Oybek uy-muzeyi
102 subscribers
1.33K photos
62 videos
6 files
125 links
Download Telegram
Forwarded from Jadid.uz

NA’MATAK

Nafis chayqaladi bir tup na’matak
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga ko‘tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o‘shshaygan qoya labida,
Nafis chayqaladi bir tup na’matak…

Mayin raqsiga hech qoniqmas ko‘ngil,
Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.
So‘nmaydi yuzida yorqin tabassum,
Yanoqlarni tutib oltin bo‘sa-chun
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!

Poyida yig‘laydi kumush qor yum-yum…
Nafis chayqaladi bir tup na’matak…
Shamol injularini separ chashmadak,
Boshida bir savat oq yulduz – chechak,
Nozik salomlari naqadar ma’sum.

Tog‘lar havosining feruzasidan
Mayin tovlanadi butun niholi,
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:
Yuksakda raqs etar bir tup na’matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!

OYBEK

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Jadid.uz

MAVLONO OYBEKNING MUNAVVAR YODI
Bahodir KARIM

Barkamol siymolardan meros oydin xotira, munavvar tasavvur inson xayolida qayta va qayta jonlanaveradi. Biz Oybekni ko‘rgan emasmiz. Dilbar inson, iste’dodli adib, lirik shoir, adabiyotshunos olim Oybek to‘g‘risidagi tasavvurimiz kitoblar tufayli paydo bo‘ldi. Ayni chog‘da, Oybekka zamondosh, ularga hamsuhbat bo‘lgan tabarruk insonlarning xotiralari, yodnomalari biz uchun muhim va ardoqli. O‘sha tabarruk xotiralarni eshitib, Oybek dunyosiga qayta nazar solamiz. Ibratlanamiz...


📱 Batafsil: jadid.uz/?p=8428

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 120 yilligi munosabati bilan Oybek uy-muzeyida ijodkor, jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan press-turdan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
👍2
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 120 yilligi munosabati bilan Oybek uy-muzeyida ijodkor, jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan press-turdan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
👍41