Oybek uy-muzeyi
102 subscribers
1.33K photos
62 videos
6 files
125 links
Download Telegram
Тошкент тўқимачилик ва енгил саноат институти (ТТЕСИ) ўзбек ва хорижий кафедраси ўқитувчиларининг ташрифи
👍1
🥰1
Ойбек ижодининг мухлислари
🥰2
Тошкент вилояти Малака ошириш институти тингловчиларининг музейга ташрифи.
Forwarded from Oybek uy-muzeyi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☀️ Бир ўлкаки, сал кўрмаса қуёш соғинар... 🍁

Ойбек шеъри

🎼 🪕 Ўзбекистон халқ ҳофизи Шерали Жўраев ижро қилган.
2
Forwarded from Jadid.uz

IJOD VA FAN MAJNUNLARI

Oybek va Naim Karimov. Bu ikki ism ko‘p o‘rinlarda ketma-ket kelishi bejiz emas. Chunki adib Oybek ijodi va shaxsiyati haqidagi aksar tadqiqotlar, fundamental kitoblar olim nomi bilan bog‘liq bo‘lsa, adabiyotshunos Naim Karimov ilmiy faoliyatining salmoqli qismi bevosita Oybek fenomeni, uning ijodiy laboratoriyasi xususidadir.


📱 Batafsil: jadid.uz/?p=8704

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Ўзбекистон Республика Миллий гвардияси Тошкент Минтақавий ўқув маркази тингловчилари ва аскарларнинг музейга ташрифи
Forwarded from @umarofa
☀️ Бугун, 9 февраль -
туркий ва форс тилларида ижод қилган, улуғ шоир, жаҳон адабиетининг мислсиз сиймоларидан бири, мутафаккир, буюк олим ва давлат арбоби
Низомиддин Мир Алишер НАВОИЙ таваллуд топган кун.

(9.02.144 - Ҳирот - 3.01.1501 )
👍2
Forwarded from Jadid.uz

Oybekning “Navoiy” romanidan iqtiboslar

✍️ Ko‘nglingiz har chog‘ el muhabbati bilan labo-lab to‘lsin, har ishga bel bog‘lar ekansiz, elning manfaat va zaruriyatini o‘zingiz uchun bir mezon, deb biling.
✍️ Haq so‘zni aytgan og‘izlarni tosh bilan qonatmoq emas, haqiqat tamalini qulatmoqqa ko‘tarilgan qo‘llarni kesmoq zarur.
✍️ Kitoblar meni yupantirmoqda, bo‘lmasa, yurtga kelgan falokatlarni ko‘rib, jinni bo‘lishim muqarrar edi.
✍️ Aql va adolatning yorug‘ kunduzini, zulm va jaholatning qora tunini hech bir ilm tarix kabi ravshan ko‘rsata olmagan.
✍️ Podshohga yaqin turmoq, og‘zini ochgan ajdahoga yaqin turmoq bilan barobar!


🔗 Barcha iqtiboslar: jadid.uz/?p=8402

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
☀️ Бир ўлкаки, тупроғида олтин гуллайди,
Бир ўлкаки, қишларида шивирлар баҳор,
Бир ўлкаки, сал кўрмаса, қуёш соғинар…
Бир ўлкаки, ғайратидан асаби чақнар.
Бахт тошини чақиб, бунда куч гувиллайди....

🌸 НАЪМАТАК

Нафис чайқалади бир туп наъматак
Юксакда, шамолнинг беланчагида,
Қуёшга кўтариб бир сават оқ гул,
Виқор-ла ўшшайган қоя лабида,
Нафис чайқалади бир туп наъматак…

Майин рақсига ҳеч қониқмас кўнгил,
Ваҳший тошларга ҳам у берар фусун.
Сўнмайди юзида ёрқин табассум,
Яноқларни тутиб олтин бўса-чун
Қуёшга тутади бир сават оқ гул!

Пойида йиғлайди кумуш қор юм-юм…
Нафис чайқалади бир туп наъматак…
Шамол инжуларини сепар чашмадак,
Бошида бир сават оқ юлдуз-чечак,
Нозик саломлари нақадар маъсум.

Тоғлар ҳавосининг ферузасидан
Майин товланади бутун ниҳоли,
Ваҳший қояларнинг ажиб ижоди:
Юксакда рақс этар бир туп наъматак,
Қуёшга бир сават гул тутиб хурсанд!

ОЙБЕК
👏32👍1
2
Бугун Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университетнинг (ТДПУ) талабалари устози Тўхтаева Наргиза Нарзиевна рахбарлигида музейга ташриф буюрдилар
2👍1
"Эврика" хусусий мактабининг 7,8 ва 9 синф ўқувчиларининг музейга ташрифи
👍3
🥰1
Mamlakatimizda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at, diniy ma’rifat
sohalarini rivojlantirish, o‘zining betakror ilmiy va ijodiy merosi,
ijtimoiy faoliyati bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishga ulkan
hissa qo‘shgan atoqli shoir va yozuvchilar, bastakorlar, olimlar, kino va teatr
sanʼati namoyandalarining tavallud sanalarini keng nishonlash hamda
ularning faoliyatini chuqur O‘rganish va targʼib etish maqsadida
2025-yilning 13-fevral kuni Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 72 – F sonli farmoyishi qabul qilindi.
Shunga koʼra, 17-fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Oʼzbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari Oʼzbek adabiyoti va uni o‘qitish metodika kafedrasi dotsenti N.Toʼxtayeva boshchiligida joriy yilda tavalludining 120 yilligi keng nishonlanayotgan atoqli o‘zbek adibi, akademik Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek uy muzeyiga tashrif buyurishdi. Talabalarni adibning nevarasi, ayni paytda Oybek uy muzeyi direktori Oynur Toshmuhamedova iliq kutib oldi.
Oynur opa Oybek hayoti va ijodining serqirra ayni paytda mashaqqatli uzun yo‘li haqida talabalarga gapirib berdi. “Navoiy”, “Qutlugʼ qon”, “Oltin vodiydan shabadalar” kabi yirik asarlarning yozilish tarixi bilan bog‘liq voqealar hikoya qilindi, Oybek domlaning qatag‘onlik yillarida boshidan kechirgan iztiroblar oqibatda og‘ir xastalikka chalinib qolishi, shunga qaramay rafiqasi Zarifa Saidnosirova ko‘magida ijodni davom ettirganligi haqida so‘zlayotgan muzey eksponatlari talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Bugungi kunda Oybek shaxsi va ijodining maktab darsliklarida o‘rganilishi yosh avlodni ilm-maʼrifatga, adabiyotga muhabbat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Аdib sheʼriyati, romanlari, boringki butun ijodiy merosi nafaqat O‘zbekistonda xorijda ham chuqur o‘rganilayotgani quvonarli.