👍6❤2🔥2🤔1
Toshkent viloyati Piskent tumanida Ramazon Hayiti namozi tantanali nishonlandi
Bugun, Ramazon Hayiti munosabati bilan Toshkent viloyati Piskent tumani "Piskent" jome masjidida hayit namozi o‘qildi. Erta tongdan boshlab masjidga yig‘ilgan minglab musulmonlar ushbu muborak kunda birgalikda ibodat qilib, Yaratganga shukronalar aytdilar.
Hayit namozi oldidan "Piskent" jome masjid imom-xatibi Abduhamid domla Malikov "Ramazon hayitingiz muborak" mavzusida jamoatga ma’ruza qildi. Shundan so‘ng, jamoat bir saf bo‘lib hayit namozini ado etdi.
Namozdan keyin musulmonlar bir-birlarini bayram bilan tabriklab, oilalariga, yaqinlariga, qo‘ni-qo‘shnilariga ezgu tilaklar bildirishdi. Bayram shukuhi masjid atrofida ham sezilib, bolalarning quvonchi, kattalarning duolari va bayramona kayfiyat barchaga zavq bag‘ishladi.
Ramazon Hayiti barcha yurtdoshlarimizga qutlug‘ bo‘lsin!
@diyonatli

👍19🔥1🥰1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM