DISK
175 subscribers
80 photos
11 videos
30 links
💿 IT yangiliklar, O'yin olami va kulguli memlar – barchasini DISK’ga joylaymiz!
Download Telegram
STEAM platformasida mashhur o'yin "Metro 2033 Redux" hozir bepul tarqatilmoqda. O'yin haqida taassurotlar juda yaxshi bo'lib, uning reytingi 100 mingdan ortiq foydalanuvchining 90 foizi yuksak baho bergan.

🗓 16-aprel soat 20:00 ga qadar havola orqali o'yinni 14,99$ bepul olishingiz mumkin!

Yuklash

@diskuz | #Steam #Games #Metro2033
🔥3👍1🎉1
🇺🇦 S1mple uzoq tanaffusdan so’ng qaytdi. Broky o’rniga Faze jamoasiga qoshildi

Ushbu jamoaning 1-chi turniri IEM DALLAS 2025 bo’ladi. Turnir 19-may kuni boshlanadi.
🔥2🗿2
GTA VI ishlab chiqishga sarflangan mablag’, dunyodagi eng baland bino Burj Xalifa'ning qurilishiga ketgan mablag’dan ham oshib ketdi.

Burj Xalifa - 6 yil va 1,5 milliard dollar
GTA VI - kamida 8 yil va taxminan 2 milliard dollar


Chiqarilish sanasi: 2026-yil, 26-may.
Ya’ni, hali 1.5 yil bor – shu vaqt ichida yana bitta “Burj Xalifa” qurilishiga ulgurishsa ajab emas!
🔥2🤯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Kalmar o‘yini” 3-fasli — birinchi tizer taqdim etildi.

Premyera sanasi: 27-iyun

Bu fasl — serialning oxirgi mavsumi bo‘ladi.
👍62🔥2
Telegram 11.11.0 Beta versiya

🆕 Bizni keyingi yangilanishda nimalar kutmoqda:

• Galereyadan bir nechta hikoyani bir vaqtning o‘zida yuborish
• Uzun videoni bo‘lib, bir nechta hikoya sifatida jo‘natish
• 3-darajadagi kanal reytingi bo‘lgan kanallar uchun avtomatik tarjima
• Sovg‘alarni qayta sotish imkoniyati

Sinab koʻrish

❗️ Beta – bu test versiyasi, unda xatoliklar bo‘lishi mumkin. Asosiy Telegram ilovasini o‘chirish tavsiya etilmaydi. Har ikkala versiyani bitta akkauntda bemalol ishlatish mumkin.
👍4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥GTA VI — ikkinchi treyleri chiqdi!

Rockstar Games tomonidan yaratilgan o‘yin 2026-yil 26-may kuni konsollar uchun taqdim etiladi.

Avval ishlab chiquvchilar GTA’ni shu yil kuzida chiqaramiz degan edi, biroq bir hafta oldin rasmiy sanani o‘zgartirishdi.

Muhimi: 2026-yilgi reliz faqat konsollar uchun.
PC versiyasi qachon chiqishi — hozircha noma’lum.
👍126🔥3
🔥 Bu boomba ko‘rsatkich — GTA VI’ning yangi treyleri bir soat ichida 1,6 million layk yig‘di va davom etmoqda
🔥70👍32🤯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Kalmar o‘yini” yangi mavsumining ilk kadrlari internetga tarqaldi.
👍5🤣3🔥2
❗️ Sovet davrida uchirilgan yarim tonnalik kosmik apparat O‘zbekiston hududiga qulashi mumkinligi aytilmoqda

Ayrim ekspertlar 53 yil oldin “Venera-8” missiyasi doirasida uchirilgan “Kosmos-482” kosmik apparatning Osiyo yoki Markaziy Osiyo davlatlari hududiga qulashi mumkinligini taxmin qilmoqda.

“Uzcosmos” Agentligining boʻlim boshligʻi Ahror Agzamovning maʼlum qilishicha, haqiqatdan 1972-yil 31-mart sanasida Sobiq Sovet Ittifoqining “Venera“ dasturi boʻyicha “Kosmos-482” sayyoralararo kosmik apparati fazoga uchirilgan. Biroq raketa-tashuvchining yakuniy bosqichi muvaffaqiyatsiz ishlashi oqibatida u Yer orbitasida qolib ketgan.

Taxminiy hisob-kitoblarga koʻra, apparatning yerga qulashi 9-11-may kunlariga toʻgʻri kelishi mumkin.

“Kosmos-482”ning aniq qayerga qulashini aytish biroz mushkul. Uning Oʻzbekiston hududiga tushishining ehtimoli esa hozircha 0,3-0,5% oraligʻida baholanmoqda.
🔥9👍52🤯2
Bitkoin yanvar oyidan beri birinchi marta $100 mingga yetdi.

So‘nggi 24 soatda o‘sish — 4%.
👍24🔥5🏆1
“SHREK 5” syujeti insayder tomonidan oshkor qilindi — filmda Shrek va Eshak haqiqiy dunyoga tushib qolishadi!

MyTimeToShineHello ning xabaricha, Shrekning qizi (Zendaya ovoz beradi) sehr xatosi bilan qahramonlarni bizning dunyomizga tushib qoladi, lekin ular qaytish uchun kerakli afsunni bilmaydi.

Shrek va Eshak uyga qaytish yo‘lini izlashga majbur bo‘lishadi.
👍6🔥5🗿2
🛒 Telegramga yangilanish keldi

Hadyalar marketpleysi:
— Endi noyob hadyalarni yulduzlar orqali sotib olish/sotish mumkin. Profil orqali “Hadya yuborish” yoki “Sotish” tugmalari bilan ishlaydi.

Hikoya muharriri:
— Bir nechta rasm/video birdaniga joylanadi. 60 soniyadan uzun videolar esa avtomatik ravishda bo‘linadi.

Avtomatik tarjima:
— Kanallar endi postlarni avtomatik tarjima qila oladi — har kim o‘z tilida ko‘radi.

Batafsil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92🏆2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
6️⃣ GTA VI o‘yinining chiqarilish sanasi aniq emasligi va muddatini yana 1 yilga uzaytriganligi sababli, boshqa o‘yin kompaniyalari oʻyinlarini qachonga chiqarilish rejalarini tuza olmayapti.

Nega bu boshqa kompaniyalar uchun muhim?

GTA VI — bu dunyodagi eng kutilgan va mashhur o‘yinlardan biri, va u chiqqan kuni boshqa o‘yinlar e’tibordan chetda qoladi, ya’ni kam sotiladi. Shu sababli boshqa kompaniyalar o‘z o‘yinlarini GTA VI bilan bir vaqtda chiqarishni xohlamaydi.

Muammo shundaki:

Rockstar (GTA VI’ni yaratayotgan kompaniya) o‘yin sanasini aniq e’lon qilmayapti yoki uni o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Shu sababli boshqa kompaniyalar ham o‘z o‘yinlarini qachon chiqarishni bilmay, sarosimaga tushyapti.

Ayrimlari sanani ko‘chirgan, ammo agar yana kechiksa — ular og‘ir moliyaviy zarar ko‘rishadi.


🤘 Xullas, Rockstar’ning noaniqligi butun o‘yin industriyasini rejalarsiz qoldiryapti.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🤣3🔥1
📱 Mashhur amerikalik videobloger MrBeast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda.

Koordinator aynan o‘zbek tilini bilishi kerak — rus yoki boshqa turkiy tillar emas. Bu MrBeast’ning O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirayotganidan dalolat beradi.

Ma’lumot uchun, MrBeast — YouTube’dagi eng ko‘p obunachiga ega (390 milliondan ortiq) kanal egasi bo‘lib, katta mukofotli chellenjlar, xayriyalar va g‘ayrioddiy kontentlari bilan mashhur.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥32🏆1🗿1
🔎 Google 10 yil deganda birinchi marta logotipni o‘zgartirdi. Endi aniq kamalak o‘rniga yumshoq gradient ishlatilgan, lekin barcha korporativ ranglar saqlanib qolgan.

IOS ilovasida yangi logotipni allaqachon ko‘rishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥31🏆1
📱 Steam’da tarixdagi eng yirik ma’lumotlar sizib chiqishi ro‘y berdimi?

Darknetda 89 million akkauntga tegishli baza sotilmoqda — bu platformadagi foydalanuvchilarning 70 foizini tashkil qiladi.

Hujumchi “Machine1337” taxallusi ostida loginlar, pochta manzillari va akkauntlarga kirish kodlari joylangan yangilangan bazani qo‘lga kiritganini da’vo qilmoqda. U butun arxiv uchun 5000 dollar so‘ramoqda.

Hozircha na Valve, na ikki bosqichli autentifikatsiya (2FA) bo‘yicha hamkor kompaniya bu xabarni tasdiqladi. Tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Agar sizib chiqish tasdiqlansa, 2FA yoqilmagan foydalanuvchilarga parolni almashtirish va qo‘shimcha himoyani yoqish tavsiya etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15👍5😡2🤯1🗿1
DISK
📱 Steam’da tarixdagi eng yirik ma’lumotlar sizib chiqishi ro‘y berdimi? Darknetda 89 million akkauntga tegishli baza sotilmoqda — bu platformadagi foydalanuvchilarning 70 foizini tashkil qiladi. Hujumchi “Machine1337” taxallusi ostida loginlar, pochta manzillari…
🛒 Xotirjam bo‘lamiz: Steam’ga oid 89 million akkaunt haqidagi “ma’lumotlar sizib chiqdi” degan xabar asossiz bo‘lib chiqdi — aslida bu Portugaliyadagi telefon raqamlariga yuborilgan SMS yetkazib berish jurnallari xolos.

IT xavfsizlik bo‘yicha heise kompaniyasi mutaxassisi arxivni tahlil qilib shunday xulosaga keldi:
Hujumchilar qo‘lida vaqtinchalik kodlar, Portugaliya mobil raqamlari va operatorlar bilan bog‘liq texnik ma’lumotlar bor xolos
Kamchilik bor: 53 million noyob telefon raqami sizib chiqqan — bu raqamlar fishing hujumlari uchun ishlatilishi mumkin, lekin keng ko‘lamli tahdid yo‘q
SteamDB va ikki bosqichli himoya bo‘yicha hamkor Twilio kompaniyasi hech qanday buzilish aniqlamagan

Hech bir Steam akkaunti xavf ostida emas.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥41🤔1🏆1
🛒 Epic Games Store’da yana bepul o‘yinlar tarqatish haftaligi boshlandi!

Dead Island 2 — Los-Anjelesning quyoshli ko‘chalarida zombi-apokalipsis fonida o‘tadigan zombilar bilan jangga e’tibor qaratilgan kooperativ omon qolish o‘yini.

22-may, soat 20:00 gacha pastagi havola orqali $37,49 lik o‘yinni bepulga olish mumkin!

Dead Island 2 👈 Bepul
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2🤔1
⚡️ Call of Duty: Warzone Mobile rasmiy ravishda yopilmoqda

O‘yinni 18-maydan boshlab ilovalar do‘konlaridan olib tashlashadi.Shunga qadar yuklab olganlar uchun esa serverlar hali ishlaydi — ammo yangilanishlar bo‘lmaydi.
👍201🤔1🤯1🗿1
Toshkentda kecha Interstellar namoyishi bo‘lib o‘tdi… tabiiy effektlarda!

Bir kampir aytdi:
— O‘g‘lim, bu nima bo‘ldi o‘zi?
— Bu “Interstellar”, buvi… Toshkent versiyasi!
👍18😢2🤣2🤯1