Men dunyo tarixini o‘qib shunday xulosaga keldim: dunyo podshohlari to‘plagan jami saltanatu boylik, qasrlaru saroylar Muhammadning (alayhissalom) yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan... Biz Ovrupa millatlari madaniy imkonimiz yuqori bo‘lishiga qaramay, Hazrati Muhammad so‘nggi pog‘onasiga qadar chiqa olgan zinaning birinchi pillapoyasidamiz, xolos. Hech shubhayo‘qki, biron kimsa u zotdan yuqoriroqqa o‘ta olmaydi.
Gyote.
“U bir paytning o‘zida ham Papa, ham Sezar edi. Ammo Papa bo‘lib, unda Papaning iddaolari yo‘q edi. Sezar bo‘lib, unda Sezarning behisob lashkari ham yo‘q edi. Agar biron bir shaxs muntazam qo‘shinsiz, tansoqchilarsiz, saroylarsiz, davlat daromadisiz (soliqlarsiz), men Uning izni-ixtiyori bilan boshqardim, deya olsa, unda u Muhammaddir (alayhissalom). Chunki uning qo‘lida hech qanday boshqaruv vositalarisiz va asoslarisiz hokimiyat bor edi”.
Annay Bezant, hind olimi
@dilsahifalari

Biz bu dunyoga bir parcha kafanlik ishlab topgani kelganmiz...©;
Bir uyki, havas qilasiz. Billur qandillar ko'zni olaman, deb yonib turibdi. Boyligini ko'z-ko'z qilayotgan kimsa qalbida esa iymon qandili yonmaydi. Qalb zim-ziyo tun...
Kaltak yegan bolaga taskin beribdilar:
Ranjimagin, bolakay. Kaltak jannatdan chiqqan, asli yaxshi narsa.
Bolaga bu gap ta'sir etmay, yig'laganicha debdi:
Hechamda! Yaxshi narsa bo'lsa jannatdan chiqarilarmidi...
Tohir Malik
Oyog'ing ostidagi mayda hashorotga kibr bilan qarayotgan payting osmonga ham bir nazar tashlab qo'y- undan ham maydaroq bo'lib ketasan...
Xayrulla Hamidov
Iymon deb dunyodan yuzni o‘girdik,
Harom deb hammadan ko‘zni o‘girdik...
Na halol, na harom neligin bilmay
Ikkisin ortidan itdek yugurdik...
Asqar Mahkam
Jannatga ham, jahannamga ham gunohkorlar kiradi. Faqat jannatga tavba qilgan gunohkorlar kiradi...

VANGA
Inson har qancha universitetni bitirib, oliy
ma’lumotli bo‘lmasin, agar fikrlab,
tafakkur qilmasa ahmoqligicha qolishi
mumkin ekan. Vanga haqida sovet davrida o‘ta
ko‘p yozilgan. Barchasi faqat oddiy xalq ongini
boshqarish uchun qilingan zo‘r spektakl edi. U
paytda biron nimaning yolg‘on yoki chin ekanini
aniqlashning deyarli imkoni yo‘q bo‘lgan.
Matbuot, TV va radio nima buyurilsa, shuni
ko‘rsatardi. Internet hali tasavvurga ham
sig‘masdi. Hozir biror xabarning rost-yolg‘on
ekanini tekshirish uchun minglab resurslar
bor, albatta agar til bilsangiz.
Yaqin vaqtlargacha, it ham Vangani eslamay
qo‘ygandi. Endi Rossiya va Putinning (so‘nggi 3
oy ichida ayniqsa) dunyo sahnasida obro‘si
tushib borayotgan bir paytda, yana gap
chiqarilibdi-da xaloskor sifatida.
Bundan tashqari Nostradamusning yangi
qaydlari paydo bo‘lib qoldi. Feysbukning
News Feedida (Lenta) ko‘rinib qoldi. Hatto
bashoratlari sodir bo‘lish yillarigacha aniq.
Qarang-a, hatto insonlar qattiq ishongan,
qadimiy diniy kitoblar minglab yillar
davomida buzilish va o‘zgartirishlarni
boshidan kechirib asl holatini yo‘qotgan-u,
Nostradomusning bashoratlari konkret
saqlanib qolgan ekan-da. Odatda, bunday
bashoratlarni umrida fizika, kimyo,
matematika, biologiya va anatomiya kabi aniq
va tabiiy fanlarni tushunmagan, farosati va
bilimi joyidamas insonlar olqishlab
ko‘tarib yuradi.
2012-yildagi Mayya bashorati. Hatto
o‘zimizning yurtdoshlarimiz orasida ham
bunga ishonganlar yetarlicha topildi. Bittasi
rostmanasiga sham va gugurtlar to‘plagan ekan,
o‘shanda. Odamlar so‘rashsa “Mayyalar aytibdi.
Nimadir bo‘ladi baribir. Svet yo‘q bo‘lib,
atrof qorong‘u bo‘p ketsa, ishlataman” debdi
(hazil emas).
Yoki bundan 15 yilcha oldin, Rossiyadagi
prezidentlik saylovlari oldidan o‘z
nomzodini qo‘ygan Jirinovskiy ham kim g‘olib
chiqishini aniqlash uchun bir sыgan folbin
xizmatidan foydalangandi. O‘shanda o‘sha
folbinning ayyorligi-yu, aqlliliga qoyil
qolgandim. Chunki u ism va sharifi “V” harfi
bilan boshlanadigan shaxs g‘olib chiqadi degan
(ya’ni V. V. ). Bu shundoq ham aniq edi:
nomzodlar orasida Vladimir Volfovich
Jirinovskiy (V. V. J) va Vladimir
Vladimirovich Putin (V. V. P) bor edi. Shu
ikkisining obro‘si boshqalarnikidan so‘zsiz
ustun edi. Hatto kasal odam ham ikkisidan
biri bo‘lishligini aniq aytardi. Jirinovskiy
o‘zini allaqachon prezident sifatida ko‘rib,
o‘sha sыgan xotin sharafiga ziyofat bergani
“Vremya”da ham ko‘rsatilgandi.
Yaqinda Janubiy Koreyada sodir bo‘lgan bo‘hron.
Davlat rahbari bo‘lgan ayolning folbin
do‘stiga katta miqdorda pul ishlatgani. Qiziq,
negadir o‘sha folbin “Siring fosh bo‘ladi,
uyatga qolasan, butun Koreya oyoqqa turib, sening
ketishingni talab qiladi” demagan ekanda bir
og‘iz, a?. Menimcha, litsenziyasi yo‘q
folbindir-da .
Vangaga qaytsak.
Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Ilmiy
tadqiqotlarni soxtalashtirish va ilmiy
yolg‘onlarga qarshi kurash Qo‘mitasi raisi Ye. B.
Aleksandrov va shu qo‘mitaning yana bir a’zosi
Yuriy Gornыy Vanga haqida quyidagicha
ma’lumot bergandi:
“Vanga - qoyilmaqom tarzda puxta o‘ylangan
davlat biznesidir. U sababli chekka, ovloq
bir qishloq butun dunyodan odamlar va pul
oqib keladigan hududga aylandi. Vangaga
hammadan ham kim ko‘proq sig‘inishini
bilasizmi? Ular taksistlar, kafe va
mehmonxona egalaridir. Aynan o‘sha ”firibgar
folbin“ sababli ular muntazam daromad
manbaiga ega bo‘ldi. Ular Vangani barcha
kerakli ma’lumot bilan ta’minlashgan.
Keluvchi inson qayerdan, muammosi nimada va
nimani umid qilib keldi, barchasini
oldindan Vangaga yetkazib turishgan. Keyin esa
Vanga bu ma’lumotlarni go‘yo o‘zi ko‘rib
turgandek qilib mijozlarga aytib bergan.
Hatto maxsus xizmatlar ham yordam berishgan
Vangadan davlat brendini yaratish uchun. Vanga
qabuliga kirib chiqqan shaxslardan birining
ko‘rsatmasiga ko‘ra, uning oldiga faqat maxsus
organlar nazoratidan o‘tgachgina borish
mumkin bo‘lgan”.
Xulosa qilib aytganda, faqat chinakam bilim
va tafakkurgina bunday aldamchilik va
muttahamlikning rivojlanishiga yo‘l
qo‘ymaydi. Tafakkur qiling, ilm o‘rganing, o‘z
kuchingiz bilan Universitetlarga kirib, o‘z
kasbingizning haqiqiy mutaxas

sisi bo‘ling.
Faqat shundagina yolg‘onlar ta’siriga oson
tushib qolmaydigan insonga aylanadi shaxs!
Abdulaziz Saidalixonov
@dilsahifalari
Faqat shundagina yolg‘onlar ta’siriga oson
tushib qolmaydigan insonga aylanadi shaxs!
Abdulaziz Saidalixonov
@dilsahifalari
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:
«Qaysi qavmda oshkora fahsh ishlar ko‘paysa,
avvalgilar ko‘rmagan vabo va kasalliklar
keladi», deb aytdilar.
Ibn Moja rivoyati.
@dilsahifalari
«Qaysi qavmda oshkora fahsh ishlar ko‘paysa,
avvalgilar ko‘rmagan vabo va kasalliklar
keladi», deb aytdilar.
Ibn Moja rivoyati.
@dilsahifalari
ODAM
Muslim — qishloqning eng muslimi edi
Musichaday yuvvosh,
Qushday beozor.
Nisbat bermasdilar unga odamday,
Muslim kamtar edi,
Muslim — vafodor.
Chumoliday mehnat qilardi tun-kun,
Eshakday ishlardi,
Totirdi qushday.
Itday qo’riqlardi biyday dalani
Tunlar — bo’shaganda kunduzgi ishdan.
Oxorli kiymasdi,
Topib-tutganin
Qora ko’zlariga ilinar edi.
Uyida ham to'rda o'tirmasdi u,
Na qadri, na o'rni bilinar edi.
Doim yayov edi,
Qo’llar ko’ksida.
Katta-yu kichikka berardi salom.
Odam sanamasdi,
Qo’shmasdi safga
Xokisor mo’minni qishloqdosh avom.
Muslim chivinga ham bermasdi ozor,
Ko’pday ko’rar edi topgan ozini.
Xilvatda ibodat etar iymanib,
Choponga yashirar joynamozini.
Muslim ayoliga tutolmasdi zar,
Ma’sum nigohida mehr tutardi.
Xotin shang’illardi,
Yillab qarg’anib
Eri odam bo’lishini kutardi…
Muslim og’rib qoldi.
Dard tortardi jim
Tagiga qadrdon choponin to’shab.
Hol so’ragan qo’shni g’udranar sekin:
Yotmabdi-da munday odamga o’xshab…
Muslim duo qildi to so’nggi nafas
Ahli ayolini, o’g’il-qizini.
Kalima keltirib muloyim, sokin
Qiblaga yuz burib yumdi ko’zini…
Muslimda yo’q edi hech kimda da’vo,
Muslim yashamadi oshini oshab.
Jondan boshqa qarzi yo’q edi uning,
Qarz ham so’ramasdi odamga o’xshab.
…Shu kecha tush ko’rmish kenjatoy o’g’il,
Yig’lar:
— Jannatlarda yurganmish otam,
Farishtalar cho’kib turgan emish tiz
— Odam keldi, — deya —
Hazrati Odam!..
Dilfuza Komil

Forwarded from DILISTON (صبحي)
Agar hayotingiz toʻlaligicha film qilib ishlansa, uni oila davrasida tomosha qila olarmidingiz? Xalq orasidachi?
Agar javobingiz "yoʻq" boʻlsa, bu film ustida yaxshilab ishlang! Zero, u qiyomatda namoyish etiladi, uni yer yuzida oʻtgan Odam alayhissalomdan to oxirgi odamgacha boʻlgan barcha tomosha qiladi!
XARABOTIY
@diliston

Internetga kirmasdan oldin men dunyoda shuncha ahmoqlar borligini bilmagan edim.
Stanislav Lem
@dilsahifalari
Stanislav Lem
@dilsahifalari
Sevib qolgan qizining uyiga kechasi yashirincha devordan oshib tushayotib, qulog'iga chalinib qolgan ushbu oyatni eshitishi bilan ashaddiy qaroqchi Fuzayl ibn Iyoz: "Ha, ey Robbim, vaqti keldi!" deya qichqirib yubordi. Gunohlariga istig'for aytib, qaroqchilikni tashladi. Qalbi Allohning zikriga yumshashi va o'zi fosiqlarga o'xshab qolmasligi uchun Robbisining roziligini istab Haramga yo'l oldi. Makkada katta shayxlardan ilm o'rgandi. Solih farzandlar ko'rdi. Ulardan biriga Ali deb ism qo'ydi. Ali ibn Fuzayl otasidan oldin vafot etdi (uning vafotiga Qur'oni Karim oyatlaridan birining tilovatini eshitishi va o'sha oyat (An'om:27) haqida qilgan tafakkuri sabab bo'lgan)...
- Siz uchun ham qalbingizning Allohning zikriga yumshashlik vaqti kelmadimi?!
- Fosiqlarga o'xshamasligingiz vaqti-chi?!
- Balki endi zinodan qaytarsiz?!
- Begona qiz ketidan yugurib charchamadingizmi?!
- Ali ibn Fuzaylga o'xshab qalbi Allohning Kalomidan larzaga keladigan farzandlaringiz bo'lishini istamaysizmi?!
Ayting-chi, Allohga qaytish vaqti kelmadimi?!

Qo‘shiqchilar lug‘ati
G‘alamis- To‘yga bormay uyidagi divanda
o‘tiradigan odam.
Surbet- To‘yga borib pul qistirmay
to‘yxonadagi divanda o‘tiradigan odam.
Egov- To‘yga boradi, el qatori bitta g‘ijim
bo‘lgan mingtalik ham qistiradi. Endi
davraning fayzini olib turganingda “jonli
aytasan” deb talab qiladigan odam.
Madaniyatsiz- O‘yinga tushib bo‘lgach
qistirilgan pullarni qo‘shiqchiga olib kelib
bermay davradan chiqib ketadigan odam.
Ma’naviyatsiz- Raqqosaga pul qistirish o‘rniga
gul qistiradigan odam.
Pastkash- O‘n ming so‘mlik olib kelib o‘nta
ming so‘mlik qilib bering deydigan odam.
Vatan xoini- O‘rtadagi pul qism
qilinayotganda kishi bilmas uch-to‘rt so‘mni
yashirib qoladigan hamkasb.
Xalq dushmani- Endi davra qiziganda
birrovga kelib ikkita qo‘shiq bilan barcha
pulni yig‘ishtirib ketadigan hamkasb. 😄
Akmal Andijoniy

Go‘ngqo‘ng‘iz onasiga aytdi: «Kimning oldidan
o‘tmay, menga tupurib ketadi». Onasi: «Ey
farzandim, chiroyli bo‘lganing uchun ko‘z
tegmasin, deyishadida», deb javob berdi.
«Tabassum qiling» Oiz Qarniy
@dilsahifalari
o‘tmay, menga tupurib ketadi». Onasi: «Ey
farzandim, chiroyli bo‘lganing uchun ko‘z
tegmasin, deyishadida», deb javob berdi.
«Tabassum qiling» Oiz Qarniy
@dilsahifalari
Bir a'robiy bir imomning ortida namoz
o‘qidi. Imom “Fotiha” surasidan so‘ng zam
suraga “Baqara” (“Sigir”) surasini o‘qidi.
Arobiy shoshib turgan edi, natijada
rejalashtirgan ishi ham o‘tib ketdi. Ertangi
kuni imom bomdod namozida “Fil” surasini
boshlagan edi, a'robiy masjiddan yugurib
chiqib: "Fil sigirdan ham katta-ku”, deb
ketib qoldi.))
“Tabassum qiling” Oiz Qarniy

Atirgul fitrati
shundayki,
ostiga qancha badbo‘y
narsa tashlashmasin, u
shuncha xushbo‘y taratadi.
© Zamonaviy Rumiy
@dilsahifalari
shundayki,
ostiga qancha badbo‘y
narsa tashlashmasin, u
shuncha xushbo‘y taratadi.
© Zamonaviy Rumiy
@dilsahifalari
Qadimda solih va taqvodor, yaxshi nom bilan
tanilgan ahli ilmlarga ayollarni o‘zlari sovchi
qo‘yar edilar. Bu uyat emasdi. Hozir esa
risoladagi solih erkaklar biror qizga sovchi
yuborsa ko‘pi xunuk muomala ko‘ryapti. Mana bu
haqiqiy uyat. Er emas mol-dunyo va maosh
tanlashadida yana baxtdan umid qilishadi.
Jaholat, jaholatniyam cho‘qqisi.

- Bobojon, avvalgi vaqtlarda ham
erkaklar qo‘shiq kuylasharmidi?
- Nabiraginam, erkaklar hozir ham qo‘shiq
kuylashmaydi!!!
@dilsahifalari
erkaklar qo‘shiq kuylasharmidi?
- Nabiraginam, erkaklar hozir ham qo‘shiq
kuylashmaydi!!!
@dilsahifalari
BAROAT KECHASI
Sha’bon oyining 14-dan 15-ga o‘tar kechasi eng
fazilatli tunlardan biridir. Bu kechani
“Baroat kechasi” deyiladi. Baroat kechasida
bir yil ichida bo‘lajak ishlar haqida qazoyu
hukm qilinib, ajal va umr belgilanadi va
amal sahifalari Alloh taoloning huzuriga
ko‘tariladi. Shu kuni Alloh taoloning rahmati
yer yuziga yog‘iladi.
Usoma ibn Zayd (roziyallohu anhu)dan rivoyat
qilinadi: Men: «“Yo, Rasululloh, sizni hech bir
oyda sha’bon oyidagi kabi ko‘p ro‘za
tutganingizni ko‘rmadim?” deb so‘raganimda, u
zot: “Bu oy rajab bilan Ramazon o‘rtasidagi
oy bo‘lib, odamlar undan g‘aflatda qoladi.
Holbuki, barcha amallar olamlarning
Robbisiga mana shu oyda ko‘tariladi. Men esa
ro‘zador bo‘lgan holatimda amalim
ko‘tarilishini istayman”, dedilar» (Imom
Nasoiy va Abu Dovud rivoyati).
Ibn Moja rivoyat qilgan hadisda Rasululloh
(sollallohu alayhi va sallam) sha’bonning
o‘rtasidagi kechada Alloh taolo bunday
marhamat qilishini aytganlar: “...Istig‘for
aytguvchi bormi? Uni mag‘firat qilurman.
Rizq so‘rovchi bormi? Unga rizq berurman.
Mubtalo bormi? Unga ofiyat berurman”.
Sha’bon oyida solih amallarni ko‘proq
qilishga targ‘ib etilishidan maqsad,
bandalarni kelayotgan Ramazon oyiga
jismonan va ruhan tayyorlanib bormoqlarini
ta’minlash hamdir.
Oysha onamiz (roziyallohu anho)dan rivoyat
qilinadi: «Nabiy (sollallohu alayhi va
sallam): “Sha’bonning yarmidagi kechada Alloh
dunyo osmoniga nuzul etadi va Bani Kalbning
qo‘ylari junidan ham ko‘p odamni mag‘firat
qiladi”, dedilar» (Ibn Moja, Imom Termiziy
va Ahmad rivoyati).
Bani Kalb qabilasi o‘sha vaqtda suruv-suruv
qo‘ylari bilan mashhur bo‘lgan. Payg‘ambarimiz
(sollallohu alayhi va sallam) sha’bon
oyining yarmida Alloh taolo nihoyatda ko‘p
gunohlarni mag‘firat qilishini ifodalash
uchun ana shu qo‘ylarning junini misol qilib
keltirganlar.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat
qilinadi: «Nabiy (sollallohu alayhi va
sallam): “Ramazondan bir-ikki kun oldin
ro‘za tutmanglar. Ammo kimdir (doimiy nafl)
ro‘za tutib yurgan bo‘lsa, uni tutaversin”,
dedilar» (Imom Termiziy rivoyati).
Kimdir biror nafl ro‘zani ma’lum kunlarda
o‘ziga vazifa qilib olgan bo‘lsa, o‘sha kun
Ramazondan oldingi kunlarga to‘g‘ri kelib
qolsa, ro‘za tutish joizdir. Masalan,
ko‘pchilik dushanba va payshanba kunlari nafl
ro‘za tutadi.
Demak, sha’bon oyining ikkinchi yarmida nafl
ro‘za tutmagan yaxshi, ammo birinchi yarmining
oxiridagi kechasi ham, uning ertasi ham ulug‘
fazilat va barakotli fursatdir.
Manba: muslim.uz

Эслатма! Шаъбон ойининг 14-дан 15-га ўтар
кечаси энг фазилатли тунлардан бири Бароат
кечасидир.
Бароат сўзни қандай маънони англатади?
“Бароат” сўзи араб тилида “озод бўлиш”,
“нажот топиш” деган маъноларни англатади.
Бу кечанинг бароат, яъни нажот топиш, озод
бўлиш кечаси дея номланишига сабаб, унда
Аллоҳ таолонинг раҳмати сабабли беҳисоб
инсонлар дўзахдан нажот топадилар. У
Шаъбон ойининг ўн бешинчи кечасига тўғри
келади.
Бароат кечаси қандай кеча?
Онамиз Оиша розияллоҳу анҳо айтадилар:
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам
мендан: “Эй Оиша бу кеча қандай кеча
эканини биласизми?” деб сўрадилар. Мен:
“Аллоҳ ва Унинг Расули билувчироқ”, дедим.
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Бу
шаъбоннинг ўн бешинчи кечасидир. Аллоҳ азза
ва жалла бу кеча бандаларига раҳмат назари
билан қарайди ва мағфират сўровчиларни
мағфират этади, раҳм сўровчиларга раҳм
қилади, дилларида мусулмонларга нисбатан
гина, адоват сақловчи кишиларни қандай
бўлса, шундай ҳолатда қўйиб қўяди”, дедилар
(Имом Байҳақий ривояти).
Бу кечада нималар содир бўлади?
Оиша розияллоҳу анҳодан ривоят қилинади:
Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Бу
кечада (шаъбоннинг ўн бешинчи кечасида)
нималар бўлишини биласизми?” дедилар.
Оиша розияллоҳу анҳо: “Ё Аллоҳнинг Расули,
бу кечада нималар бўлади?” дедилар.
У зот алайҳиссалом: “У кечада Одам
болаларининг бу йилда туғиладиганлари ва бу
йилда вафот этадиганлари ёзилади ва у
кечада уларнинг амаллари кўтарилиб,
ризқлари нозил бўлади”, дедилар (Имом
Байҳақий ривояти).
Бу кеча гуноҳлар мағфират қилинади
Ҳазрат Абу Бакр Сиддиқ розияллоҳу анҳудан
ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу
алайҳи васаллам айтдилар: “Аллоҳ таоло
Шаъбоннинг ўн бешинчи кечаси дунё осмонига
(Ўзининг шаънига мувофиқ) тушади ва
Аллоҳга ширк келтирган ва қалбида гина,
кудурат бор кишидан бошқа барчани
мағфират қилади” (Имом Байҳақий ривояти).
Абу Мусо Ашъарий розияллоҳу анҳудан ривоят
қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи
васаллам айтдилар: “Аллоҳ таоло Шаъбоннинг
ўн бешинчи кечасида раҳмат назари билан
қараб, ширк келтирувчи ва қалбида бирорта
мусулмонга нисбатан гина-адоват сақловчи
кишилардан бошқа барча махлуқларини
мағфират қилади” (Имом Ибн Можа, Имом
Байҳақий ривояти).
Абдуллоҳ ибн Амр розияллоҳу анҳудан ривоят
қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи
васаллам: “Шаъбоннинг ўн бешинчи кечаси
Аллоҳ таоло бандаларига раҳмат назари билан
қарайди. Иккита шахсдан бошқа барчани
мағфират қилади: бири гиначи, бошқаси ноҳақ
одам ўлдирувчи”, дедилар (Имом Аҳмад
ривояти).
Бу кеча дуолар қабул бўлади
Усмон ибн Абул Осс розияллоҳу анҳудан
ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу
алайҳи васаллам айтдилар: "Қачон
Шаъбоннинг ўн бешинчи кечаси бўлса, бас,
(Аллоҳ таоло тарафидан) бир нидо қилувчи
нидо қилади: “Бирорта мағфират сўровчи
борми, Мен уни мағфират қиламан! Бирор
нарса сўровчи борми, Мен унга бераман”,
дейди. Шу вақтда ким сўраса, унга берилади.
Зинокор ҳотин ва мушрикдан бошқа".
***
Бу кеча одамлар дўзахдан озод қилинади
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам
айтдилар: Жаброил алайҳиссалом менинг
олдимга келиб: “Бу Шаъбоннинг ўн бешинчи
кечасидир. Аллоҳ таоло бу кечада кўп
одамларни дўзахдан озод қилади. Уларнинг
адади Калб қабиласи қўйларининг жунларидан
ҳам зиёда бўлади. Фақат бу кечада Аллоҳ
таолога ширк келтирган, гиначи ва
қариндошлик алоқаларини узувчи, изорини
(манманлик билан) тўпиғидан пастга тушириб
юрувчи, ота-онасига оқ бўлувчи ва хамр
ичувчи кишиларга раҳмат назари билан
қарамайди”, дедилар (Имом Байҳақий
ривояти).
Бу кеча қандай амалларни бажариш лозим?
Хуфтон ва бомдод намозини жамоат билан
адо этинг;
Тавба ва истиғфор айтишга эътибор қилинг;
Ўзингиз ва барча уммат учун хайрли дуолар
қилинг;
Тоқатингиз етганича зикрлар, нафл
ибодатлар, Қуръон тиловати қилинг;
Имкон топсангиз Шаъбоннинг ўн бешинчи куни
рўза тутинг.
Али розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
“Қачон Шаъбоннинг ўн бешинчи кечаси бўлса,
унинг кечасини бедор ўтказинглар,
кундузининг рўзасини тутинглар. Чунки
ўшанда Аллоҳ қуёш ботиш пайтида дунё
осмонига тушади ва тонг отгунича:“Қани,
истиғфор айтувчи борми, уни мағфират
қиламан.
Қани,ризқ сўровчи борми, унга ризқ бераман.
Қани, балога уч

раган борми, унга офият
бераман. Қани фалон, фалон” (дейди)
дедилар (Имомм Ибн Можа ривояти).
Бу кечани бедор ўтказганга жаннат вожиб
бўлади
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Ким
бешта кечани бедор ўтказса, жаннат унга
вожиб бўлади – тарвия, арафа, қурбонлик,
фитр ва Шаъбоннинг ўн бешинчи
кечаларидир”, дедилар.
Аллоҳ таоло бу ойда холис ниятлар ила
қиладиган жамики амалларимизни қабул
қилсин. Ўзи дуоларни ижобат этувчи ва
гуноҳларни мағфират қилувчи Зотдир.
Даврон Нурмуҳаммад

- Menga turmushga chiq.
- Hozir hech qayerga chiqish mumkin emas.
❎ karantin
Uyda qoling, ko'chada qolgandan bu yaxshi, har holda. 🙃
@dilsahifalari
- Hozir hech qayerga chiqish mumkin emas.
❎ karantin
Uyda qoling, ko'chada qolgandan bu yaxshi, har holda. 🙃
@dilsahifalari
Ko'z ilg'amas ummonning bor adog'i,
Bog'-u dala, o'rmonning bor adog'i,
Hatto moviy osmonning bor adog'i,
Ammo oliy tafakkurda sarhad yo'q.
Poyon bordir barcha azim daryoda,
Poyon bordir tog'larda-yu sahroda.
Poyon bordir hatto yorug' dunyoda,
Ammo faraz deganlarda sarhad yo'q.
Bu olamning jumbog'i ko'p,
Bu olamning so'rog'i ko'p,
Bu olamda savol cheksiz,
Bu olamda xayol cheksiz...
Anvar Obidjon
Inna lillahi va inna ilayhi roji'un. O'zbek adabiyoti yana bir siymosidan ayrildi...