Overengineering — qanday oldini olish mumkin?
Xo‘sh, overengineering to‘g‘ri ish emasligi haqida yozdik, lekin real loyihalarda undan qanday qochish mumkin? Muhimi – muammoga qarab emas, balki ehtiyojga qarab kod yozish kerak. Ko‘p hollarda, ortiqcha murakkablik dasturchining kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hozirdan "hal qilib qo’yish“ istagidan kelib chiqadi. Lekin bunday yondashuv amaliyotda 1 tonna keraksiz kod, oylab vaqtni isrof qilish va qo‘llab-quvvatlash qiyin bo‘lgan arxitektura bilan yakunlanadi.
Shuning uchun ayni vaqtdagi kerakli qismlar va amaliy muammolarni hal qilishga bor e’tiborni qaratish kerak. Minimal ishlaydigan yechim yaratib, keyinchalik uni yaxshilash imkoniyatini saqlab qolish har doim eng yaxshi variant. Endi esa, overengineeringdan qanday qochish mumkin, ko‘rib chiqamiz:
1️⃣ Minimal yechimdan boshlang
Loyiha uchun eng oddiy va aniq ishlaydigan yechimni tanlang. Masalan, yangi ma’lumotlar sinxronizatsiya tizimi kerakmi? Avval oddiy cron job yoki Celery task bilan hal qilib ko‘ring. Agar haqiqatan muammo yuzaga kelsa va real-time sinxronizatsiya zarur bo‘lsa, shundan keyin Redis Pub/Sub, RabbitMQ yoki Kafka kabi murakkabroq yechimlarni o‘ylab ko‘ring.
2️⃣ Haqiqiy muammoga asoslaning
Ko‘p hollarda dasturchilar kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan hal qilishga harakat qilib, hozir umuman kerak bo‘lmagan murakkab funksiya va metodlarni qo‘shishadi. Kod yozishdan oldin o‘zimizga savol berishimiz kerak: Bu muammo hozir mavjudmi? Agar yo‘q bo‘lsa, balki hozircha bu yechim kerak emasdir.
3️⃣ KISS va YAGNI prinsiplari
Django yoki boshqa backend dasturlarini yozishda KISS (Keep It Simple, Stupid) va YAGNI (You Ain’t Gonna Need It) prinsiplariga amal qilish kerak. Ortib ketgan abstraktsiyalar, keraksiz servislar yoki mikroxizmatlar loyihani faqat murakkablashtiradi va qo‘llab-quvvatlashni qiyinlashtiradi. Shuning uchun, hali yo’q bo’lgan muammoni hal qilishga urinmang.
4️⃣ Refaktoring va optimallashtirishni bosqichma-bosqich bajaring
Dastlab ishlaydigan, tushunarli va minimal kod yozing, keyin uni yaxshilash haqida o‘ylang. Keraksiz abstraktsiyalar qo‘shishdan oldin, kodni o‘qilishi va qo‘llab-quvvatlanishi oson bo‘lishiga e’tibor bering. Logikani to‘g‘ri modularizatsiya qilib, view, service layer yoki signal kabi qatlamlarni faqat zarur bo‘lsa ajrating. Shu tariqa kod nafaqat ishlaydi, balki keyinchalik kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash ham oson bo‘ladi.
5️⃣ Soddalikni ustuvor qiling
Ko‘p hollarda oddiy Django caching (Redis yoki memcached) yetarli bo‘ladi, lekin ba’zilar "scale bo‘lishi mumkin" degan maqsadda Kafka yoki RabbitMQ kabi murakkab queue tizimlarini erta bosqichda qo‘shishadi. Aslida esa, avval oddiy yechim bilan ishlatib ko‘rib, haqiqiy yuk ortganda optimizatsiya qilish yaxshiroq. Har qanday murakkab texnologiya — qo‘shimcha texnik qarz va qo‘llab-quvvatlash boshog’rigi degani.
Xulosa: Overengineering — bu resurslarni, vaqtni va loyihani boshqarishni murakkablashtiradigan muammo. Dastlabki yechimni soddalashtirish, real ehtiyojlarga e’tibor berish va refaktoringni bosqichma-bosqich qilish — bu muammoni oldini olishning eng yaxshi usuli.

👍18❤7🔥4🤩1
Oramizda Kwatt ilovasida ishlagan dasturchilar bo’lsa, iltimos Notification tizimiga qarab qo’yinglar, deyarli har doim 5-6 talab notification jo’natadi. Retry tizimi yaxshi ishlamayotgan bo’lishi, FCM tokenlarni saqlashda muammo bo’lishi ham mumkin. Yoki shunchaki, bildirishnoma yuborayotgan admin bir marta yuborish o’rniga knopkani 5-6 martalab bosyapti )
😁28👍5😱1
Django darslari (Mukhammad irmatov)
https://t.me/birfoizbilim/278
Har qanday motivatsiyaga boy, auditoriyaga moslab aytilgan gaplarga ishonib, amal qilavermaslik kerak. “Dam olishsiz ishlash kerak, shunda top performer bo’ladi” deyish g’irt absurd tushuncha, ancha muncha zo’r dasturchilarni dam olishsiz(no weekend) ishlab burnout bo’lib qolganini ko’rganman, burnout bo’lgach 1-2 oy umuman kompyuterga yaqinlashmaganlari ham talaygina. Elon muskni o’zi “haftasiga 80-100 soat ishladim, keyin burnout bo’lib qoldim, boshqa bunday qilmayman” deb tan olgani, “Deep work” kitobi muallifi Cal Newport ham dam olishni majburiy qilish kerak deb maslahat bergani bunday motivatsion postlarda aytilmaydi.
Miya dam olishni tushunmaydi deyish ham xato gap, miya aslida dam olayotgan (default mode) vaqtda masalan sayr qilayotganda, yolg’iz hayol surib o’tirganda yoki shunchaki hech nima qilmayotganda faollashadi va eng yaxshi fikrlar(g’oyalar) dam olayotgan vaqtda keladi. Dam olishni dangasalik deyish yoki “qochish” tizimi deyish bu juda yomon tendensiya aslida. Maslow ierarxiyasida ham dam olish, uyqu va tana tiklanishi inson uchun 1-darajadagi eng muhim fiziologik ehtiyojlar sirasiga kiritilgan va uni inkor qilish aqldan ozish bilan teng desayam bo’ladi.
Oxirgi paytlarda “Sleep is for losers” kabi motivatsion trendlar targ’ib qilinmoqda. Sen uxlayotganingda raqobatchilaring ishlayapti degan motivatsion gaplar qisqa vaqtli eyforiya berishi mumkin xuddiki qog’ozli gazetani yoqqanda baland bo’lib yongani kabi lekin uzoq muddat uyqusiz, dam olishsiz ishlash/o’qish yuqorida aytganimdek burnout, stress, ruhiy bosim beradi. Buni unutmang!
No weekend = Succesl ❌
Discipline + Focus + Rest = Success ✅

👍31❤3👏3🔥2
Oldin barcha loyihalarimda UUID ni ishlatar edim, yaqin 2-3 oydan beri ULID ni ishlatyapman. UUID dan ko’ra ancha qulay, o’qishga ham oson. ULID timestamp orqali yaratilgani uchun indekslar tartibli saqlanadi - insert/read ham UUID dan ko’ra tezroq. Oramizda ULID ni ishlatadiganlar bormi, nima uchun ULID ga o'tgansiz?
👨💻11👍7❤2👎1
Forwarded from MohirDev.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Python Full Stack” kursimiz eksperti Muhammad Ermatovning hayoti shunaqa kontrastlardan iborat. Ba’zan ofisda, ba’zan tog‘ cho‘qqisida bo‘ladi.
Lekin orada vaqt topib izohlaringizni o‘qishi mumkin 👇
#yuzmayuz
@mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤2🔥2
MohirDev.uz
Mohirdev marketing komandasiga yosh va kreativ jamoa yig’ilgan. Oxirgi vaqtlar ancha sifatli kontentlar qilishyapti, ko’z tegmasin.
👍5❤3