Doctor's Mind 👩‍⚕️
1.03K subscribers
1.02K photos
103 videos
84 files
738 links
👩‍⚕️Vrach Dildora Karimovaning kitob blogi
📖Bu yerda faqat kitob va kitoblar olami haqida gaplashamiz.
Murojaat uchun: @Doc_Dildora

instagram.com/doctorsmind_books
Download Telegram
Man qaytdim🥳

Axir yangi olgan kitoblarimni, uyimizga yangi kelgan archamni maqtanishim kerakku)

Albatta hazil) Yozishga endi biroz vaqt topildi. Yozadigan fikrlarim, o’qib tugatgan kitoblarim ko’payib qolgan. Ular haqida yozib yengil bo’lib olishim kerak. Sekin-sekin post qilaman.

Bugungi olgan kitoblarimdan ko’nglim to’ldi. Ayniqsa, “Behalovat avlod” uchun ikki karra xursandman.

Har yili yangi yil oldi o’zimga o’zim kitob sovg’a qilish odatga aylangan.

@doctorsmind📖
🥰9❤‍🔥4🔥2💋21👍1
​​✍️Mark Levi
📖”Ikki olam aro”

Ba’zan nurni ko‘rish uchun zulmatni boshdan kechirish kerak”.

“Ikki olam aro” asari real hayot va biz yaxshi bilmaydigan mistik olam o’rtasidagi chegara haqidagi asar bo’lib, unda ruhiy bog’lanish, muhabbat, taqdir mavzulari oldingi o’rinlarda ifodalanadi. Mark Levi ushbu asar orqali hayot faqat nafas olishdan, muhabbat esa faqat romantikadan iborat emasligini aytmoqchi bo’ladi.
Asar bosh qahramoni aqlli, tig’iz hayot tarzida yashaydigan shifokor qiz Loren va tinchgina o’z hayotida yashayotgan, samimiy, insoniyligi yuqori darajada bo’lgan Artur ismli yigit. Taqdir ularni kutilmagan holat, vaziyat va olamda uchrashtiradi. Arturning hayotiga Lorenning kirib kelishi unga katta o’zgarishlarni
olib keladi. Endi qiyinchiliklardan o’zini olib qochishga emas balkim kurashishga o’tadi.

Asarda menga eng yoqqan fikrlardan biri shuki, sevgi - bu faqat tana, ya’ni qo’l tekkiza olish, quchoqlash orqali bir-birini his qilish emas, balkim ruhning yaqinligidir. Haqiqiy sevgi ruhni uyg’ota oladigan darajada kuchli. Shu bilan birgalikda, asarda mo‘jizaga ishonish va uning kutilmagan vaqtda kelishi g‘oyasi ham mavjud. Bu ham bejizga emas. Mark Levi ushbu asarni kasallikka chalinib umri oz qolgan onasiga umid berish maqsadida yozadi va bu orqali barcha o’quvchilarda umid va ishonchni uyg’otadi.

Asar qandaydir samimiy tilda bo’lib yengil o’qiladi, boshida o’qishga arzirmikan deb ham o’yladim. Keyin tushundimki, asar g’oyasi ajoyib. Asar asosida film ham suratga olingan bo’lib ma’lum darajada kitob ruhiyatini ochib bergan.

“Ikki olam aro” faqat sevgi hikoyasi emas, balkim - hayotning ma’nosi, kelajakka ishonch, mo’jiza, yo‘qotishlar va topishlar hamda insonning ruhiy jihatdan uyg‘onishi haqidagi ajoyib roman.
Mark Levi bizga shuni eslatadi: “Ba’zan mo‘jizalar biz o‘ylaganimizdan ham yaqin joyda bo‘ladi ya’ni yuragimizda”.

@doctorsmind📖
7🥰3😍2🤩1🍓1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Instagramda “uchib” ketgan videoyimni yubordim. Videoni ancha qiyinchilik bilan tayyorlagandim. Aktivlikni ko’rib qilgan mehnatimni biroz unutdim.

Video hozirda bo’layotgan “Van Gog bo’lmoq” ko’rgazmasi haqida.

Videoni ochishga eringanlar uchun instagramdan havola.
https://www.instagram.com/reel/DSJ4vF7jE3C/?igsh=aDhrY2hzNWJ0M3Nx

@doctorsmind📖
6👏3👍2🥰1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Derazaning raxidan qorni kuzatadi tuvakdagi gul.
Tashqarida yoqqanida qor, uyda kitob o'gigan ma'qul.

Rauf Parfi

@doctorsmind📖
🔥105❤‍🔥2🥰1🎉1
#new_book

“Huzur” nashriyotidan chiqqan navbatdagi yangi kitob manga ham yetib keldi. Judayam sifatli va chiroyli kitob bo'libdi.

@doctorsmind📖
6👍2🔥1🥰1👏1🎉1
Har yili yangi yil oldi albatta book.uz kitoblar do'koniga borishga harakat qilaman, chunki har safar bayramga katta tayyorgarlik ko’riladi, do’konda bayramona kayfiyat hukm suradi. Har safar bayramning kitobli archasi oldida rasmga tushaman. Arxivimda eski yillardagi archalarning rasmlari hali ham bor. Yaxshi xotiralarni eslatadi. Hattoki 2020-yil karantin vaqtida ham maska taqib borgan ekanman) Ayrim rasmlarni yubordim. Yildan-yilga archalar yanada chiroyli bo’lmoqda. Bu yilgisi ham juda ajoyib chiqqan.

@doctorsmind📖
❤‍🔥3🔥2👏2🎉2🥰1
Bular esa bugungi yangi mehmonlar)
“1984”ning grafik variantdagi kitobi eng sevimlisi bo’ldi. Chiqqanidayoq olaman deb rejalashtirgandim.

@doctorsmind📖
🔥32🥰2🎉1