✍️Diyora Murodxo’jayeva
📖”Nozik ohang”
Dunyoda turli xil xarakterdagi insonlar bor. Ular hozir boshqalardan qanday farqlanib tursalar, bolalik davrlarida ham o‘zgacha ekanliklari bilan ajralib turganlar. Aslida har bir bola o’zgacha olam, o‘z dunyosining markazida yashayotgan noyob koinot. Odamlar bor, osongina boshqalar bilan chiqishib keta oladi, yana shunday odamlar toifasi bor, bu jarayon ular uchun og‘riqli va murakkab kechadi. Ayniqsa, autizm spektrli bolajonlar uchun tashqi dunyo ba’zida haddan tashqari shovqinli, chalkash va tushunarsiz tuyuladi. Ular esa bunday dunyodan qochishga harakat qiladilar.
Diyora Murodxo‘jayevaning “Nozik ohang” (“Хрупкая мелодия”) asari ana shu og‘riqli, ammo nozik dunyoga yurak bilan kirib borishga harakat qilingan yangicha uslubdagi asardir. Muallif autistik qizaloq misolida bizga boshqa bir ritmda yashaydigan, biz e’tibor bermaydigan boshqa tovushlarni eshitadigan, lekin mehrga va e’tiborga bizdanda ko’proq muhtoj bo’lgan bolajonni ko‘rsatadi.
Autizmga chalingan bolalar o’z ichki olamida yashaydilar, ular bilan muloqot qilish uchun va bizni tushunishlari uchun balandroq gapirishimiz emas, balkim yurak bilan eshitishga harakat qilishimiz kerak. Bu asar o‘quvchiga shunday haqiqatni anglatadi: bola bu - shunchaki kichik inson emas, balki ichki ohangi, o‘ziga xos tovushi bo‘lgan jonli bir mavjudot. Uni tushunish uchun, anglamoq uchun insonga quloq emas, go’zal yurak kerak.
“Nozik ohang” faqat autistik bolalar haqida emas. Bu barcha bolajonlarni, ayniqsa muloqotga qiynaladigan, odamlardan qochadigan bolajonlarni tushunishga chorlaydigan asar. Kimdir serg‘ayrat, kimdir sokin, kimdir jimgina o‘z ichki dunyosida yashaydi, kimdir esa shovqinli muhitni, muloqatni sevadi. Har biri bizdan tushunishni, qabul qilishni talab qiladi. Bu asar bolani “o‘zgartirish”ga ya’ni kamgap insondan muloqotsevar insonni tayyorlashni o’rgatmaydi, balkim uni boricha qabul qilish, his qilish, tushunish va qadrlashga chaqiradi.
Diyora Murodxo‘jayevaning ushbu asari yurak bilan muloqot qiluvchi insonlar uchun yozilgan kitob. Uning har bir sahifasi orqali biz bolalar qalbining nozik ohangini eshita boshlaymiz, his qila boshlaymiz. Bu ohangni anglagan inson, faqat autistik bolalarni emas, balki har qanday bolaning yuragiga yaqinlashishga yo’l topa oladi. Asar o‘qituvchilar, ota-onalar va farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan har bir kishi uchun ko’zgu vazifasini bajara oladi. Kichkinagina hikoya orqali austik bolajonlarning odatlari tushunarli tarzda ochib bera olingan, lekin hikoyadan qandaydir murakkablik yoki ilmiy yondashuvni kutmaslik kerak.
@doctorsmind📖

🥰4❤1
Shu kitobni birinchi marta boshlaganimda tugatolmay to’xtab qolgandim. Endi qaytadan boshladim va bu safar aniq tugataman. O’qishga imkon bo’lib qolar deya olib yuribman. Ko’tarib yurish oson bo’lmayapti lekin)
@doctorsmind📖
@doctorsmind📖
❤🔥9❤5🔥2🥰2
Forwarded from The Stranger
Kitob shunday narsaki, negadir bu sohani hamma yaxshi bilaman deb o'ylaydi. Holbuki yillar davomida kitobning orqasidan kun ko'rgan, yuzlab kitoblarni nashr qilganlarning ham soha haqida yetarlicha bilimi yo'qligiga ko'p bor guvoh bo'ldim. Chinakam kitobxon kitobning sifatini juda yaxshi farqlaydi. O'z navbatida unga kitob mazmunan emas, moddiyan ham qadrli. U kitobni ushlaganda zavqlanishni, qaraganda ko'z quvnashini, kitob uzoq xizmat qilishini xohlaydi. Shu bois muqovaga, ishlatilgan qog'ozga, yelimga, tikilgan ipga, shriftlarga, sahifalashga, imlo va uslubiy xatolargacha e'tibor beradi. O'ziga nima kerakligini aniq bilgan iste'molchi ishlab chiqaruvchi e'tibor qilmagan jihatlarni ham ilg'aydi. Eng yaxshi va to'g'ri bahoni oxir-oqibatda iste'molchi beradi. Bizning kontekstda bu iste'molchi kitobxonlar.
1000 Kitob loyihasi jadal suratlarda boshlandi. Ammo o'tgan yil adog'ida loyiha ichida va atrofida qator gap-so'zlar urchidi. Kim haq, kim nohaq, bu boshqa masala. Mana shu dilxiraliklar fonida loyiha menejeri Xurshid Yo'ldoshev shartnomani uzaytirmadi va loyihadan ketdi. Loyiha menejeri sifatida Eldor Asanov ish boshladi.
Kuni kecha kitoblarning signal variantlari e'lon qilindi va jamoatchilikning keskin e'tiroziga sabab bo'ldi. Bir qarashda ular abituriyentlarning printerdan chiqarib oladigan test kitobchalariga o'xshab ketardi. Balki kitoblar ko'ringanichalik sifatsiz emasdir, ammo vah deydigan darajada zo'r ham emas. Xalqning milliardlab puli sarflangan loyiha doirasida bundan ancha sifatli kitoblarni kutgandi bu xalq.
Bugun biz bukblogerlar, kitobxonlar hatto xususiy nashriyotlardan ham sifatli kitob talab qilyapmiz. Vaholanki ular har bir tiyinni o'z cho'ntaklaridan sarflashyapti, shunda ham iste'molchi sifatida har tomonlama sifatli, "shkarniy" kitob talab qilyapmiz. Ha, kitobning mazmuni muhim, ammo ustimizni yopsa bo'ldi deb qop kiyib yurmaymiz, qorin to'ysa bo'ldi deb qozonning o'zidan ovqat yemaymiz, shakl va mazmun bir butun narsa, bu qushning ikki qanotiga o'xshaydi, ikkisini bir-biridan ajratib, birini boshqasidan ustun qo'yib bo'lmaydi.
Mana shuning kabi e'tirozlar yangragach loyiha menejeri e'tirozchilarni "hasharotlar", "chichqoqlar" deb haqoratlagani internet tarmog'iga sizdirildi. Bu yuqoridagi masaladan alohida olganda ham juda-juda xunuk holat. Xalq avvalo soliq to'lovchi sifatida, shu bilan birga kitobxon sifatida mahsulotning sifatli bo'lishini talab qilishga va u haqida fikr bildirishga haqli. Fikr egalarini haqoratlash esa na olimlik etikasiga, na davlat xodimi etikasiga to'g'ri keladi.
Chiqishi kutilayotgan kitoblar sifati yomon bo'lmasa-da, shu bozorlardagi odatiy kitoblar darajasida bo'lishi mumkin. Ammo bunday kitob chiqarish uchun milliardlab pul sarflash shart emas, bundan-da a'lo sifatdagi kitoblarni xususiy nashriyotlar o'z hisobidan kunda, kunora chiqarib yotibdi. Shuncha pul ketdimi, shunga yarasha uzoqdan ko'rganda ham vah deydigan kitob chiqarish kerak. Chiqarolmadingizmi, unda e'tirozlarga loyiqsiz.

❤3👏3🔥2
#mutolaa
Kitobni tugatdim. Asarda ayollarga xos og’riqli muommolar ya’ni qishloqdagi ayollarning og’ir mehnatda ishlab tez qarishlari, yaxshi hayotni orzu qilgan qizlarning har qanday yo’l bilan yigitlarni ilintirishga harakat qilishlari va boshqa mavzular olib chiqilgan, lekin asar orginali bilan solishtirganda ancha qisqartirib yuborilgan. O’qib qanaqadir maza qilmadim, yosh bolani xo’rozqand bilan aldagandek bizni ham chiroyli muqova bilan aldashibdi) O’qimasayam bo’ladigan asar. Yoki bir marta o’qib chiqsangiz ham yetarli. Balkim to’liq variantini o’qiganimda ijobiyroq fikr bildirgan bo’lardim. To’liq taqriz yozish yoki yozmasligim noma’lum.

🔥6🥰2❤1❤🔥1👍1
#tavsiya
Bugun yo’l-yo’lakay o’zim uchun yana bir yangi kitob do’konni kashf qildim. Avvalari instagramda sahifalarini kuzatardim, endi do’konga ham bordim. Rus va ingliz tilidagi kitoblarning katta assortimenti mavjud.

❤6🔥3🥰2👏2
Audio
Bu she’rning muallifini kim topa oladi?
Shu muallifning she’rlarida har kim o’zini topadi deb eshitgandim. Juda to’g’ri topib aytilgan ta’rif ekan.

❤5🥰2🔥1
Forwarded from Quyosh taraflarda (Randomize Bot 🎲 [Рандомайзер])
@DIQQAT_TANLOV
Yangi va sifatli kitoblarni tep-tekinga yutib olishni istaysizmi?
Kanal faolligini oshirish va obunachilarimizni xursand qilish maqsadida kichik tanlov o'tkazishga qaror qildik. G‘oliblar uchta, yutuqqa rasmdagi kitoblar qo'yildi.
Shartlar judayam oddiy: @doctorsmind va @quyoshtaraflarda kanallariga a‘zo bo‘lishingiz, pastdagi qatnashaman tugmasini bosishingiz kerak bo‘ladi.
Go‘liblarni botning o‘zi avtomatik ravishda aniqlab beradi. Lekin e‘tiborli bo‘ling, ikkala kanalga ham qo‘shilmasangiz bot sizni hisobdan chiqarib tashlaydi.
Postni kitobxon tanishlaringizga ulashishni unutmang. Barchaga omad tilaymiz. Natijalar 26-iyul kuni kechki payt e‘lon qilinadi.
@quyoshtaraflarda & @doctorsmind

❤2👍2😍2🥰1🍓1
#mutolaa
Tashqi muhit baribir insonga kuchli ta’sir etuvchi asosiy omillardan birida, havo issiqligi FIKni tushib ketishiga sabab bo’lmoqda. Ketma-ket kitob almashtirib tashlayapman. Kecha Remarkdan yangi asar o’qishni boshladim. Iloyim bu kitobni tezda tugatay, hozircha boshlanishi yaxshi ketmoqda.
Aytgancha, @quyoshtaraflarda bilan yangi tanlov boshladik. Shartlari juda oddiy, qatnashing!

❤9👍4👏3❤🔥1🥰1😍1🍓1
❤12💯4👏2❤🔥1👍1🔥1
Forwarded from Quyosh taraflarda (Randomize Bot 🎲 [Рандомайзер])
1. Murodjon
2. Sarvinoz (@S_abdumalikovna)
3. Xaydarov_654 (@Noodatiy_tarmoq)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥2
Forwarded from Quyosh taraflarda
❤18❤🔥5🔥3😍2🥰1
Forwarded from BOOK.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏷CHE-GIR-MA! BOOK.UZdan ob-havo kabi issiiiiiq chegirma!
🔥 BOOK.UZ kitoblar do'koni 25-31-iyul kunlari MEGA-CHEGIRMA e'lon qiladi.
📦 Qo'shimchasiga, 100 000 so'mdan ortiq xaridlarga yetkazib berish bepul!
• «Yangi asr avlodi» va «Yoshlar matbuoti» — 30%
• Ro'yxatdagi 430 dan ortiq kitoblar — 20%
📌BOOK.UZning barcha filiallarida amal qiladi!
🕔 25—31-iyul kunlari
👉Kitoblar ro'yxati bilan tanishish
✅ Buyurtma berish:
🚚 @bookuzbot | +998712300050
🌐 Sayt orqali xarid: book.uz
📚 @bookuzbekistan

❤🔥2🔥2❤1🥰1👏1😍1
❤8🥰8🍓3👍1🔥1