Forwarded from Mitti Ko'prik
Қизлар, йигитлар Эндрю Станиланд билан жадид шеъриятини ўзбек ва инглиз тилларида галма-галдан ўқишди. Шом пайти Ойбек домланинг уй-музейлари янада гўзаллашиб кетди. Эндрю музейни аслида Ойбек ва Зарифа Саидносир уй-музейи деб номлаш керак экан, дея зўр таклиф берди. Савол берганлар ва фаол иштирокчиларга китоблар улашилди. Бизнинг тадбирларимиз ўзи учун янги ва яхши нарсаларни ўрганувчи ва бўлишувчилар учун ҳамиша очиқ. Қолганларни ҳам тез орада келадиган чет эллик катта ижодий гуруҳ билан учрашувларда кутамиз!
👍2❤1
Na'matak
Oybek
NA’MATAK
Nafis chayqaladi bir tup na‘matak
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga ko‘tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o‘shshaygan qoya labida.
Nafis chayqaladi bir tup na‘matak...
Mayin raqsiga hech qoniqmas ko‘ngil,
Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.
So'nmaydi yuzida yorqin tabassum.
Yanoqlarni tutib oltin bo‘sa-chun,
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!
Poyida yig‘laydi kumush qor yum-yum...
Nafis chayqaladi bir tup na‘matak
Shamol injularin separ chashmadek
Boshida bir savat oq yulduz — chechak,
Nozik salomlari naqadar ma'sum!
Tog'lar havosining feruzasidan
Mayin tovlanadi butun niholi.
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:
Yuksakda raqs etar bir tub na'matak
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!
✍ Oybek
@baxt_va_hayot_maktabi
Nafis chayqaladi bir tup na‘matak
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga ko‘tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o‘shshaygan qoya labida.
Nafis chayqaladi bir tup na‘matak...
Mayin raqsiga hech qoniqmas ko‘ngil,
Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.
So'nmaydi yuzida yorqin tabassum.
Yanoqlarni tutib oltin bo‘sa-chun,
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!
Poyida yig‘laydi kumush qor yum-yum...
Nafis chayqaladi bir tup na‘matak
Shamol injularin separ chashmadek
Boshida bir savat oq yulduz — chechak,
Nozik salomlari naqadar ma'sum!
Tog'lar havosining feruzasidan
Mayin tovlanadi butun niholi.
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:
Yuksakda raqs etar bir tub na'matak
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!
✍ Oybek
@baxt_va_hayot_maktabi
🔥1