AI | DigiTech
50.3K subscribers
3.68K photos
1.73K videos
3.37K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Olimlar SI uchun «ishga kirish imtihoni»ni o‘tkazishdi — natijada barcha modellar eng murakkab topshiriqlarni bajara olmay, 0% natija ko‘rsatishdi.

Tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — SI haqiqatan ham inson o‘rnini bosa oladimi yoki yo‘q, shuni aniqlash edi. Buning uchun olimlar neyrotarmoqlarning shunchaki savollarga javob berishini emas, balki real amaliy vazifalarni qay darajada uddalashini sinab ko‘rishdi.

Eng yaxshi natijani GPT-5.5 ko‘rsatgan bo‘lsa-da, u ham eng og‘ir vazifalarni chetlab o’tib, topshiriqlarning atigi 24 foizini bajara oldi.

📟 DigiTech
👏72😁4413👍4🥰2🤯2🫡21
⚡️Bloomberg nashrining yozishicha, Qualcomm o‘z hamkorlarini 1-sentyabrdan boshlab chiplar narxini “ikki xonali foizga” oshirishi haqida ogohlantirgan. Natijada smartfonlar va boshqa texnika yana qimmatlashishi kutilmoqda.

Hatto narxlarning 10 foizga oshishi ham Android qurilmalarining yakuniy qiymatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

📟 DigiTech
🤯56😡18👍74😁42👏1🤝1
🖥️ Foydalanuvchilar LG monitorlaridagi jonga tegadigan reklamalardan shikoyat qilishmoqda.

Xabar qilinishicha, qurilma drayverlari bilan birga foydalanuvchining qattiq diskiga LG Monitor App ilovasi ham yuklanmoqda. U vaqti-vaqti bilan mashhur McAfee antivirusi kabi boshqa servislar reklamalarini ko’rsatyapti.

Microsoft vaziyatga e’tibor qaratib, LG kompaniyasi McAfee reklamasini ko‘rsatishni to‘xtatishga va'da berganini ma'lum qildi. Kompaniya boshqa tijoriy reklamalar haqida hech narsa demadi, shu sabab reklamalar monitorlardan butunlay yo‘qoladi, deyish qiyin.

📟 DigiTech
👍24🤯125🔥32👏2😢2
⚡️Zumerlar neyrotarmoqlar bilan almashtirilishdan eng himoyalangan qatlam bo‘lib chiqdi: ularni ishdan bo‘shatish yoki ishga yollamaslik milliard dollarlik xato bo‘lishi haqida MIT ogohlantirdi.

Olimlarning fikricha, stajyorlar yangi g‘oyalar va innovatsiyalarning asosiy manbaidir. Agar ular sun’iy intellektga almashtirilsa, bir-ikki yildan so‘ng kompaniyalar madaniyat, trendlar va kreativlikni qayerdan olishni bilmay qoladi, neyrotarmoqlarning o‘zi esa yangi insonlar ma’lumotlarsiz zaiflashib boradi.

📟 DigiTech
👍103😁2315🔥11💯41🤯1🫡1
⚡️NVIDIA o‘z videokartalari narxini oshirdi — narx o‘sishi GDDR7 va GDDR6 xotirali barcha aktual modellarga ta’sir qildi.

Yaqinda Jensen Xuang hamkorlariga xotira narxi oshgani haqida xabar berdi. Do’konlar narxlarni ko‘tarishni boshlab yuborishdi — RTX 5060 bir zumda 65 dollarga, RTX 5060 Ti esa 90 dollarga qimmatladi.

Narx o‘sishi bu modellar bilan to‘xtab qolmaydi — inqiroz butun GeForce liniyasini «bo‘g‘ishda» davom etadi.

📟 DigiTech
😢5310🤯7👍3💯2🫡21🤓1
⚡️GPT-6 shu haftadayoq namoyish etilishi mumkin: Sem Altman Oq uyga OpenAI'ning yangi kuchli modelini ko‘rsatish uchun Vashingtonga yo‘l olmoqda.

Insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, model “ko‘p yillik matematik muammolarni hal qila oladigan” hamda “AQSh biznesi uchun murakkab ishlarni sezilarli darajada arzonroq va samaraliroq bajara oladigan” yechim sifatida taqdim etiladi.

Katta ehtimol bilan, gap Hugging Faceni buzib kirishga ulgurgan o‘sha model haqida ketmoqda.

📟 DigiTech
🔥5913👍6👏5🫡32😁1💯1🤝1
📲 Sayohatchilar orzusi: Google jonli tarjima vidjeti ustida ishlamoqda

“Android Authority” nashri “Google Tarjimon”ning Android uchun mo‘ljallangan so‘nggi versiyasida “Jonli tarjima” rejimi uchun yangi vidjetni aniqladi. Hozircha u ommaga taqdim etilmagan, biroq nashr mualliflari uni faollashtirib, amalda sinab ko’ra olishdi.

Bir marta bosish orqali tarjima rejimi darhol ishga tushadi; shuningdek, vidjet orqali tilni yoki javob qayerdan (quloqchindanmi yoki telefon dinamigidanmi) chiqishini sozlash mumkin bo‘ladi.

Tarjimani faollashtirish uchun ilovani ochish shart bo‘lmaydi.

📟 DigiTech
👍5213👏5🤝21
✈️ Airbus yo‘lovchi samolyotining parvoz davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi: yangi A350-1000ULR Avstraliyaning Melburn shahridan Fransiyaning Tuluza shahriga 24 soat-u 24 daqiqada yetib bordi.

Layner yo‘lovchilarsiz va maxsus uzun marshrut bo‘ylab 23 000 km dan ortiq masofani bosib o‘tdi. To‘la salon bilan esa u 18 500 km gacha bo‘lgan masofaga to‘xtovsiz parvozlarni amalga oshira oladi.

Bunday samolyotlarning dastlabki 12 tasini Avstraliyaning Qantas kompaniyasi 2027-yilda qabul qilib oladi. Ular dunyodagi eng uzun muntazam reyslar — Sidneydan Londonga va Nyu-Yorkka parvoz qiladi.

📟 DigiTech
👏44👍188🤝4🔥3💯31
📲 Nyu-Yorkda ijtimoiy tarmoqlardan pasport orqali foydalanish joriy etildi: yanvar oyidan boshlab shahar aholisi TikTok va shunga o‘xshash servislardan erkin foydalanish uchun o‘z yoshini tasdiqlashi kerak bo‘ladi.

Agar foydalanuvchi 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, unga shaxsiylashtirilgan lentadan farqli o‘laroq, odatiy lenta ko‘rsatiladi. Tungi soat 12 dan tonggi 6 gacha esa bildirishnomalar o‘chirib qo‘yiladi.

📟 DigiTech
👏58👍1312🔥52🤝2😢1😡1
⚡️Apple AQShda “Apple Upgrade” xizmatini ishga tushirdi

Bu xizmat yordamida xaridor kompaniyaning gadjetlarini har oylik to‘lovlar asosida lizingga olishi mumkin. Lizing muddati tugagach, gadjetni sotib olish, qaytarib berish yoki yangi obunani rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.

Masalan, iPhone 17 Pro uchun oyiga 32 dollardan to‘lab boriladi. Bunda smartfonni birdaniga 1099 dollarga xarid qilish o‘rniga ikki yil davomida jami 768 dollar to‘lanadi. Shundan so‘ng smartfonni qaytarib berish, yangi modelga almashtirish yoki qo‘shimcha 332 dollar to‘lab, o‘zingizda qoldirishingiz mumkin.


Lekin mutaxassislar endi shu sabab boshqa davlat bozorlari AQSh'dan keltirilgan bloklangan qurilmalarga to’lib ketishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. Agar texnika o‘z vaqtida qaytarilmasa yoki to’lanmasa, Apple uni bloklaydi, olibsotarlar esa bundan foydalanishi mumkin.

📟 DigiTech
👍10😁53👏2🔥1🤝1🫡1