Digital.edu IT Career
1.17K subscribers
324 photos
22 videos
1 file
283 links
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Download Telegram
Job&Edu Fest yarmarkasidan maksimal foyda olish uchun 3 ta asosiy ko'rsatma!

🔖Rezyumengizni tayyorlab kelishni unutmang!

Yarmarkada kompaniyalarga taqdim etish uchun rezyumengizni chop etilgan va elektron shaklda tayyorlab kelishni unutmang.

Kompaniyalarda Siz haqingizdagi ilk taassurot Siz taqdim etuvchi rezyume asosida shakllanadi. Avvalgi postlarimizda rezyume tayyorlashda qochish kerak bo’lgan xatolar va rezyume tashqi ko’rinishining mohiyati bo’yicha ma’lumotlar berib o’tilgan. Buning yordamida ish beruvchilarning e’tiborini tortadigan rezyume tayyorlashingiz mumkin!

🔖Yarmarkadan ko'zlagan maqsadlaringizni oldindan aniqlab oling!

Yarmarkaga kelishdan oldin:


- Qaysi kompaniyalar bilan tanishmoqchi ekanligingizni rejalashtiring va ushbu kompaniyalar faoliyatini ko'rib chiqing;
- Ish yoki amaliyot uchun o'zingizga mos vakansiyalarni o'rganib chiqing;
- Yangi imkoniyatlarga ochiq bo'ling, chunki yarmarkada Siz uchun kutilmagan qiziqarli takliflar bo'lishi mumkin.

🔖Vorkshop va sessiyalarda faol ishtirok eting!

Yarmarka davomida tashkil etiladigan vorkshoplar va sessiyalar nafaqat bilim olish, balki professional doirangizni kengaytirish uchun ham ajoyib imkoniyatdir. Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanish uchun:

- Savollar berishdan tortinmang, o'z qiziqishingizni namoyish qiling.
- Vorkshop ishtirokchilari va spikerlar bilan aloqada bo'lish uchun tashrif qog'ozingiz yoki LinkedIn profilingizni tayyorlab qo'ying.

ℹ️Bonus Maslahat:

Muloqot qilishda do'stona va ochiq bo'ling. Bu nafaqat ish topishingizga, balki Sizning professional tarmog'ingizni kengaytirishga ham yordam beradi!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥85👍5😍3🎉1
Full-Stack Developer

🏢 Tashkilot: T4Data
⚠️ Texnologiya: Java,JS, Python, XS, HTML5
📞 Bog'lanish: +99878 113 80 04, contact@t4data.uz
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 9:00 - 18:00
💰 Maosh: intervyu natijalariga ko'ra

@digitalitvacancy
🔥21👍1
Forwarded from Samira Latipova - Growth
Ish haqi oshirishni qanday to’g’ri so’rash kerak. 5ta maslahat:

1. IT-da deyarli hamma birinchi boshqa joydan balandroq job offer olib, keyin menejer bilan gaplashadi. Bu eng oddiy va effektiv usul. Lekin “mayli ketaver” deyishlariga tayyor turing.

2. Bozorni doimo analiz qiling. Sizni pozitsiyangizdagi ishchilarga boshqa kompaniyalar qancha to’lashyapti. Va ulardan aynan qaysi bilimlar talab qilinyapti. Buni HH kabi saytlardan bilsangiz bo’ladi.

3. Ishga kirganingizdan beri sizni zimmangizga qo’yilgan talablar/mas’uliyat + ish miqdori oshgan bo’lsa, demak oylik ham o’sishi kerak. + inflyatsiya va boshqa omillarni ham unutmang. Delikat tushuntirsa bo’ladi bu omillarni.

4. Natijalarni sarhisob qiling. Ularda qanchalik sizni hissangiz bor va, eng muhimi, kelajakda yana qancha natija ko’rsatishingiz mumkin. Odatda, rahbarlar uchun kecha emas, ertaga nima qila olishingiz muhim. Shundagina sizga ko’proq investitsiya kiritishlari mumkin.

5. Yo’q deyishlaridan QO’RQMANG. Agar hozirgi hayotingizdan va olayotgan maoshingizdan mamnun bo’lmasangiz, ish ham tatimaydi. Qadringizni bilib, o’zingizga mos va sizni qadrlaydigan kompaniyaga ishga kiring!

@latipovasamira
👍91🔥1
Middle Flutter Developer

🏢 Tashkilot: UIC Group Uzbekistan
📚 Texnologiya: Flutter v2.5+ va Dart v2.15+ bilan tajriba
📞 Bog'lanish: +998 (71) 2007007, https://uic.group/uz/vacancy/19
🌐 Hudud: Toshkent shaxri
🕰 Ish vaqti: 9:00 - 18:00
💰 Maosh: 15 000 000 - 20 000 000

@digitalitvacancy
👍6🔥21
Digital.edu IT Career
Job&Edu Fest'ni kutyapsizmi?
Bu so’rovnomada ishtirok etganmidingiz?😉
🔥2
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Lavozimingizni oshirishningiz, yani promotion olish uchun buni bilishingiz shart.

Ish xonangizdagi hamma loyihalarning o‘rni bir xil emas. 

Qaysidirlari juda muhim - bajargan inson hammaning nazariga tushadi, mijozlar rahmat aytadi, kompaniyaga pul keltiradi va hokazo.

Qaysidirlari esa o‘rtacha darajada muhim - kimdirlarning nazariga tushadi, biror kishi rahmat aytishi mumkin ha hokazo.

Qaysidirlari esa umuman muhim emas - hech kimga ko‘rinmaydi, hech kim rahmat aytmaydi va hokazo.

Mening oldingi strategiyam menga berilgan ishni zo‘r qilish edi. Menejerdan ish kelishini kutar edim va berilgan ishni juda zo‘r qilishga harakat qilar edim. Yaxshi ishlayapman-ku, meni shuning uchun rag‘batlantirishlari kerak deb o‘ylar edim. Lekin bu noto‘g‘ri strategiya. Ming zo‘r ishlaganim bilan, uncha muhim bo‘lmagan loyihalar ustida ishlasam, men qilayotgan ishlarning ta’siri sezilmaydi.

Menejer menga ish berishini kutish xuddi karyeramni uni qo‘liga topshirib qo‘yayotgandek tuyulishni boshladi. Bu esa albatta noto‘g‘ri. Karyeramda o‘sishni o‘zim boshqarishim kerak. Bu o‘zimning qo‘limda.

Boshqa strategiyaga o‘tdim.

Jamoamiz qilayotgan ishlarni yaxshilab o‘rganib chiqib, eng keraklilarini o‘zim uchun belgilab qo‘yadigan bo‘ldim. Hozirgi qilayotgan ishim tugashiga shu muhim bo‘lgan loyihalardan berishlarini so‘raydigan bo‘ldim. Natijada men qilayotgan ishlarning ta’siri sezila boshladi va bu bir nechta promotionlarga olib keldi.

Bu strategiya ish berishi uchun esa albatta menejer sizga ishonishi kerak. Uning ishonchini qozonish uchun esa karyerangiz boshida ishingiz qanchalik zerikarli va ahamiyatsiz bo‘lmasin, uni yuqori darajada bajarishingiz lozim bo‘ladi.

@jakhonrakhmonov
👍6🔥21👏1
Mobile Developer

🏢 Tashkilot: Yandex Uzbekistan
⚠️ Texnologiya: Dart, Kotlin Java
📞 Bog'lanish: intern@yandex-team.com, https://yandex.uz/yaintern/ru/mobile
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: Tanlash uchun qulay grafik taqdim etiladi
💰 Maosh: Amaliyot natijalariga ko'ra

@digitalitvacancy
🔥42👍1
Job&Edu Fest 2024: Spikerlar bilan tanishing!

💡30-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan IT mehnat va ta'lim yarmarkasida tajribali mutaxassislar ham qiziqarli va foydali taqdimotlar bilan ishtirok etadi!

Demak, birinchi spikerimiz:

👨🏻‍💻 Nuruddin Iminoxunov
▫️Global Move kompaniyasi asoschisi
▫️EPAM Systems, Facebook (Meta) kompaniyalarida faoliyat yuritgan
▫️GDG (Google Developer Groups) Tashkent asoschisi

🎤Nuruddin Job&Edu Fest'da IT mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish va karyera qurish bo'yicha maslahat va tavsiyalar berib o'tadi.

Tadbirda ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: itskills.uz/jobfest
📍 Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi

🔔 Spikerlar bilan tanishtirishda davom etamiz: yangiliklarni kuzatib boring va IT kelajagingizni biz bilan yarating!

@digitalitvacancy
72👏2🤩2
Project Manager

🏢 Tashkilot: UIC Group Uzbekistan
📚 Texnologiya: Loyihani boshqarish metodologiyasini (Agile, Scrum, Waterfall va boshqalar) va vositalarini (Jira, Trello, Microsoft Project va boshqalar) tushunish
📞 Bog'lanish: +998 (71) 2007007, https://uic.group/uz/vacancy/23
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 9:00 - 18:00
💰 Maosh: 8 000 000 - 14 000 000

@digitalitvacancy
👍311❤‍🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ℹ️ZTE kompaniyasi: Avvalgi yarmarkada 2 nafar talaba ishga qabul qilindi

➡️ZTE kompaniyasida HR menejer bo'lib faoliyat yuritadigan Lola Ochilova aprel oyida bo'lib o'tgan Job&Edu Fest haqida ijobiy fikr bildirib o'tdi:

Yarmarkada ishtirokimiz ijobiy boʻldi, deb hisoblayman. Talabalardan, ish qidirib yurgan yoshlardan koʻplab rezyume oldik. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻtgan 2 nafar talaba esa ishga qabul qilindi.


❗️Eslatib oʻtamiz, 30-noyabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida navbatdagi “Job&Edu Fest” - mehnat va taʼlim yarmarkasi boʻlib oʻtadi. Yarmarka doirasida tajribali mutaxassislar ham qiziqarli va foydali taqdimotlar bilan ishtirok etadi!

🖥Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://itskills.uz/jobfest

🔴Job&Edu Fest'da muvaffaqiyatli ishtirok etish hamda IT mehnat bozoridagi so'nggi yangiliklar bilan tanishish uchun bizni kuzatib borishni unutmang!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5🤩21❤‍🔥11
Job&Edu Fest 2024: Spikerlar bilan tanishing!

💡30-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan IT mehnat va ta'lim yarmarkasida sohaning tajribali mutaxassislari qiziqarli mavzular va foydali maslahatlar bilan ishtirok etadi. Bu tadbir Sizning IT karyerangizga yangi qadam bo‘lishi mumkin!

Biz Sizni yana bir tajribali mutaxassis bilan tanishtiramiz:

👨🏻‍💻 Xumoyun Inoyatov
▫️EPAM kompaniyasida Senior Software Engineer

🎤 Xumoyun Job&Edu Fest'da frontend sohasida intervyuga tayyorlanish va undan muvaffaqiyatli o'tish uchun foydali strategiyalar haqida batafsil tushuntirib beradi.

Tadbirda ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: itskills.uz/jobfest
📍 Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi

🔔 Spikerlar bilan tanishtirishda davom etamiz: yangiliklarni kuzatib boring va IT kelajagingizni biz bilan yarating!

@digitalitvacancy
4🔥2👏1
Job&Edu Fest boshlanishiga atigi 2 kun qoldi!📆

🔥Kanalimizda e'lon qilingan vakansiyalarning ko‘pchiligi hali ham dolzarb, ularni oldindan o‘rganib, yarmarkaga savollaringiz va rezyumeni tayyorlab kelishingizni maslahat beramiz:

▶️Uzinfocom | Backend Developer
▶️Turon Telecom | Backend Developer
▶️Uzinfocom | System Analyst
▶️Imkon Uzbekistan | Middle QA Engineer
▶️Applied Labs | Full-Stack DevOps Developer
▶️Yandex Uzbekistan | Data Scientist
▶️T4Data | Full-Stack Developer
▶️Yandex Uzbekistan | Mobile Developer

❗️Yarmarkada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishni unutmang: https://itskills.uz/jobfest

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥52👍1
Job&Edu Fest 2024: Spikerlar bilan tanishishda davom etamiz!

💡30-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan IT mehnat va ta'lim yarmarkasida Xikmatilla Allaberganov ham o'z taqdimoti bilan ishtirok etib, GameDev sohasida karyera va ta’lim bo'yicha tavsiyalarini berib o'tadi.

🧾Tadbir kun tartibi bilan tanishish uchun: havola
Tadbirda ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: itskills.uz/jobfest
📍 Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi

🔔 Bizni kuzatib borishda davom eting: kelajakni birga dasturlaymiz!

@digitalitvacancy
👍21🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mehnat va ta'lim yarmarkasidan maksimal foyda olishni xohlaysizmi?

🚀 Unda yuqorida berilgan so‘rovnomadagi barcha qadamlarni bajarishni tavsiya qilamiz!

📆Tadbir vaqti: 30-noyabr, 10:00
📍Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi
🔗Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: itskills.uz/jobfest

🔔Tadbir va IT sohasida karyera qurish sirlari uchun bizni kuzatib boring: @digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🎉1🤩1
Job&Edu Fest 2024: Spikerlar bilan tanishishda davom etamiz!

💡30-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan IT mehnat va ta'lim yarmarkasida Mirabbos Anvarov ham o'z taqdimoti bilan ishtirok etib, Xalqaro sertifkatlarning IT karyeradagi o'rni bo'yicha tavsiyalarini berib o'tadi.

📁Tadbir kun tartibi bilan tanishish uchun: havola
Tadbirda ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: itskills.uz/jobfest

📍 Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi

🔔 Bizni kuzatib borishda davom eting: kelajakni birga dasturlaymiz!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3😍2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Job&Edu Fest 2024 yarmarkamiz boshlanish arafasida!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3