Oybek uy-muzeyi
102 subscribers
1.33K photos
62 videos
6 files
125 links
Download Telegram
Forwarded from Anton A
ТАКЛИФНОМА

Адабиёт шайдолари, эртага, 10 январь куни Мусо Тошмуҳаммад ўғли Ойбек таваллудининг 120 йиллиги муносабати билан Ойбек уй-музейида ижодкор, журналист ва блогерлар учун пресс-тур ташкил этамиз.
Адиб ҳаёти ва ижоди ҳақидаги экспонатларни ўз кўзингиз билан кўришни, улар ҳақида бошқаларга ҳам билдиришни истагангиз, эртага Юнусобод тумани Ифтихор 1-тор кўчаси 26-уйга келинг!
Телеграм каналимизда музей жойлашувини улашяпмиз.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати
Forwarded from 𝗔𝗱𝗮𝗯𝗶𝘆𝗼𝘁 𝗢𝗹𝗮𝗺𝗶 (Абдувоҳид Сувонов)
* * *
Хастамен… Фикрга, туйғуга тўлиб —
Ой менга ҳамқадам — сокин юрамен.
Соғайсам бир куни ёзамен тўйиб,
Ҳисларга қалбимни қўшиб ёзамен.

...Кечалар юрурмен телбадай ҳориб –
Бошимда ой борур — менга ҳамқадам.
Хаёллар учади машъалдай ёниб,
Тўйиб ёзажакман бир кун соғайсам...”

© Ойбек
1959, 15-август
https://t.me/Adabiyot_olami
🙏1
Forwarded from Jadid.uz


10-yanvar – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oybek tavallud topgan kun

Shoir, adib va jamoat arbobi Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek 1905-yilning 10-yanvarida Toshkentda tugʻilgan. O‘rta Osiyo davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetini tamomlagan.

Oybek adabiyotga 1926-yili chop etilgan “Tuyg‘ular” she’riy to‘plami bilan kirib kelgan. Shoirning “Dilbar - davr qizi” (1931), “O‘ch” (1932), “Baxtigul va Sog‘indik” (1933), “Temirchi Jo‘ra”(1933) dostonlari o‘z davrining eng go‘zal she’riy solnomalaridir. Oybek tarixiy va zamonaviy mavzularda yigirmaga yaqin dostonlar yaratgan.

O‘zbek xalqining 1916-yilgi milliy ozodlik qo‘zg‘oloni yozuvchining “Qutlug‘ qon” (1940) romanida zo‘r mahorat bilan realistik ifodalangan bo‘lsa, “Navoiy” (1944) romanida o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi. Uning “Oltin vodiydan shabadalar” (1949) asarida xalqimizning urushdan keyingi davr yaratuvchilik mehnati, “Quyosh qoraymas” (1958) romanida ikkinchi jahon urushi fojialari o‘z ifodasini topgan.

Adibning avtobiografik qissasi “Bolalik” 1963-yilda yaratilgan. Qissaning bosh qahramoni yosh Muso, ya’ni Oybekning o‘zidir. O‘zbek kitobxoni Pushkinning “Yevgeniy Onegin” she’riy romani, Lermontovning “Maskarad”, “Molyerning “Tartyuf” dramasi, shuningdek, antik adabiyot namunalarini Oybek tarjimasida o‘qishga muyassar bo‘lgan.

Oybek 1968-yil 1-iyul kuni 63 yoshida vafot etgan. Vafotidan so‘ng uning 20 jildlik to‘la asarlari majmuasi nashr etilgan. Uning xotirasiga Toshkent metropoliteni stansiyasi nomlangan. Shuningdek, yozuvchining uy-muzeyi faoliyat yuritib keladi.

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jadid.uz
❗️
Oybek uy-muzeyiga fotosayohat 📷

Uy-muzey Yunusobod tumani “Yangiariq” mahallasida joylashgan.

📱 Batafsil: jadid.uz/oybek-uy-muzeyiga-fotosayohat

📍 Xaritadan koʻrish
Muallif: Abdumannon Muhammad

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Jadid.uz

Oybekning “Navoiy” romanidan iqtiboslar

✍️ Ko‘nglingiz har chog‘ el muhabbati bilan labo-lab to‘lsin, har ishga bel bog‘lar ekansiz, elning manfaat va zaruriyatini o‘zingiz uchun bir mezon, deb biling.
✍️ Haq so‘zni aytgan og‘izlarni tosh bilan qonatmoq emas, haqiqat tamalini qulatmoqqa ko‘tarilgan qo‘llarni kesmoq zarur.
✍️ Kitoblar meni yupantirmoqda, bo‘lmasa, yurtga kelgan falokatlarni ko‘rib, jinni bo‘lishim muqarrar edi.
✍️ Aql va adolatning yorug‘ kunduzini, zulm va jaholatning qora tunini hech bir ilm tarix kabi ravshan ko‘rsata olmagan.
✍️ Podshohga yaqin turmoq, og‘zini ochgan ajdahoga yaqin turmoq bilan barobar!


📱 Barcha iqtiboslar: jadid.uz/?p=8402

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jadid.uz

NA’MATAK

Nafis chayqaladi bir tup na’matak
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga ko‘tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o‘shshaygan qoya labida,
Nafis chayqaladi bir tup na’matak…

Mayin raqsiga hech qoniqmas ko‘ngil,
Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.
So‘nmaydi yuzida yorqin tabassum,
Yanoqlarni tutib oltin bo‘sa-chun
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!

Poyida yig‘laydi kumush qor yum-yum…
Nafis chayqaladi bir tup na’matak…
Shamol injularini separ chashmadak,
Boshida bir savat oq yulduz – chechak,
Nozik salomlari naqadar ma’sum.

Tog‘lar havosining feruzasidan
Mayin tovlanadi butun niholi,
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:
Yuksakda raqs etar bir tup na’matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!

OYBEK

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1