Doctor's Mind 👩‍⚕️
1.02K subscribers
1.02K photos
103 videos
84 files
738 links
👩‍⚕️Vrach Dildora Karimovaning kitob blogi
📖Bu yerda faqat kitob va kitoblar olami haqida gaplashamiz.
Murojaat uchun: @Doc_Dildora

instagram.com/doctorsmind_books
Download Telegram
#sovga

Tug’ilgan kunim kelishiga hali 2 kun bor bo’lishiga qaramasdan sovg'alar olishni boshladim😍

@doctorsmind📖
9🥰5🤩2👏1
#new_books

Tug’ilgan kunimga “Oqsoch hikoyasi” yetib keldi. Kitobni o’zim olganman, gullar sovg’a)
@diyoras_blog gullar uchun rahmat)

@doctorsmind📖
7😍4❤‍🔥2🔥2🥰1
Gullar bilan boshlanib, gullar bilan yakunlangan kunim bilan endi bir yildan keyin uchrashaman)
Gullar qorong’ida ham chiroyliligicha qolaveradi.

@doctorsmind📖
9🥰4👍1
Telefoningizning ekranlariga shunaqa go'zallik olib keldim))

Afsuski, hozir kitob haqidagi fikrlarimni yozishga vaqtim ham, energiyam ham qolmadi. Bor kuchimni konferensiyaga berib keldim) Tan olishim kerak, tibbiyot sohasida ilmiy ish qilish boshqa sohalarga qaraganda ancha qiyin ekan. Boringizni berishingiz kerak.

Hozircha, shunaqa kadrlarni berib turaman) O’zim uchunam esdalik.

@doctorsmind📖
8🥰1👏1
Har kuni, ba’zan esa 2-3 kun oralig’ida shu ayol bilan bitta metro vagoniga chiqib qolaman. Har safar kitob o’qib ketayotgan bo’ladi. Man bilan bir xil bekatda tushib boshqa yo’nalishga o’tadi. Kitobni yopib tushish uchun tayyorlanayotganida qanday kitob o’qiyotgan ekan deb kitobning ustiga qarashga harakat qilaman. Asosan klassika o’qiydi. Ba’zan yonma-yon o’tirib qolaman, shunda kitob nomini osongina bilib olaman. Qoldirmasdan kitob o'qishiga qoyil qolmay ilojim yo’q.

@doctorsmind📖
18🥰4🔥3👍2
Hayotdagi eng muhim narsalar

Bir kuni professor darsga kelib, stol ustiga katta shisha banka qo‘ydi. Talabalar hayron qarab turishardi.
Professor hech narsa demasdan, stol tagidan bir nechta katta toshlar oldi va ularni bankaga joylashtira boshladi.
Barcha toshlar sig‘gach, u talabalariga qarab so‘radi:

— “Endi banka to‘ldimi?”
Talabalar bir ovozdan:
— “Ha, to‘ldi!” — deb javob berishdi.

Shunda professor yana bir idish oldi — ichida kichikroq shag‘allar (mayda toshlar) bor edi. Ularni bankaga solib, asta silkitdi. Shag‘allar katta toshlar orasidagi bo‘shliqlarga joylashdi.
U yana so‘radi:
— “Endi-chi, to‘ldimi?”
Talabalar kulib:
— “Ha, endi to‘ldi”, — deyishdi.

Professor jilmayib, uchinchi idishni oldi. Unda qum bor edi. U qumni bankaga to‘kdi, qum toshlar va shag‘allar orasidagi eng mayda bo‘shliqlarni ham to‘ldirdi.
U yana so‘radi:
— “Endi to‘ldimi?”
Talabalar kulishdi:
— “Ha, hozir esa butunlay to‘ldi!”

Shunda professor jiddiy ohangda dedi:
— “Bu banka sizning hayotingiz. Katta toshlar — bu siz uchun eng muhim narsalar: oilangiz, sog‘lig‘ingiz, yaqinlaringiz, orzularingiz.
Shag‘allar — bu ish, uy, mashina, tanishlar kabi ikkinchi darajadagi narsalar.
Qum esa hayotingizdagi mayda, ahamiyatsiz detallar — internet, ijtimoiy tarmoqlar, chalg‘ituvchi mayda ishlar.

Agar bankani avval qum bilan to‘ldirsangiz, toshlar uchun joy qolmaydi.
Hayotingizda ham shunday: agar vaqt va energiyangizni mayda narsalarga sarflasangiz, eng muhim narsalar uchun joy qolmaydi.
Shuning uchun har doim katta toshlarni birinchi joylashtiring. Qolganlari o‘z joyini topadi.”

Talabalardan biri hazil aralash so‘radi:
— “Ustoz, agar hozir bu bankaga bir chashka qahva quysak-chi?”
Professor kulib javob berdi:
— “Bu juda yaxshi savol. Hayot qancha band bo‘lmasin, do‘st bilan bir piyola qahva ichish uchun har doim joy topiladi.”
6👏2🥰1
Doctor's Mind 👩‍⚕️
Hayotdagi eng muhim narsalar Bir kuni professor darsga kelib, stol ustiga katta shisha banka qo‘ydi. Talabalar hayron qarab turishardi. Professor hech narsa demasdan, stol tagidan bir nechta katta toshlar oldi va ularni bankaga joylashtira boshladi. Barcha…
Bugun ertalabdan shu hikoya yodimga tushib qoldi. Oxirgi 1 haftam “Yo’q” deya olishni bilmaganim uchun shunday o’tibdiki, o’zim uchun, shaxsiy rejalarim uchun deyarli vaqt va imkonim bo’lmapti. Xuddi o'zimning ishim, oilam yo’qdek, boshqalarning har xil ishlariyu, o’zimga umuman aloqasi yo’q vazifalarni bo'ynimga olganim uchun vaqtim sovurilgani qoldi. Bosh og’riqlariyu, kerakmas ishlardan charchab bugun oxiri “Dod” devoray dedim. Boshim aylanib xonamni qulflamasdan kaliti bilan ochiq tashlab ketganim esa alohida mavzu)

Xullas, “Yo’q” deyishni o’rganish kerak, do’stlar))

@doctorsmind📖
💯42👍2
#taklifnoma

Kecha @bookuzbekistan’ning 7 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan tadbirga taklifnoma va sovg’a kitoblar olgandim. To’yga to’yona deganlaridek, 7 yillik uchun 17% lik chegirma joriy qilingan. Reja qilgan kitoblaringizni arzon narxlarda olishingiz mumkin. Bundan tashqari shunaqa chiroyli muhitda ham kitob o’qiysiz, ham fotosessiya qilib ketasiz. Rus va ingliz tilidagi kitoblarning turlari ham ko’paygan.

@doctorsmind📖
4🔥2🥰2
Forwarded from The Stranger
Mendan avval kimgadir tegishli boʻlgan kitobni yoqtirmayman. Kimdir eski kitob deydi bularni, kimdir arzon kitob, kimdir ikkinchi qoʻl kitob, sal noyobroq boʻlsa qimmat kitob ham deyiladi. Men esa oʻlik kitob deyman ularni.

Bukinistlardan deyarli kitob olmayman. Olsam ham oʻqimayman. Oʻqisam ham sevimliga aylanolmaydi. Nega?

Chunki egasi oʻlganida kitoblar ham oʻladi. Ozarbayjonlik bir yozuvchi kitoblar yangi eganing qoʻlida yangi hayot boshlaydi, deydi. Yoʻq, qoʻshilmayman. Buni avval kimgadir tegishli boʻlgan kitobni ushlab koʻrsangiz sezasiz. Ularda ruh yoʻq. Ular egasi bilan birga oʻlgan...

Shu uchun mendan keyin taqdiri nima boʻlarkin deb uydagi minglab kitoblarimdan xavotir olmayman. Ular ham oʻzim bilan ketadi.

@salimov_blogi
3🔥3🥰1
The Stranger
Mendan avval kimgadir tegishli boʻlgan kitobni yoqtirmayman. Kimdir eski kitob deydi bularni, kimdir arzon kitob, kimdir ikkinchi qoʻl kitob, sal noyobroq boʻlsa qimmat kitob ham deyiladi. Men esa oʻlik kitob deyman ularni. Bukinistlardan deyarli kitob olmayman.…
Man ham eski kitoblar bilan unchalik chiqisha olmayman. Yangi kitobni o’qishni boshlashni yoqtiraman. Talabalik vaqtimda ham kutubxonadan kitoblarni olayotganimda iloji boricha yangilarini tanlab olishga harakat qilardim. U vaqtlarda ya’ni 2012-2013-yillarda internetdan foydalanish ham qiyin edi. Shuning uchun ba’zan yangisi topilmaganda eski kitoblarni ham ko'zimga surtib o’qiganman) Hozirgi kunda imkoniyatlar cheklanmagan vaqtda doim yangi kitob o’qishga harakat qilaman.
🥰4
“Golden books” do'koni men uchun ancha qadrli bo'lib qolgan. Do’kon tarixi va kitob savdosi haqida foydali suhbat bo'libdi. Dam olish kunlarida eshitish uchun ajoyib variant. O’zim kecha eshitib chiqdim. Sizga ham tavsiya qilaman.

Izohda fikrlaringizni yozib qoldirishni unutmang, ha aytgancha videoni yaxshilab ko‘rsangiz sovg‘asi ham bor)


https://youtu.be/FaUFly-DjHQ?si=HAZQhddWDrMa2aVE
🔥72🥰1👏1
Man qaytdim🥳

Axir yangi olgan kitoblarimni, uyimizga yangi kelgan archamni maqtanishim kerakku)

Albatta hazil) Yozishga endi biroz vaqt topildi. Yozadigan fikrlarim, o’qib tugatgan kitoblarim ko’payib qolgan. Ular haqida yozib yengil bo’lib olishim kerak. Sekin-sekin post qilaman.

Bugungi olgan kitoblarimdan ko’nglim to’ldi. Ayniqsa, “Behalovat avlod” uchun ikki karra xursandman.

Har yili yangi yil oldi o’zimga o’zim kitob sovg’a qilish odatga aylangan.

@doctorsmind📖
🥰9❤‍🔥4🔥2💋21👍1