Digital.edu IT Career
1.6K subscribers
521 photos
28 videos
1 file
457 links
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Download Telegram
“Raqamlashtirish orqali farovonlik sari” dasturida yoshlar zamonaviy kasblarga bepul o‘qitilmoqda

🏷 Dasturining 1-bosqichida itstudy.uz platformasida IT, elektron tijorat, marketing, SMM va xorijiy tillar yo‘nalishlarida bepul onlayn kurslar tashkil etilgan edi.

➡1-bosqichni muvaffaqiyatli tamomlagan, ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar farzandlari saralab olinib, 2-bosqichning 6 oylik intensiv kurslariga jalb etildi.

➡Iyul oyidan boshlab, 1 191 nafar yosh 95 nafar mentor tomonidan zamonaviy IT kasblar o‘qitilmoqda.

❗Dastur doirasida tashkil etiladigan bepul intensiv kurslarda tahsil olishni istagan yoshlar quyidagi havola orqali ro‘yxatda o‘tishlari mumkin.

🔗Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun hududiy mas’ullarga boʻglaning.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2🥰1👏1💯1
Full Stack dasturlash yo‘nalishida amaliyot o‘tash imkoniyati!

📱Tez rivojlanayotgan startap jamoasiga 3 nafar Full Stack Developer Intern (React + Python) taklif etilmoqda.

💡Amaliyot davomida real mahsulot, foydalanuvchilar va amaliy muammolar ustida ishlash orqali tajriba orttirish imkoniyati yaratiladi.

📌Amaliyot shartlari:
✔️ Dastlabki 2 oy – bepul amaliyot;
✔️ Yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarga 3-oydan boshlab haq to‘lanadi;
✔️ Real va yirik loyihalarda amaliy tajriba;
✔️ Startap muhitida ishlash va netvorking imkoniyati;
✔️ Rasmiy shartnoma;
✔️ID sertifikat.

💻 Asosiy texnologiyalar: React + Python

Amaliyot faqat sertifikat olish emas, balki real mahsulot yaratishda ishtirok etib, portfolio uchun amaliy natijaga ega bo‘lishni istagan nomzodlar uchun mo‘ljallangan.

📩CV yuborish uchun: havola

⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🥰2⚡1👍1🕊1
UBC faol va iqtidorli nomzodlarni qidirmoqda

🏢 Kompaniya: Uzbekistan Business Consultants (UBC)
👨‍💻 Ish formati: Ofisdan
📍 Manzil: Darhan Business Centre, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 88A, Toshkent

⚠️ Ariza topshirish muddati: 21-sentyabr

✅UBC quyidagi lavozimlarga iqtidorli va faol nomzodlarni taklif qilmoqda:

Ochiq vakansiyalar:
➡️ 3 nafar stajyor
➡️ 2 nafar korporativ mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejer
➡️ 2 nafar litsenziyaga ega ko‘chmas mulk maslahatchisi

📌Asosiy vazifalar:
✔️Jamoaning kundalik faoliyati va mijozlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash
✔️Bozor tadqiqotlari, tahlil va hisobotlarni tayyorlashda ko‘maklashish
✔️Mijozlar, hamkorlar va biznes vakillari bilan muloqot qilish
✔️Mahalliy va xalqaro biznes imkoniyatlari bilan ishlash
✔️Mijozlar bilan mustahkam professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish
✔️Ko‘chmas mulk loyihalari, marketing va savdo jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash

📱 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
✔️Faol, intiluvchan va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish
✔️Kuchli muloqot va shaxslararo munosabat ko‘nikmalariga ega bo‘lish
✔️Professional aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish qobiliyati
✔️O‘rganish va kasbiy rivojlanishga tayyor bo‘lish
✔️Ko‘chmas mulk sohasidagi tajriba ustunlik beradi

⌛ Ko‘chmas mulk maslahatchisi lavozimi uchun amaldagi litsenziya majburiy

🌐 Til talablari:
✔️Ingliz tili — IELTS 7+
✔️O‘zbek tili
✔️Rus tili

📩 Ariza topshirish uchun: Vakansiya talablarini diqqat bilan o‘rganib chiqing hamda CV va ma’lumotlaringizni ingliz tilida Telegram orqali ushbu manziliga yuboring.

⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2❤1⚡1👏1
SMM kontent-menejer / Videooperator izlanmoqda

💡Toshkent shahridagi matematika o‘quv markazi Instagram sahifasini rivojlantirish va marketing tizimini noldan shakllantirish uchun ijodkor mutaxassisni jamoaga taklif qilmoqda.

📌Asosiy vazifalar:
✔️Telefon yoki kamerada kuniga kamida 3–4 ta Reels suratga olish
✔️Cinematic, viral, dynamic va talking head formatlarida kontent yaratish
✔️Videolarni CapCut’da montaj qilish
✔️Yorug‘lik, ovoz va kadr sifatini nazorat qilish
✔️Mustaqil ravishda yangi kontent g‘oyalarini taklif etish
✔️Zarur hollarda suratga olish uchun aktyorlarni jalb qilish
✔️Kelajakda o‘z jamoasini shakllantirish va boshqarish

✅Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
➡️Mobilografiya, videografiya va montaj bo‘yicha tajriba
➡️Portfolio mavjud bo‘lishi shart
➡️Kuchli vizual did va turli uslublarda video olish qobiliyati
➡️CapCut dasturini yaxshi bilish
➡️DaVinci Resolve, Premiere Pro yoki After Effects’ni bilish ustunlik beradi
➡️Intizomli, tashabbuskor, halol va mas’uliyatli bo‘lish
➡️Loyihada to‘liq stavkada ishlashga tayyor bo‘lish
➡️Yaxshi kameraga ega shaxsiy iPhone yoki kamera bo‘lishi kerak

💼 Ish sharoitlari:
✔️Ish vaqti: 12:00–20:00
✔️Ish tartibi: 6/1
✔️Talabalar uchun o‘qish bilan birga olib borishga moslashuvchan jadval mavjud
✔️Ish joyi: Toshkent shahri markazi, Oloy bozori va Hyatt Regency yaqinida
✔️Bir haftalik sinov muddati
✔️Sinov haftasidan muvaffaqiyatli o‘tilgach, bir oylik haq to‘lanadigan sinov davri
✔️Oylik maosh: 6 000 000–15 000 000 so‘m
✔️Yorug‘lik uskunalari va mikrofon taqdim etiladi

➕Qo‘shimcha imkoniyatlar:
✔️Marketing bo‘limi rahbarigacha aniq karyera yo‘li
✔️Jalb qilingan mijozlar uchun qo‘shimcha foiz
✔️Marketing tizimini noldan yaratishda ishtirok etish
✔️Kelajakda o‘z jamoangizni shakllantirish va boshqarish
✔️Yosh va ijobiy jamoa bilan ishlash hamda Uzoq muddatli hamkorlik


📩 Ariza topshirish uchun: Rezyume, portfolio havolasi (Instagram yoki Telegram), fotosuratingiz, yuritgan sahifalaringiz va ularning o‘sish natijalarini ushbu manziliga yuboring.

⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2🕊1
Uzum E-com jamoasida analitika yo‘nalishida stajirovka!

💡Uzum E-com kompaniyasi operatsion bo‘limiga analitik stajyor qabul qilmoqda.

📍Toshkent - ofisdan
⚡️ Tajriba talab etilmaydi

📌Vazifalar:
✔️Yetkazib berish va kuryerlar faoliyatiga oid asosiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish;
✔️SQL va Excel yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash;
✔️Dashboard va metrikalarni kuzatib borish;
✔️Hisobot va hisob-kitoblarni avtomatlashtirish;
✔️Tahlil asosida xulosa va takliflar tayyorlash.

✅ Talablar:
✔️SQL asoslarini bilish (SELECT, JOIN, GROUP BY, WHERE);
✔️Excel / Google Sheets bilan yaxshi ishlash;
✔️Statistikaning asosiy tushunchalarini bilish;
✔️Analitik va mantiqiy fikrlash;
✔️Ma’lumotlar bilan ishlashda e’tiborli va o‘rganishga tayyor bo‘lish.

🧳 Taklif etiladi:
✔️Haftasiga 20 soatdan boshlab rasmiy stajirovka;
✔️Moslashuvchan ish jadvali;
✔️Real biznes ma’lumotlari va vazifalari bilan ishlash;
✔️Mentor ko‘magi va professional rivojlanish imkoniyati.

📩 Ariza topshirish uchun: havola

⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍2⚡1🕊1
Forwarded from EDU.DIGITAL.UZ
❗️“ICTWEEK UZBEKISTAN 2026” boshlanishiga 1 kun qoldi!
 
Mamlakatimizning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng kutilgan va yirik tadbiri — “ICTWEEK UZBEKISTAN 2026” AKT haftaligi boshlanishiga bor-yo‘g‘i 1 kun qoldi!

📌Yigirma ikki yil davomida ushbu nufuzli tadbir milliy va xalqaro miqyosda raqamli transformatsiya, yangi AT-tashabbuslar hamda innovatsion yechimlarni muhokama qilishning asosiy muloqot maydoniga aylanib ulgurdi.

🔠Ertaga yurtimiz hamda dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan yetakchi AT-kompaniyalar vakillari, investorlar, startaplar, davlat tashkilotlari mutasaddilari va soha mutaxassislari bir maydonda jam bo‘lishadi.
 
❓Haftalik dasturidan nimalar o‘rin olgan?

➖Xalqaro forumlar, B2B uchrashuvlar va strategik davra suhbatlari;
➖Sun’iy intellekt, raqamli hukumat, fintex va yangi loyihalar taqdimoti;
➖ICT Expo — zamonaviy ishlanmalar, mahsulot va xizmatlar namoyish etiladigan keng ko‘lamli ko‘rgazma.

Ro‘yxatdan o‘tishga ulguring!

🟣Tadbirda ishtirok etish va ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish mutlaqo bepul bo‘lib, rasmiy veb-sayt orqali bir necha daqiqada amalga oshiriladi:
 
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi

🚌 Tashrif buyuruvchilar uchun maxsus bepul avtobus (shatl) yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi.
 
Ishtirokchilar va mehmonlarga qulay sharoit yaratish maqsadida tadbir o‘tkaziladigan asosiy ko‘rgazma majmuasigacha maxsus bepul avtobus qatnovlari tashkil etildi:

Shahar → CAEx

birinchi avtobus — soat 08:00 da;
keyingi avtobuslar — har soatda;
so‘nggi avtobus — soat 17:00 da.

CAEx → shahar

so‘nggi avtobus — soat 18:00 da harakatlanadi.



➡️ Shahardagi avtobuslarning jo‘nash nuqtalari:

➖IT Park majmuasi / Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi;

➖“O‘zbekiston” mehmonxonasi;

➖Janubiy vokzal;

➖“Buyuk Ipak Yo‘li” metro bekati / Dog‘iston ko‘chasi.
 
😉Tarixga va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lgan 22 yillik yo‘lning yangi bosqichida biz bilan bo‘ling! Ertaga “ICTWEEK UZBEKISTAN 2026” maydonlarida ko‘rishguncha!

⏩ Dastur

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤1
Yurideks jamoasi kengaymoqda!

💡 Yurideks jamoasiga 2 nafar stajyor AI Engineer / Full Stack Developer yo‘nalishida amaliyotga qabul qilinmoqda.

📌 Talablar:
✔️Ingliz tili – kamida B2 daraja;
✔️Git va GitHub bilan ishlash ko‘nikmasi;
✔️Kamida bitta dasturlash tilida boshlang‘ich tajriba (JavaScript/TypeScript yoki Python afzal);
✔️Mustaqil o‘rganish va muammolarga yechim topa olish;
✔️Tashabbuskorlik va startap muhitida faol ishlashga tayyorlik.

🧳 Imkoniyatlar:
✔️Real startap vazifalari ustida ishlash;
✔️Kuchli jamoa bilan amaliy tajriba orttirish;
✔️UzCombinator tomonidan tanlangan startap jamoasida ishlash;
✔️Amaliyot yakunida rasmiy tasdiqlovchi xat.

⚠️ Amaliyot uchun haq to‘lanmaydi.

📩 Murojaat uchun: havola

⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁8👍4❤3🔥2⚡1🕊1
Uzum Bank jamoasida axborot xavfsizligi yo‘nalishida amaliyot imkoniyati!

💡Uzum Bank axborot xavfsizligini monitoring qilish jamoasiga stajyorlar qabul qilinmoqda (haq to‘lanadi)

📍 Toshkent | Ofisdan | Tajriba talab etilmaydi

📌Asosiy vazifalar:
✔️Axborot xavfsizligi hodisalarini monitoring qilish va shubhali faollikni tahlil qilish;
✔️Xavfsizlik hodisalarini aniqlash, qayd etish va tegishli mutaxassislarga yetkazish;
✔️Monitoring va himoya vositalarini sozlashda yordam berish.

👨‍💻 Talablar:
✔️Axborot xavfsizligi yoki IT yo‘nalishi bitiruvchisi bo‘lish;
✔️Operatsion tizimlar va kompyuter tarmoqlari (OSI, TCP/IP) bo‘yicha boshlang‘ich bilim;
✔️Firewall, antivirus, SIEM va loglash tamoyillarini tushunish;
✔️Rus va o‘zbek tillarini bilish;
✔️E’tiborlilik va yaxshi akademik ko‘rsatkichlar.

⭐️Qo‘shimcha afzalliklar:
Windows, Linux, ELK, Wazuh va boshqa axborot xavfsizligi vositalari bilan ishlash bo‘yicha bilim yoki amaliy tajriba.

⌛ Taklif etiladi:
✔️6 oylik haq to‘lanadigan amaliyot;
✔️Haftasiga 40 soatlik, smenali ish jadvali;
✔️Tajribali mutaxassislardan mentorlik;
✔️Amaliyot yakunida Junior mutaxassis sifatida doimiy ishga o‘tish imkoniyati.

📩 Murojaat uchun: havola

⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5😁3🔥2❤1🕊1
Mad Devs jamoasiga Junior+ ML Engineer taklif etilmoqda!

💡Mad Devs kompaniyasi real Machine Learning loyihalarida ishlash va xalqaro jamoada tajriba orttirishni istagan mutaxassislarni ishga taklif etadi.

🌍 Ish formati: Masofaviy (Remote)
💼 Tajriba: Kamida 1,5 yil

📌Asosiy vazifalar:
✔️Machine Learning modellarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
✔️Tavsiya (Recommendation) va Ranking tizimlarini yaratish;
✔️NLP, LLM va AI yordamchilar ustida ishlash;
✔️Katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish;
✔️Biznes muammolariga ML asosida yechimlar ishlab chiqish.

👨‍💻 Talablar:
✔️Machine Learning algoritmlari va matematik asoslarini yaxshi bilish;
✔️ML modellarini ishlab chiqish, sozlash va Production muhitiga joriy etish tajribasi;
✔️NLP, LLM va AI Agent tizimlari bilan ishlash;
✔️Python, SQL, PyTorch, scikit-learn va Docker bo‘yicha bilim;
✔️Ingliz tili – kamida B2, rus tilini erkin bilish;
✔️Mijozlar bilan muloqot qilish va texnik talablarni shakllantirish ko‘nikmasi.

⚡️ Taklif etiladi:
✔️Moslashuvchan ish jadvali va masofaviy ish;
✔️AQSH dollarida ish haqi;
✔️Xalqaro va uzoq muddatli loyihalar;
✔️Professional rivojlanish va ta’lim uchun ajratiladigan mablag‘;


📩 Murojaat uchun: havola

⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁10👍3🔥1
Forwarded from kamoloff.log
FAANG orzusi/rejasida yurganlar bormi?

Sizlar uchun yangilik, yil oxiri Nov-Dec larda mening jamoamda 7 ta yangi pozitsiya ochiladi: middle, senior va staff levellar uchun.

Keyinchalik shoshilib qolmaslik uchun harakatni hozirdan boshlayvering.
1-etap:
• Resume (screening) & Recruiter call

2-etap:
• Technical Screening (LeetCode style problem solving)

Onsite:
• Coding & Problem solving (LeetCode style problem solving)
• System Design
• Behavioral Interview with Hiring Manager

Referral uchun kaminaga murojaat qilaverasizlar.
❤3👍1🔥1
Vention kompaniyasida QA Automation yo‘nalishida amaliyot!

💡Vention kompaniyasi avtomatlashtirilgan testlash (QA Automation) sohasida rivojlanishni istagan yosh mutaxassislarni amaliyotga taklif etmoqda.

📍 Manzil: Toshkent, Taras Shevchenko ko‘chasi, 21A
💼 Ish formati: Gibrid, qisman bandlik (Part-time)

📌Amaliyot davomida:
✔️ Manual va Automation Testing bo‘yicha bilimlarni rivojlantirish;
✔️ Nazariy mashg‘ulotlar va amaliy topshiriqlar orqali tajriba orttirish;
✔️ Tajribali mutaxassislardan mentorlik olish;
✔️ QA Automation vositalari bilan ishlash va real loyihalar bilan tanishish.

✅ Talablar:
✔️Manual va Automation Testing bo‘yicha boshlang‘ich bilim;
✔️JavaScript, C#, Java yoki Python tillaridan birini bilish;
✔️OOP va Design Patterns asoslarini tushunish;
✔️Selenium yoki Cypress kabi testlash vositalari hamda SQL bo‘yicha boshlang‘ich bilim;
✔️Ingliz tili – kamida B1 daraja;
✔️Kuniga 6 soat o‘qish va amaliy mashg‘ulotlarga vaqt ajratish imkoniyati.

➕ Taklif etiladi:
✔️3–15 kishilik guruhlarda yoki individual ta’lim;
✔️Kamida 3 oylik guruh amaliyoti;
✔️Tajribali mentorlar ko‘magi;
✔️Real IT loyihalari bilan ishlash imkoniyati;
✔️Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan nomzodlar uchun doimiy ishga joylashish imkoniyati.


📩Ariza topshirish va batafsil ma’lumot uchun: havola

⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6😁2❤1🔥1
Huawei ICT Competition 2026–2027 xalqaro tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

💡O‘zbekiston talabalari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini xalqaro maydonda namoyish etish uchun Huawei ICT Competition 2026–2027 tanlovida ishtirok etishga taklif etilmoqda.
Tanlov YUNESKOning Ta’limda axborot texnologiyalari instituti (UNESCO IITE) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

📱 Yo‘nalishlar:
✔️Practice Competition
✔️Innovation Competition

📅 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 31-oktabrgacha

📩 Ro‘yxatdan o‘tish: Huawei ICT Competition platformasi orqali.

⌛ Xalqaro miqyosda o‘z bilimingizni sinab ko‘rish va tajriba orttirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3⚡1🔥1🤩1🕊1🏆1
IT Project Manager yo‘nalishida amaliyot imkoniyati!

💡Tashkilotlar uchun CRM tizimlarini joriy etish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaga IT Project Manager Intern qabul qilinmoqda.

📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Anhor Lokomotiv hududi
💼 Ish turi: Ofisdan, to‘liq (Full-time)
⌛ Ish vaqti: 6/1, 09:00–18:00
💰 Maosh: 3 000 000 – 10 000 000 so‘m
📅 Ariza muddati: 29-oktabr, 2026-yil
✅ Tajriba: 0–1 yil

📌Talablar:
✔️20–26 yosh;
✔️IT yo‘nalishida tahsil olgan bo‘lish;
✔️Kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
✔️Agile metodologiyasi bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish.

📱 Asosiy vazifa:
✔️CRM tizimlari integratsiyasi bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish.

🧳 Taklif etiladi:
✔️Qulay ofis va do‘stona jamoa;
✔️IT yo‘nalishida yangi bilim va amaliy tajriba;
✔️Professional va karyera rivoji imkoniyati.

📩Ariza topshirish va batafsil ma’lumot uchun: havola

⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤2👍2⚡1👏1🕊1
Texnik yordam mutaxassislari uchun imkoniyat!

💡Xalqaro texnologik kompaniya jamoasiga texnik yordam mutaxassisi taklif etilmoqda.

📍 Manzil: Toshkent shahri, markaz
💼 Ish shakli: Ofisda
💰 Maosh: 12 000 000 so‘m
✅ Tajriba: kamida 1 yil

📌Asosiy vazifalar:
✔️Mijozlar, hamkorlar va ichki jamoaga texnik yordam ko‘rsatish;
✔️Uskuna va tizimlarni o‘rnatish, sozlash, sinovdan o‘tkazish hamda nosozliklarni bartaraf etish;
✔️Loyihalarni joriy etish va sotuvdan keyingi bosqichlarda texnik qo‘llab-quvvatlash;
✔️Texnik muammolarni aniqlash va samarali yechimlar taklif qilish;
✔️Texnik hujjatlarni tayyorlash va yuritish;
✔️Zarur hollarda mahsulotlar bo‘yicha texnik maslahat va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish.

👨‍💻 Talablar:
✔️Texnik yordam, kompyuter tarmoqlari, videokuzatuv yoki xavfsizlik tizimlari yo‘nalishida kamida 1 yillik tajriba;
✔️Bakalavr bosqichini tamomlagan bo‘lishi;
✔️Videokuzatuv tizimlari, IP-kameralar, NVR/DVR, VMS va tarmoq texnologiyalari bo‘yicha bilim;
✔️Texnik nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish ko‘nikmasi;
✔️Texnik hujjatlar bilan ishlay olish;
✔️O‘zbek tilini yaxshi bilish;
✔️Ingliz va rus tillarini bilish – katta ustunlik;
✔️Mas’uliyatlilik, yaxshi muloqot qila olish va yangi texnologiyalarni tez o‘zlashtirish.

📩 Ariza topshirish va batafsil ma’lumot uchun: havola

❗️ Vakansiya talablari va vazifalari bilan batafsil tanishib chiqqach, murojaat qilishingizni so‘raymiz.

⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3😁2⚡1🔥1👏1
Hurmatli talabalar va yosh mutaxassislar!

⌛ So‘nggi 3 oy ichida kanalimizdagi e’lonlar orqali ish yoki amaliyotni boshladingizmi? Siz uchun xursandmiz!

⚡️ Ushbu so‘rovnomada ishtirok etishingizni so‘raymiz. Javoblaringiz kanalimizda yanada foydali imkoniyatlarni taqdim etishga yordam beradi.

✅Natijangiz bilan bo‘lishishdan tortinmang!

Barchangizga karyerangizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6⚡1👍1🥰1🕊1
Germaniyada to'liq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi

💰 Moliyalashtirish: To’liq
🧳 Til talabi: Ingliz tili

✅Kimlar uchun
➡️Dastur kompyuter fanlari bo'yicha bakalavr, magistratura yoki doktorantura talabalari, soha mutaxassislari uchun ochiq;
➡️Bakalavriat talabalari kamida 3 yil o’qigan bo'lishi lozim.

✅Foydali tomonlari
➡️Yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya;
➡️Turar-joy;
➡️Germaniyaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.

💡Dastur haqida
➡️Ushbu dastur 🇩🇪Germaniyaning Maks Plank institutida kompyuter fanlarining barcha yoʻnalishlari boʻyicha amaliyot qilish imkonini beradi.

⌛ Oxirgi muddat: 1-noyabr, 2026
ℹ️ Batafsil: grantgo.uz/go/85228

⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏1😁1🤩1🕊1
Ayan Capital jamoasiga IT va kreativ yo‘nalishdagi mutaxassislar taklif etilmoqda!

💡Ayan Capital – Buyuk Britaniyada joylashgan, islom moliyasi tamoyillariga mos raqamli moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan FinTech kompaniyasi.

Kompaniyaning Toshkentdagi jamoasi quyidagi lavozimlar bo‘yicha mutaxassislarni ishga taklif etmoqda:

✅ Bo‘sh ish o‘rinlari:
✔️ Grafik va animatsion dizayner (Graphic & Motion Designer)
✔️ Golang dasturchisi
✔️ IT loyiha menejeri
✔️ Dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazish muhandisi (QA Engineer)
✔️ Katta DevOps muhandisi (Senior DevOps Engineer)

📍 Ish joyi: Toshkent shahri, ofisda.
📩 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: Har bir lavozim nomiga biriktirilgan havola orqali.

⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡1❤1👍1🔥1🥰1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ SAMARQANDDA IT SOHASINI BEPUL O‘RGANISH IMKONIYATI!

IT sohasida karyera boshlamoqchimisiz? Tajribangiz yo‘qmi? Muammo emas!
School 21 Samarqand kampusida dasturlashni noldan o‘rganing va kelajak kasbingiz sari ilk qadamni qo‘ying!

🔥 Sizni nimalar kutmoqda?
✅ 100% bepul ta’lim
✅ 15 ta zamonaviy IT yo‘nalishi
✅ Tajriba va diplom talab etilmaydi
✅ Haq to‘lanadigan amaliyot imkoniyati
✅ Davlat namunasidagi diplom
✅ 24/7 ochiq zamonaviy kampus
🏠 Boshqa viloyatdanmisiz? Yotoqxona — oyiga atigi 100 000 so‘m!

⏳ Shoshiling! Ro‘yxatdan o‘tish 16-oktabrgacha!
🚀 Saralash bosqichi 19-oktabrda boshlanadi!
📍 Samarqand, Ibn Sino ko‘chasi, 17A

👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
🌐 21-school.uz
🤖 @school21_mainbot
📍 Samarqand, Ibn Sino ko‘chasi, 17A

IT’dagi kelajagingiz Samarqanddan boshlanishi mumkin! 💙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🥰2🤩2🔥1