Doctor's Mind 👩‍⚕️
1.02K subscribers
1.02K photos
103 videos
84 files
738 links
👩‍⚕️Vrach Dildora Karimovaning kitob blogi
📖Bu yerda faqat kitob va kitoblar olami haqida gaplashamiz.
Murojaat uchun: @Doc_Dildora

instagram.com/doctorsmind_books
Download Telegram
#sovga

@qamarbooks’dan mangayam shunaqa sovg’a kitoblar va yangi do’kon ochilishiga taklifnoma keldi. Qamar books’ning bundan keyingi faoliyatiga omad tilab qolaman. Do’konlarining soni bundan ham ko’paysin!

@doctorsmind📖
8👍3🔥3❤‍🔥1🥰1👏1🎉1😍1
#new_books

Shanba va yakshanba kunlari doimgidek hech qaysi tadbirga bora olmadim) Doimgidek, ertasiga bir olam xaridlar bilan qaytdim)
Dam olish kunlari mandaka katta ro’zg’orli va katta oilali insonlar uchun eng busy, busy day, afsuski) Ish vaqtida dam ovolaman)
Sara Jioning yangi kitobini @goldenbooks_uz’dan oldim.

@doctorsmind📖
9🥰3👏2❤‍🔥1👍1🎉1🤩1
​​✍️Sara Jio
📖”Mart binafshalari”

"Buyuk sevgi vaqtga, yurak og'rig'iga va masofaga bardosh beradi. Va hatto hamma narsa yo'qolgandek tuyulsa ham, haqiqiy sevgi yashaydi”.

Sara Jio “Mart binafshalari” asarida ham o‘quvchini bir vaqtning o‘zida ikki davrga sayohat qildiradi. Muallif o‘tmish va hozirgi hayotni shunaqangi bog‘laydiki, go‘yo vaqt chegaralari yo‘qolgandek tuyuladi. Kitob sahifalarini varaqlarkansiz, o’zingizni go’yo ikki zamonda yashayotgandek his qilasiz. Asarda o‘tmishda yashiringan sirlar, tugallanmagan tuyg‘ular va uzoq yillar davomida yechilmay kelgan tugunlar hozirgi kun qahramonlari hayoti bilan birlashib ketadi. Aynan mana shu sirlar kitobxonni kitobni qo’ymasdan o’qishga, sirlarni bilishga undaydi. Shaxsan o’zim ham asarning kulminatsiyasiga tushib olgandan keyin kitobni qo’limdan qo’ymay tuni bilan o’qib tugatdim. Go’yo tezroq o’qimasam kalavaning uchiga yeta olmaydigandek hissiyot uyg’otdi.

Asardagi bosh qahramon obrazi bugungi kundagi hayoti bilan band bo‘lsa-da, tasodifiy topilma uni o‘tmishga yetaklaydi. Shu paytdan boshlab o‘tmishda yashab o‘tgan insonlarning taqdiri bilan hozirgi hayot voqealari o‘zaro birlashib ketadi. Qadimiy sirlar, yillar davomida yechilmagan tugunlar, yashiringan sehrli his-tuyg‘ular asta-sekin yuzaga chiqadi va hozirgi hayotda yangi qarorlar qabul qilishga va shu bilan birgalikda o’tmishdagi tugunlarni yechishga sabab bo‘ladi.

Ushbu roman faqatgina romantik hikoya emas. “Mart binafshalari” insonning yo’qotishlar, qayg’u va tushkunliklardan o’tib yana yorug’ kunda baxtli yashashga intilishi haqidagi asar. Unda birgina ayol qalbi, uning muhabbatining sadoqati, vaqtida to’g’ri qilingan tanlovning kuchi haqida ham chuqur fikrlar bor. Sara Jio kitobxonni hayotdagi eng arzimas deb o’ylangan detallari ham katta ma’no kasb etishini ko‘rsatib beradi. Shoshilinchda va jahl ustida qilingan qarorlar keyinchalik o’z zararimizga ishlashini tushuntiradi.

Asarga “Yurakka yaqin asar” deb ta’rif berilgan ekan. Balkim o’z hissiyotlarimizni tushunishga va his qilishga yordam bergani uchun ham yurakka yaqin asardir.

Kitobda tilga olingan “Yo’qotilgan yillar” asari esa qiziqishimni yanada oshirdi. Bosh qahramon boshqalarga berishni qizg’angan asar qanday ekan? Keyin o’ylab qoldim, meni ham boshqalar o’qishini xohlamaydigan, qizg’anadigan asarim bormikan?)

Kuzgi mutolaa zavqini his qilish uchun o’qishingizni tavsiya qilgan bo’lardim. Hech qanday spoylersiz taassurotlarimni yozishga harakat qildim. Tarjima va tahrir a’lo darajada. Hech qayerda to’xtamay oson o’qiysiz.

@doctorsmind📖
5❤‍🔥3🔥3👍2🥰1👏1🤩1😍1
#mutolaa

Shu kitobni iyul oyining oxirlarida o’qishni boshlagandim. 50 betlar o’qiganimdan keyin yana boshqa kitobni o’qishimga to’g’ri kelib qolgandi. Aniqrog’i, “Zafar darvozasi”ni boshlagandim. Uni ham deyarli yarmiga yetganimda sayohatga ketishim kerakligi tufayli chala qoldirdim) Hajmi katta kitob bo’lgani uchun o’zim bilan olib ketolmasdim. Keyin “Azal muhri”, “Ko’lmak suvda quyosh parchasi”, “Mart binafshalari” va sohamga oid bir nechta kitoblarni o’qib tugatdim.

Endi “Oqsoch hikoyasi” kelguniga qadar chala qoldirgan ikkala kitobimni ham tugatvolishim kerak🥲 Nimaga yangi kitoblar mani o’ziga bunchalik tortarkina?

@doctorsmind📖
7👍1🔥1🥰1🤩1
Endi ko’nglim to’q)

“Oqsoch hikoyasi”ni siz ham o’qigan bo’larmidingiz?

@doctorsmind📖
6🔥3🥰1
#new_books

Tandirdan uzilgan yangi kitoblarim)

@doctorsmind📖
10❤‍🔥6😍4🥰3👏2🎉1🤩1💋1
✍️Feya Moran
📖”Sen bir olam, men o’zga olam”

“Ba’zan sevgi bizni ikki olam orasida ko‘prik qurishga majbur qiladi. Chegaralar odamlar o‘rtasida emas, qalblar orasida bo‘ladi.”

Asar nomidan ko’rinib turganidek, yozuvchi kitobning ilk sahifalaridanoq bizni “ikki olam” orasidagi chegaralarga olib kiradi. Chunki asar markazida ikki xil dunyo vakili bo’lgan yoshlarning munosabati turadi. Albatta anglaganingizdek, ularning orasidagi munosabat faqatgina muhabbat bilangina cheklanmaydi, balki bu ikki olamning qadriyatlari, diniy qarashlari, dunyoqarashlarining ham to’qnashuvi sodir bo’ladi.
Yozuvchi personajlarning ruhiy kechinmalarini juda jonli ochib bergan. O’zimni asar ichida yurgandek his qildim. Dastlab o’smirlarning navbatdagi sho’xliklari yoritilgan navbatdagi asar deb ham o’yladim, lekin asar zamirida bundanda katta mavzular birin-ketin ochib beriladi. Bosh qahramon qiz Lamiya misolida o’zga jamiyat, o’zga din, o’zga dunyoqarashli insonlar orasida yashash, muomala qilish qanchalik og’irligini tushunasiz. Uning jasorati, o’zini himoya qilishi, e’tiqodiga sodiq qolishi, xuddi boshqalardek inson ekanligini isbotlashga harakat qilishini ko’rib uni yoqtirib ham qolasiz.

Lamiya o‘zining islomiy qadriyatlarini himoya qiladigan, e’tiqodini hech kim tushunmasa ham tashlab qo‘ymaydigan qiz. U atrofdagilarning bosimi, tushunmovchiligi va ba’zan keskin qarshiligiga qaramay, o‘z yo‘lidan chekinmaydi. Bu uning ichki kuchi va mustahkam irodasidan dalolat beradi. Qiyin vaziyatlarni ham shu irodasi va sabri yordamida yengib o’tadi. Asarni o’qish davomida shunday savollar hayolimdan o’tdi: “Haqiqiy sevgi insonning e’tiqodini o‘zgartirishi kerakmi yoki yo’q? Umuman olganda, muhabbatga erishish uchun e’tiqod to’siq bo’la oladimi?” O’zim ham ba’zan hayotda umuman boshqa olam insonlarining turmush qurganini ko’rib qolaman. Ba’zan o’z dinlarida qolganliklarini, ba’zan esa juftlarining dinini qabul qilganliklarining guvohi bo’lganman. Demak, sevgi uchun e’tiqod to’siq bo’la olmaydi.

Asarda shunday jumlalar bor: “Sevgi insonni zaif qilmaydi, aksincha, uning ishonchini sinovdan o‘tkazadi.” Lamiyaning hikoyasi orqali yozuvchi sevgi va e’tiqodning o‘zaro bog‘liqligini, bir-birini boyitishi yoki qarama-qarshi qo‘yilishi mumkinligini ko‘rsatib beradi. Haqiqiy kuch - bu o‘z qadriyatidan voz kechmaslik, o‘zligini asrab qolishdir.

Umuman, “Sen bir olam, men o’zga olam” - muhabbat, jasorat va e’tiqod haqida yozilgan samimiy, chuqur asar. Kitobni 1 kunda o’qib tugatdim. Kimlar uchundir bir martalik asar bo’lishi mumkin, lekin bu samimiy sevgi qissasini vaqt o’tib yana o’qib chiqishni xohlagan bo’lardim.

@doctorsmind📖
13🔥2❤‍🔥1🥰1🤩1😍1💋1
#tadbir

“Qamar” kitoblar do’konining Chorsu filialiga ko’p marta borganman. Kichkina bo’lsada ko’pgina kitoblar turini topish mumkin bo’lgan do’konlardan biri. Ertaga ana shu kichkina Chorsudagi do’kon yangilangan holatda qaytadan ochilarkan. Barchangizni taklif qilib qolaman.

@doctorsmind📖
8🥰2🔥1😍1
​​✍️Badriya al-Bishr
📖”Al-A’sho ko’chasidagi ishq qissalari”


“Bizning sevgimiz hech qachon ikki qalb o‘rtasida cheklanib qolmagan, balki butun bir jamiyatning nazari, hukmi va qarshiligi bilan yashashga majbur bo‘lgan.”

Asar nomini o’qiganimda dastlab hayolimga “Ming bir kecha ertaklari” kitobi keldi, xuddi shu asardek qisqa-qisqa hikoyalardan iborat kitob deb o’yladim, lekin uni ochganimdan keyin adashganimni tushundim. “Arabic booker” mukofotiga sazovor bo’lgan ushbu roman asosida serial ham ishlangan bo’lib, asar faqat ishqiy voqealardangina iborat bo’lmay arab dunyosidagi o’ziga xos muommolarni ham ochib bergan.

Asar nomini o’qiganimda bir nechta savollar paydo bo’ldi. Bilamizki, arab dunyosidagi ayollarning kiyinishlariga oid ma’lum bir talablar mavjud. Kitobda tasvirlanishi bo’yicha, ular ko’chada yuzlarini ham berkitib yurishlari shart, begona erkaklar bilan suhbatlashmasliklari kerak, lekin shunday bo’lsada asardagi har bir qizning o’z sevgan insoni bor. Ya’ni ta’qiq qanchalik kuchli bo’lsa, bo’ysunmaslik yoki qiziqish shunchalik darajada kuchli bo’ladi. Psihologlarda ham shunday fikr bor edi, adashmasam, agar qiz bola oilada otasi, akasi yoki ukasi, umuman olganda yaqinlarining mehrini his qilmay ulg’aysa yoki oilada erkak kishi bo’lmasa hayotidagi birinchi uchragan erkakka iahonadi va hattoki aldanib ketaveradi. Asarda ham shunga o’xshash holatlar mavjud. Qizlar doim ma’lum bir to’sqinlikda bo’lganliklari uchun ko’chada yoki boshqa biror joyda uchragan erkak ular uchun yangi olamdek tuyiladi. Balkim aynan taqqoslash bo’lmasligi uchun ham shu usul qo’llangandir, lekin vaqt o’tib bu insonning orzu qilingandek bo’lmasligi ularning hafsalasini so’ndiradi. Fikrimni biroz ifodalashga qiynaldim, misollar keltirish uchun vaqtimni qizg’andim)

Asar nomi bejizga “Al-A’sho” ko’chasining nomi bilan bog’lanmaydi. Bu ko’cha unda yashaydigan turli xil insonlarning taqdirlari, sevgi, orzu va iztiroblarini birlashtirib turuvchi ramziy bir makon. Bu ko’chada yashaydigan har bir insonning taqdiri kichik bir mozaika bo’lagiga o’xshaydi, bir nechta insonlarning taqdiri yig’ilib katta mozaikani ifodalab beradi. Anglaganingizdek, asar butun bir ko’chada yashovchilarning taqdirini yoritib beruvchi asar.

Yozuvchi asarda nafaqat yoshlarning romantik munosabatlarini ifodalaydi, balkim o’sha davr cheklovlari, insonlarning har bir qadamida to’sqinlik qiluvchi an’ana-yu urf-odatlarni ham tanqid qilib o’tadi. Xullas, asar davrning ijtimoiy holatini, arab olamining hayotini to’liq ochib beradi.

Kitob tili sodda, bir tekisda qiynalmay o’qiysiz, tarjima va muharrir ishlari ham yaxshi.

@doctorsmind📖
7🥰1👏1
#love_is

Kitoblar bilan chiroyli kadrlar olishni yoqtiraman. Hovlimizdagi shu gullar bilan ham ajoyib rasmlar olishni o’ylab yurgandim, lekin bu gullar yakshanba kuni ham g’uncha holatda edi. Bugun to’liq ochilishganidan foydalanib rasmga tushirvoldim. Olgan kadrlarimni esa mani rasmga olishim uchun gullarni ekib parvarish qilgan turmush o’rtog’imga ham yuborib qo’ydim. Axir blogerning turmush o'rtog’i bo’lish osonmi?)

@doctorsmind📖
12❤‍🔥4🥰3👍1