Forwarded from Personal private blog
"Savdogarlar ustozi" (Qaydlarim: 2-qism)
To'g'risini aytganda, butun boshli asarning o'zi qayd sifatida yozib olishga arziydi. Chunki har bir voqealikdan ibrat olsak bo'ladi. Lkn bularni umumiyroq deb bildim va alohida qilib yozib oldim. (Shaxsiy fikrim)
Yana 1ta savol so'ramoqchi edim, shu asar haqida gapirganimdan keyin biror kishi o'qishni boshladimi shuni?
👉 @asilbekblog_1 👈

1. "Albatta, to bir qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha, Alloh
ularning holini o‘zgartirmas. (Ra’d surasi, 11-oyat)".
Imomi A'zamdan shogirtlariga doimiy eslatma: "O‘g‘lonlarim, yodlaringda bo‘lsin, fikrlashlaring o‘zgarmaguncha, hayotlaring o‘zgarmaydi. O‘zlaringni o‘zgartirmagunlaringcha, Alloh ham sizlarni o‘zgartirmaydi".
2.Kimning maqsadi bòlmasa, maqsadi borlarga xizmat qiladi.
3.Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallam shunday degan: “Ham oxirat uchun, ham dunyo uchun harakat qilgan odam xayrlidir.”
4. Hech qachon birovning ilojsizligidan, yo xalqning noilojligidan foydalanib dunyo orttirmang.
5. Boy musulmonning zimmasida o‘zgalarni boylik sari to‘g‘ri boshlash, sadaqa va ehsonlar qilish, odamlarni ish bilan ta’minlash, jamiyatga yangilik olib kirish, ilm oladiganlar va olimlarga yordam berish kabi majburiyatlar bor. Shuning uchun boy bo‘lishga qaror qilgan odam, xasislikdan voz kechishi, ko‘nglini keng qilib ishlashi kerak. Boylikning qalbga kirib olib,vasvasa qilishi uchun yo‘l qo‘ymasligi lozim.
6. Musulmonlar boy bo‘lishlari kerak. Shunda dunyoda adolat hukm suradi. Ishsizlik kamayib, insonlar baxtli yashaydi. Yo‘qsillar toptalmaydi, ilm xor qilinmaydi, o‘qituvchi va tabiblar kamsitilib, obro‘lari to‘kilmaydi. Ayollar ishlash uchun tashqariga chiqmaydi. Islom dini yomonotliq qilinmaydi.
7. Alloh qalbi boy, iffatli insonlarni yaxshi ko‘radi.
8. Bugungi tirikchilik, savdo, oila tebratish haqidagi tushunchalar juda sayozda qara. Parvardigor sendan "harakat mendan barakat" qabilida ish tutyapti. Ammo banda shu ozgina harakatini ham qilmayapti.
9.Maqsadingiz aniq bo‘lsin. Noaniq maqsad sari yursangiz, natija ham noaniq bo‘ladi. Yuravermaylikchi, oldimizdan bir nima chiqib qolar, qabilidagi ishning natijasi haqiqatan bir nima, ammo noma’lum nimadir bo‘ladi. Maqsadingiz sultonlarni shoshirib qo‘yishi, insoniyatga foyda keltirishi kerak. Alloh ishlaringizga rivoj bersin.
10. Alloh taolo qarz oldi-berdisidan tortib, qilinajak ishlarni yozib qo‘yishgacha ta’lim bergan. Ishonmasang, Qur’onga boq. U yerda aql egalari uchun yaxshi tavsiyalar bor. Men ham maqsadlarimni, rejalarimni yozib borishni niyat qildim. Butun insoniyatga foyda keltiradigan ishlarni orzu qilaman. Mana shu maqsadlarimga har kuni qarab turaman. Toki ular esimdan chiqib ketmasin va qalbimga joylansin. Qalbga o‘rnashgan narsaning ta’siri a’zolarda seziladi. Harakat qila boshlaysan. Qorning ochganida ovqatlanishga intilganingdek, ushbu maqsadlarga yetish uchun ham tinimsiz harakat qilasan. Sen ham maqsadlaringni yozib qo‘ygin. Miyangga yaxshi fikrlar kelsa ham qog‘ozga tushirgin
Yana 1ta savol so'ramoqchi edim, shu asar haqida gapirganimdan keyin biror kishi o'qishni boshladimi shuni?
👉 @asilbekblog_1 👈
❤7🔥1
Forwarded from Frontend
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#react #frontend
Havola: https://www.reactbits.dev
@frontend | Happy Coding
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥2
Forwarded from KARYERIST_UZ
"Men bu ishga to'g'ri kelmayman"
Kecha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri –Coca-Cola Uzbekistanning HR bo'limida amaliyot vakansiyasini ko'rdim. Ko'pchilik bunday vakansiyalarni ko'rib, talablarga qarab o'zlarini baholab, “Men to'g'ri kelmayman” deb ariza bermaydi. Bu katta xato.
Keling, ish tavsifidagi talablarni tahlil qilamiz:
1️⃣ Oliy ma'lumot: HR uchun pedagogika, psixologiya yoki biznes boshqaruvi yo'nalishlaridagi diplomlar yetarli. Agar siz shu yo'nalishda o'qigan bo'lsangiz yoki hozir o'qiyotgan bo'lsangiz, bu talabga mos kelasiz.
2️⃣ Boshlang'ich tajriba: Bu yerda 10 yillik tajriba so'ralmaydi. Balki sizning sohaga bo'lgan tushunchangiz va o'rganishga ishtiyoqingiz muhim. HR bo'yicha kurslar (online yoki offline) o'tgan bo'lsangiz, talabga javob berishingiz mumkin.
3️⃣ Darsdan tashqari faollik: Ijtimoiy faoliyat – masalan, kitobxonlik klublari, IT yoki volontyorlik guruhlari – sizning yumshoq ko'nikmalaringizni (kommunikatsiya, vaqtni boshqarish, jamoada ishlash) rivojlantiradi. Ish beruvchilar bunday faolliklarni yuqori baholashadi.
Shuni unutmang, ish beruvchilar ideal kadrni emas, bilim olishga va rivojlanishga intiluvchan insonlarni qidirmoqda. Muhimi, siz hozirda nimani o'rganayotganingizni ko'rsatishingizdir.
Keyingi safar “Men bu ishga to'g'ri kelmayman” deb o'ylasangiz, shu postni eslang va imkoniyatlarni yana bir bor ko'rib chiqing. Sizda buni uddalash qobiliyati bor! ❤️
Kecha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri –

❤5👍2
Forwarded from KARYERIST_UZ
🚨Bu so‘z o‘zbek tilida mavjud emas, go‘yoki bundan hech kim hech qachon zarar ko‘rmagandek.
Rus tilida — “выгорание”, ingliz tilida — “occupational burnout”, o‘zbekchada esa “charchash” deb tarjima qilinadi. Lekin bu oddiy charchash emas, balki ishdagi stress, haddan tashqari ko‘p ish yukining oqibatida yuzaga keladigan ruhiy va jismoniy holdir.
Nega bu mavzu O‘zbekistonda ko‘tarilmaydi? Chunki hali ham eskicha qarashlar mavjud. Boshliqqa “qudratli inson” sifatida qaraladi, odamlar esa o‘z ustida ishlash va bilim oshirish o‘rniga, yillar davomida bir joyda ishlab, oylik olib yurishni afzal ko‘rishadi. Karyera uchun risk olish imkonsizdek tuyuladi. Natijada ko‘pchilik “ishdan bo‘shab qolmaslik” uchun boshliq aytganini so‘zsiz bajaraveradi.
Boshliqlar ham o‘zlarini “hammadan zo’r” deb bilishadi. Ular uchun xodimning ketishi deyarli imkonsizdek, “qayerga ham ketardi” deb o‘ylashadi.
Bu muammoni to‘liq hal qilish uchun vaqt kerak, lekin o‘zgarishni o‘zingizdan boshlashingiz mumkin:
- Soat 18:00 dan keyin topshiriq berildimi? Demak, uni ertaga qilish mumkin.
- Stressga duch keldingizmi? Malakani oshirib, boshqa ish izlashni o‘ylang.
Ish topiladi, sog‘liq esa yo‘q. Oila va ish o‘rtasida balansni saqlash har birimizning burchimiz!
Sizlarning @karyerist_uz 💗

❤8👍3🔥1
Forwarded from «Oʻzagrosugʻurta» AJ
Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz!
14-yanvar Yurtimizda jasorat va milliy g‘urur timsoliga aylangan – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida keng nishonlanadi.
Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur, shijoatli o‘g‘lonlari bilan faxrlanib kelgan. O‘zbek o‘g‘lonlari ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni muqaddas burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.
Telegram|Instagram|Facebook|Youtube|Website|Taplink|Twitter

❤7👍1🎉1
Forwarded from Frontend
#html #frontend
Web sahifadagi <a> havolasi orqali yangi sahifani (target="_blank") ochishda rel="noopener noreferrer" atributi xavfsizlikni ta'minlash uchun ishlatiladi.
- Yangi oynani ochganda eski sahifani window.opener orqali boshqarishdan himoya qiladi. Bu esa saytlarni phishing yoki zararli skriptlar orqali nazorat qilishdan saqlaydi.
- Havola bosilganda yo'naltiruvchi URL ma'lumotini yashiradi. Ya'ni, qaysi sahifadan o'tilganligi haqida ma'lumot uzatilmaydi.
Qachon ishlatiladi?
Agar siz tashqi saytga havola bersangiz va "_blank" orqali ochsangiz, xavfsizlikni oshirish uchun rel="noopener noreferrer" atributini qo'shish tavsiya etiladi.
@frontend | Happy Coding
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1🔥1
Forwarded from Ayyubxon Fargʻoniy | 0.1x engineer (Ayyubxon)
Mashxur jurnalist, sharhlovchi Joe Rogandan qiziq gap eshitdim:
Juda ajoyib, haqiqatda agar bizni dunyo koʻrib tursa, u videoga muhrlanib ommaga taqdim qilinadigan boʻlsa boshqacha harakat qilardik, toʻgʻrimi? Odamlarni koʻzi uchun hamma ideal boʻlib koʻrinishga urinadi, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda.
Endi solishtirib koʻring, Alloh bizni doim kuzatib turibdi, oshkora-yu mahfiy, barcha ishlarimiz, hatto hayolimizdan oʻtayotgan narsalargacha biladi. Bir ish ustida turib, shu Allohga maʼqulmi maʼqul emasmi deb hech oʻylab koʻrganmizmi?
Har bir olayotgan nafasimizgacha qayd qilib borilayotgani yodimizdami? Hozirgacha yashab oʻtgan hayotimizni bir eslashga urinib koʻraylik-da, xolisona javob beraylik - biz aslida shu uchun yaratilganmidik? Qancha umrimiz Alloh taolo istagandek oʻtdi?
Hozir vaqt bor, ustimizdan turpoq tortilganda qilingan afsus eng achchigʻi boʻladi, dunyodagi afsuslarni qoʻya turing.
Huddi doim ortingdan documentary uchun kamerachi yurgandek yasha, shunda sen bekorchi vaqt sarf qilasanmi yoki oʻz ishlaringni qilasanmi?
Juda ajoyib, haqiqatda agar bizni dunyo koʻrib tursa, u videoga muhrlanib ommaga taqdim qilinadigan boʻlsa boshqacha harakat qilardik, toʻgʻrimi? Odamlarni koʻzi uchun hamma ideal boʻlib koʻrinishga urinadi, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda.
Endi solishtirib koʻring, Alloh bizni doim kuzatib turibdi, oshkora-yu mahfiy, barcha ishlarimiz, hatto hayolimizdan oʻtayotgan narsalargacha biladi. Bir ish ustida turib, shu Allohga maʼqulmi maʼqul emasmi deb hech oʻylab koʻrganmizmi?
Har bir olayotgan nafasimizgacha qayd qilib borilayotgani yodimizdami? Hozirgacha yashab oʻtgan hayotimizni bir eslashga urinib koʻraylik-da, xolisona javob beraylik - biz aslida shu uchun yaratilganmidik? Qancha umrimiz Alloh taolo istagandek oʻtdi?
Hozir vaqt bor, ustimizdan turpoq tortilganda qilingan afsus eng achchigʻi boʻladi, dunyodagi afsuslarni qoʻya turing.
❤7👍2
Forwarded from Dev thinking loud
Tailwindcss
Tailwind CSS v4.0
We just released Tailwind CSS v4.0 — an all-new version of the framework optimized for performance and flexibility, with a reimagined configuration and customization experience, and taking full advantage of the latest advancements the web platform has to…
❤4👍3🔥1🎉1
Forwarded from .
Ажойиб маълумотлардан бири:
Нима учун чумоли ер остига тўплаб қўйган донлар ердан ўсиб чиқмайди?!
Олимлар тадқиқот олиб боришларича, чумоли ўзига керакли бўлган дон ва уруғларни ер остига тўплаб, жамғарганидан кейин уни иккига бўлиб қўяди. Чунки дон ва уруғлик иккига бўлиб қўйилса, ҳар қанча ер унумдор бўлмасин, у ўсиб чиқмайди. Лекин чумоли кашнич донини тўрт бўлакка бўлганини кўргач, олимлар таажжубга тушишди.
Бу хусусда керакли тадқиқот олиб боргач, қуйидаги нарсани кашф қилдилар. Кашнич дони агар иккига бўлинса ҳам ўсиб чиқаверар экан. Лекин тўрт бўлакка бўлинса ўсиб чиқмас экан. Чумолига бу нарсани таълим берган Аллоҳ ҳар қандай айб нуқсонлардан покдир.
«Парвардигоримиз барча нарсага ўз ҳилқатини – шаклини ато этиб, сўнгра (уни) тўғри йўлга солиб қўйган зотдир».
(Тоҳа сураси, 50 оят)
Карим Бахриев
@MubashshirAhmad

❤6👍1🔥1
Forwarded from Jasur - IT Blog (𝙹𝚊𝚜𝚞𝚛)
Biz ko'p foydalanadigan matn'ni nusxalash tugmasi (button) qanday qilinadi ?
Hozirgi yangi browser'larda matn'ni nusxalash uchun Asynchronous Clipboard API'dan foydalanish osonroq
Eski brauzerlarga ham qo'llab-quvvatlash kerak bo'lsa, boshqa yo'llardan foydalangan yaxshiroq, ammo u yo'l biroz murakkab
Asynchronous Clipboard API - clipboard buyruqlariga javob berish imkonini beradi. Masalan: matn'ni qirqib olish, nusqalash va matn'ni joylashtirish (cut, copy vs paste)
*Copy
Nusxalashdan oldin, browser Clipboard API'ni qo'llab-quvvatlaydimi yo'qmi tekshirish kerak
if (navigator && navigator.clipboard && navigator.clipboard.writeText) return 'true'
Matn'ni nusxalash uchun
navigator.clipboard.writeText("Selected Text");To'liq kod:
const copyToClipboard = str => {
if (navigator && navigator.clipboard)
return navigator.clipboard.writeText(str);
return Promise.reject('API is not available.');
};str - nusxalash kerak bo'lgan matn*Paste
Matn'ni
paste qilish uchun .readText() funksiyadan foydalanamiznavigator.clipboard.readText()
Matn'ni joylashtirish uchun, joylashtirmoqchi bo'lgan input yoki textarea'ga
navigator.clipboard.readText() Promise qaytargandan keyin .value qilib joylaymiz.Masalan:
navigator.clipboard
.readText()
.then(text=>{document.getElementById('outputText').value = text})
*Cut
Matn'ni qirqish uchun
.writeText() funksiya'dan foydalanamiznavigator.clipboard
.writeText(textToCut)
.then(() => { inputField.value = '' })
textToCut - matnTekshirish uchun: clipboard-operations.vercel.app
🔗 https://www.30secondsofcode.org/js/s/copy-text-to-clipboard/#the-asynchronous-clipboard-api
#javascript #clipboard
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3⚡2🔥1
📝 G’alaba aniq, sabr qila olsangiz bas.
Yoshlar kuniga 2,5 soat tarmoqda. 4 soat o’yinlar bilan. 3 soat televizor oldida.
Uxlashga qancha ketsa, isrofga ham shuncha ketyapti.
Vaqt rezinka emas, isrof ko’paymoqdami, nimadir kamayyapti.
Kitob, yurish, o’ylash, yozish, to’liq ishlash- qirilib ketish oldida turgan birinchi nomzodlar.
Qirilish arafasidagilar qizil kitobga kiradi. Qizil kitobdagilarni qidirishadi, asrashadi, katta haq to’lashadi.
Vaqtni isrof qilish bugungidan osonroq bo’lmagan.
Qadrli bo’lish ham bugungidan osonroq bo’lmagan.
Chalg’imay ishlang, kitob o’qing, o’ylang, yuring, yozing - g’alaba aniq, sabr qila olsangiz bas.
@oqidi_bot | Aziz Rahimov

❤8🔥6👍4
Forwarded from Jamoladdin's blog (Jamoladdin Isnatdinov)
JavaScript World News – January 2025 🆕
- Node.js v23.7.0 has been released with full TypeScript support. This means no more struggles when using TypeScript in Node.js.
- Bun 1.2 is now available, bringing a built-in S3 object storage API, a built-in PostgreSQL client, and improved performance—Express now runs three times faster with Bun.
- Recoil state management has been archived and is no longer maintained. This happened after Meta laid off the two main maintainers working on it. Developers may need to look for alternatives like Zustand or Jotai.
- Shadcn/ui now supports monorepositories, making integration easier for large projects.
- Vite v3.0 improves workspace management and simplifies multi-browser configurations.
- NestJS v11 introduces built-in support for handling dates in requests and now supports colored logs for better debugging.
- Vercel has acquired Primer, an open-source UI library similar to shadcn/ui, featuring pre-built design blocks.
- React Native 0.77 now supports Android 15, introduces new child element styling, and deprecates react-native init.
These updates bring significant improvements to the JavaScript ecosystem. What are your thoughts on these changes?
@jamoldev

nodejs.org
Node.js — Node.js 23.7.0 (Current)
Node.js® is a free, open-source, cross-platform JavaScript runtime environment that lets developers create servers, web apps, command line tools and scripts.
👍4❤3
Forwarded from 2 sahifa
📝 Jon bolam
Bitta qobiliyatni rivojlantirish kerak bo’lsa tasavvuringni rivojlantir.
Tasavvur bo’lmasa na fizikani, na matematikani, na adabiyotni eplaysan.
Tasavvuringda borini hammasini balki qila olmassan, yo’g’ini aniq qila olmaysan.
Buning uchun kitob o’qi. Ijod qil.
Ekranga yopishib qolgan tengdoshlaringga chalg’ima.
Ertaga xatosini tushunib oldingga kelganida - ularga yo’lboshchi bo’lasan.
Aziz Rahimov | @oqidi_bot

⚡9❤3👍3🔥2🏆2👌1
Forwarded from Andarov (®® Andarov)
Umumiy emas aniq gaplashing❗️
- Kòp narsa òrgandim
- Aynan nima organding
- Shuni qilsang kop pul topasan
- Qancha
- Menga daromaddan ulush berarkan
- Qancha foiz
- Tòydan keyin seni baxtli qilaman
- Qanday qilib
- Kop ovqat pishirishni bilaman
- Aynan qaysi taomlarni
- Men kop proektlar qilganman
- Aynan qanday proektlar va unda nima yechim bergansan
- Ish yakunlangandan keyin support qilib beraman
- Qancha muddat
Buni yana xohlagancha davom ettirish mumkin, aniqroq gaplashib olsangiz munosabatlar buzilishini va dilxiralik va zararni oldini olgan bolasiz
@Andarov_blog

👍8❤4⚡2🔥2
Forwarded from davletovuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун “Ўзагросуғурта” АЖ ташкил этилганлигига 28 йил тўлди.
Янгиланиш ва рақамлаштиришда изчил фаолият олиб бораётган компаниямиз ушбу сана муносабати билан халқчил ва оммабоп бўлган 3-тоифадан иборат “КАСКО плюс” суғурта турини аҳолига тақдим этади.
Компаниянинг ютуқлари сўнгги йиллар давомида амалга оширган ишлари ва мижозлар ишончининг яққол самарасидир.
Шу фурсатдан фойдаланиб ҳар бир мижоз ва ҳамкорларимизга бизга бўлган ишончи учун чуқур миннатдорлигимизни билдирамиз!
Батафсил маълумот: agros.uz
Қисқа рақам: 1186
Реклама

❤4👍4