Digital.edu IT Career
1.17K subscribers
323 photos
22 videos
1 file
282 links
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Download Telegram
Dasturchilar uchun netvorking qanchalik muhim?

🛠 Ko‘pchilik dasturchilarni introvert sifatida tasavvur qiladi va ular uchun professional aloqa ortiqcha deb o‘ylaydi. Aslida esa IT sohasida muvaffaqiyat qozonish uchun texnik bilimlar bilan bir qatorda keng professional tarmoq ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Netvorking nima?
Oddiy qilib aytganda, bu Sizning professional doirangizni kengaytirish, yangi tanishlar orttirish va bu aloqalar orqali ma’lumot yoki imkoniyatlar olishdir. Ish o‘rinlari bozorining katta qismi – "yashirin bozor" – bu Sizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklif qilinadigan ish o‘rinlaridan iborat. Ko‘pincha bu takliflar faqat yaqin aloqa doirasi orqali tarqaladi.

Netvorkingning kuchi:
Aloqalar imkoniyatlar eshigini ochadi. Siz bilgan har bir kishi boshqa 10 kishini biladi. Kimdir Sizga kerakli kompaniyada ishlashi yoki kerakli ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin.
Ish beruvchilar uchun ishonchli tanlovga aylanasiz. Kompaniyalar ko‘pincha ichki tavsiyalar orqali ishchilarni qabul qilishni afzal ko‘rishadi. Agar Sizni ish beruvchiga ishonchli tanishingiz tavsiya qilsa, bu Sizga katta afzallik beradi.
Bozorni tushunishni osonlashtiradi. Siz sohaning dolzarb yo‘nalishlari, yangi talablar va imkoniyatlarni bilib borasiz.

💡 Ha, aytganday, samimiy bo‘lishni unutmang: netvorking faqat foyda olish uchun emas, o‘zaro yordam va samimiy aloqalar qurish uchun ham o‘rnatilishi kerak.

👨‍💻 Netvorking ish izlab topishda katta yordam beruvchi sinalgan metodlardan.
Tajribangizni oshirish va mehnat bozorida o‘zingizni ko‘rsatish uchun professional doirangizni kengaytirishni bugundanoq boshlang!

@digitalitvacancy
🔥5❤‍🔥1👍1👏1
Professional doirangizni kengaytirish (netvorking) uchun qaysi usulni afzal ko'rasiz?
Anonymous Poll
47%
IT konferensiyalarida qatnashish
19%
Seminarlarda ishtirok etish
34%
IT tadbirlarida faol bo'lish
🤩3
O‘z sohangizdagi mutaxassislar bilan muloqot qilish uchun qaysi onlayn platformalarda faollik ko‘rsatasiz?
Anonymous Poll
40%
LinkedIn
55%
Telegram
5%
Boshqa (izohlarda yozing)
🔥61👍1
Forwarded from Digital.edu IT Career
‼️ Texnik yozuvchi – tizim tahlilchisi
🏢 Uzinfocom
💵Suhbat natijalariga ko'ra
Batafsil ma'lumot (https://uzinfocom.uz/uz/company/career/tekhnicheskii-pisatel-sistemnyi-analitik-ru-22)

@digitalitvacancy
👍31🤩1
Forwarded from Khumoyun Codes
Rezyumeda aldash mumkinmi?

Ba’zi paytlar sizga yoqqan vakansiyada ish tajribasi siznikidan sal ko‘proq yozilgan bo‘ladi, deylik 3 yil, siz esa 2 yil 3 oy tajribangiz bor yoki mana bu qo‘shimcha texnologiyani bilish kerak deyilgan bo‘ladi, siz esa uning muqobili bilan tajribangiz katta. Shunday paytlarda nima qilish kerak? Aldash kerakmi yoki to‘g‘risini yozish kerakmi?

Aldasa bo‘ladi:

👉 O‘zim oldin ko‘pincha, agar tajriba yillarim vakansiyaga yetmasa, ba’zi boshqa ish joylaridagi tajribamni qo‘shib yozardim, to‘laqonli dasturchi bo‘lib ishlamagan bo‘lsam ham. Siz ham bilimlaringizga ishonsangiz, ozgina vaqtni frilanser sifatida ishlaganman deb qo‘ysangiz bo‘ladi. Lekin yaxshi ish beruvchilar, agar nomzod yaxshi bo‘lsa, 3-6-9 oy qo‘shimcha tajribangiz yetmasa ham olaverishadi.

👉 Texnologiyani/freymworkni bilmasangiz, muqobili bilan tajribangiz bo‘lsa shuni, bo‘lmasa kerakli texnologiyani qo‘shib (novice) yoki (beginner) deb qo‘ysangiz bo‘ladi. Lekin buning uchun albatta texnik suhbatgacha rostdan ham novice darajasida o‘rganish kerak. Texnologiya aynan nega kerak, asosiy featurelari nima va qanday concept ustiga qurilgan, shu savollarga noqal javob bera olishingiz kerak, agar iloji bo‘lsa, kichik bir template project tayyorlab ko‘rsangiz yanada yaxshi. Bu holatda, agar kerakli nomzod topa olishmasa, sizni olib, ozgina o‘rgatishga vaqt sarflashni ma’qulroq deb topishligi ehtimoli ortadi.

Aldasa bo‘lmaydi:

👉 Umuman boshqa soha vakili bo‘lib turib, shu sohada tajribam bor deb bo‘lmaydi. SMM chi bo‘lib turib, dasturchiman deb bo‘lmaydi. Ozgina o‘rgangan bo‘lsangiz ham. Qo‘shimcha tajriba sifatida yozish mumkin.

👉 Boshqa yo‘nalishda ishlab turib, bu yo‘nalishda tajribam bor deyish ham noto‘g‘ri, frontendchi bo‘la turib, backendchiman deyish notog‘ri.

👉 Oliy ma’lumot so‘ralgan joyga ma’lumotim bor deb bo‘lmaydi, chunki bu punkt bo‘lsa, ko‘p holatlarda u aniq tekshiriladi.

👉 Til bilish bo‘yicha aldamagan ma’qul, chunki suhbat davomida sharmanda bo‘lishingiz mumkin.

P.S.1 Bu mening shaxsiy fikrim, umuman olganda aldamagan ma’qul, yaxshisi HR/Recruiterga sharoitni to‘g‘ri tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lekin degan holatni o‘zingiz yasab olasiz 😉

P.S.2 Postdagi gif bekorga emas, nima bo‘layotganini kim ayta oladi? 😅

@khumoyun_codes
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥31👍1
Middle QA Engineer

🏢 Tashkilot: NNT "Imkon Uzbekistan"
⚠️ Talablar: Developer Tools brauzerida ishlay olish tajribasi, Agile dasturiy ta'minotni ishlab chiqish metodologiyasini tushunish
📞 Bog'lanish: +998 (77) 0930001, @commeta_hr
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 9:00 - 18:00
💰 Maosh: 8 000 000 dan

@digitalitvacancy
👍3🤩21
Full-Stack DevOps Dasturchi

🏢 Tashkilot: Applied Labs
⚠️ Texnologiya: Full-Stack DevOps va SysOps
📞 Bog'lanish: https://apply.workable.com/appliedlabs/j/ACA101EE42/apply/
🌐 Hudud: Masofaviy
🕰 Ish vaqti: 5/2, kuniga 8 soatlik ish vaqti
💰 Maosh: suhbat asosida

@digitalitvacancy
🔥5👍21
Forwarded from EDU.DIGITAL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IT mehnat va ta’lim olamiga taklif qilamiz!

30-noyabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida yilning eng muhim tadbirlaridan biri – “Job&Edu Fest” bo'lib o'tadi!

⬇️Sizni nimalar kutyapti:
➡️Eng yirik IT kompaniyalar va ta'lim tashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuv;
➡️Eng so‘nggi vakansiyalar va dolzarb yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar;
➡️Tajribali spikerlardan amaliy ko‘nikmalar va qimmatli tavsiyalar

📍 Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi.
Vaqt: 10:00 dan 16:00 gacha.

⚡️Diqqat: Tadbirda qatnashish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

➡️Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://itskills.uz/jobfest

Job&Edu Fest hamda IT mehnat bozoridagi so'nggi yangiliklarni kuzatib borish uchun IT Karyera kanalini kuzatib borishni unutmang!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3🔥21🤩1
Data Scientist

🏢 Tashkilot: Yandex Uzbekistan
⚠️ Texnologiya: Python, SQL
📞 Bog'lanish: intern@yandex-team.com, https://forms.yandex.ru/surveys/13582690.777942662ce16bd2416c4e855fc35957ced2091f/
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: Tanlash uchun qulay grafik taqdim etiladi
💰 Maosh: Amaliyot natijalariga ko'ra

@digitalitvacancy
31👍1🤩1
Job&Edu Fest yarmarkasidan maksimal foyda olish uchun 3 ta asosiy ko'rsatma!

🔖Rezyumengizni tayyorlab kelishni unutmang!

Yarmarkada kompaniyalarga taqdim etish uchun rezyumengizni chop etilgan va elektron shaklda tayyorlab kelishni unutmang.

Kompaniyalarda Siz haqingizdagi ilk taassurot Siz taqdim etuvchi rezyume asosida shakllanadi. Avvalgi postlarimizda rezyume tayyorlashda qochish kerak bo’lgan xatolar va rezyume tashqi ko’rinishining mohiyati bo’yicha ma’lumotlar berib o’tilgan. Buning yordamida ish beruvchilarning e’tiborini tortadigan rezyume tayyorlashingiz mumkin!

🔖Yarmarkadan ko'zlagan maqsadlaringizni oldindan aniqlab oling!

Yarmarkaga kelishdan oldin:


- Qaysi kompaniyalar bilan tanishmoqchi ekanligingizni rejalashtiring va ushbu kompaniyalar faoliyatini ko'rib chiqing;
- Ish yoki amaliyot uchun o'zingizga mos vakansiyalarni o'rganib chiqing;
- Yangi imkoniyatlarga ochiq bo'ling, chunki yarmarkada Siz uchun kutilmagan qiziqarli takliflar bo'lishi mumkin.

🔖Vorkshop va sessiyalarda faol ishtirok eting!

Yarmarka davomida tashkil etiladigan vorkshoplar va sessiyalar nafaqat bilim olish, balki professional doirangizni kengaytirish uchun ham ajoyib imkoniyatdir. Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanish uchun:

- Savollar berishdan tortinmang, o'z qiziqishingizni namoyish qiling.
- Vorkshop ishtirokchilari va spikerlar bilan aloqada bo'lish uchun tashrif qog'ozingiz yoki LinkedIn profilingizni tayyorlab qo'ying.

ℹ️Bonus Maslahat:

Muloqot qilishda do'stona va ochiq bo'ling. Bu nafaqat ish topishingizga, balki Sizning professional tarmog'ingizni kengaytirishga ham yordam beradi!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥85👍5😍3🎉1
Full-Stack Developer

🏢 Tashkilot: T4Data
⚠️ Texnologiya: Java,JS, Python, XS, HTML5
📞 Bog'lanish: +99878 113 80 04, contact@t4data.uz
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 9:00 - 18:00
💰 Maosh: intervyu natijalariga ko'ra

@digitalitvacancy
🔥21👍1
Forwarded from Samira Latipova - Growth
Ish haqi oshirishni qanday to’g’ri so’rash kerak. 5ta maslahat:

1. IT-da deyarli hamma birinchi boshqa joydan balandroq job offer olib, keyin menejer bilan gaplashadi. Bu eng oddiy va effektiv usul. Lekin “mayli ketaver” deyishlariga tayyor turing.

2. Bozorni doimo analiz qiling. Sizni pozitsiyangizdagi ishchilarga boshqa kompaniyalar qancha to’lashyapti. Va ulardan aynan qaysi bilimlar talab qilinyapti. Buni HH kabi saytlardan bilsangiz bo’ladi.

3. Ishga kirganingizdan beri sizni zimmangizga qo’yilgan talablar/mas’uliyat + ish miqdori oshgan bo’lsa, demak oylik ham o’sishi kerak. + inflyatsiya va boshqa omillarni ham unutmang. Delikat tushuntirsa bo’ladi bu omillarni.

4. Natijalarni sarhisob qiling. Ularda qanchalik sizni hissangiz bor va, eng muhimi, kelajakda yana qancha natija ko’rsatishingiz mumkin. Odatda, rahbarlar uchun kecha emas, ertaga nima qila olishingiz muhim. Shundagina sizga ko’proq investitsiya kiritishlari mumkin.

5. Yo’q deyishlaridan QO’RQMANG. Agar hozirgi hayotingizdan va olayotgan maoshingizdan mamnun bo’lmasangiz, ish ham tatimaydi. Qadringizni bilib, o’zingizga mos va sizni qadrlaydigan kompaniyaga ishga kiring!

@latipovasamira
👍91🔥1
Middle Flutter Developer

🏢 Tashkilot: UIC Group Uzbekistan
📚 Texnologiya: Flutter v2.5+ va Dart v2.15+ bilan tajriba
📞 Bog'lanish: +998 (71) 2007007, https://uic.group/uz/vacancy/19
🌐 Hudud: Toshkent shaxri
🕰 Ish vaqti: 9:00 - 18:00
💰 Maosh: 15 000 000 - 20 000 000

@digitalitvacancy
👍6🔥21
Digital.edu IT Career
Job&Edu Fest'ni kutyapsizmi?
Bu so’rovnomada ishtirok etganmidingiz?😉
🔥2
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Lavozimingizni oshirishningiz, yani promotion olish uchun buni bilishingiz shart.

Ish xonangizdagi hamma loyihalarning o‘rni bir xil emas. 

Qaysidirlari juda muhim - bajargan inson hammaning nazariga tushadi, mijozlar rahmat aytadi, kompaniyaga pul keltiradi va hokazo.

Qaysidirlari esa o‘rtacha darajada muhim - kimdirlarning nazariga tushadi, biror kishi rahmat aytishi mumkin ha hokazo.

Qaysidirlari esa umuman muhim emas - hech kimga ko‘rinmaydi, hech kim rahmat aytmaydi va hokazo.

Mening oldingi strategiyam menga berilgan ishni zo‘r qilish edi. Menejerdan ish kelishini kutar edim va berilgan ishni juda zo‘r qilishga harakat qilar edim. Yaxshi ishlayapman-ku, meni shuning uchun rag‘batlantirishlari kerak deb o‘ylar edim. Lekin bu noto‘g‘ri strategiya. Ming zo‘r ishlaganim bilan, uncha muhim bo‘lmagan loyihalar ustida ishlasam, men qilayotgan ishlarning ta’siri sezilmaydi.

Menejer menga ish berishini kutish xuddi karyeramni uni qo‘liga topshirib qo‘yayotgandek tuyulishni boshladi. Bu esa albatta noto‘g‘ri. Karyeramda o‘sishni o‘zim boshqarishim kerak. Bu o‘zimning qo‘limda.

Boshqa strategiyaga o‘tdim.

Jamoamiz qilayotgan ishlarni yaxshilab o‘rganib chiqib, eng keraklilarini o‘zim uchun belgilab qo‘yadigan bo‘ldim. Hozirgi qilayotgan ishim tugashiga shu muhim bo‘lgan loyihalardan berishlarini so‘raydigan bo‘ldim. Natijada men qilayotgan ishlarning ta’siri sezila boshladi va bu bir nechta promotionlarga olib keldi.

Bu strategiya ish berishi uchun esa albatta menejer sizga ishonishi kerak. Uning ishonchini qozonish uchun esa karyerangiz boshida ishingiz qanchalik zerikarli va ahamiyatsiz bo‘lmasin, uni yuqori darajada bajarishingiz lozim bo‘ladi.

@jakhonrakhmonov
👍6🔥21👏1
Mobile Developer

🏢 Tashkilot: Yandex Uzbekistan
⚠️ Texnologiya: Dart, Kotlin Java
📞 Bog'lanish: intern@yandex-team.com, https://yandex.uz/yaintern/ru/mobile
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: Tanlash uchun qulay grafik taqdim etiladi
💰 Maosh: Amaliyot natijalariga ko'ra

@digitalitvacancy
🔥42👍1
Job&Edu Fest 2024: Spikerlar bilan tanishing!

💡30-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan IT mehnat va ta'lim yarmarkasida tajribali mutaxassislar ham qiziqarli va foydali taqdimotlar bilan ishtirok etadi!

Demak, birinchi spikerimiz:

👨🏻‍💻 Nuruddin Iminoxunov
▫️Global Move kompaniyasi asoschisi
▫️EPAM Systems, Facebook (Meta) kompaniyalarida faoliyat yuritgan
▫️GDG (Google Developer Groups) Tashkent asoschisi

🎤Nuruddin Job&Edu Fest'da IT mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish va karyera qurish bo'yicha maslahat va tavsiyalar berib o'tadi.

Tadbirda ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: itskills.uz/jobfest
📍 Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi

🔔 Spikerlar bilan tanishtirishda davom etamiz: yangiliklarni kuzatib boring va IT kelajagingizni biz bilan yarating!

@digitalitvacancy
72👏2🤩2
Project Manager

🏢 Tashkilot: UIC Group Uzbekistan
📚 Texnologiya: Loyihani boshqarish metodologiyasini (Agile, Scrum, Waterfall va boshqalar) va vositalarini (Jira, Trello, Microsoft Project va boshqalar) tushunish
📞 Bog'lanish: +998 (71) 2007007, https://uic.group/uz/vacancy/23
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 9:00 - 18:00
💰 Maosh: 8 000 000 - 14 000 000

@digitalitvacancy
👍311❤‍🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ℹ️ZTE kompaniyasi: Avvalgi yarmarkada 2 nafar talaba ishga qabul qilindi

➡️ZTE kompaniyasida HR menejer bo'lib faoliyat yuritadigan Lola Ochilova aprel oyida bo'lib o'tgan Job&Edu Fest haqida ijobiy fikr bildirib o'tdi:

Yarmarkada ishtirokimiz ijobiy boʻldi, deb hisoblayman. Talabalardan, ish qidirib yurgan yoshlardan koʻplab rezyume oldik. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻtgan 2 nafar talaba esa ishga qabul qilindi.


❗️Eslatib oʻtamiz, 30-noyabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida navbatdagi “Job&Edu Fest” - mehnat va taʼlim yarmarkasi boʻlib oʻtadi. Yarmarka doirasida tajribali mutaxassislar ham qiziqarli va foydali taqdimotlar bilan ishtirok etadi!

🖥Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://itskills.uz/jobfest

🔴Job&Edu Fest'da muvaffaqiyatli ishtirok etish hamda IT mehnat bozoridagi so'nggi yangiliklar bilan tanishish uchun bizni kuzatib borishni unutmang!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5🤩21❤‍🔥11
Job&Edu Fest 2024: Spikerlar bilan tanishing!

💡30-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan IT mehnat va ta'lim yarmarkasida sohaning tajribali mutaxassislari qiziqarli mavzular va foydali maslahatlar bilan ishtirok etadi. Bu tadbir Sizning IT karyerangizga yangi qadam bo‘lishi mumkin!

Biz Sizni yana bir tajribali mutaxassis bilan tanishtiramiz:

👨🏻‍💻 Xumoyun Inoyatov
▫️EPAM kompaniyasida Senior Software Engineer

🎤 Xumoyun Job&Edu Fest'da frontend sohasida intervyuga tayyorlanish va undan muvaffaqiyatli o'tish uchun foydali strategiyalar haqida batafsil tushuntirib beradi.

Tadbirda ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: itskills.uz/jobfest
📍 Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi

🔔 Spikerlar bilan tanishtirishda davom etamiz: yangiliklarni kuzatib boring va IT kelajagingizni biz bilan yarating!

@digitalitvacancy
4🔥2👏1