Dilshod Sattarov
159 subscribers
104 photos
5 videos
80 links
"ЎЗСТАНДАРТ" агентлиги Бош директори

Veb-sayt: standart.uz
Facebook: fb.com/dnsattarov
Instagram: instagram.com/dnsattarov
Twitter: twitter.com/dnsattarov

+998 (71) 202-00-11 (1000)
Download Telegram
Respublikamizda texnik jihatdan tartibga solish siyosati milliy iqtisodiyotimiz rivojini belgilaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev texnik jihatdan tartibga solish agentligida boʻlib, zamonaviy laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosari mamlakatimizda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlar, uni iqtisodiy taraqqiyotimizni taʼminlashdagi oʻrni, tarmoqlarda xalqaro standartlarni joriy etish orqali sifatga erishish muhimligi, davlat nazoratini takomillashtirish, yurtimizga chetdan olib kirilayotgan import mahsulotlari uchun talablarini qayta koʻrib chiqish lozimligini taʼkidladi.

Bundan tashqari, milliy mahsulotlarimiz sifatini oshirish, tadbirkorlar va sanoat korxonalari bilan tizimli ishlashda yangicha yondashuv va yangicha tizimni yaratish zarurligi yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Latviya ekspertlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Latviya standartlar instituti rahbari K.Milaseviks, ekspertlar I.Pilmanis, S.Vitolina va Latviya Metrologiya instituti rahbari L.Marina, ekspertlar I. Fildmen va R.Zaxarovs bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda loyiha doirasida ikki tomonlama hamkorlik asosida standartlashtirish, va metrologiya sohasida amalga oshirilgan ishlar,
kun tartibidagi masalalar, ikki mamlakat oʻrtasida soha yoʻnalishlarida oʻzaro manfaatli sheriklikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha navbatdagi amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar muhokama qilindi.

Tadbir yakuniga koʻra, soha yoʻnalishlarda ikki tomonlama koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga kelishildi.

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi – ILACning toʻla huquqli aʼzosiga aylandi.

Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro hamkorlik – ILACning toʻla huquqli aʼzosi safiga qabul qilindi.

👉 https://www.standart.uz/news/view?id=3392

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | Youtube
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori va Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

“Yangi Oʻzbekiston” taraqqiyotida qurilish hamda arxitektura sohasi muhim oʻrin tutadi. Shu sabab Prezidentimiz soha rivojiga eʼtibor qaratib, yurtimizda zamonaviy qurilish sohasi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash, hamda sohaga xalqaro meʼyor hamda standartlarni keng joriy etish muhimligini taʼkidlaganlar.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori D.Sattarov va Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahbariyati oʻrtasidagi uchrashuvda malakali mutaxassislar tayyorlashdagi hamkorlik, qoʻshma laboratoriyalarni barpo etish va yuritish hamda talabalarni oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlarini birgalikda tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Senatda “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni muhokama etildi

Unda Oliy Majlis Senatorlari va tegishli vazirlik, idoralar hamda Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari masʼullari ishtirok etdilar.

Majlisda mazkur qonunning ahamiyati, tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun muhim ekanligi, shu bilan birga milliy mahsulotlarimizning sifatini taʼminlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori D.Sattarovning “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi yangi qonuni 31 ta moddadan iborat boʻlib, standartlashtirish sohasidagi xalqaro talablar va ilgʻor xorijiy tajriba qamrab olinganligi yuzasidan axboroti tinglandi.

Shuningdek, qonunda “davlat standarti” tushunchasi “milliy standart” tushunchasiga oʻzgartirilgani, milliy standartlar ixtiyoriy asosda qoʻllanilishi ishlab chiqaruvchilar uchun yana bir imkoniyat ekanligi taʼkidlandi.

Yangi qonunning qabul qilinishi bilan 18 mingdan ortiq standartlar majburiylikdan ixtiyoriylikka oʻtishi, xalqaro, mintaqaviy va xorijiy standartlarni yurtimizda qoʻllash tartibi joriy etilishi, bunda ular Milliy idoraning qarori bilan milliy standartlar sifatida oʻzgarishsiz qabul qilinishiga eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari yangi qonunda idoralar kesimida standartlashtirish boʻyicha ishlarni alohida-alohida olib borish amaliyoti bekor qilinib, standartlarni ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash, roʻyxatga olish, yangilash toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilishni standartlashtirish boʻyicha milliy idora – Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston standartlar institutiga berilayotgani mazkur sohadagi shaffoflikni taʼminlashga yordam berishi taʼkidlab oʻtildi.

Majlis davomida hududlardan saylangan Senatorlarning mazkur Qonunni yanada takomillashtirishga oid takliflari ham tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
OʻzTTSA da Germaniya Federal fizika-texnik instituti ekspertlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

“Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun milliy sifat infratuzilmasidagi islohotlar va sifatni taʼminlash” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Germaniya Federal fizika-texnik instituti ekspertlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi Xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro hamkorlik (ILAC)ning toʻla huquqli aʼzosi safiga qabul qilinganligi va natijalarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi koʻp tomonlama Bitimga qoʻshilganligi, Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida milliy etalonlarni saqlash, ulardan foydalanish boʻyicha yaratilgan infratuzilma, laboratoriyalardagi shart-sharoitlar xalqaro standartlar va meʼyor talablarga mosligi ekspertlar tomonidan eʼtirof etildi.

Erishilgan muhim natijalar mamlakatmizda sifat infratuzilmasidagi islohotlar va sifatni taʼminlashdagi imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qilishiga umid bildirildi.

Oʻz navbatida Germaniyalik ekspertlarga hamkorlikdagi ishlarni amalga oshirishda nazariy va amaliy bilimlari bilan yordam koʻrsatganligi uchun minnatdorchilik bildirildi.

Shuningdek, loyiha doirasida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida navbatdagi amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar va tarmoqlar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
🔴Live

Янги таҳрирдаги “Стандартлаштириш тўғрисида”ги Қонун маъқулланди

Давлатимизда
глобал савдо-иқтисодий интеграцияларга киришиш билан боғлиқ жараёнлар фаоллашиб бормоқда. Миллий стандартлаштириш тизимини замон талаблари даражасида такомиллаштирмай туриб, рақобатбардош иқтисодиётни барпо этиш мушкул.

Шу жиҳатдан қараганда мазкур Қонун ушбу йўлдаги саъй-ҳаракатларнинг муҳим таркибий қисми дейиш мумкин.
Қонун соҳада мустаҳкам ҳуқуқий асос бўлиб хизмат қилиши баробарида катта вазифалар ҳам юклайди. Бунда илмий-амалий, ташкилий-техник, кадрлар каби муҳим масалаларни самарали ҳал қилиш талаб этилади.  

#33yalpimajlis
@tanzilanarbaeva
14-oktyabr Xalqaro Standartlar kuni!

Har yili 14-oktyabrda butun dunyoda Standartlar kuni (World Standards Day) nishonlanadi. Bu xalqaro sana boʻlib, odamlar eʼtiborini yagona standartlarni yaratish bilan bogʻliq harakatlarni muhimligiga eʼtibor qaratish va mazkur sohada faoliyat yuritayotgan oʻn minglab mutaxassislarning mehnatlari eʼtirof etiladigan kundir.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi standartlashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni bugungi kasb bayramlari bilan chin dildan tabriklaydi. Mazkur sohaning jonkuyar va fidoiy xodimlarining kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab, yurtimiz iqtisodiyotini yuksaltirishdek masʼuliyatli faoliyatlarida omad tilaydi.

Hurmat bilan, Dilshod Sattarov

OʻzTTSA Bosh direktori

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Senatorlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi yangi qonunlar muhokamasida ishtirok etmoqda

Bugun Oliy Majlis Senatorlari Texnik jihatdan tartibga solish tizimidagi qonunchilik loyihalari bilan tanishmoqdalar.

Mazkur uchrashuvda “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi, “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi va “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining muhokamasi boʻlib oʻtmoqda.

Dastavval poytaxtda joylashgan Texnoparkda boshlangan tadbir Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “UzTest” markazi hamda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti laboratoriyalarida davom ettiriladi.

Mazkur davra suhbatlarida senatorlar metrologiya, akkreditatsiya va muvofiqlikni baholash sohalarida belgilangan tartib-tamoyillar bilan yaqindan tanishadilar.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengash (MGS)ning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Videokonferensiya shaklida MGSning navbatdagi 62-yigʻilishida Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Ozarbayjon, Tojikiston va Oʻzbekiston davlatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha milliy idoralari, MDH Ijroiya qoʻmitasi va MGSning standartlar Byurosi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasida erishgan yutuqlari uchun MDH mukofoti tanlovi, MGS faoliyatini takomillashtirish, mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish, ilmiy-texnikaviy va savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan masalalar koʻrib chiqildi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga Murojaati, unda belgilangan vazifalar va yil sarhisobi

Ayni damda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan OAV xodimlari uchun “Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga Murojaati, unda belgilangan vazifalar va yil sarhisobi” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.

Tadbirda Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomalari keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingani, xususan, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va barcha tizim-tashkilot xodimlari Murojaatnomani diqqat bilan tinglab, oʻzimiz uchun aniq rejalarni belgilab olingani shuningdek korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida taʼkidlanmoqda.

Murojaatnomaning Oltinchi yoʻnalishida, iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni koʻpaytirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, soʻnggi olti yilda investitsiyalar hajmini yalpi ichki mahsulotning 30 foizidan oshganligi, kelgusi yili qariyb 30 milliard dollar sarmoya jalb qilinib, shundan 25 milliard dollar xususiy investitsiyalar boʻlishi, jumladan, umumiy qiymati 8 milliard dollarlik 300 dan ziyod loyihani ishga tushirilishi, va yana 40 ta yangi yirik loyiha boshlangani aytib oʻtildi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2022-yilda asosiy erishilgan natijalar toʻgʻrisida maʼlumotlar berilmoqda.

“Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi yangi qonun loyihasi 2022-yil 3-noyabrda OʻRQ-800-son bilan qabul qilindi. Ushbu qonun loyihasi Jahon savdo tashkiloti, ISO talablari va xalqaro atamalar, tushunchalar bilan boyitildi hamda standartlarni qoʻllanilishi ixtiyoriyligi belgilandi.

Muvofiqlikni baholash va sinov laboratoriyalarini rivojlantirish yoʻnalishida majburiy sertifikatlashtiriladigan mahsulotlar roʻyxati amaldagi 6 164 turdan 2 444 taga (1,6 barobarga) qisqartirildi. Natijada mahsulotlarni takroriy sinash va sertifikatlashtirish oldi olindi.

Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi Oʻzbekiston Respublikasi nomidan 2022-yil 27-sentyabridan Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish hamkorligi (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF) oʻzaro tan olish xalqaro bitimlariga (ILAC-MRA va IAF-MLA) qoʻshildi va “teng xuquqli aʼzo” sifatida eʼtirof etildi.
Sifat menejmenti tizimlarini joriy etish yoʻnalishida, shu bilan birga, GSP+ tizimida viloyat hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan tarmoq jadvaliga asosan 1 323 ta korxonada xalqaro sifat menejment tizimlari joriy etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
YANGI YIL TILAKLARI..

Inson hamisha orzu va maqsadlar yoʻlida yashaydi. Ertangi kunlaridan umidvorlik, yurt va oilaning farovonligi, tinchligi, va farzandlar kamoloti uchun mehnat qiladi.

Yangi yil bayrami arafasida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim-tashkilotlarida mehnat qilayotgan barcha hamkasblarimizni yangi yil bilan chin qalbdan tabriklab, oilalariga tinchlik-totuvlik, fayzu, baraka tilaymiz!

“Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” da yurtimiz iqtisodiyoti yanada rivojlansin, milliy mahsulotlarimiz jahon bozorlarida hurmat qozonsin, oilalarimiz farovon, farzandlar kamoli va quvonchini koʻrib yurish barchamizga nasib qilsin.

Yana bir bor yangi yilingiz muborak boʻlsin!

Hurmat bilan:
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Bosh direktori Dilshod Sattarov

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter