️Raqam turi

JavaScript raqamlari qiymatlari 64 bitli ikki aniqlikdagi suzuvchi nuqtali raqamlar sifatida taqdim etiladi.
Raqamli harflar kodda butun, kasr sonlar esa o'nli yozuvda ifodalanadi. Raqamlarni yozish uchun boshqa usullardan foydalanishingiz mumkin. Misol uchun, agar sonli harfning boshida 0x prefiksi bo'lsa, u o'n oltilik yozuvda yozilgan raqam sifatida talqin qilinadi. Raqamlar ko'rsatkichli belgilarda ham yozilishi mumkin (bunday raqamlarda siz e harfini topishingiz mumkin).

⚡️String turi

String qiymatlari belgilar ketma-ketligidir. Bunday qiymatlar bitta yoki ikkita tirnoq ichiga olingan satr harflari sifatida belgilanadi.

⚡️Boolean turi

JavaScript-da mantiqiy so'zlar bilan ishlashda ishlatiladigan bir nechta ajratilgan so'zlar mavjud - haqiqiy va noto'g'ri. Mantiqiy ifodalar dastur oqimini boshqarishga yordam berish uchun if va while kabi konstruksiyalarda qo'llaniladi.

Shuni ta'kidlash kerakki, rost yoki noto'g'ri qiymat kutilayotgan joyda siz boshqa qiymatlardan foydalanishingiz mumkin, ular til tomonidan avtomatik ravishda rost (haqiqat) yoki noto'g'ri (noto'g'ri) deb talqin qilinadi.

⚡️Null turi

JavaScript maxsus qiymatga ega, null, bu qiymat yo'qligini ko'rsatadi. Shunga o'xshash ma'nolar boshqa tillarda ham qo'llaniladi.

⚡️Belgilanmagan tur (undefined)

O'zgaruvchiga yozilgan aniqlanmagan qiymat bu o'zgaruvchining ishga tushirilmaganligini va uning qiymati yo'qligini ko'rsatadi.

⚡️Symbol

Belgilar - ob'ektlar uchun noyob identifikatorlarni yaratish uchun ishlatiladi. Belgilarning vazifalarini tushunish uchun JavaScript-da ob'ektlar qanday ishlashi haqida ma'lum ma'lumotga ega bo'lish lozim.

⚡️BigInt

BigInt bizga raqam ma'lumotlari turi doirasidan tashqarida bo'lgan ijobiy va salbiy katta sonlarni xavfsiz boshqarish imkonini beradi.

⚡️Obyektlar

Barcha primitive bo'lmagan qiymatlar ob'ekt turiga tegishli. Biz funktsiyalar, massivlar, biz "ob'ektlar" deb ataydigan narsalar va boshqa ko'plab ob'ektlar haqida gapiramiz. Ushbu ma'lumotlar turlarining barchasi ob'ekt turiga asoslanadi va ular ko'p jihatdan farq qilsalar ham, ularda umumiy jihatlar ham ko'p.

⚡️Funksiya

Massivlar va boshqalar kabi JavaScript funktsiyalari ham ob'ektlardir. Biroq, bu ob'ektlar o'ziga xos xususiyatga ega - ularni chaqirish yoki talab bo'yicha harakatga chaqirish mumkin. Bu qobiliyat ularni JavaScript-ning (yoki boshqa dasturlash tilining) muhim tarkibiy qismiga aylantiradi. Funktsiyalar koddagi hayotni faollashtiradi va uni dinamik qiladi.


Biz bu maqolamizda JavaScriptda ma'lumotlari turlari haqida qisqacha ma'lumot berishga harakat qildik. Ma'lumotlar turlari haqida navbatdagi darsilarmizda batafsil tanishishingiz mumkin. Bizni kuzatishda davom eting !!!

👉 @doston_dev