DIL SAHIFALARI
295 subscribers
1.88K photos
100 videos
41 files
35 links
Uyg'onganday og'ir uyqudan,
Uyg'onmoqda dunyodan dilim...
Endi yolg'iz qolmasmanmi men?!
Download Telegram
Quyoshim deganlarim botib ketdi...

@dilsahifalari
Qiynaladi oftobni kutib,
Yomg'irlardan ivigan shahar...
...Uxlab qolding, yig'lab, qon yutib,
Ko'ringanda ufqda sahar.

Taqdirimdan hech nolimayman,
Gar almashdi shomga tongimni.
Olib keldi bu oqshom bilan
Uzoqlarda qolgan jonimni.

Mening sarson umrimga oydin,
Rivoj tilab u chekdi fig'on.
Oyog'ini tavof qildim men -
Dunyoda eng omadsiz o'g'lon.

U hech narsa qilmadi talab,
Ming o'rgildi qosh-u ko'zimdan.
Uning qaro sochlarin silab,
Butun kechdim hatto o'zimdan.

Yomg'ir yog'di mayda-maydalab,
Mayda-mayda bo'ldi yuragim.
Tong otguncha qayta-qaytalab,
"Sevasanmi", deya so'radim.

Qiynaladi oftobni kutib
Yomg'irlardan ivigan shahar...
...Sen ketasan qayga qon yutib,
Meni qayga boshlaydi sahar?


Usmon Azim

@dilsahifalari
YOMG'IR
KUMUSH RAZZAQOVA
#қўшиқ

🎤 Kumush Razzoqova - Yomg'ir

@dilsahifalari
Tomchilar
005
#ностальгия

Yulduz Abdullayeva - Tomchilar

@dilsahifalari
Qochish mumkin darddan,balodan.
Qor-yomg'irdan.Noxush havodan.
Balki,sukut.Balki,sadodan...
Muhabbatdan qochish qiyinroq.

Baxtdan qochish mumkin.Bemalol.
Baxtsizlikdan?Mumkin.Ehtimol.
Sen o'zingdan qocharsan yaqqol...
Muhabbatdan qochish qiyinroq.

Bu ne tushki,seni uyg'otgan-
Solib butun yurakka titroq.
Mumkin qochmoq hatto hayotdan...
Muhabbatdan qochish qiyinroq...


Omon Muxtor

@dilsahifalari
Òðåê 3
ahmad zahir
#retro

Ahmad Zohir - Hamesha

O'z vaqtida millionlab yuraklarni zabt etgan marhum afg'on san'atkori Ahmad Zohirning chiroyli qo'shiqlaridan

@diliston
#ижод

Hofizga

Sohibdilim — diloro,
Ayyit, to‘xtasin karvon.
Nay puflagan quyunning
Enasimi biyobon.
Sohibdilim — diloro,
Qayda u chashma giryon.
Jilg‘a bo‘lgan ko‘nglimni
Quritib bo‘ldi mijgon.
Sohibdilim — diloro,
Ko‘zim mening qulfmidur?
Ochib nigohim chiqsa,
Chopgan qilich zulfmidur.
Sohibdilim — diloro,
Qaqnus gulxani qani.
Bor bo‘lsa yuzga surtay,
O‘tini yo kulini. Sohibdilim — diloro,
Ko‘p riyozat chekdim-ku,
O‘zim ketdim.
Yo‘lingga Toqatimni ekdim-ku!
Sohibdilim — diloro,
Vasling sarobmi, ro‘yo.
Hofiz emasman, ishqda Abduvaliman go‘yo...
Sohibdilim — diloro!


Abduvali Qutbiddin

@dilsahifalari
Forwarded from DIL SAHIFALARI (San'atiy ☆)
Bizni ilk bor uchrashtirgan sen,
Muhabbatga yuzlashtirgan sen,
Sharros quyib, bizni quvib,
Panaroqda so’zlashtirgan sen.
Chaqmoq chaqar, chaqmoq chaqar,
Yomg’ir yog’ar, yog’ar yomg’ir.
Mayin-mayin yog’ib kel, yomg’ir,
Yor atrini olib kel, yomg’ir,
Sevgisidan tongan malakning
Ko’zlaridan oqib kel, yomg’ir.
Armon bo’lib qoldi o’sha qiz,
Dardlarimni bilmaysan, yomg’ir.
Bevafoga uchratib qo’yib,
Yuragimni tig’laysan, yomg’ir.
Chaqmoq chaqar, chaqmoq chaqar,
Yomg’ir yog’ar, yog’ar yomg’ir.
Mayin-mayin yog’ib kel, yomg’ir,
Yor atrini olib kel, yomg’ir,
Sevgisidan tongan malakning
Ko’zlaridan oqib kel, yomg’ir.
Bizni ilk bor uchrashtirgan sen…

Shuhrat Ahmedov

@dilsahifalari
Yomg'ir
Ozodbek Nazarbekov
#соғинч

🎤 Ozodbek Nazarbekov- Yomg'ir

@dilsahifalari
Savol "Odamlar nima deydi"dan, "Alloh taolo nima deydi"ga o'zgarmaguncha holingiz isloh bo'lmaydi..

@dilsahifalari
Kuzak!
Onamga tiz cho'kib, yig'lagim keldi,
Dunyo dastidan...

@dilsahifalari
😂😂😂

@dilsahifalari
Audio
#nazm

💽 Zebo Mirzo - Olovdadirman

@dilsahifalari
Audio
#nazm

💽 Usmon Azim - Aytdim

@dilsahifalari
Borodur

Oh, yulduzim, bilmaysan – kunlar botib borodur,
Ko‘kdan tushib kelmaysan – tonglar otib borodur.

Ortib oshiq armonin, topolmasdan sarbonin,
Sarson umrim karvoni sensiz ketib borodur.

Qolgan umrim sazomu, suyganga shul jazomu,
Kundan-kunga hijroning jondan o‘tib borodur.

Muhabbatga qo‘l berdim, sitamlarga yo‘l berdim,
G‘amlar aldab uxlatib, ham uyg‘otib borodur.

Yo‘qlatsa, yor yo‘qlatsin, yig‘latsa yor yig‘latsin,
Ohu-zorim g‘animat – diydam qotib borodur.

Yolg‘on dunyo bu dunyo, armon dunyo bu dunyo,
Dushmanlarim xaridor, do‘stlar sotib borodur.

Mahshar tuni porlagin, visol tomon chorlagin,
Jonin olib Mug‘anniy, ko‘kka yetib borodur.


Mug‘anniy (G‘anijon Xolmatov)

@dilsahifalari
AYLANAY

Ko‘zmunchog‘ing qo‘yma asta, dildorim,
Ay, aylanay, noziknihol qaddingdan.
Kuzagimni xushbo‘y etgan bahorim,
Ay, aylanay, atirgulim, atringdan.

Ikki ko‘zim manim, ikki dagarim,
So‘zi novvot, qiliqlari shakarim,
Mirzo Ulug‘begim, Mirzo Anvarim,
Ay, aylanay, sabza urgan xattingdan.

Mayiz bo‘lib saratonda kuygan el,
Bolasidan dalasini suygan el,
Yaxshi kunni faqat to‘yga qo‘ygan el,
Ay, aylanay, kiprikdagi gardingdan.

Ba’zan ko‘ngil uchun ko‘ngil so‘ralar,
Kim termular, kimdir sekin mo‘ralar,
Ay, do‘stlarim, ulfatlaru jo‘ralar,
Ay, aylanay, nomardingu mardingdan.

Omon edi orzu, tilagam kecha,
Tangrim,
bokding chuqur yuragimgacha,
Bedavo dard berding suyagimgacha,
Ay, aylanay, tanlab bergan dardingdan.


Iqbol Mirzo

@dilsahifalari
11- oktyabr – Xalqaro qiz farzandlar kuni.

Qiz farzandi bor insonlarni va kanalimiz qizlarini ayyomlari bilan muborakbod etamiz!)
Baxtimizga va yaqinlaringiz baxtiga bor bo'linglar😉


@dilsahifalari
Audio
#nazm

💽 Po'latbek Olimov - Otalar o'lmaydi

@dilsahifalari
Bir ayol turmush qurganidan 17 yil o‘tib, quydagi gaplarni aytib qoldirmoqda;

“Ishonchim komil bo‘ldi, erkaklar Alloh yaratganlarining ichida eng chiroyli suratda yaratilgan xilqat ekan.
- U qo‘lida boriniki opa-singlisi, qizi, onasi, ayoli, nabiralari uchun sarflab yuboraverar ekan.
- O‘zini navqiron yigitligini, sog‘ligini ayoli va bolalari uchun qurbon qilar ekan. Har kuni mehnat, gohida juda kechga qolib ishlaydi-yu, shikoyat ham qilmas ekan.
- Erkak, garchi tirikchilik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lsa ham, bolalarining kelajigini qurush uchun tinmay mehnat qilar ekan, tirishar ekan. Oilasini mustahkamlashga urinar ekan. Shunday bo‘lsa-da, turli-tuman malomatlarga qolar ekanlar.
- U ishida ho‘jaynisidan yoqimsiz gaplarni eshtib kelib, gohida ota-onasidan, gohida ayolidan dakkilar ham eshitar ekan. Shunda ham isloh etishga urunar ekan.
- Agar, o‘zini chalg‘itish uchun aylangani chiqib ketsa, ma'suliyatsiz er. Uyda qolsa, dangasa va yalqov !
- Farzandlarini tarbiyalash uchun qattiq teksa ularga, minnatchi yoki, vahshiy. Agar biroz erkin qo‘ysa, bolalarining tarbiyasiga beparvo.
- Ayolini ishlashdan qaytarsa, oilada diktator. Ishlashiga ruxsat bersa, tekinxo‘r. Shunday bo‘lsa ham, bollarini o‘zidan yaxshiroq bo‘lishiga umid bilan, tinmay shikoyatsiz mehnat qilar ekan. Bollari uchun dunyodagi eng zo‘r mukofotlarni olib berolmasa ham, o‘zi qodir bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alarni hadya etar ekan. Ona 9 oy farzandini ko‘tarib yursa, ota bir umr uni maasulyatini ko‘tarib o‘tar ekan. Bildimki, agar, uyning erkagi salomat bo‘lsa, dunyo salomat qolar ekan. Har bir ota va har bir erni xurmatini joyiga qo‘yinglar aziz ayollar. Sizlar uchun qancha qurbonliklar qilganini bilmaysizlar.”


Dada sizni yaxshi ko'raman!)

@dilsahifalari