Doctor's Mind 👩‍⚕️
1.02K subscribers
1.02K photos
103 videos
84 files
738 links
👩‍⚕️Vrach Dildora Karimovaning kitob blogi
📖Bu yerda faqat kitob va kitoblar olami haqida gaplashamiz.
Murojaat uchun: @Doc_Dildora

instagram.com/doctorsmind_books
Download Telegram
#mutolaa

Sayohatda bir nechta kitobni tugatdim deydiganlarning gaplariga endi umuman ishonmayman) Bir nechta yaxshi kitoblarni o’qishga olgandim, lekin hali to’liq tugatmadim. Menimcha, sayohat vaqtida atmosferani to’liq his qilish kerak, shundog’am uyda vaqtimiz kitoblar orqali yaxshigina sayohat qilamiz)

@doctorsmind📖
22🔥4🥰3👏2❤‍🔥1👍1
#coffee

Kelila, bugun sal boshqa mavzudan chetlashamiz!

Turk choyini ichib ko’rganlar ko'pligini bilaman. Endi turk qahvasi haqida so’ramoqchiman. Turk qahvasini tanlarmidingiz yoki Coppuccino?

Turk qahvasini yaqinlarim doim maqtashadi, manga yoqmagan desam “San mazasini tushunmisan” deyishadi) Bu safar ham ichib ko'rdim, yoqmadi) Man rostanam mazasini tushunimanmi shunda?)

@doctorsmind📖
11🔥2👏1😍1
#video #youtube 🎥

Endi rostan chiqdi. Kutilganiga arziydi deb oʻylayman.

https://youtu.be/D6rnbXUGg8Q

👉KitobHouse👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏3🥰21
Ilhom Sharifov | Choponli aka
#video #youtube 🎥 Endi rostan chiqdi. Kutilganiga arziydi deb oʻylayman. https://youtu.be/D6rnbXUGg8Q 👉KitobHouse👈
#tavsiya

Ko’rishni tavsiya qilaman. Kitob olami haqidagi bunday foydali videolarning ko’payib borayotgani juda quvonarli holat.
7👏2👍1🔥1🥰1
#travel

Shunaqa manzarali rasm olib keldim. Qaroqchilarning kemasiga o'xshaydiya?

Rasm, video olishga ulgurib qoldim, kema ko’p turmasdan ketib qoldi.

@doctorsmind📖
1🔥114👏3😍3👍1🥰1🤩1💋1
#Love_is

Sevgi bu… sen va jufting dunyoning boshqa-boshqa chekkalarida bo’lsada, juftingni sen so’ragan kosmetikani soatlab qidirib aynan sen uchun sotib olishi.

Siz uchun sevgi nima? Hamma o'zinikini yozsin! Masalan, Remarkning fikricha, sevgi bu - birgalikda qarish)

Sizningchachi?

#shaxsiy_tajribalarim

@doctorsmind📖
123🥰4❤‍🔥3👍2🤩2👏1
Forwarded from Ray
Qachondir kimnidir sevsam men ham kanalimda shunaqa rubrika tashkil qilaman #love_is degan🫠
8💋4❤‍🔥2🔥2👍1🥰1🎉1😍1💯1
#travel

Anchadan beri taqrizli post yozmayapman, lekin lentangizga shunaqa video va rasm bilan keldim)

Bizda qisqichbaqa harom hisoblanadi, lekin yeb ko'rgan bo'larmidingiz?))

@doctorsmind📖
🔥74❤‍🔥1👍1🥰1🎉1🤩1💯1
​​✍️Fransuaza Sagan
📖”Ko'lmak suvda quyosh parchasi”

O’qigan, tushungan ayol bilan yashash birmuncha xotirjamroq, sababi u o'zini nima kutayotganini biladi, hamda seni oldinda nima kutib turganini ham sezib turadi.

Sagan ijodi bilan ilk bor shu asar orqali tanishdim va bu tanishuv ijobiy fikrlarga boy bo’ldi. Sagan shaxsiyati haqida ham turli xil gap-so’zlar qulog’imga chalingan edi, asari esa u haqidagi fikrlarimni yanada to’ldirib berdi.

Bosh qahramon Jil ismli jurnalist yigit bo’lib, u Parij, umuman olganda shahar hayoti, odamlardan charchagan, uni hech nima qiziqtirmay qo’yadi, hattoki sevimli ma’shuqasi Eloiza ham u uchun endi avvalgidek qiziq emas. Odatiy hayotda nimalardir qilib yashab yuribdi. Kunlarning birida, u opasinikiga, chetroqdagi viloyat Limuzinga o’z hayotidan chalg’ish maqsadida boradi, dastlabki kunlar odatdagi tarzda o’tadi, lekin Natali bilan uchrashuv uning hayotini 180 gradusga o’zgartirib yuboradi…

Sagan asarlarida odatda, qayg’u, ruhiy sinish, depressiya mavzulari oldingi o’rinda bo’lib, u qahramonlarini bu hayotda ushlab turish uchun ularbop sevgi qissalarini yaratadi. Muhabbatni ularni hayotda ma’lum vaqt davomida kurashishlari uchun vosita sifatida tanlaydi. Natali ham Jilni o’z muhabbati bilan qaytadan hayotga qaytaradi, butun borlig’ini unga bag’ishlaydi, ammo har qanday narsaning me’yori bo’lganiday ortiqcha muhabbat ham insonni o’ldiradi. Sevgi insonning kuchiga kuch qo’shishi, uni hayotga muhabbatini oshirishi bor gap, lekin, aytganimdek, haddan ortig’i insonni o’ldiradi. Ayni shu holatda Sagan ayollar muhabbatining qanchalik darajada kuchli bo’lishini ham ko’rsatib beradi. Ayol sevsa butun borlig’i bilan sevadi, unga hech nima to’sqinlik qila olmaydi.

Asarda toshqin Parij hayoti va qishloq sharoitli Limuzin viloyatining hayoti ajoyib tarzda taqqoslanadi. Parij hayoti tashqaridan qaraganda yoqimli bo’lib ko’ringani bilan insonni charchatish xususiyatiga egaligi, Limuzin hayoti esa sokin, odamlari ham juda oddiy holatdaligi ko’rsatib beriladi.

Asar nomi ham ajoyib. Nazarimda, Jil va uning odatlari ko’lmak suv bo’lsa, Natali esa unga ta’sir etuvchi quyosh parchasi. Jil o’ziga ishonchi past, zararli odatlarga beriluvchi inson. Hatto Natalining ham sevgisiga doim shubha bilan qaraydi, bir kuni uni tashlab ketishiga qattiq ishonadi. O’zini Nataliga mos inson sifatida ko’rmaydi. Albatta bu borada Natalining aql-zakovatiga tan bermaslikning iloji yo’q. Mana shu go’zal, aqlli xonim o’ziga ishonchi past erkakka oshiq bo’ladi, Jilning hayotiga quyoshdek kirib keladi. Ammo quyosh ko’lmakning chuqur-chuquriga yetib bora olmadi. Sagan aql-zakovatga boy ziyrak ayol va haminqadar fikrlaydigan erkakning muhabbati uzoqqa bora olmasligini yaxshi ochib bergan.

Asar yengil, murakkab dialoglardan holi bo’lib oson o’qiladi. Erkaklar ham, ayollar ham o’qishlari shart bo’lgan asarlardan biri deb ayta olaman.

@doctorsmind📖
🔥32🥰1👏1
#mutolaa

Kitob, adabiyot, musiqa yoki bir piyola qahva bilan kayfiyati ko‘tariladigan ayolni hech kim yenga olmaydi; hatto hayotning o‘zi ham uning qarshisida mag‘lub bo‘ladi.

@doctorsmind📖
22🔥5👍3❤‍🔥1🥰1👏1🎉1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hademay shunaqa yomg’irli kunlarda xazonlarni shitirlatib yuramiz🍁🍂

Kimga qanday bilmadimu, kuz doim man uchun barakali fasl bo’lib kelgan. Ko’p va xilma-xil kitoblar o’qishga ulgura olaman, ish faoliyatimda ham sezilarli darajada samaradorlik bo’ladi. Bu kuz ham shunday o’tishidan umidvorman.

Kuz faslida qanday kitoblar o’qimoqchisiz? Man o’tkan yili kuzni Dostoyevskiy bilan boshlagandim. Bu yil uchun hali ro’yxat tuzmadim.

@doctorsmind📖
5🍓2🔥1👏1🤩1
#book_store

Kecha ertalab Beruniydagi kitob do’konga bir kitob uchun tez kirib chiqishim kerak edi. Shu mushukchani rasmga olmay chiqib ketolmadim) Kitob do’koniga mushukcha o’zgacha muhit berib turadi. Bunaqa muhitni ko’rsam doim Instagramdagi va chet el adabiyotlarida ta’riflangan eski kitoblar sotiladigan do’konlar hayolimdan o’tadi. Atmosferasi o’zgacha.
Kanalimda mushuklarning rasmlari anchagina ko’p. O’zim boqqan hamma mushuklarning rasmlari bor) Ular orasiga yana biri qo’shildi)

@doctorsmind📖
10❤‍🔥4🔥3🥰3😍2🎉1🤩1🍓1
Forwarded from Golden Books
🎉 6-sentabr, soat 11:00 da sizni katta ochilish marosimiga taklif qilamiz!

🎲 Qiziqarli o‘yinlar
🎁 Sovg‘alar
🔥 Qaynoq chegirmalar
🌿 Yoqimli atmosfera

Bizning do‘konimizda nafaqat kitoblar va sovg‘alar, balki kitob bilan qahva ichib mutolaa qilish va dars tayyorlash uchun qulay zonalar ham sizni kutmoqda. Do'kondan jonli tasvirlar: t.me/goldenbooks_uz/6163

🔎Google xaritdan yoki Yandex Go orqali Golden Books deb qidirsangiz, to'g'ri do'konimizni topib kelasiz.131-avtobus do'konimiz oldidan o'tadi.

Kelishni unutmang, sizni iliq kutib olamiz!

📌Toshkent. Chilonzor G-9, 20-uy. Jahon tillari universiteti oldida.

👨‍💻Admin: @Goldenbooks_Tashkent_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰2👏1🎉1🤩1
#book_store

Shanba kuni Golden books’ning Toshkentdagi filialining ochilish marosimi bo’lib o’tadi. Yangicha ko’rinish va yangicha muhitda ochilishi kutilayotgan do’konga sizlarni taklif qilib qolaman. Boring, ko’ring, o’zingiz baho bering! Keyin taassurorlaringiz haqida shu post tagida yozib ketishni unutmang! O’zim ham bu do’konning ochilish marosimini kutayotgandim. Balkim shu yerda ko’rishib qolarmiz)
Aytgancha, suratda ko’rganingizdek @doctorsmind’dan keldim desangiz chegirmalar qilib berishadi😊

@doctorsmind📖
3👍2🥰2🔥1🎉1😍1