Doctor Soliyev | Уролог
170 subscribers
353 photos
72 videos
61 links
Хуш келибсиз! Каналга аъзо бўлиб асло янглишмадиз!
Каналда урология ва тиббиётга оид:

💢 Қизиқарли фактлар

💢 Фойдали маслахат ва тавсиялар

Агар сизга уролог ёрдами керак бўлса,
👉👉👉 @doctor_soliyev1
Download Telegram
​​GIPOSPADIYA!

Gipospadiya (yun. hypospao — pastga tortaman) — tugʻma norasolik. Siydik chiqarish kanali ostining yoriq boʻlishi, shu sohaning quyi qismida homila shakllanayotgan davrda buzilish roʻy berishi, siydik chiqarish kanali (uretra)ning takomillashmay qolishi.

Bunda uretraning tashqi teshigi olat boshiga emas, balki olat tagiga, yorgʻoqqa yoki oraliqqa ochilgan boʻladi, siydik ana shu teshikdan chiqadi. Bu teshikdan to olat boshi oraligʻigacha boʻlgan xorda tortmoqlari olatni vergulsimon yoki oʻroqsimon shaklda tutib turadi va bu holat bola oʻsgan sayin kuchayaveradi.

Gipospadiya bolaning 6 oylik paytidan boshlab jarrohlik yoʻli bilan bartaraf etiladi. Aks holda bola jimo(jinsiy aloqa)ga yaroqsiz boʻlib qoladi, bepushtlikka olib keladi.

Operatsiya qancha barvaqt qilinsa, shuncha yaxshi.

@doctor_soliyev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Distal gipospodiya!

Gipospodiyaning operativ usulda davolanishi (video)

📥 5.8 MB
1:43 minut

@doctor_soliyev
​​ERKAKLAR KLIMAKSI!

30 yoshgacha erkaklar organizmida testosteron (erkaklar jinsiy gormoni) moddasi oshib boradi. Qanday temperament egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, 30 yoshdan oshgan kishilarda bu modda har yili bir foizga kamayib boraveradi. 11 foizga yetganida erkaklar klimaksi boshlanadi.

Ayollar klimaksidan farqli jihati shundaki, erkaklarda bu kasallikning boshlanishi ularning individual holatiga bog‘liq.

Erkaklar klimaksi quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi:

🔹Qorin paydo bo‘lishi;

🔹Tez-tez charchab qolish;

🔹Uyquning chuqur bo‘lmasligi yoki uyqudan vaqtli uyg‘onish;

🔹Ayollarga bo‘lgan moyillikning susayishi;

🔹Suyaklarning mo‘rtlashishi;

🔹Terining qurib ketishi;

🔹Ajinlarning paydo bo‘lishi.


O‘zidan sog‘lom va baquvvat nasl qoldirishni istagan erkaklar yuqorida sanab o‘tilgan belgilarni sezishi bilan androlog shifokorga murojaat etishi lozim.

Androlog ko‘rigidan nafaqat erkaklar, balki tug‘riqdan so‘ng to‘lishib ketgan ayollar ham o‘tishlari zarur. Ularni tekshirish uchun qon tahlili olinib, natijaga ko‘ra kerakli davo usullari qo‘llaniladi.

@doctor_soliyev telegram kanali!
2021 йил мамлакатимизда Ёшларни қўллаб-қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили деб эълон қилинди
www.president.uz/uz/4049

2021 год объявлен в нашей стране Годом поддержки молодежи и укрепления здоровья населения
www.president.uz/ru/4049

#Mirziyoyev #Murojaatnoma #yilnomi #yoshlar #salomatlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Вот так располагаются 4 плода в беременной женщине

@doctor_soliyev
​​Varikotsele nima degani?

Erkak kishining jinsiy a'zolarida mavjud bo'lgan tomir va arteriyalar uning tuxumini qon bilan ta'minlash vazifasini bajaradi. Qon tomirlari orqali qon yurakdan butun tana bo'ylab aylanadi. Aylanish bir tomonlama bo'ladi. Ba'zida organizmda biror kasallik tufayli qon bir tomonga emas, balki uning oz miqdori teskari tomonga qayta boshlaydi.
Shunda qaytgan qon hisobiga tomirlar kengayadi, shishadi, kattalashadi. Natijada varikotsele kasalligi yuzaga keladi.


Kim varikotsele bilan kasallanishga moyil bo'ladi?

Varikotsele juda ko'p tarqalgan kasallik bo'lib, odatda 15-25 yoshlik erkaklarda paydo bo'ladi. Buning sababi jinsiy rivojlanish jarayonida tuxumlar katta tezlikda o'sadi va ularning to'g'ri rivojlanishi uchun ko'p miqdorda qon talab etiladi. Agar shu davrda qon tomirlari yaxshi faoliyat ko'rsatmayotgan bo'lsa, kuchli qon oqimiga bardosh bera olmay, tomirlarda varikotsele yuzaga kelishi oson bo'ladi.
Ko'pincha varikotsele chap tomondagi tuxum tomirlarida namoyon bo'ladi. Kam hollarda o'ng tomonda ham yuzaga chiqishi mumkin.


Varikotsele xavflimi?

Varikotselening xavfliligi uning darajasiga bog'liq. Varikotsele tufayli erkak tuxumida harorat yuqori yuradi, bu esa spermatozoidlarning o'limiga, sifatini buzilishiga, natijada bepushtlikka ham olib kelishi mumkin .

Varikotsele alomatlari qanday?

Varikotsele mavjudligi haqida erkak ko'pincha bilmay yuradi. Issiq kunda yoki uzoq vaqt bir joyda o'tirish yoki tik turish natijasida ba'zi alomatlar namoyon bo'lishi mumkin:

- tuxumlarning qichinishi;
- jinsiy a'zolarda og'irlik paydo bo'lishi;
- tomirlarning bo'rtganligini qo'l bilan sezilishi;
- tuxum tomonda noqulaylik sezilishi;
- bir tomondagi tuxumning boshqa tomon tuxumdan shakli va razmeri bilan farq qilinishi.


Varikotsele qanday davolanadi?

Shifokor varikotsele kasalligini aniqlash uchun tuxumni tekshiradi. Bunda tuxum razmeri, shakli, joylashishi, harakatlanishiga ahamiyat beriladi. Agar varikotsele borligiga shubha paydo bo'lsa, qo'shimcha ultra tovushli diagnostika yoki stretoskopik tekshiruv talab qilinishi mumkin.
Agar varikotsele erkakka hech qanday noqulaylik keltirmayotgan bo'lsa, u holda u, odatda, davolanmaydi.
Varikotsele darajasiga qarab ba'zida uni jarrohlik yo'li bilan olib tashlash yoki varikotsele tufayli tuxum va boshqa jinsiy a'zolardagi yallig'lanishni dori vositalari bilan davolash talab etilishi mumkin.
Yana bir yo'l, tomir ichiga sun'iy yo'lakcha joylashtirish orqali plastik jarrohlik qo'llaniladi.


@doctor_soliyev
Varikosele

Kasallikni tashxisi va uchrashi

Varikosele, moyaklarni venoz qonini olib chiqib ketuvchi pleksus pampiniformisni hosil qilgan venalarining haddan ziyod kengayishi natijasida moyaklarni zararlaydigan qon-tomir kasalligidir. 10yoshdan kichik o’g’il bolalarda 1% atrofida uchraydi. 13-19yoshli bolalarda esa 11%gacha uchraydi. Bundan tashqari 13 yoshdan song yosh ortgan sari uchrashi ham ortib boradi. Voyaga yetgan yigitlarda 15-22% uchrashiga qaramasdan, bepushtlik bilan shikoyat qilganlarning 30-40%ida varikosele topiladi, yani bepushtlikda eng kop uchraydigan kasallikdir. O’ng tarafga nisbatan chap moyak venalari drenaj sistemasi boshqacharoqdir shunung uchun chap taraflama varikosele ko’p uchraydi.(60-80%) Ikki taraflama yani bilateral uchrashi 20-40% atrofidadir. Faqatgina o’ng taraf varikosele deyarli uchramaydi, yoshi o’tganlarda uchrashi koproq ikkilamchi kasallik sababli bolishi mumkin (buyrak o’smalarini buyrak venasini boshida).

@doctor_soliyev
Varikosele Sabablari

Bir qancha teoriyalar mavjud bulardan qabul qilinganlari quyidagilaridir: moyaklar orasidagi anatomik farqlar, venadagi qayta oqimaslikni ta’minlaydigan ichki qopqoqlar nuqsoni, aorta-mezenterikal pinset (Nutcracker fenomeni).

Patofiziologiyasi ohirgisigacha o’rganilmaganligia qaramay ma’lum gipotezalar mavjud: gipertermiya (issiqlikni ortishi), venos qon bosimini oshishi, buyrak va buyrak usti bezlarning mahsulotini qayta oqimi, ozuqalanishning buzulishi, intersitsial suyuqlikni ozgarishi natijasida vaskulyar ozgarish, gormonal o’zgarishlar, avtoimmun jarayonlar, akrazomal reaksiya defekti, oksidatif stres, apoptoz va kadmiy kabi og’ir elementlarni chokishi va hakozolar.

@doctor_soliyev
Varikosele

Tashxis

Anamnez, ko’rik, palpatsiya va eng kam 2ta spermogramma (ikkalasini orasi 7kun va 3haftadan oshiq bolmasligi kerak). Bu tekshiruvlarni natijasiga ko’ra boshqa tekshiruvlar kerak bo’lishi mumkin. Bular Dopplerografiya, UTT, sintiyografiya, venografiya kabilardan iborat bolib lekin odatda ko’rik-palpatsiya yetarli boladi. Lekin ko’rikka halaqit beradigan holatlarda qoshimcha usullardan foydalanish mumkin.

Ko’rikda bemor tik ayoqda turganda Valsalva tekshiruvi qilinadi: qorin ichki bosimini birdaniga orttirilgan paytda (yotaltirilganda) moyak venalarida reflyuksni palpatsya qilish bilan baholanadi

1.daraja- Faqat Valsalvada palpatsiyalanadigan varikosele

2.daraja-Valsalva tekshiruvisiz palpatsiyalanadigan varikosele

3.daraja-ko’z bilan ko’riladigan varikosele

Ko’rikdan aniqlanmagan faqat radiologik tekshiruvlar natijasida qoyilgan varikosele subklinik varikosele deyiladi. Subklinik varikoseleni davolash spermogramma parametrlarni ozgartirishi yoki homiladorlik nisbatini orttirganlikdagi ta’siri isbotlangani yoq. Bugungi kunda subklinik varikoseleni davolash tavsiya etilmaydi. Yanada aniq ishonch hosil qilish uchun prospektif, randomizatsion, ko’p bemorli tekshiruvga ehtiyoj bor. Shu sababli subklinik varikoseleni davolashdan oldin bemorlar homilador bolish ehtimolini oshirmasligi, hatto spermogrammada nojo’ya ta’sirlarni ham rivojlanishi mumkinligi ogohlantirish kerak.

Har bir varikosele bor bemorlariga gormonal tekshiruvlarni otqazishga hojat yoqdir. Ayniqsa, spermatozoidlarning miqdor 10 million/ml dan oz bo’lganda, jinsiy funkstiyalarda nojo’ya o’zgarishlar yoki gormonal kasallikni klinik belgilari borligida, varikosele operatsyasiga ijobiy javob berishi mumkinligidan FSG (follikulla stimulovchi gormon) va T (testosteron) tekshiruvlarini o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Spermatozoidlar 5 million/ml.dan oz bolgan bemorlarda genetik o’zgarishlar uchun tekshirish lozim. Kariotip va Y-genini analizi qilinadi. Genetik o’zgarishlari mavjud bemorlarda varikosele tabiiy holat bo’lib varikoseleni operatsyasidan keyin ham fertillik tiklanmasligi ham mumkin.

@doctor_soliyev
Докторлар учун йил тости😂😁

ЮРAК ВA AҚЛ
(Эркин Воҳидовга ҳазил)

Aқл дейди: — Ичма ичимлик,
Закускаси бўлмаса асло.
Юрак дейди: — Фақат ичайлик,
Ичмасликдан борми ҳеч маъно.

Aқлингга ҳеч қулоқ солма деб
Ўргатганди шоир, на чора.
Юрагининг гапига кириб
“Язва” бўлиб қолди бечора.

©️ Aбдулла Орипов

P.S.: Бугун байрам, деб ошқозонни "язва" қилиб қўйманг! 😉

Янги йилингиз билан дустлар!

@doctor_soliyev
🎄 Дорогие подписчики канала
"DOCTOR SOLIYEV"!
От всей души поздравляю вас с новым 2021 годом 🎉
Я желаю вам ,в первую очередь здоровья, заботьтесь о себе,любите себя,и помните,вы у себя одни 💗
Благополучия вам,счастья и успехов во всех сферах и отраслях жизни и деятельности 🎉🎉🎉
С наступающим, друзья!
Мана сизга хазм қилиш тизими аъзолари!

P/s: Кеча байрамда қийнаб қўймадизми буларни😆😆😆

@doctor_soliyev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prostata raki muolajasi - robot yordamida

@doctor_soliyev
Доброе утро уважаемые подписчики!

Желаем отличного настроения и удачного дня!

@doctor_soliyev
Клиникаси

Варикоцеле, авж олиб ривожланувчи касаллик бўлиб моякларни жароҳатланишига ва ривожланишини орқага сурадиган, сперматогенезни издан чиқариб бепуштликка олиб келиши мумкин. Варикоцеледа одатда кишини ҳеч нарса безовта қилмайди, бепуштлик сабабли мурожаат қилинганда ёки тиббий кўрик пайтида аниқланади. Вояга етганларда варикоцеле спермограмма параметрларидаги ўзгаришларга олиб келади. Сперматозоидларни сонига, ҳаракатчанлигига, ва морфолигиясида бузулишларга, мояк ҳажмини кичрайишига ва моякда тестостерон ишлаб чиқарадиган Лейдиг ҳужайраларини функциялари камайишига олиб келади. Спермограмма параметрларини 90%ида ҳаракатчанликни (астенозооспермия), 65%ида сперматозоидларни сонини камайиш(олигоспермия) ва тўлиқ етилмаган сперматозоидларни кўпайишига, шакли бузуқ, нормал бўлмаганлари кўпайишига олиб келади.

@doctor_soliyev
Простата бези билан боғлиқ муаммолар...

Ўттиз ёшдан ошган эркакларнинг асосий муаммоси ҳисобланмиш простата бези ҳақида маълумотлар билан тўлиқ танишинг.

Простата бези нима дегани?

Простата бези – мушакли без аъзоси бўлиб, қовуқ пуфаги остида жойлашган ва унга тирмашиб туради.

Простата безининг вазифалари:

Бу без шаффоф суюқлик ажратиб чиқаради. Бу суюқлик ажралиб чиқиб эякуляция (шаҳват чиқиши) жараёнида манийга аралашади ва ундаги сперматозоиднинг ҳаракатланиши ва ҳаётчанлигига шароит яратади. Чунки простата суюқлигида манийни суюқлаштирувчи фибринолизин ва фиброгенеза ферментлари мавжуд.
Ундан ташқари, простата бези уруғ ҳужайраларнинг ҳосил бўлишига туртки бериб, жинсий гормонларни ишлаб чиқарувчи мояк фаолиятига катта таъсир кўрсатади. Простата ишлаб чиқарадиган суюқлик асаб-мушак тармоғи, руҳий фаолиятни рағбатлантиради, жинсий эҳтиёжни қўзғатади, эрекция ва эякуляцияга ҳамкорлик қилади.

Простата бези фаолияти қачон намоён бўлади?

Балоғат ёшидан бошлаб кексаликка қадар. Кексаликда жинсий безлар фаолияти сусайганда простата безининг фаолияти ҳам пасаяди.

Простата бези фаолияти бузулишига нима сабаб бўлади:

Простата бези фаолиятининг туғма муаммолари;

Ёшнинг 50 дан ошиши;

Узоқ вақт давомида жинсий яқинликдан тийилиш;

Сурункали қабзият;

Кам ҳаракатли турмуш тарзи;

Бетартиб овқатланиш;

Бетартиб жинсий алоқада бўлиш;

Спиртли ичимликларни кўп истеъмол қилиш;

Простата бези билан боғлиқ асосий муаммо нима?

Простатит касаллигидир.
Простатит касаллиги нима?
Простата безининг яллиғланишидан келиб чиққан касаллик. Ҳозирги кунда дунё бўйича 73-90% эркак айнан шу касалликдан азият чекади. Простатитга нима сабаб бўлади? Сийдик пуфаги, сийдик йўли, тўғри ичак, қон томирлари, кичик тоснинг лимфа томирлари орқали простата безига инфексия тушиб яллиғланишга сабаб бўлади.

Простатит аломатлари:

Простата безининг яллиғланиши аломатлари ўткир шамоллаш касаллик аломатлари сингари бўлиши мумкин. Бунда тана ҳарорати 38-39 даражагача кўтарилади; Ҳожат чиқариш давомида анусда қаттиқ оғриқ бўлади;
Тез-тез сийдик қистаб, лекин сийдик томчилайди, холос;
Сийиш оғриқ билан бўлади;
Қовуқ бўшлиғи атрофида оғриқлар бўлади. Лекин кўп ҳолларда касаллик сурункали кечади ва бу ҳақида эркак билмай юриши ҳам мумкин.
Простатит нимага таъсир қилади?
Простатит туфайли простата бези ишлаб чиқарган суюқлик қонга сўрилмагани учун эркакда эрекция функцияси бузилади.

Простатит оқибати қандай?

Агар бемор вақтида шифокорга мурожаат этмаса, кейинчалик безда йиринг пайдо бўлиши мумкин. Касалликнинг сурункали ҳолати йиллар мобайнида эркак танасида яширин кечиб ўзини сездирмайди, лекин унинг оқабатида цистит (қовуқнинг яллиғланиши), пиелонефрит (буйрак яллиғланиши), везикулит (уруғ пуфакчаларининг яллиғланиши), эпидимоорхит (мояклар яллиғланиши)
касалликлари ривожланиши мумкин. Бу касалликлар эса эркакда бепуштликни юзага келтириши мумкин.

Простатитни даволаш:

Даволашдан олдин қуйидаги текширувлар ўтказилади:

Компютер орқали сканер;

Уч томонлама ултратовушли ташхис;

Иммунофермент муолажаси

Сўнгги пайтларда простатитни даволашда вакумли трансуреталли аспирация усули қўлланилади. Унинг ичига трансуреталлик гипертермия, радиотўлқинли терапия, биорезонансли терапия киради.
Простатитни даволашнинг энг замонавий усуллари билан танишинг

Простатитни олдини олиш:

Ҳар куни камида 1 соат жисмоний машғулотлар бажариш;

Кўп ҳаракат қилиш;

Соғлом турмуш тарзида яшаш;

Палапартиш жинсий алоқалардан воз кечиш;

Ортиқча музлашдан ўзини асраш;
Қабзиятнинг олдини олиш;

Рух (синк) моддасига бой маҳсулотларни кўпроқ истеъмол қилиш;

Мунтазам равишда жинсий алоқада бўлиш;

Ёши 30 дан ошган бўлса, йилда 1 марта уролог, андролог кўригидан ўтиш.


@doctor_soliyev
Мохаммад Калейм из Индии родился с локальным гигантизмом ладоней, они выросли до гигантских размеров.
Ўғил бола саломатлигига нималар хавф туғдиради?


Охирги йилларда ўғил болалар орасида репродуктив тизим туғма нуқсонлари билан туғилиш ҳолатлари тез-тез кузатилмоқда. Буни қандай изоҳлаш мумкин? Онанинг ҳомиладорлик даврида бошидан кечирган касалликлари таъсири, ирсий омиллардан ташқари яна нималарга эътибор бериш керак? Шу каби саволларга қуйидаги мақолани ўқиш орқали жавоб олишингиз мумкин.

Ўғил болаларнинг оналари учун ташвишланарли «сигнал»лар

Бола тенгдошларига нисбатан ривожланишдан орқада қолса. Бунинг учун биологик ёш билан боғлиқ суяк ривожланиши тадқиқ этилиши керак. Суяк «ёши» боланинг ёшидан 1,5-2 йилга фарққилиши мумкин, аммо у 3 йилга кечикиши эндокрин тизим чуқур ўрганилишини тақозо этади.
Боланинг ортиқча семириши ҳам унда гормонал ўзгаришлар борлигини билдиради.
Крипторхизм — ўғил болалардаги туғма эндокрин носоғломлик бўлиб, бунда бир ёки иккала тухум мояк халтасига тушмай, қорин бўшлиғида қолиб кетади. (давоми 👇👇👇)


@doctor_soliyev
Жинсий аъзоларнинг етарли ривожланмаслиги. Масалан, ўсмир йигитча 13 ёшга тўлганида баданида тук ўсиши бошлансада, гениталий соҳаси ёшга мувофиқ ривожланмагани кузатилса, уни эндокринолог-шифокор ҳузурига олиб бориш зарур.
Жинсий аъзоларнинг эрта ривожланиши. Масалан, 7-9 яшар болаларнинг гениталий соҳаси катталарникидек кўриниши бош миядаги ўсмалардан дарак бериши мумкин. Шунинг учун ҳар йили ўғил болаларни уролог, эндокринолог шифокорларга кўрсатиб туринг.