Forwarded from Quyosh taraflarda
❤18❤🔥5🔥3😍2🥰1
Forwarded from BOOK.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏷CHE-GIR-MA! BOOK.UZdan ob-havo kabi issiiiiiq chegirma!
🔥 BOOK.UZ kitoblar do'koni 25-31-iyul kunlari MEGA-CHEGIRMA e'lon qiladi.
📦 Qo'shimchasiga, 100 000 so'mdan ortiq xaridlarga yetkazib berish bepul!
• «Yangi asr avlodi» va «Yoshlar matbuoti» — 30%
• Ro'yxatdagi 430 dan ortiq kitoblar — 20%
📌BOOK.UZning barcha filiallarida amal qiladi!
🕔 25—31-iyul kunlari
👉Kitoblar ro'yxati bilan tanishish
✅ Buyurtma berish:
🚚 @bookuzbot | +998712300050
🌐 Sayt orqali xarid: book.uz
📚 @bookuzbekistan

❤🔥2🔥2❤1🥰1👏1😍1
❤8🥰8🍓3👍1🔥1
#turmush_ortogim_bilan_suhbatimdan
-Adasi, necha yildan beri gul sovg'a qimadiza? Qachon endi sizdan gul olaman?
-Bloger ayolim rasmga olishga chiroyli fon qidirib qiynalib qolmasin deb har yili san uchun bir hovli har xil gul ekib qo’yamanku.
-Hali bir hovli gul mangamidi?😄
Love is… uchun yana bir jumla tayyor)
Sevgi bu - turmush o’rtog’ingga fon uchun bir hovli gul ekib parvarishlash)
Haqiqatdan ham kanalimdagi hamma kitobli rasmlarning orqa fonidagi gullarning yetishtiruvchisi turmush o'rtog’im bo’ladilar. Introvert turmush o’rtog’im bunaqa chiroyli gaplarni ko’p hollarda ochiq gapirmaydilar, lekin 9 yil davomida anchaginasi yig’ilib qolgan. Man esa vaqt va hafsala yo’qligi bois kanalda bu haqida hech post qilmasdim. Aslida munosabatlar ko’z-ko’z qilinishi tarafdori emasman. “Счастье любит тишину”- deb bekorga aytilmaganku. Bugun kayfiyatim yaxshiligida nimalardir yozgim keldi.
Kanalimdagi qizlar, yosh kelinlar agar turmush o’rtog’ingiz ortiqcha so’zlarsiz faqat harakatlari bilan sevishini ko’rsatayotgan bo’lsa (ya’ni uy ishlarida yordam bersa, sizni har ishda qo’llab quvvatlasa, bolaga qarasa) undan aslo “Sani yaxshi ko’raman”, “Sansiz yasholmayman” so’zlarini aytishini talab qilib janjal qilmang! Hali shunday vaziyat keladiki, o’zingiz og’izda aytishmas, harakatlarda ko’rsatish qanchalik muhim ekanligini tushunib yetasiz.
9 yillik oilaviy tajribasi bor inson sifatida sizga xolis maslahat beryapman. Hali bu mavzuda fikrlar kelib qolsa bo’sh bo’lganimda yana qaytaman.
P.S. Rasmda hovlidagi gullarning o’ndan biri, xolos.
@doctorsmind📖

❤🔥20❤13🥰4👍2💋2👏1🎉1🤩1😍1💯1🍓1
#mutolaa
Sayohatda bir nechta kitobni tugatdim deydiganlarning gaplariga endi umuman ishonmayman) Bir nechta yaxshi kitoblarni o’qishga olgandim, lekin hali to’liq tugatmadim. Menimcha, sayohat vaqtida atmosferani to’liq his qilish kerak, shundog’am uyda vaqtimiz kitoblar orqali yaxshigina sayohat qilamiz)

❤22🔥4🥰3👏2❤🔥1👍1
#coffee
Kelila, bugun sal boshqa mavzudan chetlashamiz!
Turk choyini ichib ko’rganlar ko'pligini bilaman. Endi turk qahvasi haqida so’ramoqchiman. Turk qahvasini tanlarmidingiz yoki Coppuccino?
Turk qahvasini yaqinlarim doim maqtashadi, manga yoqmagan desam “San mazasini tushunmisan” deyishadi) Bu safar ham ichib ko'rdim, yoqmadi) Man rostanam mazasini tushunimanmi shunda?)

❤11🔥2👏1😍1
Forwarded from Ilhom Sharifov | Choponli aka
#video #youtube 🎥
Endi rostan chiqdi. Kutilganiga arziydi deb oʻylayman.
https://youtu.be/D6rnbXUGg8Q
👉 KitobHouse👈
Endi rostan chiqdi. Kutilganiga arziydi deb oʻylayman.
https://youtu.be/D6rnbXUGg8Q
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏3🥰2❤1
Ilhom Sharifov | Choponli aka
#video #youtube 🎥 Endi rostan chiqdi. Kutilganiga arziydi deb oʻylayman. https://youtu.be/D6rnbXUGg8Q 👉 KitobHouse👈
#tavsiya
Ko’rishni tavsiya qilaman. Kitob olami haqidagi bunday foydali videolarning ko’payib borayotgani juda quvonarli holat.

❤7👏2👍1🔥1🥰1
#travel
Shunaqa manzarali rasm olib keldim. Qaroqchilarning kemasiga o'xshaydiya?
Rasm, video olishga ulgurib qoldim, kema ko’p turmasdan ketib qoldi.

1🔥11❤4👏3😍3👍1🥰1🤩1💋1
#Love_is
Sevgi bu… sen va jufting dunyoning boshqa-boshqa chekkalarida bo’lsada, juftingni sen so’ragan kosmetikani soatlab qidirib aynan sen uchun sotib olishi.
Siz uchun sevgi nima? Hamma o'zinikini yozsin! Masalan, Remarkning fikricha, sevgi bu - birgalikda qarish)
Sizningchachi?
#shaxsiy_tajribalarim

1❤23🥰4❤🔥3👍2🤩2👏1
Forwarded from Ray
Qachondir kimnidir sevsam men ham kanalimda shunaqa rubrika tashkil qilaman #love_is degan🫠
❤8💋4❤🔥2🔥2👍1🥰1🎉1😍1💯1
#travel
Anchadan beri taqrizli post yozmayapman, lekin lentangizga shunaqa video va rasm bilan keldim)
Bizda qisqichbaqa harom hisoblanadi, lekin yeb ko'rgan bo'larmidingiz?))

🔥7❤4❤🔥1👍1🥰1🎉1🤩1💯1
✍️Fransuaza Sagan
📖”Ko'lmak suvda quyosh parchasi”
O’qigan, tushungan ayol bilan yashash birmuncha xotirjamroq, sababi u o'zini nima kutayotganini biladi, hamda seni oldinda nima kutib turganini ham sezib turadi.
Sagan ijodi bilan ilk bor shu asar orqali tanishdim va bu tanishuv ijobiy fikrlarga boy bo’ldi. Sagan shaxsiyati haqida ham turli xil gap-so’zlar qulog’imga chalingan edi, asari esa u haqidagi fikrlarimni yanada to’ldirib berdi.
Bosh qahramon Jil ismli jurnalist yigit bo’lib, u Parij, umuman olganda shahar hayoti, odamlardan charchagan, uni hech nima qiziqtirmay qo’yadi, hattoki sevimli ma’shuqasi Eloiza ham u uchun endi avvalgidek qiziq emas. Odatiy hayotda nimalardir qilib yashab yuribdi. Kunlarning birida, u opasinikiga, chetroqdagi viloyat Limuzinga o’z hayotidan chalg’ish maqsadida boradi, dastlabki kunlar odatdagi tarzda o’tadi, lekin Natali bilan uchrashuv uning hayotini 180 gradusga o’zgartirib yuboradi…
Sagan asarlarida odatda, qayg’u, ruhiy sinish, depressiya mavzulari oldingi o’rinda bo’lib, u qahramonlarini bu hayotda ushlab turish uchun ularbop sevgi qissalarini yaratadi. Muhabbatni ularni hayotda ma’lum vaqt davomida kurashishlari uchun vosita sifatida tanlaydi. Natali ham Jilni o’z muhabbati bilan qaytadan hayotga qaytaradi, butun borlig’ini unga bag’ishlaydi, ammo har qanday narsaning me’yori bo’lganiday ortiqcha muhabbat ham insonni o’ldiradi. Sevgi insonning kuchiga kuch qo’shishi, uni hayotga muhabbatini oshirishi bor gap, lekin, aytganimdek, haddan ortig’i insonni o’ldiradi. Ayni shu holatda Sagan ayollar muhabbatining qanchalik darajada kuchli bo’lishini ham ko’rsatib beradi. Ayol sevsa butun borlig’i bilan sevadi, unga hech nima to’sqinlik qila olmaydi.
Asarda toshqin Parij hayoti va qishloq sharoitli Limuzin viloyatining hayoti ajoyib tarzda taqqoslanadi. Parij hayoti tashqaridan qaraganda yoqimli bo’lib ko’ringani bilan insonni charchatish xususiyatiga egaligi, Limuzin hayoti esa sokin, odamlari ham juda oddiy holatdaligi ko’rsatib beriladi.
Asar nomi ham ajoyib. Nazarimda, Jil va uning odatlari ko’lmak suv bo’lsa, Natali esa unga ta’sir etuvchi quyosh parchasi. Jil o’ziga ishonchi past, zararli odatlarga beriluvchi inson. Hatto Natalining ham sevgisiga doim shubha bilan qaraydi, bir kuni uni tashlab ketishiga qattiq ishonadi. O’zini Nataliga mos inson sifatida ko’rmaydi. Albatta bu borada Natalining aql-zakovatiga tan bermaslikning iloji yo’q. Mana shu go’zal, aqlli xonim o’ziga ishonchi past erkakka oshiq bo’ladi, Jilning hayotiga quyoshdek kirib keladi. Ammo quyosh ko’lmakning chuqur-chuquriga yetib bora olmadi. Sagan aql-zakovatga boy ziyrak ayol va haminqadar fikrlaydigan erkakning muhabbati uzoqqa bora olmasligini yaxshi ochib bergan.
Asar yengil, murakkab dialoglardan holi bo’lib oson o’qiladi. Erkaklar ham, ayollar ham o’qishlari shart bo’lgan asarlardan biri deb ayta olaman.

🔥3❤2🥰1👏1
#mutolaa
Kitob, adabiyot, musiqa yoki bir piyola qahva bilan kayfiyati ko‘tariladigan ayolni hech kim yenga olmaydi; hatto hayotning o‘zi ham uning qarshisida mag‘lub bo‘ladi.

❤22🔥5👍3❤🔥1🥰1👏1🎉1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hademay shunaqa yomg’irli kunlarda xazonlarni shitirlatib yuramiz🍁🍂
Kimga qanday bilmadimu, kuz doim man uchun barakali fasl bo’lib kelgan. Ko’p va xilma-xil kitoblar o’qishga ulgura olaman, ish faoliyatimda ham sezilarli darajada samaradorlik bo’ladi. Bu kuz ham shunday o’tishidan umidvorman.
Kuz faslida qanday kitoblar o’qimoqchisiz? Man o’tkan yili kuzni Dostoyevskiy bilan boshlagandim. Bu yil uchun hali ro’yxat tuzmadim.

❤5🍓2🔥1👏1🤩1