Doston Dev | IT BLOG
172 subscribers
177 photos
26 videos
3 files
220 links
🗂 Frontend endi siz o'ylaganchalik uzoqda emas!

💻 Frontend Dasturlash bo'yicha bepul video darslar va foydali IT bloglar sahifasi

🔴 YouTube: youtube.com/DostonRajabov

👥 Muhokama uchun guruh: @doston_dev_chat

Murojaat uchun: @rajabov_doston
Download Telegram
🗂 HTML, CSS, JavaScript va Backend nima

Ushbu savollarga javobni avtomobil misolida yuqoridagi sur'atlar orqali ko'rib chiqamiz.

👉 @doston_dev
#foydali_kod
#html
#css
#animation

Sof CSS o'tish (toggle) tugmalari | ON-OFF kalitlari (Switches)


👉 Kod linki

@doston_dev
🌀 JavaScript darslari | HELLO WORLD (2-dars)

Bugungi JavaScript darslarimizning navbatdagi darsida birinchi js kodimizni birgalikda yozamiz va console nima ekanligi va unda ma'lumotlarni chiqarish bilan tanishamiz.

👉 Videoga o'tish


〽️ Biz siz uchun darslarni tayyorlamoqdamiz. Siz ham bizni qo'llab quvvatlab yuborasiz degan umiddamiz !!!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
#foydali_kod
#html
#css
#animation

CSS da ajoyib border transitionlari (CSS border transitions)

👉 Kod linki

@doston_dev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗂 Frilanser kim

So’ngi vaqtlarda “frilans” termini juda mashxur bo’lib bormoqda – internetda pul ishlayman degan odam, bir marotaba bo’lsa ham bu so’zni eshitgan. Lekin u haqida hamma har xil tushunchaga ega. Yuqoridagi videoda siz frilanserlar kimligi haqida juda sodda va aniq ma'lumotlar orqali ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

📺 YouTube orqali ko'rish:
youtube.com/watch?v=jMLdBFaopl0&t=44s

👉 @doston_dev
#tavsiya
#tanlov

Bepro va Amity universiteti hamkorligida 12-14 noyabr kunlari StudentHack2021 - hakaton musoboqasi o'tkazilmoqda !!!

Bosh mukofot Dubayga sayohat !!!

Tanlovda individual yoki jamoa sifatida ham ishtirok etishingiz mumkin.

Ikki narsa talab qilinadi:
1) Ro'yxatdan o'tish
2) G'alaba qozonish

Hammaga omad!

👉
@doston_dev
🗂 O'zgaruvchi (VARIABLE) va qiymat (VALUE) nima

O’zgaruvchi
- bu turli xil ko’rinishdagi ma’lumotlarni o’zida saqlab turuvchi va dastur ishlash davomida qiymati o’zgarib boradigan konteynerdir.

🗑 O’zgaruvchining nomi va qiymatlari bo’ladi. O’zgaruvchining nomi orqali qiymat saqlanayotgan xotira qismiga murojaat qilinadi. Programma ishlashi jarayonida o’zgaruvchining qiymatini o’zgartirish mumkin. Har qanday o’zgaruvchini ishlatishdan oldin, uni e’lon qilish lozim.

🛢 Tushunish qiyin bo’lganduraa? Kayfiyatni cho’ktirmaymiz. Keling berilgan iboralarga, hayotiy misol orqali o’xshatish berib ko’ramiz: Tasavvur qiling sizning uyingizda omborxona bor. Tabiiyki u yerda , kundalik yumushlaringizda foydalanadigan ishchi qurollar va oyingiz tayyorlagan kampot-u qiyomlar saqlanadi. Kampot shirin bo’lganidan yozning jazirama issig’ida zo’r ketadi va ombor ham asta-sekinlik bilan bo’shashni boshlaydi. Lekin omborga kirib, uni ochmaguningizgacha qishin – yozin turaveradi. O’zgaruvchilar ham bir ombor hisoblanadi. Ular ham o’zida ma’lum bir toifaga oid qiymatlarni saqlab boradi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak dasturlashda qiymat bu kichik malumot bo'lagi, o'zgaruvchi esa uzida qiymatlarni saqlaydigan konteyner hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
🌀 JavaScript darslari | O'zgaruvchi va qiymat (3-dars)


👉 Videoga o'tish


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
Xayrli kech hammaga !!!
Qiziqarli qisqa savol-javob
ruknini davom ettiramiz. HTML sahifasi uchun sarlavhani belgilaydigan (u brauzerning sarlavha satrida ko'rsatiladi) HTML teg qaysi ?
Anonymous Quiz
61%
<title>
20%
<html>
10%
<head>
10%
<h1>
#foydali_kod
#html
#css
#animation

Input Focus & Placeholder Effects

👉
Kod linki

@doston_dev
🗂 Javascriptni o‘rganish uchun 10 ta eng yaxshi web-sayt

Javascript - web-saytning dinamikasi va ba’zi animatsiyalari uchun kerak.
Web-dasturlashda Javascriptning o‘rni juda muhim. Quyida esa Javascriptni o‘rganishda siz uchun foydali bo‘lgan ba’zi manbalarni keltiramiz.:

1- W3schools - w3schools.com

Ushbu web-sayt dasturlash, programmalashtirish, dasturiy ta’minotni yaratishni o‘rgatishni eng birinchilardan bo‘lib yo‘lga qo‘ygan saytlardan biri. O‘rgatish uslubi juda yaxshi. Saytdagi ma’lumotlar qadam-baqadam, kichik detallar bilan tushuntirilgan.

2- Codeacademy - www.codecademy.com

Bu saytdagi o‘rgatuvchilar o‘ziga xos va interaktiv metodga ega bo‘lib, darslar boshlang‘ich darajadan murakkab darajagacha o‘rgatiladi. Men ushbu kursni o‘rganishingizni tavsiya qilgan bo‘lardim.

3- Learn javascript - learnjavascript.online

Bunda Google dasturchilaridan biri tomonidan yaratilgan Javascript o‘quv saytini ko‘rishingiz mumkin. Ushbu veb-sayt sizga bepul 40 ta kursni taklif qiladi.
Shuningdek, Flashcard dasturi kabi o'rganish uchun ma'qul bo'lgan kodli-loyihalar qo'llanmalarini ham topishingiz mumkin.

4-
Javascript.info

Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, ushbu web-sayt faqat Javascriptni o‘rgatishga qaratilgan.

5 — Code Mentor - www.codementor.io

Ushbu veb-sayt Javascript bilan birgalikda boshqa dasturlash tillarini ham interaktiv yo‘l bilan o‘rgatadi.
Siz nafaqat Javascriptni, balki Ajax, JQuery, Angular va JSON larni ham o‘rgana olasiz.

6- Udemy - www.udemy.com

Udemy bugungi kunda juda mashhur bo'lib bormoqda. Bu yerda Javascript haqida topishingiz mumkin bo'lgan ko'plab o'quv qo'llanmalari mavjud. Shuning uchun tanlov biroz qiyin bo'ladi. Lekin siz u yerda o‘qituvchi topib, uning tavsiyalari asosida yaxshi o‘rganishingiz mumkin.

7- Edx - www.edx.org

Edx sizga bir nechta bepul kurslarni, jumladan, turli xil universitetlar tomonidan tayyorlangan Javascript kurslarini taklif qiladi.

8- Coursera - www.coursera.org

Coursera - bu Stenford professorlari tomonidan ishlab chiqilgan o'quv web-sayti.
Ushbu onlayn kurslarda London, Michigan singari ko‘plab universitetlar tomonidan darslar joylangan. Bular bepul va pullik onlayn kurslar bo'lib, barcha darajalarga: yangi boshlovchilar, o‘rta daraja va hatto yuqori darajadagi dasturchilarga ham mo‘ljallangan.
Pulli kurslarning ba'zilari esa sizning LinkedIn ga o‘xshash profillaringizda foydalanishingiz mumkin bo'lgan sertifikatlarni berishadi.

9 — MDN - developer.mozilla.org

MDN (Mozilla Developer Network) asosan dasturchilarga mo‘ljallangan. Shuning uchun ham MDN dan foydalanuvchilarning ko‘pchiligi boshqa dasturlash tillarini ham bilishadi va uzoq vaqtdan beri dasturlash bilan shug‘ullanishadi.

10 — Pluralsight.com

Internetda o‘rganish mumkin bo‘lgan eng yaxshi saytlardan biri. Chunki u yerda nafaqat web-dasturlash, balki mobil ilovalarni tuzish uchun ham ko‘plab materiallar mavjud. Siz nafaqat Javascriptni, balki Javascript kutubxonalari ReactJS, Angular, JQuery, NodeJS va boshqalarni ham o‘rgana olasiz.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
Qiziqarli qisqa savol-javob

Tegning ochilish qismida yozilib teg haqida qo'shimcha ma'lumot beradigan element nima ?
Anonymous Quiz
26%
Class
50%
Attributes
10%
Id
14%
Style
🗂 JavaScriptda o'zgaruvchilarni e'lon qilish (var, let, const)

Indentifikatorga biriktirilgan literal o‘zgaruvchi deb ataladi, ulardan dasturning keyingi qismida foydalanishingiz mumkin.

⚡️JavaScriptda o‘zgaruvchilarga hech qanday tip biriktirilmaydi. Biron-bir tipdaqi qiymatni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘zgaruvchiga boshqa tipdagi qiymatni bersangiz hech qanday xatolik yuz bermaydi va o‘zgaruchi yangi tipni o‘zlashtirib oladi. Shuning uchun JavaScriptni ba’zida tipizatsiyaga ega emas deyishadi. Ammo bu mutlaqo noto‘g‘ri, JavaScript tipizatsiyaga ega va u “dinamik tipizatsiya” qoidalari asosida ishlaydi.

⚡️O‘zgaruvchidan foydalanish uchun uni avval e’lon qilish kerak. JavaScriptda buni 3 xil usulda amalga oshirish mumkin: var, let yoki const kalit so‘zlari orqali. Bularning har biri turli maqsadlarda ishlatiladi.

🟢 var orqali e’lon qilish

ES2015 gacha var o‘zgaruchini e’lon qilishning yagona yo‘li bo‘lgan. Agar var so‘zini qo‘yishni unutsangiz, siz e’lon qilinmagan o‘zgaruvchiga qiymat berayotgan bo‘lasiz va natija siz kutgandek bo‘lmaydi. Zamonaviy muhitlarda yoki strict rejimi yoqilgan bo‘lsa, yuqoridagi holatda xatolik yuz beradi. Eski muhitlarda (yoki strict rejimi o‘chirilgan bo‘lsa), o‘zgaruvchini initsializatsiya qiladi va global obyektga biriktirib qo‘yadi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun, initsializatsiya — o‘zgaruvchiga dastlabki qiymatni o‘zashtirish jarayoni.

🟠 let orqali e’lon qilish

Yuqorida aytganimizdek, var blok ko‘rinish sohasiga ega emas. Bu muammoni hal qilish uchun ES2015 da let qo‘shilgan. let orqali e’lon qilngan o‘zgaruvchining ko‘rinish sohasi faqat o‘zi e’lon qilgan blokka hamda undagi ichki bloklargagina tegishli.

Zamonaviy dasturchilar, asosan, let dangina foydalanishmoqda, va var dan butunlay voz kechishmoqda.

Yana bir farqi, funksiya tashqarisida let orqali e’lon qilganizda, var dan farqli o‘laroq o‘zgaruvchini global o‘zgaruvchiga aylantirmaydi.

🟣 const orqali e’lon qilish

var yoki let yordamida e’lon qilingan o‘zgaruvchilar keyinchalik qiymatini o‘zgartirishi mumkin. const da e’lon qilingan o‘zgaruvchi initsializatsiya qilingandan keyin boshqa o‘zgarmaydi va uning qiymati o‘zgarmas qiymatga aylanadi, ya’ni konstantaga.
const a = ‘test’
a const ga istalgan literalni biriktirish mumkin. Yana bir jihati: agar a konstantaga obyekt biriktirilgan bo‘lsa, undagi funksiyalari orqali obyekt qiymatlarini o‘zgartirsa bo‘ladi.
const ko‘rsatkichni o‘zgartirmaslikni ta’minlaydi. Shuningdek, let kabi blok ko‘rinish sohasiga ega.
Zamonaviy dasturchilar dastur davomida o‘zgarmaydigan o‘zgaruvchilarni const da e’lon qilishni ma’qul ko‘rishadi, chunki bu keyiknchalik uchrashi mumkin bo‘lgan xatoliklarni oldini oladi.

👉 @doston_dev
🌀 JavaScript darslari | O'zgaruvchilarni e'lon qilish ( let, var, const) (4-dars)


👉 Videoga o'tish


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

👉 Telegram | YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM