Doctor's Mind 👩‍⚕️
1.02K subscribers
1.02K photos
103 videos
84 files
738 links
👩‍⚕️Vrach Dildora Karimovaning kitob blogi
📖Bu yerda faqat kitob va kitoblar olami haqida gaplashamiz.
Murojaat uchun: @Doc_Dildora

instagram.com/doctorsmind_books
Download Telegram
Kanalim ham huvillab qoldi…

Yil boshidan beri maza qilib kitob o’qiy olmayapman. Kitob o’qishni boshlashim bilan hayolim ilmiy ishimga ketaveradi. O’zimga mos bemor topish, qonini yig’ish, tekshirish…

Xullas o’zim bilan o’zim bo’lib qolganman. Aslida tibbiyot sohasida ilmiy ish qilish boshqa sohalarga qaraganda ancha qiyin, chunki ishingiz faqat kitob titish va arxivda o’tirishdan iborat bo’lmaydi. Bemorlar bilan birma-bir muloqot, qonini yig’ish, tekshirish, materiallar tahlili…

Xullas, ana shunday hayotda yashab yurgan vaqtimda shu yigitning bookclub guruhidagi kitobxonlar keyingi muhokamada qatnashishimni so’rashdi. Yo’q demasdan tanlangan kitob “Jenni Gerxardt”ni o’qishni boshladim. Bilmadim, belgilangan muddatgacha tugata olarmikinaman, lekin harakat qilaman. Axir Drayzer olamiga kirishni o’zim taklif qildim, endi va’damni bajarishim kerak)
@bookuzbekistan’dan chiqqan ushbu chiroyli gulli seriyani olganimga yillar bo’lib qolibdi. Navbati bugunga to’g’ri kelgan ekan.

@doctorsmind📖
🔥9👍65🥰2👏1🤩1😍1
#mutolaa

O’tkan yili shu kitobni boshqacha taassurotlar bilan o’qib chiqqandim. Hozir yana uni qayta o’qishlik kayfiyat bo’lmoqda. Aynan shu asar, film kitob bera oladigan taassurotning bor yo’g’i 50%ini ham bera olmasligining yana bir isbotidir.

@doctorsmind📖
8👍3🎉3🥰1🤩1
Forwarded from Zabarjad Mediа
🏆🏆🏆

Zabarjad Media nashriyoti va Santuagara hamkorlikda yil loyihasiga start beradi!

✏️Maqsadimiz: xotin-qizlar ijodini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.

✏️Vazifamiz: yosh iste'dod egalarini kashf etish va bu loyihaning davomiyligini ta'minlash.

✏️Yo‘nalishlari: nazm, nasr va tarjima.

✏️Rag‘batlantirish: har uchala yo‘nalishda g‘olib bo‘lgan ijodkorlarning kitoblari loyiha homiylari tomonidan chop etiladi va mukofot pullari bilan taqdirlanishadi.

Mazkur postni ulashish orqali siz barcha ayol-qizlarimizni rag‘batlantirgan va nomlarini kashf etilishiga sabab bo‘lgan bo‘lasiz.

Bizdan uzoqlashmang, tez kunda loyiha haqida batafsil ma'lumot beramiz.

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🎉2🔥1👏1
​​✍️Teodor Drayzer
📖Jenni Gerxardt


Sevgi — har qanday tuproqda o‘sadigan gul.


Drayzer olamiga kirish, uning asarlari bilan tanishishni anchadan beri reja qilardimu lekin hech boshlay olmasdim. Bugun “Jenni Gerxardt” asari orqali bu olamga kirdim. Asar Amerikada istiqomat qiluvchi bir muhojir nemis oilasining hayoti bilan boshlanadi, aniqroq aytganda voqealar rivoji shu oilaning katta qizi Jennining hayoti atrofida aylanadi.
Bir oilaning qiyinchilikdagi hayoti bilan boshlangan asar asta-sekin o’sha davrdagi zodagon jamiyat va o’rta qatlam insonlarining kundalik hayot tarzini ochib beradi.

Jenni - g’o’zal, yoqimtoy, itoatgo’y, boriga qanoat qiluvchi, fidokor, qiyinchiliklarga bardoshli, o’zidan ko’ra boshqalar foydasini o’ylovchi va bir so’z bilan aytganda har tomonlama erkaklar uchun qulay ayol. Bir martagina ko’rgan erkakda unga nisbatan iliq fikrlar shakllanadi. Jennining hayotiga ikki erkak kirib keladi. Biri qisqa vaqtga kirib kelgan senator bo’lsa ikkinchi zodagon oiladan bo’lgan Lester ismli yigit. Ikkisi ham bir xil maqsad asosida Jenniga yaqinlashadilar.
Kitobni varaqlar ekanman dastlab Jennining hayoti misolida o’sha davr Amerika hayoti faqat g’urbatdan iborat bo’lganmikin deb ham o’ylab qoldim. Bir g’urbat ustiga yana bir g’urbat. Jennidek ayol hozir dunyoda bormikan degan savol ham hayolimda aylandi. Aslida Jenni shu qadar beg’uborki, uning axloq doirasiga to’g’ri kelmaydigan ishlari sababli ham yomon ko’rib qolmaysiz. Keyin yana o’ylab qoldim, bunday qulay, hamma narsaga ko’nuvchan, o’z “men”iga ega bo’lmasdan yashash faqat Jennidek kimlarningdir qo’lida ermak bo’lishga olib keladi.

Jenni sodda, samimiy, mehribon qiz edi, ammo jamiyat buni qadriga yetmadi, uning bu jihatlarini ojizlik deb bilishdi. Jenni hayotiy vaziyatlar qurboni edi. U bu vaziyatlarda qaror qilmadi balki shavqatsiz hayot uni majbur qildi. Jennining ruhiyati chuqur hovuzga o’xshardi, go’yoki uning bor go’zalligi yashirin, ichki olamida edi.

Asardagi yana bir qahramon bu - Lester. Jennining chuqur hovuzdagi go’zalligini to’laligicha his qilgan, ammo jamiyat ta’qiqlaridan o’ta olmagan, o’z manfaatlarini ustun qo’yadigan, kezi kelsa Jennidan foydalanadigan qahramon.

Asar saviyasi jihatdan kimlar uchundir pastroqdek, o’qishga arzimasdek tuyilishi mumkin, lekin chuqur mulohaza yuritilsa ko’p muommolar ko’tarib chiqilgan. Albatta o’qib ko’ring.

@doctorsmind📖
8👍3🥰1👏1🤩1😍1
#tadbir

Ertaga bizni ajoyib taqdimot kutmoqda.

@doctorsmind📖
🥰5😍32
#mutolaa

Bugun ishdan biroz chalg’ib “Momaqaymoq”ni o’qishni boshladim. Boshlanishidan samimiy tuyg’ular haqidagi asarligi bilinyapti.

@doctorsmind📖
🥰103
“Ko’zlaringiz go’zallik ko’rsin” deyisharmidi?)

@doctorsmind📖
17👏3🥰2😍2
#sovga

Hozirgina @Ildizkitoblari’dan shunaqa did bilan chiroyli tayyorlangan sovg’alar keldi. Juda puxta o’ylab, mehr bilan tayyorlanganligi bilinib turibdi. Zarar yetkazmasdan juda ehtiyotkorlik bilan ochdim. Ayniqsa mahsus konvert ichidagi maktubni o’qib o’zgacha fikrlarni o’ylab qoldim. Xatolarim birma-bir ko’z oldimdan o’tdi.

Sovg’alar uchun rahmat!

@doctorsmind📖
🥰8🔥4👍31
#sovga

Kech bo’lsa ham bugungi sovg’alarimni ko’rsatay)

O’zi faqat sovg'a kelganda post qilyapman)

@bookuzbekistan’dan ajoyib kitoblarni ajoyib o’ramda qabul qilib oldim. Doimgidek, did bilan tayyorlangan.

Ha aytgancha, ertaga @bookuzbekistan’da bolalar bayrami munosabati bilan ajoyib tadbir bo’larkan. Farzandingiz, jiyaningiz bilan albatta tashrif buyuring.

Bayram rejasi haqida bu yerda ma’lumotlar to’liq berilgan.

@doctorsmind📖
10👏6