Django darslari (Mukhammad irmatov)
1.46K subscribers
64 photos
15 videos
4 files
69 links
Kanalda python, django va backendga aloqador mavzularda postlar bo’ladi.
Author: Software Engineer
Aloqa uchun: @mukhammad_irmatov

Youtube sahifa:
https://www.youtube.com/channel/UCo-bKPTGuDtjJf9JzjvtgNw/featured
Download Telegram
Django darslari (Mukhammad irmatov)
Django 8-dars | Djangoda Custom User modeli bilan ishlash video uchun havola: https://www.youtube.com/watch?v=KpDJVPhddOU πŸ‘‰ t.me/DjangoDarslari
Darslarni yaxshi tushunish va esda qolishi uchun, o'zingiz yana boshqatdan bajarishingiz, iloji bo'lsa o'zgartirish kiritib ishlashingiz tavsiya qilinadi.
base.html
2.5 KB
10-darsda ishlatilgan bootstrap kodlari

πŸ‘‰ t.me/DjangoDarslari
Klassga asoslanga View vs Funksiyaga asoslangan View

Djangoda 2xil View ishlatishimiz mumkin:
βœ… Funksiyaga asoslangan(FBV)
βœ… Klassga asoslangan View(CBV)
Eng avvalo, funksiyali viewlar bilan ishlangan bo'lsa, keyinchalik kodni qayta qayta yozishni oldini olish hamda shablonlashtirish funksiyasini qo'shish maqsadida klasslar orqali ishlanadigan Viewlar ham ishlab chiqildi. Keling yaxshisi ularning ustunlik va kamchiliklari haqida gaplashamiz.

Funksiyaga asoslangan Viewlar ->
Ustunliklari:
β–ͺ️Ishga tushurish oddiy
β–ͺ️Kodni o'qish oson
β–ͺ️Dekoratorlarni to'g'ridan to'g'ri ishlatish
Kamchiliklari:
β–ͺ️
Kodni qayta ishlatish qiyin
β–ͺ️Kodda takrorlanish ko'p bo'ladi
Umumiy olib qaraganda, funksiyali viewni ishlatish ancha oson va foydali lekin eng katta kamchiligi shundaki, agar djangoda kattaroq loyiha qilayotgan bo'lsangiz, o'xshash funksiyalar judayam ko'payib ketadi. Ayniqsa agar siz CRUD(create-read-update-delete) operatsiyalarini bajaroytgan bo'lsangiz, kodingiz qayta qayta takrorlanishlar soni ko'payib ketadi, bu vaziyatda sizga klassga asoslangan viewlar yordamga keladi.

Klassga asoslangan viewlar ->
Ustunliklari:
β–ͺ️Kodni qayta ishlatish imkoniyati.
β–ͺ️DRY - klasslardan foydalanish kodning takrorlanishi kamaytirishga yordam beradi.
β–ͺ️Tayyor generic viewlar (ListView, DetailView, UpdateView...)
β–ͺ️Kodni kengaytirish imkoniyati - klass viewlari Mixins orqali ko'proq funksionallikni bajaradi.

Kamchiliklari:
β–ͺ️O
'qib tushunish birmuncha qiyinroq
β–ͺ️Barcha kodlarning ochiq emasligi
β–ͺ️View decoratorlardan foydalanish uchun qo'shimcha import va method overrideni talab qilishi
Assalomu alaykum! Aziz Dindoshim Ramazon hayitingiz muborak boΚ»lsin!
Djangoda kod yozayotganizda qatsi biridan foydalanasiz va nima uchun?
Anonymous Poll
48%
PyCharm
41%
Visual Studio code
5%
Spyder
2%
Atom-IDE
4%
Boshqasi
Ko'pchilik so'rashgandi, django darslarini o'rganayotganlar uchun bitta guruh bo'lsa, savollarimiz va tushunmayotgan joylarimizni so'rab tursak deb. O'sha guruhni o'zim ochib qo'yaqoldim)
Guruh linki πŸ‘‡
https://t.me/joinchat/okuF6nC4or5kZmVi
Django darslari (Mukhammad irmatov)
14-dars. Media fayllar bilan ishlash. Yangiliklar saytiga rasm qo'shish. video uchun havola: https://www.youtube.com/watch?v=vc9frZN_UDQ&t=89s πŸ‘‰ t.me/DjangoDarslari
UPD: Rasmni o'qish va dasturning ishlashi uchun Djangoda Pillow moduli o'rnatilgan bo'lishi kerak. Pillow modulini o'rnatish uchun terminalda quyidagilarni kiriting:

python -m pip install --upgrade pip
python -m pip install --upgrade pillow