To‘lanboy | Blog
9 subscribers
7 photos
2 links
Grafik dizayner sifatida o‘z tajribamni bo‘lishib boraman

Murojaat uchun: @tolanboy
Download Telegram
Channel created
Bu yilgi "30 kun, 30 logo" chellenji 15-fevraldan boshlanar ekan

Chellenjda ishtirok etib, ham tajriba orttirib, ham ishlaringizga e'tibor ko‘paytirish imkoningiz bo‘ladi

Instagram sahifasi
👍6
Kontrast muhim!

Idish pastki qismida yashil yozuv borligini izohlardan birini o'qigandan keyingina sezibman.
👍4
Affinity endi mutlaqo bepul!🎉

Affinity Adobe'ning sanoqli raqobatchilaridan biri hisoblanadi. Oktabrgacha Affinity ilovalari paketini bir martalik $82.99 ga xarid qilishingiz mumkin edi.

Oktabr oyi boshida Affinity kompaniyaning Canva tomonidan sotib olinganidan keyingi yo‘nalishi haqida 30-oktabr sanasida yangilik bo‘lishini aytib barcha ilovalar sotuvi to‘xtatilgan edi. Natijada ijtimoiy tarmoqlarda bu kompaniyaning ham Adobe "izidan" ketishi, bir martalik to‘lov o‘rniga, oylik obunalar joriy qilinishi haqida mish-mishlar tarqalgandi.

Lekin Kompaniya Vebsayti va Youtube sahifasidagi yangiliklarga ko'ra ilova bepul bo'lishi, faqatgina Canva AI'dan ilova ichida foydalanmoqchi bo‘lganlargina Canva premiumga to‘lov qilishi aytildi

Affinity Designer, Photo va Publisher ilovalarini yagona Affinity ilovasiga birlashtirib, bir ilovada uchalasidan ham foydalanish imkonini yaratdi. Endilikda Affinity ilovasida PSD, AI, IDML, DWG va ko'plab boshqa formatidagi fayllarni ochib taxrirlashingiz mumkin.

Affinity'ni yuklab olish | Blog