Oybek uy-muzeyi
102 subscribers
1.33K photos
62 videos
6 files
124 links
Download Telegram
Forwarded from Onlayn JURNAL | rasmiy
#arxiv

XX asr oʻzbek adabiyotining atoqli namoyandalari — Gʻafur Gʻulom, Uygʻun, Komil Yashin, Oybek, Zulfiya va boshqalar

Suratda XX asr oʻzbek adabiyotining atoqli namoyandalari Gʻafur Gʻulom, Uygʻun, Komil Yashin, Oybek, Zulfiya kabi ijodkorlarni koʻramiz. Ularning har biri milliy adabiyotimizda maktab yaratgan ustoz adiblardir. Shubhasiz, bu davrni adabiyotimiz tarixiga zarhal harflar bilan bitilgan «oltin davr» deb atasak, xato boʻlmaydi.

«Guliston» va «Teatr» jurnallari birlashgan tahririyati:
t.me/online_journal_uz
#Қутлуғ_сана

☀️ Адабиётшунос олим, академик Наим Каримов 90 ёшда!

❇️ Устозимиз Ойбек асарларининг мукаммал тўпламини тўплашда, Ойбек ва Зарифахонимнинг ҳаётлари ва ижодларини ўрганишда музейимиз архиви, фондига ўзларининг улкан ҳиссаларини қўшганлар.

Биздан доим бебаҳо маслаҳатларини аямайдилар.

Устоз Наим Каримов бахтимизга доим соғ-омон бўлиб юрсинлар.

🙏 🙏 🙏

Доим бизнинг ардоғимиздасиз, устоз!
🌺 🌺 🌺
5👎1
10
☀️ Ойбек уй-музейида Маънавият ва маърифат кунлари ўтказилмоқда.

Ушбу кунлар доирасида ЎзЖОКУ мураббийи Мансур Юнусов ЎзЖОКУ журналистика факультетининг фаол талабалари билан музейга ташриф буюриб, уларга фахрий ёрлиқ топширди.
👍1
☀️ Ташқарида ҳаво булутли бўлса-да, Ойбек уй-музейидаги маънавий муҳит илиқ.

Тошкент шаҳар, Юнусобод туманида жойлашган 9-сонли умумтаълим мактаб ўқувчилари устозлари, она тили ва адабиёт ўқитувчиси Д.Юсупова бошчилигида Ойбек уй-музейига келишди.
👍2
Forwarded from 𝗔𝗱𝗮𝗯𝗶𝘆𝗼𝘁 𝗢𝗹𝗮𝗺𝗶 (𝗔𝗯𝗱𝘂𝘃𝗼𝗵𝗶𝗱 𝗦𝘂𝘃𝗼𝗻𝗼𝘃)
* * *
Хастамен… Фикрга, туйғуга тўлиб —
Ой менга ҳамқадам — сокин юрамен.
Соғайсам бир куни ёзамен тўйиб,
Ҳисларга қалбимни қўшиб ёзамен.

...Кечалар юрурмен телбадай ҳориб –
Бошимда ой борур — менга ҳамқадам.
Хаёллар учади машъалдай ёниб,
Тўйиб ёзажакман бир кун соғайсам...”

© Ойбек
1959, 15-август
https://t.me/Adabiyot_olami
🔥4
🇺🇿 Тошкент шаҳар Ички ишлар вазирлигининг ихтисослаштирилган мактаб-интернатининг ўқувчилари - мард ўғлонлар Ойбек уй-музей экспозицияси билан танишишди.
👍4
Нигорахон, рахмат!
1
Sizningcha, 2022-yilning eng yaxshi uy muzeyi qaysi?

(So‘rovnomaga barcha muzeylarni kiritishning imkoni bo‘lmadi)

Ovoz berish
 
Telegram | Instagram | Facebook | You Tube
🙏5
#taqriz

Oybekning "Nur qidirib" kitobiga TAQRIZ!

Oybek domlaning "Bolalik" kitobidan boshqa asarini o'qish nasib qilmagandi. "Nur qidirib" ibtido uchun debocha bo'ldi. Asar voqealari Pokiston diyorida bo'lib o'tadi. Qahramonimiz Ahmad Husaynning o'z ishidan nohaqlik sabab haydalishidan boshlangan voqealar o'quvchini davrning turfa voqeliklariga yetaklab ketadi.

Mutolaa boshida menga muallif nega aynan Pokiston misolida o'z qarashlarini ifoda etgani qiziq tuyuldi. Mutolaa davomida buni tezda anglay boshladim. Kommunistik idealogiyaga qarshi fikrlar. Chunki asar voqealari bayon etilgan davrda Pokistonda kommunizm, sotsializmga nisbatan juda salbiy munosabatda bo'lingan. Adib esa muhit va makon imkoniyatidan o'z g'oyalarini ifodalashda foydalangan.

Yana bir e'tiborli jihat shuki, asarning bir qancha qismlarida bosh qahramonlar tilidan Islom diniga ham ayovsiz tosh otilgan. Buni o'sha davrdagi umumiy sotsialistik kayfiyatga mos qarash deb hisoblab, jiddiy qabul qilmadim. Chunki, bilamizki, SSSR davrda yozilgan adabiyotlarda o'sha davrning qaysidir bir idealogiyasi olqishlanmasa, asar ham, uning muallifi ham xavf ostida qolgan.

Endi bevosita asar sujetiga to'xtalsak, asarda urdu millatining zolim ingliz mustamlakasidan ozod bo'lgandan keyingi o'tish davridagi ijtimoiy kayfiyati qalamga olingan. Bosh qahramonlar timsolida o'sha davr Pokistonidagi iqtisodiy-ijtimoiy muammolar, tengsizlik, haqsizlik, millat dardi katta mahorat bilan ochib beriladi. Adib mahorati shunchalar yuksakki, o'quvchi o'zini Pokiston ko'chalarida sayr qilgandek, tanti odamlari bilan birgadek his qilaveradi. Hattoki, umrida bir bora Pokistonga bormagan, uni ko'rmagan kitobxon ham. Asarning satridan satriga ko'chib borarkansiz Oybek domlaning soxta din peshvolaridan, dinni niqob qilib har turli razilliklarga qo'l urayotgan kimsalardan cheksiz darajada bir nafrat tuyishini yurak-yurakdan his qilasiz. Vatanparvar sifatida o'z yurtini bu kabi yaloqxo'rlardan qizg'anadi.

Shu bilan birgalikda asarda olg'a surilgan aksariyat fikrlar bugungi kun uchun o'z ahamiyatini yo'qotib ulgurganligini ham e'tirof etmasdan bo'lmaydi. Nimani nazarda tutganimni topqir kitobxonning o'zi mutolaa jarayonida tezda ilg'ab oladi. Kitob yaxshi, o'qilsa, kerakli xulosalar olish mumkin. Lekin ushbu kitob Oybek domlaning chin ma'nodagi iste'dodini ochib bera olmagan, deb hisoblayman.

Kitobdan iqtiboslar:

☁️ Chuqur yaralarni xo'jayinlar Qur'on so'zi bilan davolamoqchilar! Ishsizlarga masjid darvozasini ochadilar: toat qil! Ochlarni sabr-u qanoat safsatasi bilan boqadilar, yalang'ochlarga jannatdan to'n va'da qiladilar! Yirik zamindorlar, sarmoyadorlar uchun o'z manfaati, o'z foydasidan yuqori narsa yo'q. Vaqti kelganda, ular nazarida, Vatan, Xalq sariq chaqaga arzimaydi. Nima uchun? O'z boyliklarini, mavqelarini saqlash uchun, xolos!

☁️ Najot faqat kurashdadir, azizim. Yuraklarda olmosday qattiq chidam bo'lsa, albatta, kurash bu g'urbatdagi xalqimizni nurli, porloq hayotga eltajak.

☁️ – Yevropa boshqa – biz boshqa. Har yerning o'z sharoiti bor, – dedi.
– Menimcha, xalqning haqiqati har yerda bir! – dedi Ahmad Husayn.

☁️ Hayot bizniki! Kurashga otilganmiz, bu bizning birinchi vazifamiz. Kambag'alman, lekin tole peshonamizga quyoshday nur to'ksin, shu bizning to'yimiz.

📱 @Ilm_nur_kutubxonasi
👍4
6👍3