Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video
"Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan Oybek uy-muzeyiga tashrif
🗓 11-oktyabr — “Xalqaro qizlar kuni” doirasida tashkil etilgan haftalik tadbirlarning navbatdagi kuni Oybek uy-muzeyiga sayohat tarzida o‘tkazildi. Tashrifda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Aripova, fakultet dekan maslahatchilari M.Aliyeva, M.To‘xtasheva, V.Umarova, S.Nishanovalar hamda “Qizlarjon” klubi a’zolari va talaba qizlar ishtirok etishdi.
🗣️ Tadbir davomida Oybek va uning rafiqasi, yozuvchi Zarifa Saidnosirova hayoti hamda ijodi haqida ma’lumot berildi. Ayniqsa, Zarifa Saidnosirovaning “Oybegim mening” asari talaba qizlarda katta taassurot qoldirdi. Unda ayolning ilm-fanga kirib kelishi, birinchi kimyogar olima sifatidagi jasorati yoshlarni ilmga intilish va ijodkorlikka undadi.
☀️ Mazkur tashrif talaba qizlarda adabiyot va ilm-fanga qiziqishni oshirish, ularni yangi g‘oyalar bilan boyitish hamda o‘z salohiyatini namoyon etishga ilhomlantirishga xizmat qildi.
👩🎓 TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq
"Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan Oybek uy-muzeyiga tashrif
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
#XalqaroQizlarKuni
#FOTOGALEREYA3
⭐️ Tadbirning badiiy qismi davomida buyuk yozuvchi Oybek uy-muzeyiga tashrif jarayonini aks ettiruvchi videorolik hamda “Oybegim mening” asaridan olingan sahna lavhalari namoyish etildi. Talabalar ijrosidagi sahna ko‘rinishlari Oybek va Zarifa Saidnosirovalarning o‘zaro hurmati, hayotiy sadoqati hamda insoniy fazilatlarini yuksak mahorat bilan ifodalab berdi.
🔥 Ushbu lahzalar zalda chuqur sokinlik, hayajon va ilhom muhitini uyg‘otdi.
👩🎓 TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅ TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq
#FOTOGALEREYA3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1