Raqamli Qal'a
358 subscribers
29 photos
2 videos
53 links
Kiberxavfsizlik haqida blog
Download Telegram
🔐 Autentifikatsiya turlari: Hisobingiz qanchalik himoyalangan?

Bugungi kunda kiberxavfsizlikda foydalanuvchini tasdiqlashning bir nechta usullari mavjud:

🔹 SFA (Single-Factor Authentication)
Faqat bitta omil ishlatiladi — odatda parol.

🔹 2FA (Two-Factor Authentication)
Parol + SMS yoki autentifikator ilovasidan olingan OTP kod.

🔹 MFA (Multi-Factor Authentication)
Ikki yoki undan ortiq tasdiqlash omili: parol, qurilma, biometrika va boshqalar.

🔹 Biometrik autentifikatsiya
Barmoq izi, yuzni tanish yoki ko‘z qorachig‘i orqali kirish.

🔹 Passwordless Authentication
Parolsiz tizimga kirish: biometrika, xavfsizlik kaliti yoki maxsus havola yordamida.

🔹 Certificate-Based Authentication
Foydalanuvchini raqamli sertifikatlar orqali tasdiqlaydi.

🔹 Token-Based Authentication
JWT, OAuth va SAML kabi tokenlar yordamida autentifikatsiya amalga oshiriladi.

💡 Tavsiya: Muhim akkauntlaringizda kamida 2FA ni yoqing. Bu hisobingiz xavfsizligini sezilarli darajada oshiradi.

@digitalqala - xavfsizlik eng muhimi
👍3🔥2
#foydali

Kiberxavfsizlikni o'rganish uchun eng yaxshi YouTube kanallari

📌 Umumiy kiberxavfsizlik
• Hak5, NetworkChuck, David Bombal, InfoSec Live, Security Weekly, Black Hills Information Security

🐛 Bug Bounty va Ethical Hacking
• The XSS Rat, HackerSploit, InsiderPHD, Peter Yaworski, LiveOverflow, The Cyber Mentor

🎓 Sertifikatlar va Karyera
• Professor Messer, Outpost Gray, Simply Cyber, Cyberspatial

🌐 Web-Application Security
• OWASP Foundation, Null Byte, Security Now

☁️ Cloud Security
• Day Cyberwox

🛡Offensive Security va Pentesting
• Offensive Security, SANS Offensive Operations, Pentester Academy TV

🦠 Malware Analysis va Forensics
• John Hammond, 13Cubed, BlackPerl

Ta'lim va Turli mavzular
• Computerphile, IppSec, MalwareTechBlog, Joe Collins

@digitalqala - xavfsizlik eng muhimi
🔥3👍1
#foydali

🔥Bepul Cybersecurity kurslari va sertifikatlari uchun TOP 10 platformalar

1. Cisco Networking Academy
Boshlovchilar uchun
• Introduction to Cybersecurity
• Networking Essentials
• Bepul Digital Badge va sertifikat

2. Fortinet Training Institute
Security Fundamentals
• Cybersecurity Awareness
• Threat Landscape
• Bepul sertifikat va badge

3. IBM SkillsBuild
Cybersecurity va AI
• Cybersecurity Fundamentals
• Cloud Security
• Ko'plab kurslarda bepul sertifikat

4. Microsoft Learn
Cloud va Azure Security
• Azure Security
• Identity & Access Management
• Bepul Learning Path va badge

5. TryHackMe
Amaliy mashg'ulotlar
• Boshlovchilar uchun laboratoriyalar
• Ethical Hacking amaliyoti
• Amaliy o'rganish

6. Google Cybersecurity
Karyera boshlovchilar uchun
• Security Fundamentals
• Career-Focused Learning

7. OpenLearn
Universitet darajasidagi ta'lim
• Cybersecurity Essentials
• Online Safety
• Bepul ishtirok sertifikati

8. Palo Alto Networks Beacon
SOC va Cloud Security boʻyicha
• SOC Analyst Training
• Cloud Security
• Tanlangan kurslarda badge

9. OWASP
Web Application Security
• Web Security
• API Security
• To'liq bepul resurslar

10. ISC2
Entry-Level Cybersecurity
• Certified in Cybersecurity (CC)
• Aksiyalarda bepul trening va sertifikat imkoniyati

Tavsiya etilgan o'rganish yo'li
1. Cisco Networking Academy
2. Fortinet Training Institute
3. IBM SkillsBuild
4. Microsoft Learn
5. TryHackMe


Ushbu ketma-ketlik orqali nazariy bilim, amaliy tajriba va xalqaro sertifikatlarni birgalikda qo'lga kiritishingiz mumkin.

@digitalqala
👍2🔥21
Parolingiz qanchalik xavfsiz?

Eng zaif parollar:
123456
password
12345678
qwerty
111111
abc123
admin
welcome
iloveyou
dragon
000000
654321
qwerty123

💥Kuchli parol yaratish uchun koʻrsatmalar:
• Kamida 16 ta belgidan iborat bo'lsin.
• Katta va kichik harflardan foydalaning.
• Raqamlar va maxsus belgilarni (@ # $ % !) qo'shing.
• Har bir akkaunt uchun alohida parol yarating.
• Ikki bosqichli tasdiqlash (2FA/MFA) ni yoqing.
• Parollarni saqlash uchun Password Manager dan foydalaning.

Misol:
M0unt@in!River#Coffee27

Eslatma: bu faqat namuna. Uni aynan nusxalab ishlatmang.

@digitalqala
🔥21👍1
#mem

Nimadir xato?!

@digitalqala
😁14🤔2
#vpn

🔒 Facebook'ning "bepul VPN" siri

2013-yilda Facebook taxminan 120 million dollarga Onavo VPN ilovasini sotib olgan. Ilova foydalanuvchilarga "ma'lumotlaringizni himoya qilamiz" deb va'da bergan bo'lsa-da, amalda internet trafikini Facebook orqali yo'naltirib, foydalanuvchilarning qaysi ilovalardan foydalanishi, ularda qancha vaqt o'tkazishi va bozordagi yangi trendlarni kuzatishga xizmat qilgan.

Olingan ma'lumotlar orqali Facebook raqobatchilar, jumladan Snapchat'ning tez o'sishini oldindan aniqlagan. Keyinchalik esa Stories kabi mashhur funksiyalarni joriy etib, bozor strategiyasini shu tahlillarga asoslagan. Shu sababli Apple Onavo ilovasini App Store'dan olib tashlagan.

📌 Xulosa: Har qanday VPN yoki maxfiylik ilovasini o'rnatishdan oldin uning maxfiylik siyosatini albatta tekshiring.

@digitalqala
🔥41
Rasmga oʻzingiz nom bering 😅

@digitalqala
😁8🤔1
#foydali

🚀 Bepul onlayn Cybersecurity kursi!

Kiberxavfsizlik sohasiga kirishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat!

•Bepul qatnashish;
•Onlayn format;
•Boshlang'ich daraja uchun mos;
•Kursni yakunlagach sertifikat olish imkoniyati!

IT va kiberxavfsizlik sohasida karyera boshlashni rejalashtirayotganlar uchun foydali resurs.

@digitalqala
🔥4👍31
#pentesting

🕸 Web Pentesting uchun eng muhim vositalar

Web Application Pentesting jarayonida turli bosqichlar uchun maxsus vositalardan foydalaniladi. Quyida eng mashhur vositalar va ularning asosiy vazifalari keltirilgan.

Reconnaissance — nishon haqida ma'lumot to'plash.
Proxy — HTTP/HTTPS so'rovlarini ushlash va tahlil qilish.
Web Spidering — sayt sahifalari va URL'larni avtomatik yig'ish.
Fingerprinting — server, CMS va ishlatilayotgan texnologiyalarni aniqlash.
Subdomain Discovery — domenning subdomainlarini topish.
Directory & Fuzzing — yashirin fayl, papka va endpointlarni qidirish.
Vulnerability Scanning — xavfsizlik zaifliklarini avtomatik aniqlash.
API Testing — REST va GraphQL API'larni sinovdan o'tkazish.
Port Scanning — ochiq portlar va ishlayotgan servislarni aniqlash.
SSL Analysis — SSL/TLS sertifikatlari va konfiguratsiyasini tekshirish.
Search Engines (OSINT) — internetdagi ochiq manbalardan ma'lumot yig'ish.
Sensitive Data Discovery — maxfiy ma'lumotlar (API kalitlari, tokenlar, parollar) sizib chiqishini aniqlash.
Email Testing — e-mail infratuzilmasi va xavfsizlik sozlamalarini tekshirish.
Miscellaneous — pentest jarayonini avtomatlashtirish va yordamchi vazifalarni bajarish.

📌 Ushbu vositalar Pentester, Bug Bounty Hunter va Application Security mutaxassislari tomonidan web ilovalar xavfsizligini baholashda keng qo'llaniladi.

⚠️ Eslatma: Ushbu ma'lumotlar faqat ta'lim, tadqiqot va ruxsat berilgan xavfsizlik auditlari uchun mo'ljallangan. Vositalardan faqat o'zingizga tegishli yoki egasi tomonidan ruxsat berilgan tizimlarda foydalaning.


@digitalqala
👍2🔥21
#pentesting

🔥 Pentesting'ni o'rganishni qayerdan boshlash kerak?

📌 ROADMAP:

• Tarmoq (Networking) asoslarini o'rganing.

• Linux va Windows tizimlarini yaxshi oʻzlashtiring.

• Python va Bash kabi skript tillarini o'rganing.

• Web xavfsizligi va OWASP Top 10 bilan tanishing.

• TryHackMe, Hack The Box va PortSwigger laboratoriyalarida muntazam amaliyot qiling.

• Topilgan zaifliklarni tahlil qilish va hisobot yozishni o'rganing.

@digitalqala
👍2🔥2
#tryhackme

🥷 Pentester bo'lishni xohlaysizmi?

TryHackMe Jr Penetration Tester oʻquv dasturi sizni pentesting asoslaridan boshlab amaliy darajagacha olib chiqadi.

📚 Ushbu learning path orqali:
• Pentesting metodologiyasini o'rganasiz;
• Recon, Enumeration va Exploitation bosqichlarini amalda bajarasiz;
• Web Application Security va Active Directory bilan ishlaysiz;
• Linux va Windows Privilege Escalation'ni o'rganasiz;
• Professional Pentest Report yozishni mashq qilasiz.

@digitalqala
👍2🔥2