Doston Dev | IT BLOG
172 subscribers
177 photos
26 videos
3 files
220 links
🗂 Frontend endi siz o'ylaganchalik uzoqda emas!

💻 Frontend Dasturlash bo'yicha bepul video darslar va foydali IT bloglar sahifasi

🔴 YouTube: youtube.com/DostonRajabov

👥 Muhokama uchun guruh: @doston_dev_chat

Murojaat uchun: @rajabov_doston
Download Telegram
😇 Endi fontlar topish siz uchun muammo bo'lmaydi

Bugungi postimizda siz uchun bepul fontlar bazasiga ega 4 ta ajoyib saytni taqdim etaamiz. 😇 Endi
kontentingiz uchun muqobil font topish
siz uchun muammo bo'lmaydi.

1️⃣ Fontshare.com

Mazkur sayt ajoyib dizaynga ega va turli shaxsiy va tijoriy maqsadda ishlatishga mo'ljallangan fontlar bazasiga ega.

2️⃣ Fontesk.com

Shriftlarni kategoriyalarga bo'lib qidirayotgan bo'lsangiz yoki aynan qanday turdagi font qidirayotganiningizni o'zingiz bilmasangiz, Fontesk siz uchun ayni muddao. Saytda yuzlab fontlar turli kategoriyalar bo'yicha tushunarli tartiblangan.

3️⃣ Fontspark.app

Logotiplar yoki biror bir so'z uchun shrift qidirayabsizmi? Unda Fontspark.app siz uchun ideal servis. Bunda siz o'z so'zingizni yozib, sayt tomonidan random tarzda shrift olishingiz mumkin va bunda shriftni cheklanmagan marta almashtirib ko'ra olasiz.

4️⃣ fonts.google.com

Ushbu servisga ortiqcha izoh berish shart emas😇 Shunchaki Google tomonidan yaratilgan ulkan fontlar bazasiga yuqoridagi link bo'yicha kiring va o'zingizga kerakli fontlarni tanlang😉


〽️anba: AIF IT SCHOOL

@doston_dev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#foydali_link
#api

Public API 💻

📌 Public API - filmlar, musiqalar, ochiq ma’lumotlar va boshqalar uchun bepul umumiy API to‘plamini taqdim etuvchi dasturchilar veb-saytidir. U yerda oʻz APIʼlaringizni ham qoʻshishingiz mumkin. ✍🏻

@doston_dev
🌀 JavaScript darslari | String methods (13-dars)

Assalom-u alaykum hurmatli obunachilar !!!

Bugungi video darsimizda eng ko'p ishlatiladigan String methods lari bilan tanishib chiqamiz !!!

👉 Videoga o'tish


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
Qiziqarli qisqa savol-javob

Bootstrap 5 da ms-5 classi nima vazifa bajaradi ???
Anonymous Quiz
24%
Chapdan 1rem
31%
Yuqoridan 3rem
31%
Chapdan 3rem
14%
Yuqoridan 1rem
Sizningcha dasturlashni qanday muhitda o'rgangan yaxshi ??
Anonymous Poll
28%
Online (zoom yoki video darslar)
72%
Onsite (biror bir o'quv markaziga borib)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kredit karta to'lov shakli 💳

🚀 Kredit karta shakli silliq va yoqimli mikro o'zaro ta'sirga ega.

Kiritilgan raqamni formatlash, autentifikatsiya va karta turini avtomatik aniqlashni oʻz ichiga oladi. 📱

👉 Kod linki

#css #js #kredit kartasi #css_animation

@doston_dev
🗂 JavaScript

JavaScript 1995-yil o'z faoliyatini boshlagan. Facebook veb va mobil dasturlarni ishlab chiqish uchun React & React Native fremworklarini ishga tushirganida, JavaScript eng sevimli ommaviy tilga aylandi. JavaScript dinamik xarakterga ega bo'lib, mijoz tomonidan kodni tuzishni talab qilmaydi va NPM kabi o'z paket menejerlariga ega.

JavaScript ham OOPS, ham funktsional dasturlashni qo'llab-quvvatlaydi va bu professional va doimiy ishlab chiquvchilar orasida eng afzal ko'rilgan texnologiyadir.

JavaScript etuk va barqaror tildir. JavaScriptni ishlatish juda oson, ko'plab fremworklar va onlayn kutubxonalarga ega, shuning uchun ishlab chiquvchilar dasturlarni tezroq ishlab chiqish uchun mavjud koddan foydalanishlari mumkin. Biroq, JavaScript sintaksisini o'rganish uchun umuman dasturlash bo'yicha asosiy texnik bilimlarga ega bo'lishimiz kerak.

Kodni almashish va tarqatish uchun ishlab chiquvchilarga ehtiyoj borligi sababli, minglab JS to'plamlari Internetda mavjud. Mavjud paketdan va ishlab chiquvchilar tajribasidan foydalangan holda, yangi ishlab chiquvchilar uchun JavaScript dasturlash tilini o'rganish va qabul qilish oson kechadi.

JavaScriptda son-sanoqsiz kutubxonalar va fremworklar mavjud, ammo ularning hammasi ham bir xil darajada yaxshi emas. Shuningdek, JavaScriptning yangi fremworklari muntazam intervaldan keyin chiqadi, shuning uchun ishlab chiquvchilar doimo yangi fremworklarni o'rganishlari kerak, bu esa ularning samaradorligiga to'sqinlik qiladi.

Agar siz JavaScriptni o'yin, Desktop, mobil va veb-ilovalarni ishlab chiqish bilan bog'liq deb bilsangiz, bu erda yanglishasiz. Bu til orqali ko'plab ishlar amalga oshirsa bo'ladi va xattoki Arduino qurilmalariga dasturlar ishlab chiqarish mumkin.

Javascript veb-brauzerlar uchun mijoz tomonidan skript yozish tili sifatida juda mashhur. Har qanday veb-ilovada javascript yordamida tasvirlarni ko'chirish kabi oddiy funktsiyalarni amalga oshirish, shuningdek ajax yordamida serverga asenkron so'rovlar yuborish mumkin.

🎯 JavaScriptning asosiy xususiyatlari:

🟡 Brauzerni qo'llab-quvvatlash : Barcha brauzerlar JavaScript-ni skript tili sifatida qabul qiladi va qo'llab-quvvatlaydi.

🟠 Funktsional dasturlash tili: Javascriptda funktsiyani boshqa har qanday ma'lumotlar turlari kabi o'zgaruvchiga berish mumkin. Nafaqat u, balki funktsiya boshqa funktsiyani parametr sifatida qabul qilishi va funktsiyani qaytarishi hamda nomsiz funktsiyalarga ega bo'lishi mumkin.

🔴 Ham mijoz, ham server tomonida foydalanish mumkin: JavaScript brauzerning Document ob'ekt modeli (DOM) ga kirish huquqiga ega, bu yerda veb-sahifalarning tuzilishini ish vaqtida o'zgartirishingiz mumkin. Shu sababli, javascript veb-sahifalarga turli effektlarni qo'shish uchun ishlatilishi mumkin. Shuningdek, javascript server tomonida ham ishlatilishi mumkin.

🟢 Ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash(OOP): Javascript - bu ob'ektga yo'naltirilgan til, javascriptning ob'ektlar va meros bilan ishlash usuli Java kabi odatiy ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash tillaridan bir oz farq qiladi. Shu sababli, javascript o'rganish va foydalanishda oddiy bo'lib, ob'ektga yo'naltirilgan tushunchalarning aksariyatini qo'llab-quvvatlaydi.


JavaScript bilan birlashtirilgan vositalar:

Auth0 - sizning ilovalaringiz yoki API laringiz uchun ma'lumotlarga asoslangan ro'yxatdan o'tish vositasi.
Ip - to'plam menejeri va NPM uchun yaxshi alternativ.
Gatsby JS - tezroq tezlikda React JS bilan veb-saytlar yoki ilovalarni yaratish uchun ochiq manbali fremwork.
Parcel - tezkor veb-dastur to'plami.
ESLint - mashhur JavaScript- tahlillovchisi .
Azure Cosmos JB - Microsoft tomonidan global tarqatilgan ma'lumotlar bazasi xizmati.
Algolia - qidiruv natijalarini yaratish uchun API.
Lodash - umumiy dasturlash vazifalari uchun yordamchi funktsiyalarni ta'minlaydigan kutubxona.
CircleCI - Mashhur doimiy integratsiya va etkazib berish platformasi.
Jetpack - Ishlab chiquvchilar uchun yanada qulayroq tajriba yaratish uchun veb-paketni o'zgartiradi.


@doston_dev
🗂 Satrlarni qidirish uchun JavaScript usullari

JavaScript bo'yicha navbatdagi darslarimiz "Satrlarni qidirish uchun JavaScript metodlari" ga bag'ishlanadi.


Bizni kuzatishda davom eting !!!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
👨‍💻Dasturchi uchun ingliz tili nega kerak (1-qism)

Dasturchi bo’lishni istagan har bir kishi ingliz tilini bilishi shart. Ozmi-ko’pmi tajribali dasturchi sifatida ingliz tilining ahamiyati dasturlash kasbida qanchalik muhim ekanligini eslatib qo’ymoqchimiz. Albatta, ushbu maqolada web dasturlash yo’nalishiga ko’proq urg’u beriladi. Dasturchi uchun ingliz tili quyidagi sabablarga ko’ra o’ta ahamiyatli hisoblanadi.

🟣 Dasturlash to’liq ingliz tilida

Bugungi kunda har qaysi zamonaviy dasturlash tiliga e’tibor bersangiz, uning asosida ingliz tili borligini ko’rasiz. Barcha kodlar ingliz tilida, atamalar ingliz tilidan olingan, dasturlashda yordam beruvchi har qanday ma’lumotlarning eng mukammali ingliz tilida yozilgan. Siz qaysidir dasturlash tilida birinchi o’ringa chiqishni istasangiz, professionallikka intilsangiz albatta ingliz tilini o’rganishingiz shart.

🟠 Muloqot doirangiz kengayadi

Dasturlashning katta qismi savollarga javob topish bilan bog’liq. Faqat o’zbek tilini bilsangiz, savolingizni faqat o’zbeklardan so’rashingiz mumkin. Rus tilini ham bilsangiz, muloqot doirangiz bir oz kengayishi mumkin. Ammo ingliz tilini yaxshi bilsangiz, butun dunyo dasturchilari bilan fikr almashish, ulardan yordam olish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Bu esa savollaringizga javob topish, jumboqlaringizning yechimini optimal hal qilishingizda yordam beradi.

🔴 Zamon bilan hamnafas bo’lasiz

Har qaysi dasturlash tili, yoki dasturga aloqador mukammal yo’riqnoma albatta birinchi bo’lib ingliz tilida chop etiladi. Uni ma’lum bir vaqtdan so’ng boshqa tillarga tarjima qilishlari mumkin, ammo eng birinchi chiqadigan, tez-tez yangilanadigan va eng ishonchli manbaa faqat ingliz tilida bo’lib qoladi. Bu tilni mukammal o’rgansangiz, o’qiganingizni tushuna olish darajasida egallasangiz, taqdim etilgan eng yangi yo’riqnomalarni, maqola va yangiliklarni birinchilardan bo’lib o’qish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Ingliz tilini bilgan dasturchilar tarjimonlarni kutib yashamaydi.

🟡 Dasturchi uchun ingliz tili

Sizga bu til dasturlash uchun kerak. Shunday ekan, tilning faqat dasturchilar uchun kerakli tomonlarini o’rgansangiz kifoya. ESP (English for Specific Purposes) yordamida aynan dasturlashga yo’naltirilgan, dasturchilar uchun mo’ljallangan ingliz tilini tez va osonlik bilan o’rganib olishingiz mumkin. Shifokorlar uchun, iqtisodchilar uchun, huquqshunoslar uchun alohida ingliz tili metodologiyasi bo’lgani kabi, dasturchilar uchun ingliz tilini o’rgatishning alohida usullari mavjud. O’zingizga eng kerakli kurs bilan tilni oson egallashingiz mumkin.

🟢 Xorijda ishlash imkoniyati

Hindistonliklar ikkinchi tili ingliz tili bo’lganligi sababli aynan dasturlash sohasida dunyo bo’ylab xorijda eng ko’p ishlayotgan xalq hisoblanishadi. Ularni ingliz tilidagi bilimlari xorijga olib chiqa olgan. Juda zo’r dasturchi bo’lsangiz-u ingliz tilini bilmasangiz, xorijda ishlash imkoniyatlaringiz yarmidan ko’piga kamayadi. Ingliz tilida yaxshi muloqot qila olgan boshlovchi dasturchilar esa aksincha – kam tajribasi bilan ham xorijda ish topish imkoniyatini ko’proq qo’lga kiritishi mumkin.

Tilni o’rganish qiyinchiliklari sizni to’xtatib qolmasin. Dasturlash kasbini tanlagan ekansiz, ingliz tilini o’rganish uchun alohida vaqt ajrating. Tilni aynan dasturlash uchun maxsus o’rganish haqida ham o’ylab ko’ring.

@doston_dev
Dasturlash kurslarini o'rganishda nimalarga e'tibor qaratish kerak deb o'ylaysiz ???
Anonymous Poll
80%
Mentorga (o'qituvchiga)
5%
Albatta narxiga
4%
Joylashgan o'rniga
11%
Boshqa xususiyatiga (nomini izohda qoldiring)
IT bozori borgan sari yiriklashmoqda

📈 Research And Markets analitiklari ma'lumotlariga ko'ra, 2021-yilda Global IT bozorining hajmi 8,3 trln dollarga teng bo'lishi kutilmoqda. Shuningdek, prognozlarga ko'ra, 2022-yilda bu ko'rsatkich 9% ga yuqorilab, 11,8 trln dollarni tashkil etishi mumkin.

IT'ning AI (sun'iy idrok), VR (virtual reallik), IoT (Internert of Things) yo'nalishlari tobora trendga aylanib bormoqda.

💰2021-yilda IT-xizmatlar sohasi hajmining o'zi 1 trln dollardan oshdi. IT'ning yana bir katta sohasi Communication servislar, ya'ni aloqa xizmatlarida ushbu ko'rsatkich 1,3 trln dollarga yetdi.

Shunday bir zamonda IT-mutaxassislariga, kuchli bilimga ega kadrlarga talab borgan sari oshaveradi. Oldinlari IT-kompaniyalar mutaxassislarni mahalliy sharoitlardan kelib chiqib yoki o'z hududidan qidirgan bo'lsa, hozirda global IT ishchi bozorida bunday devorlar yo'q va kompaniyalar kadrlarni butun dunyo bo'ylab izlamoqda, qabul qilmoqda.

💡Yurtimizda ham IT'ni har tomonlama rivojlantirish va global bozorda o'z o'rnimizga ega bo'lish vaqti kelmadimikan?

@doston_dev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#html
#css
#amaliyot

🗂 HTML va CSS orqali rasmli elementning hover holatiga ajoyib animatsion effektni hosil qilamiz ...

@doston_dev
Qiziqarli qisqa savol-javob

Animationlarni e'lon qilish uchun ishlatiladigan property nomini toping ???
Anonymous Quiz
38%
keyframes
25%
media
6%
font-face
30%
animation
🌀 JavaScript darslari | String search (14-dars)

Assalom-u alaykum hurmatli obunachilar !!!

Bugungi video darsimizda juda ham ko'p ishlatiladigan satrlarni qidirish operatolari bilan tanishib chiqamiz.

👉 Videoga o'tish


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram