Doston Dev | IT BLOG
172 subscribers
177 photos
26 videos
3 files
220 links
🗂 Frontend endi siz o'ylaganchalik uzoqda emas!

💻 Frontend Dasturlash bo'yicha bepul video darslar va foydali IT bloglar sahifasi

🔴 YouTube: youtube.com/DostonRajabov

👥 Muhokama uchun guruh: @doston_dev_chat

Murojaat uchun: @rajabov_doston
Download Telegram
🗂 Satrlarni qidirish uchun JavaScript usullari

JavaScript bo'yicha navbatdagi darslarimiz "Satrlarni qidirish uchun JavaScript metodlari" ga bag'ishlanadi.


Bizni kuzatishda davom eting !!!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
👨‍💻Dasturchi uchun ingliz tili nega kerak (1-qism)

Dasturchi bo’lishni istagan har bir kishi ingliz tilini bilishi shart. Ozmi-ko’pmi tajribali dasturchi sifatida ingliz tilining ahamiyati dasturlash kasbida qanchalik muhim ekanligini eslatib qo’ymoqchimiz. Albatta, ushbu maqolada web dasturlash yo’nalishiga ko’proq urg’u beriladi. Dasturchi uchun ingliz tili quyidagi sabablarga ko’ra o’ta ahamiyatli hisoblanadi.

🟣 Dasturlash to’liq ingliz tilida

Bugungi kunda har qaysi zamonaviy dasturlash tiliga e’tibor bersangiz, uning asosida ingliz tili borligini ko’rasiz. Barcha kodlar ingliz tilida, atamalar ingliz tilidan olingan, dasturlashda yordam beruvchi har qanday ma’lumotlarning eng mukammali ingliz tilida yozilgan. Siz qaysidir dasturlash tilida birinchi o’ringa chiqishni istasangiz, professionallikka intilsangiz albatta ingliz tilini o’rganishingiz shart.

🟠 Muloqot doirangiz kengayadi

Dasturlashning katta qismi savollarga javob topish bilan bog’liq. Faqat o’zbek tilini bilsangiz, savolingizni faqat o’zbeklardan so’rashingiz mumkin. Rus tilini ham bilsangiz, muloqot doirangiz bir oz kengayishi mumkin. Ammo ingliz tilini yaxshi bilsangiz, butun dunyo dasturchilari bilan fikr almashish, ulardan yordam olish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Bu esa savollaringizga javob topish, jumboqlaringizning yechimini optimal hal qilishingizda yordam beradi.

🔴 Zamon bilan hamnafas bo’lasiz

Har qaysi dasturlash tili, yoki dasturga aloqador mukammal yo’riqnoma albatta birinchi bo’lib ingliz tilida chop etiladi. Uni ma’lum bir vaqtdan so’ng boshqa tillarga tarjima qilishlari mumkin, ammo eng birinchi chiqadigan, tez-tez yangilanadigan va eng ishonchli manbaa faqat ingliz tilida bo’lib qoladi. Bu tilni mukammal o’rgansangiz, o’qiganingizni tushuna olish darajasida egallasangiz, taqdim etilgan eng yangi yo’riqnomalarni, maqola va yangiliklarni birinchilardan bo’lib o’qish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Ingliz tilini bilgan dasturchilar tarjimonlarni kutib yashamaydi.

🟡 Dasturchi uchun ingliz tili

Sizga bu til dasturlash uchun kerak. Shunday ekan, tilning faqat dasturchilar uchun kerakli tomonlarini o’rgansangiz kifoya. ESP (English for Specific Purposes) yordamida aynan dasturlashga yo’naltirilgan, dasturchilar uchun mo’ljallangan ingliz tilini tez va osonlik bilan o’rganib olishingiz mumkin. Shifokorlar uchun, iqtisodchilar uchun, huquqshunoslar uchun alohida ingliz tili metodologiyasi bo’lgani kabi, dasturchilar uchun ingliz tilini o’rgatishning alohida usullari mavjud. O’zingizga eng kerakli kurs bilan tilni oson egallashingiz mumkin.

🟢 Xorijda ishlash imkoniyati

Hindistonliklar ikkinchi tili ingliz tili bo’lganligi sababli aynan dasturlash sohasida dunyo bo’ylab xorijda eng ko’p ishlayotgan xalq hisoblanishadi. Ularni ingliz tilidagi bilimlari xorijga olib chiqa olgan. Juda zo’r dasturchi bo’lsangiz-u ingliz tilini bilmasangiz, xorijda ishlash imkoniyatlaringiz yarmidan ko’piga kamayadi. Ingliz tilida yaxshi muloqot qila olgan boshlovchi dasturchilar esa aksincha – kam tajribasi bilan ham xorijda ish topish imkoniyatini ko’proq qo’lga kiritishi mumkin.

Tilni o’rganish qiyinchiliklari sizni to’xtatib qolmasin. Dasturlash kasbini tanlagan ekansiz, ingliz tilini o’rganish uchun alohida vaqt ajrating. Tilni aynan dasturlash uchun maxsus o’rganish haqida ham o’ylab ko’ring.

@doston_dev
Dasturlash kurslarini o'rganishda nimalarga e'tibor qaratish kerak deb o'ylaysiz ???
Anonymous Poll
80%
Mentorga (o'qituvchiga)
5%
Albatta narxiga
4%
Joylashgan o'rniga
11%
Boshqa xususiyatiga (nomini izohda qoldiring)
IT bozori borgan sari yiriklashmoqda

📈 Research And Markets analitiklari ma'lumotlariga ko'ra, 2021-yilda Global IT bozorining hajmi 8,3 trln dollarga teng bo'lishi kutilmoqda. Shuningdek, prognozlarga ko'ra, 2022-yilda bu ko'rsatkich 9% ga yuqorilab, 11,8 trln dollarni tashkil etishi mumkin.

IT'ning AI (sun'iy idrok), VR (virtual reallik), IoT (Internert of Things) yo'nalishlari tobora trendga aylanib bormoqda.

💰2021-yilda IT-xizmatlar sohasi hajmining o'zi 1 trln dollardan oshdi. IT'ning yana bir katta sohasi Communication servislar, ya'ni aloqa xizmatlarida ushbu ko'rsatkich 1,3 trln dollarga yetdi.

Shunday bir zamonda IT-mutaxassislariga, kuchli bilimga ega kadrlarga talab borgan sari oshaveradi. Oldinlari IT-kompaniyalar mutaxassislarni mahalliy sharoitlardan kelib chiqib yoki o'z hududidan qidirgan bo'lsa, hozirda global IT ishchi bozorida bunday devorlar yo'q va kompaniyalar kadrlarni butun dunyo bo'ylab izlamoqda, qabul qilmoqda.

💡Yurtimizda ham IT'ni har tomonlama rivojlantirish va global bozorda o'z o'rnimizga ega bo'lish vaqti kelmadimikan?

@doston_dev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#html
#css
#amaliyot

🗂 HTML va CSS orqali rasmli elementning hover holatiga ajoyib animatsion effektni hosil qilamiz ...

@doston_dev
Qiziqarli qisqa savol-javob

Animationlarni e'lon qilish uchun ishlatiladigan property nomini toping ???
Anonymous Quiz
38%
keyframes
25%
media
6%
font-face
30%
animation
🌀 JavaScript darslari | String search (14-dars)

Assalom-u alaykum hurmatli obunachilar !!!

Bugungi video darsimizda juda ham ko'p ishlatiladigan satrlarni qidirish operatolari bilan tanishib chiqamiz.

👉 Videoga o'tish


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
Google,Facebook va boshqa yetakchi kompaniyalar muhandislari bilan intervyularda tushgan Leetcode masalalardan birgalikda YouTube da video darslik sifatida ishlab joylab bormoqchiman.Siz qanday fikrdasiz ???
Anonymous Poll
79%
Ha albatta bu juda ham qiziq
21%
Tezroq JS ni tugatib React boshlagan yaxshiroq
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#html
#css
#amaliyot

🗂
HTML va CSS orqali after va before pseudo classlari yordamida ajoyib hover effektni hosil qilamiz ...

@doston_dev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#html
#css
#amaliyot

🗂 HTML va CSS orqali button uchun ajoyib hover effektni hosil qilamiz ...

@doston_dev
Qiziqarli qisqa savol-javob

Transform property sini scale qiymatini nima vazifa bajaradi???
Anonymous Quiz
31%
Elementni harakatlantiradi(X,Y o'qi bo'yicha)
22%
Elementni aylantiradi(buradi)
47%
Elementni o'lchamini o'zgartiradi(kattalashtiradi,kichiklashtiradi)
Forwarded from Cosmos Academy
​​🔥 Yangi yilni yangi kasbni o'rganib qarshi oling!

Hozirda talab ortayotgan dasturlash sohalarini birini o'rganib, yaxshi dasturchi bo'lishni istaysizmi?

Unda Cosmos akademiyasiga marhamat! Ushbu akademiyada siz tajribali mentorlar qo'l ostida o'zingiz qiziqqan dasturlash sohasini o'rganishingiz mumkin bo'ladi!

Hozir akademiyadagi barcha kurslarga 31-dekabrgacha 10% foizlik chegirma ketmoqda!

👨🏻‍💻 Administrator:
@cosmos_academy_admin

📱 Tel: +998939141131

📍 Manzil: Olmazor tumani, Universitet ko'chasi
https://cutt.ly/mYKMWeb

Mo'ljal: Korzinka orqa tomonida

Kanal: 👉 @cosmos_it_academy
Cosmos Academy
​​🔥 Yangi yilni yangi kasbni o'rganib qarshi oling! Hozirda talab ortayotgan dasturlash sohalarini birini o'rganib, yaxshi dasturchi bo'lishni istaysizmi? Unda Cosmos akademiyasiga marhamat! Ushbu akademiyada siz tajribali mentorlar qo'l ostida o'zingiz…
Assalomu aleykum hurmatli obunachilar!!!

Bu reklama emas shunchaki tavsiya! Bu yerda tajribali mentorlardan bilim olishingiz mumkun.Sifatli ta'lim olishni xoxlaysizmi demak Cosmos Akademy aynan siz uchun (ha aytgancha Frontend kurslaridan o'zim ham dars o'tishni rejalashtiryapman)
#foydali_manba

Doka - veb ilovalarni ishlab chiquvchi uchun dokumentatsiya

Bu veb ishlab chiquvchiga kerak bo'lgan deyarli barcha ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ochiq kodli loyiha. Unda HTML teglarining tushuntirishlari, CSS uslublari bilan ishlash va JavaScript ni o'rganish uchun misollar, shuningdek, foydali vositalar va maqolalar mavjud.

@doston_dev
🌀 JavaScript darslari | Amaliyot (15-dars)

Assalom-u alaykum hurmatli obunachilar !!!

Bugungi video darsimizda JavaScript da string metodlari ustida amaliy darsimizni davom ettiramiz. Dars davomida bir nechta qiziqarli masalalarni birgalikda ishlaymiz.

Darsimiz foydali bo'ladi degan umiddaman...

👉 Videoga o'tish


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
#foydali_manba
#javascript

Spacing JS

Veb sahifadagi elementlar orasidagi masofani o'lchash uchun yordamchi JavaScript dasturi. Bu faqat ishlab chiqish vaqtida foydalanish uchun mo'ljallangan.

@doston_dev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#carousel
#amaliyot

🗂 Navbatdagi amaliyotimizda Swiper Carousel dan foydalangan holda web sahimizda carousel hosil qilishni ko'rib o'tamiz ...

@doston_dev
Forwarded from MFaktor.uz
MFaktorda ovozli suhbat #3

⚡️ 16-dekabr (bugun) kuni, soat 21:00 da MFaktor telegram kanalida ovozli suhbat boʻlib o'tadi.

Ovozli suhbat mavzusi: “Pul, g'oya, jamoa - Startap'ning asosi nimada?”

😎 Spikerlar:

— Laziz Adhamov - SAP Uzbekistan direktori va Book Cafe asoschisi
— Akmal Paiziev - My Taxi va Express24 asoschisi
— Firuz Allayev - Asaxiy asoschisi

Mavzu yuzasidan o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarni shu post ostidagi izohlarda qoldirishingiz mumkin.

🎙 Ushbu suhbatimiz yanada qiziqarli boʻlishi uchun doʻstlaringizni ham taklif qilishni unutmang!

Suhbat vaqti: 16-dekabr, soat 21:00da

Ovozli suhbatga qo'shilish uchun havola:
https://t.me/MFaktorUz?livestream

@MFaktorUz
#foydali_maslahat

⚡️Frontend dasturchi sifatida karyera haqida o'ylashingiz kerak bo'lgan 6 ta sabab ...

@doston_dev